August 7, 2025

QORA MAMBA

Ep-2

—Oʻrgataman ammo hammani ham oʻldirish mumkin emas.
Mingyu qoʻlidagi toʻpponchani qizga uzatdi.
—Uni oʻldir.
Liliya unga uzatilgan toʻpponchani olib, ikki qoʻli bilan toʻpponchani ushlab yigit tamon qaradi.
Yigit abgor axvolda edi.
Liliya koʻzini yumib tepkini bosti.
Oʻq ovozi omborxona ni tutib ketti. Liliya sekin koʻzlarini ochdi. Oʻq yigitning koʻkragiga borib tekkan edi.
Oʻsha kun hali hamon yodimda. Birinchi qotillik. Men oʻylagan edimki u menga oʻrgatmaydi deb. Lekin u meni qotil kabi tarbiyaladi.
Orqamdan kelgan ovozdan orqaga burildim.
Teahyung edi.
Teahyung Mingyu ni shogirdi edi. U oʻlgandan keyin menga akalik qila boshladi.
Aynan hozir amakimni oʻldirgan kishi tamon borar edim.
Shularni oʻylab amborxonaga kelganimizni ham bilmay qolibman.
Amborxonaga kirar ekanman burnimga qon hidi urildi. Chuqur nafas oldim. Bazan bu qon hidi atir kabi tuyuladi. Ortimdan Taehyung ham kirib keldi.
Xona oʻrtasida bir yigit stulga bogʻlangan, boshiga qop qora qop kiydirilgancha oʻtirar edi. Mayda ammo tez uni yoniga borib boshidan qopni oldim. Yigit abgor axvolda, yuzlari allaqachon koʻkarib ketgan edi.
Nihoyat yigit oʻzini anglab tilga kirdi.
—Kimsizlar? Mendan nima istaysiz?
—Qasos.
Lab uchida kulib dedim. Aniq u eslay olmaydi. Lekin men buni oradan 1 yil oʻtkan boʻlsa ham hanuz oʻsha yomgʻirli kun yodimdan chiqmaydi.
—Qiziq seni qaysi pichoq bilan oʻldiray.
Yigitning yuzidagi qoʻrquvni koʻrish uchun unga tikildim. Yigit huddi ustidan muzday suv quyib yuborgandek turardi.
—Yaxshsi, oʻzing tanla
—Mendan nima istaysan.
U qoʻrquvni bilintirmaslik uchun harakat qilar, ammo uning qoʻrquvini uzoqdagi odam ham sezardi.
—Bundan bir yil avval esingdami?
—Nimalar deyapsan
—Aniq esingda emas. Lekin oʻzim eslatib qoʻyaman.
Yaqinda Mexiko dan men uchun maxsus yasalgan pichoqni oldimu uning oyogʻiga sanchdim.
Yigit oʻgʻriqdan baqirib yubordi.
—Oʻsha yomgʻirli kun...
Bogʻzimga nimadir tiqilgandek boʻldi.
—Mingyu ni oʻldirgan kuning.
Yigitni yuzi burishti
—Eslading ga?
Oʻsha kuni qattiq ichib olgan eding.
Yana bir bor pichoqni olib sanchdim.
—Mashina yoʻlida turar eding. Aslida mashina seni urib yuborishi kerak edi ammo Mingyu seni saqlab qoldi.
—Ammo sen itvatcha uning qorin qismiga uch martta pichoq sanchding.
Huddi shunday qilib.
—Yoʻq hali erta. Sen uchun ajoyib oʻldirish uchun gʻoyalar oʻylab qoʻyganman.
—Mmenn..men bilmagan edim
—Ha men ham seni bilmay oʻldirib qoʻyaman.
Achchiq dedim.
—Bu hali hammasi emas. Sen uni poezd tagiga tashlab kelgansan.
Yigit birdan meng qaradi.
—Qoʼrqma bu sen uchun oson oʻlim.
Qoʻlimga boshqa pichoq olib uni qoʻlidagi terisini shilib ola boshladim.
Yigit tinmay yolvorib baqirar edi. Ammo uning bu ovozi menga huddi musiqa kabi eshitilar edi.
