August 24, 2025

Black Swan

Epizod-5

Гулферуз:
Kechki payt xonamga oʻsha kungi xizmatchi kirib ovqatga tushishim kerak ekanligini aytib xonani tark etdi.

Oʻzimni biroz tartibga keltirgan boʻlib zinalar boʻylab mehmonxonaga tushdim. Stolning tepasida janob Min yonida esa Min xonim oʻtirardi, lekin ikkita jentelmenlar koʻrinmaydi. Men ularni qidirib alanglab turgan payt janob Min ning qatʼiy gapidan joyimga mixlanib qoldim.

—Ular yoʻq, joyingga oʻtir!

Stol ustida jimlik hukmron edi, bir payt eshik ochilib xizmatching "Xush kelibsiz, janob" degan ovozi eshitilgach eshikka qaradim. Yoongi va Sokhyun shoshilib oʻz joylariga oʻtirishdi. Min ularga yov qarash bilan biroz qarab turib, ovqatiga qoshiq botirdi. Yoongi ning hansirab nafasi va tez yurak urishi shundoqgina qulogʻim tagida eshitilardi. Yana xonada jimlik, Min labini sochiq bilan artib bu sukunatni buzdi.

—Sokhyun, sen merosdan voz kechding mi?
Min unga chimirilgan qoshlar bilan qarab turar ekan oxiri hoʻrsinib javob qildi.

—Yoʻq dada nega.
Sokhyun mendan koʻzini uzmay gapirdi, bu gapdan muzladim.

—Unda bu uyga qachon kelin olib kelmoqchi san?
Bu gapdan soʻng Yoongi yalt etib unga qaradi.

—Yoki merosga ega boʻlishning birinchi qoidasini unuttingmi?!

—Yoʻq albatta, shunchaki oʻzimga mosini topolmadim.

—Ertaroq harakatingni qilganing maqul.
U shunday deb stoldan turib ketti.
Yoongi ham asabiy qoshiqni stol ustiga qoʻyib polni teshib yuborar darajada tepaga chiqib ketti.

Stol ustida oʻzim qoldim. Nimadir yeyish tugul ovqatga qaray olmadim. Bu noʻtogʻri emasmi sen kimnidir yetti yil davomida sevasan lekin, hozir birga yashab gapirish tugul nooʻrin harakat qila olmaysan. Va taqdir hazili bilan sen uning akasiga turmushga chiqqansan. Shuni oʻylab axmoqana kulib yubordim. Hayotim umuman ostin-ustun boʻlib ketkan,ammo oldin ham hayotim togʻri joylashgan edimi? Hatto bilmayman ham, holasing zulmidan qochib bir telba sovuqqa yoʻliqdim. Koʻzimdan yosh oqib tushdi tezda uni sidirib tez qadamlar bilan xonamga chiqdim, goʻyoki bu yotoq menga taskin bera oladigan yagona narsa. Vannaxonadan suv ovozi eshitilib turardi men tezda uxlab qolishga urindim. U chiqqanda nojoʻya harakat va yana jazo!

1 hafta oldin~

Bogʻda biroz turdimu xonamga jilmayish bilan chiqdim. Xonaga kelib oʻzimni yotoq ustiga ottim, ichimda allanechuk kapalaklar uchardi. U bilan boʻlgan qisqa suhbat men uchun olamlarga teng. Men soʻnggi yetti yil ichida unga intizor yashadim. Yoongi ayvon tarafdan katta qadamlar bilan menga yaqin keldi.

—Oʻrningdan tur!
Uning soʻzlari shunchalar gʻazab bilan chiqdiki qanday qilib uchib oʻrnimdan turganimni bilmay qoldim. Oʻrnimdan turib uning gʻazab bilan toʻlib toshgan koʻzlariga qaradim u kamarini yecha boshladi. Hozir nima boʻlishini anglab koʻzlarim chirs yumdim. Kamar kelib oyogʻimga tegdi, kamar tegkan joy olov boʻlib yoʻndi

—Men senga aytkan edim Elena! Sen menikisan! Hayollaringda, ongingda, soʻzlaringda va tushingda faxat va faxat Yoongi boʻlishi kerak! Sokhyun emas!

U shunday deb qoʻlimga yana kamar bilan zarba berdi. Harbir kamar tegkan joy qizarib qon talash boʻlib qolardi. Oxiri ogʻzimdan yagona gina soʻz chiqti.

—Bass!
Soʻzlarim qaltiradi ammo qatʼiy aytishga harakat qildim. U toqtab qoldi, men bundan foylanib Yoongidan uzoqlashdim. U menga hech bir ifodasiz qarab turardi.

—Bas qil! Sen meni faxat qogʻozdagi erimsan!
Unga qoʻlimni bigiz qilib oʻshqirdim.

—Sen kelib meni oddiy narsa sabab kaltaklay olmaysan. Men hohlaganimni qila olaman!
Koʻzimdan bir tomchi yosh oqib tushdi. Shularni aytib yotoqqa oʻtirib oldim.

—Togʻri seni kaltaklashdan foyda yoʻq.
U endi tilga kirib men tomon yaqinlashti. Men ortga tisarilardim. Oxiri qoʻlimdan ushlab oʻziga bogʻladi. Sekin kelib qulogʻimga shivirladi.

—Esingdami sen uchun har qanday jazo ni oʻylab topaman degan edim.
U shuni aytib iljaydi. Barmoqlarini boynim uzra sayr qila boshladi.

—Senga qanday jazo beray, qizaloq.

Uning qoʻllari badanim boʻylab sayr qilarkan men tipirchilab uni oʻzimdan itarishga urinardim. U toqtab meni oʻziga qaratdi. Men unga iltijoli qarab turar ekanman, u faxat koʻzlarimga qarardi.

—Hazel koʻzlari.
U shunday deb yana ham yaqinlashdi, nafaslar aralashib ketkan, mening tez yurak urishimdan gohida jilmayib qoʻyardi va uning bogʻliq ovozi meni yana ham daxahatga solardi.

—Iltimoss
Unga koʻzlarimda qaradim.

—Bu koʻzlar juda ajoyib, meni deb yoshlar oqishi esa undan ham ajoyib.
U qoʻllarini bellarimdan olib yuzimdan qattiq ushladi.

—Qoʻrqma sen oʻylagan narsa bilan jazolamayman, koʻzmunchoq.

U oʻrnidan keskin turib meni ham turgʻizdi. U tortma ustidagi mashina kalitini olib meni pastga sudrab keta boshladi.

—Qayerga sudrayapsiz? Qoʻyib yuboring meni.

U qoʻyib yuborish oʻrniga qoʻlimdan qattiq siqdi ogʻriqdan biroz ingrab yubordim.

—Ortiqcha savol berishni bas qill!
Eshikni ochib yana sudray boshladi orqamizdan Min xonim "qayerga?" degancha qoldi men faxat hozir kimdir kelib yordam berishini kutib goh-goh orqamga qarab qoʻyardim.
U qora mashina eshigini ochib meni ichkariga otib yubordi, endi oʻrnimdan turib eshikni ochmoqchiligimda u tezlik bilan eshikni qulfladi. U ham mashinani aylanib oʻtib old oʻrindiqqa oʻtirib mashinani yurgizib ketdi.

Seul koʻchalarida faxat yoʻl chiroqlari yonib turarkan biz ovloq, tor koʻcha ichiga kirib borardik. U menga mashinaning old oynasi orqali qarab turardi, men unga eʼtibor bermaslikka harakat qilib oynadan goʻzal shaharni kuzatib ketardim. Bu payt mashina silkinib toqtadi. U eshikni ochib yana meni qoʻlimdan ushlab mashinadan tushirdi. Koʻrinishidan omborxonaga oʻxshardi. Mashinani koʻrib ichkaridan bitta yigit chiqib kelib Yoongiga tazm qildi. Menga bir qarab qoʻyib:
—Janob hammasi tayyor
Deb bizni tark etdi.

U meni omborxonaga olib kirib oʻrindiqqa oʻtirgʻizdi.

—Elena
Uning yogʻon ovozi omborxonada aks soda berdi.

—Sen shifokor boʻlmoqchi edingga?
U stol ustidan nimanidir qidirib menga qaradi.
—Savol berdim sen esa javob berishing shart!

—Ha
Unga oʻqrayib qarab titroq ovozda javob qildim. Anglash qiyin emasdiki u oʻzini kulgidan zoʻrgʻa turatdi.

—Nimadir kulhiliymi?
Uning bu ishidan asabiy soʻradim.

—Albatta kulgili.
U yana ham qattiqroq kulib dedi.
—Qonga fobiyasi bor odam shifokor boʻlsa kulgili emasmi?
U iljayib men tamon yaqinlashdi. Men oʻtirgan stul yoniga choʻkkaladi va qoʻllarini stulga tirab qoʻrqinchli ovoz bilan dedi:
—Hozir senga fobiyaningni yengishga yordam beraman.

U oʻrnidan turib xona oʻrtasidagi eski chiroqni yoqdi. Koʻrgan manzaramdan qotib qolgandim.
Chiroq tagida bir yigit stulga bogʻlangan holda yuzlarini shilinib oʻtirardi orada ogʻriqdan ingrab qoʻyardi.