Oradan bir soat otib uning ikki qoʻlining ham terisini shilib oldim.
—Balki boʻldi qilarsan!
Taehyung xonaga kirib gʻazab ila dedi.
—Bu hali unga kam. Hohlasang davom ettir.
—Men sen kabi yovuz emasman.
Yuzini hunuk burishtirdi.
—U bunga loyiq.
Taehyung tezda xona ni tark etdi.
Yigitga boqdim. Yigit allaqachon hushidan ketkan edi. Albatta bunday oʻgʻriqdan keyin bu tabiiy.
—Uni oʻziga keltirib poezd tagiga tashlang.
Shunday dedimu meni bogʻayotkan bu xonadan chiqib kettim.
~~~
Qabristonga kelib motociklimni chetroqqa qoʻydim.
Qabirlar boʻylab yurar ekanman oʻzimga tanish boʻlgan qabr toshni koʻrib achchiq jilmaydim. Sekin qabr yoniga choʻkkalab oldim.
—Bu yerga kelmaganimga ham roppa-rosa bir yil boʻlgan ekan. Mingyu, amaki qasos olindi. Osha sizni beayib oʻldirgan inson bugun oʻldi.
Toʻgʻri bundan hursand boʻlmaysiz, ammo men qildim. Qilishim shart edi!
Boʻlmasa tinch uxlay olmas edim.
Koʻz yoshlarim sekin oqishni boshladi. Ularni tezda sidirib tashladim. Shunda eski xotiralar esimga tushdi.
~Flashback~
Qiz yigitning oʻgʻzidan qon chiqayotganini koʻrib qoʻrquvdan yigʻlab yubordi.

—Ojizsan Liliya
—Mmmen
Qiz zoʻrgʻa soʻzlar edi.
—Qotil boʻlmoqchi boʻlsang his-tuygʻu larni bir chetga surib qoʻyishing kerak. Shunda seni hechkim va hechnarsa qoʻrqita olmaydi.
Liliya tezda yuzini yuvib yuborgan koʻz yoshlarini artib tashladi.
—Boshqa bunday qilmayman.
~~~
Xotiralarni eslar ekanman achchiq jilmayishdan boshqa hechnarsa qoʻlimdan kelmadi.
Boshqa chiday olmasligimni bilib qadamlarimni tezlatib bu yerdan tezda uzoqlashdim.
Qabriston oʻrtasiga kelib qolgan edim. Uzoqdan oʻzimga tanish ismni koʻrib u yerga borishga botina olmadim.
—Hali yana kelaman. Oʻzimga kuch topkanimda.
Motociklim bilan shaharni aylanar ekanman. Yengil shabada sochlarimni hilpiratar edi. Sochlarimni sevaman.
Nihoyat uy oldida toqtadim. Oʻgʻir qadamlar bilan istamay eshik yoniga yaqinlashdim. Bu uyga kelish menga umuman yoqmas edi. Kalit orqali eshikni ochib toʻgʻri yotoqxona tamon borib oʻzimni tashladim
~~~
Soat aniq nechchiligini bilmayman ammo osmon zim-zimiston edi. Qulogʻimda huddi kimdir shivirlayotgandek tavushlar edi.
Bu ovozlar men jinni qilib qoʻyar darajada edi.
Boshimni changallab oldim.
—Axx bas qil!
Oxiri boshimga mushtlay boshladim. Baribir tinmas edi.
Bir amallab pastga tushdim. Dori qutini olib oʻgʻriq qoldiruvchi ichdim. Baribir foydasi yoʻq edi.
Oradan zoʻrgʻa 1 soat oʻtkazdim. Sekin sekin ovozlar tina boshladi.
Hali toʻliq uxlay olmadim. Soat millari allaqachon tortni koʻrsatar edi. Endi uxlashdan foyda yoʻq.
Nechi oylardan beri ishlayotgan ishim yoniga bordim. Xonada katta doska, har-xil ismlar edi

Necha oylik ijod mahsulim.
—Oz qoldi. Hammasi tugaydi...

Teadora(Liliya Kartes

Muallif: Elena Miller
Kanal: Painful