Yoongi uning yoniga yaqin borib qoʻlidagi bolgʻa bilan qoʻliga qattiq urdi. Yigit ogʻriqdan baqirib yubordi men turgan joyimda muzladim uning qoʻlidan qon sizib oqib tusha boshladi.
Boshimda qattiq chiyillash, qonni koʻrganim sari koʻz oʻngim qorongʻulashib eski xotiralar tinchlik bermasdi. Koʻzimdan marjon kabi koʻz yoshlar mayda-mayda boʻlib oqib tusha boshladi. Huddiki meni bogʻlab qoʻyishgandek qimirlay olmadim.

—Xotinjon darrov taʼsir qildimi.
U men tamon oʻynoqi kulib yonimga keldi.
—Axir endi boshladim, uning qoni daryo boʻlib oqquncha shu yerda kuzatib turasan, zero keyin aytkanimni qilarsan.

U bilagimdan qattiq siqib oʻrnimdan turgʻazdi va qoʻlimga sovuq pichoqni tutqazdi.

Orqamga aylanib oʻtib sochlarimdan hidladi.
—Ax juda ajoyib ifor
U qulogʻimga yaqinlashib— Endi eng asosiy ish-uni oʻldirish qoldi.
Uning shivirlashi qattiq gapirgandan ham battar, uning ovoz toni va gaplari oyoq uchimgacha titratib yubordi.

U egnimdan itarib stulga bogʻlangan yigit oldiga olib borib unga tik qaratdi.

—Nima qilishni bilasan a?
U kinoyali gapirib qoʻlim bilan ushlab olgan pichoqni ushladi.

—Yaxshi oʻzim yordam beraman.

—Yoongi boʻldi bas qil! Yetarli
Yigʻlab yubordim

—Tushunmadim
U gʻazab bilan baqirib yubordi.

—Iltimos Yoongi unday qilmang.
Men ilojsiz uni sizladim balki shunda bas qilar.

—Endi oʻzingga kela boshlading ammo bu yetarli emas!
U shunday deb pichoqni uning yuragiga sanchdi.

—Ssen sen uni oʻldirding.
Yigitning qon boʻlib ketkan koʻksiga qarab dedim.

—Yoʻq. Men emas sen qilding! Sen qotilsan, Elena!
U kulib yubordi. Men unga asabiy qarab yuziga shapaloq tortib yubordim. Uning yuzi yon tomonga burilib qoldi va asabiy kuldi.

—Sen axmoq!
Yuzimga kelib tushgan shapaloqdan yerga quladim.
—Qanday juraat etding. Senga bu ham kam.
Yana yuzimga shapaloq tushirdi. Sochimdan tortib oʻrnimdan turgʻazib boyagi yigitga tik qaratdi.

—Qara buni sen qilding, sen qotilsan Elena, qotil.

—Yoʻq yoʻq men qotil emasman, men qilmadim men qilmadim.
Yigʻlab uni siltab tashladim. Sochlarimni qisimlab bir burchakda oʻtirib yigʻlashda davom etdim. Yodimga keraksiz xotiralar qayta boshladi.

13-yil oldin~

Izabel muvozanatni yoʻqotib boshi tokcha qiriga tegdi. Men nima qilishni bilmay uni siltashni boshladim.

—Izabel Izabel uygʻon mayli ol shuni kerak emas ammo uygʻon.
Men qorqib ketib uni qattiqroq siltab yuziga yengil urardim. Eshik ochilib u sochimdan tortib yerga uloqtirdi.

—NIMA QILDING?
U menga nafrat bilan qarab oʻshqirib yubordi

Izabel yerda hushsiz yotarkan boshidan allaqachon koʻp qon ketkan edi. Boshimni changallab burchakda ularni kuzatib turardim ammo hech bir soʻz qulogʻimga kirmasdi. Va faqat bir soʻzni takrorlardim: Men qilmadim, men aybdor emasman.

Allaqanday yoʻlak boʻylab yurarkanman qafas ichida paydo boʻldim. Qafasga yaqin kelib, sovuq temirdan ushlab ochish uchun itardim ammo qulf edi. Tepadan suv oqib tusha boshladi. Ajablanarlisi shundaki suv qafasdan chetga chiqmas edi, suv qafasni toʻldirmasdan eshikni ochishga urinib qattiq urib silkidim ammo foydasi boʻlmayapti. Suv allaqachon tizzamga yetkan edi, egnimda oppoq koʻylak qizil tusga kirib borardi endi angladimki bu suv emas balki qon.
Jon holatda baqirib yubordim qondan jerkanib tipirchilardim, qafas oʻrtasida stulga bogʻlangan yigit paydo boʻldi. Koʻkrak qismidan qon oqarkan qoʻllarimga qaradim, qoʻlimda pichoq va kiyimim, qoʻllarim hammasi qon edi. Kasalligim tutib baqira boshladim, sovuq temirga boshimni ushlab suyanib qoldim.

~
Sapchib oʻrnimdan turdim hayriyat tush ekan. Har kuni bir-xil tush qon bilan toʻldirilgan qafas ichida qolib ketaman. Oʻsha kungi voqea sabab uxlay olmayapman, eng qizigʻi shuki har doim soat ikkilar atrofida uygʻonaman.
—Ming lanat senga!
Yonimda uxlab yotgan Yoongiga nafrat bilan dedim. Yuz- qoʻlimni yuvish uchun vannaxonga kirib kettim.
Oynaga qaradim, avvalgi men yoʻq, koʻzim tagida qorayish va shishgan, sochlarim toʻzgʻib oldingidan ham koʻp toʻkilardi. Ikki qoʻlimni rakvina chetiga qoʻyib aksimcha uzoq termuldim. —Oʻzingni qoʻlga ol! Sen birovning oyogʻi ostida toptalmasliging kerak.

Oʻzimga biroz dalda berib sovuq suvda yuzimni yuvdim. Biroz oʻzimga kelgach shkafdan qaychini oldim. Qaychini olib boʻlgach ham unga uzoq tikildim.
—Mening yetti yillik mehnatim.
Sochlarimga mayus qaradim, koʻz yoshlar oʻzidan oqib tusha boshladi. Bu safar artmadim, yigʻlash bu ojizlik emas deb takidladim.
Oʻn daqiqadan soʻng sochlarimga qaradim, oldingi tizzamgacha kelgan sochlari belimni ustida turardi. Yana yigʻladim, oʻzimga soʻz bergandim, unga turmushga chiqqan kunim sochimni kesaman va barcha ogʻriqli xotiralardan voz kechaman degandim. Ammo boʻlmadi. Devolga suyanib oʻtirib yigʻladim.

Hayot men uchun koʻp shavqatsizliklar qilyapti. Buning bari oʻsha kungi xatoyim uchunmi? Haliyam oʻylab oʻyimga yetolmasdim, nega ota-onam meni unga berib yuborishdi? Nega yetti yil haydab yuborishdi? Nega unga turmushga berishdi?
Mendagi faxat shu uchtagina savol ichimni kemiryapti.

7-yil oldin~

Lyusining ishlari sabab Koreaga kelishga toʻgʻri keldi. Samolyot yerga yengil qongach, uning ortidan soʻzsiz ergashdim. Jamodonlarni mehmonxona hizmatchisi qoʻyib ketgach endi Lyusiga yurak betlab savol berdim.

—Hola
Sekin soʻradim. U telefonidan koʻz uzmay menga "gapir" ishorasini qildi

—Uyga bormaymizmi?
Yoʻq, u endi sening uying emas!
Men qatʼiy uqtirib jiringlagan telefoniga javob berdi.

—Alo.
Uning yuziga nim tabassum yugurdi.

—Albatta

U goʻshakni qoʻyib menga zimdan qaradi.

—Tayyorlan, kechga qoʻrgʻonga boramiz.

U shunday deb xonani tark etdi. Quvonchim ichimga sigʻmasdi, olti yil ota-onamni koʻrmadim, toʻgʻri ulardan boshida hafa boʻldim lekin ularni juda qattiq sogʻindim.

Koʻzgu oldida oʻzimga mos kiyim tanlar ekanman, Lyusi xonaga kirdi.

—Tezlash.

Sochimni yoyib oʻzin yoqtirgan koʻylagimni tanladim.

Qoʻrgʻon ichiga kirib borar ekanman, oyoqlarim titrardi koʻzimdagi yoshni artib ichkariga kirdim.
Ular eshik oldida bizni kutib turishardi.

—Salom opa, yaxshi yetib keldingizmi?
Onam iliq tabbasum bilan Lyusini quchoqlab salomlashdi. Menga bir qarab qoʻyib yuzini burishtirdi.

—Salom oyi dada.

—Senga ham salom
Nima deyishni bilmay qoldim, faxat men sogʻindimmi? Onamning yuzida tushinib boʻlmas sovuqlik!

—Elena ham keldimi
Dadam menga bir qarab qoʻyib Lyusiga yuzlandi.

—Ha uni oʻzini qoldirib boʻlmaydi.

—Meni sogʻinmadingizmi?
Oyiiii
Oʻzimni tutib yosh bolalarcha onamning yoniga bordim.

—Hattoki yoʻqliging ham bilinmadi.
Oyimning sovuq javobidan gangib qoldim. Yuzimda issiq suyuqlik oqib tushdi.

—Qqoʻysangizchi, doim shunday boʻlgansiz.
Uni quchib oldim, u hattoki qimir etmadi ham.

.

Kanal: FICTIONAL VENOM

Muallif: Elena Miller