Black Swan
SEVGI — bu bir umr. Na ko‘rish, na so‘z. Faqat yurakda yashovchi nur.”
—Bas qil! Nima farzandli boʻlishni istamaysanmi?
—Sizdan boʻlsa hohlamayman. Sizga oʻxshagan sovuq boʻlib qolishini istamayman
Qoʻlimga ilingan har narsani olib unga ota boshladim. U shunchaki kulib chap berardi. Oxiri hechnarsa qolmagach tokcha ustidagi grafinni olib otib yubordim. Yoongi uni ushlab qolib oxiri gapirdi.
—Tegsa qonardi.
~Oʻynaqi javob qildi.
—Yaxshi boʻlardi zora aqlingiz kirsa.
—Bas qil endi.
~U grafinni yerga qoʻyib jiddiy ohangda gapirdi.
Gʻazab bilan qoʻllarimni qovushtirib yotoqqa bor ogʻirligimni tashlab oʻtirib oldim.
—Men tayyor emasdim.
~Ovozim titrab yigʻlashga tayyor edim.
U men tamon sekin harakatlanib yonimga oʻtirdi.
—Meni hali orzularim koʻp edi, men hali odam kabi yashashga ulgurmadim.
Unga yoshlangan koʻzlarim bilan qaradim, u sas-sodasiz menga qarab turardi.
—Men Fransiyaga borishni, gitara chalishni, katta sahnada oʻzim yoqtirgan balet raqsini ijro qilishni hohlardim.
U qoʻlini boshimga olib borib sekin siladi. Negadir unga ichimdagilarni aytishni hohladim, ammo yoʻq ojiz emasman!
Uni qoʻlini siltab oʻrnimdan turdim.
—Charchadim ketaylik.
Narsalarimni yigʻishni boshladim.
—Yaxshi men doktor bilan gaplashib kelaman ungacha tayyor boʻl.
U ham oʻrnidan turib xonani tark etdi. Eshik yopilishi bilan qayta yoqqa yottim.
—Hali mavridi emasdi.
Qoʻlimni qornimga olib borib siladim.
Unga nimadir degim keldiyu ammo ayta olmadim, uni bagʻrimga olib yupatishni hohladimu qila olmadim.
Xonani tark etib toʻgʻri bosh shifokor xonasiga bordim. Eshikni hatto taqillatmay kirib bordim. Koʻzlariga koʻzoynak taqib nimadir oʻqib oʻtirgan, oʻrta yoshdagi ayol eshik ochilganini eshitib eshik tamon qararkan, koʻzoynagini olib darrov oʻrnidan turib egilib salom berdi.
—Salom janob Min. Oʻtiring.
U imlagan stulga borib oʻtirdim.
—Elenaning axvoli yaxshimi?
Gapni choʻzishni istamay darrov muddaoga oʻtdim.
U qoʻlidagi koʻzaynagini stol ustiga qoʻyib men tamon xavotirli qaradi.
—Bilasizmi janob, ayolingizda ruhiy jihatdan sinish bor.
Uning gaplaridan stulga yaxshilab joylashib bor eʼtiborimni unga qaratdim.
—Unda yoshligida yoki oʻsmir paytida nimadir sodir boʻlganki u ruhiy jihatdan kuchsiz.
Undan ilib olgan gapimdan biroz ajablanib unga baqirib yubordim.
—Nima xotinimni ruhiy kasal demoqchimisiz?
—Yoʻq yoʻq axvol u darajada yamon emas. Uni davolasa boʻladi.
—Qandaydir dori yozib berasizmi?
Uning gaplaridan biroz tinchlanib yana savolga tutdim.
U mening gapimdan lab uchida jilmayib men tamon qaradi.
—Janob ruhiy jihatdan shikastlangan odamni qandaydir dorilar bilan davolab boʻlmaydi. Odam ruhiga qandaydir dori bilan taʼsir oʻtkaza olmaymiz.
—Unga biroz eʼtibor va mehr kerak holos.
Uning gaplaridan oʻzimni kulgidan zoʻrgʻa tutdim.
Men bir ogʻiz gapirsam u ikki ogʻiz qilib gap qaytadi, qolaversa men unga mehr berish, yoʻq.
—Yaxshi
Doktorning keyingi gaplarini eshitmay xonani tark etdim.
Elena oʻtirgan xonaga tezda bordim, Elena allaqachon tayyorlanib oyna orqali atrofni kuzatib turardi, hatto sumkasini qoʻliga ushlab olgandi.
Mashinaning old eshigini ochib berib menga "oʻtir" ishorasini qildi. Men oʻzimga orqa eshikni ochib qoʻllarimni qovushtirib oʻtirib oldim.
—Demak arazladingmi?
Uning gaplari sabr kosamni toʻldirib borardi.
U chuqur "uhh" qilib mashinani haydab ketdi.
Yoʻlga jim qarab ketarkanman shaharning goʻzalligidan hayratda edim. Oynani ochib boshimni chiqarib oldim.
—Boshsiz qolishni istamasang boshingni olib oynani yop.
Uning bu gapidan orqaga qaradim, orqadan katta yuk mashinasi kelardi bir yutunib oynani qayta yopib qoʻydim.
Uning qarashlaridan asabim buzilib oxiri yorildim.
—Agar gapingiz boʻlmasa bunaqa qarashni bas qiling, qanday noqulay boʻlayotganimni bilasizmi?
Yoʻl shunchalik uzoqmi? Yoki menga shunday tuyulyapti mi? Ichimdagi toʻfon tufayli gangib qoldim.
—Agar hozir toqtatmasangiz bu bejirim mashinaningizni bezab qoʻyaman.
U gap nimada ekanligini anglab mashina ni chetroqda toqtatdi.
Mashinadan tez tushib ishimni bitirib boʻlgach menga qarab turgan Yoongiga qaradim.
U mashina ichidan suv olib kelgach tezda ichib yubordim.
—Nega aynan hozir.
Taxminan oʻn daqiqacha shabadada turgach mashinaga qaytib oʻtirdim.
—Ha
Quruq javobdan u xoʻrsinib mashinani yurgizib ketdi
Mashina qoʻrgʻonga kirib kelib eshik oldida toqtagach Yoongi indamay mashinadan tushib ketdi. Men ortidan tushib eshik tamon harakatlanar ekanman, hozir meni siquvga olib nega bunday boʻlgani soʻrashadimi?
Eshikni ochishim bilan xizmatchi salom berdi.
—Xayirli kun xonim, siz aytkan koʻchatlar yetib keldi.
—Yoʻq bogʻ yoniga qoʻyib ketaveringlar oʻzim hozir chiqaman.
—Hop
Xizmatchi tazm qilib bogʻ tamon harakatlandi, garchi gapirmasa ham yuzidan nima qilarkan degandek qarab ham qoʻydi.
Kimdir koʻrib qolmasidan xonaga keta boshladim ammo mehmonxonadagi ovozlar sabab toqtadim.
—Yoongi keyingi kun bazm esingdami?
Min xonim aftidan oʻgʻlini soʻraqlayotkan koʻrinadi.
Bazm deyilgach toqtab qolgandim.
—Bilaman oyi.
Yoongining asabiy xotirjam ovozi eshitildi.
—Ha sen bilasan ammo oʻsha kuniyoq yodingdan chiqadi. U yerda yirik biznesmen lar boʻlgani uchun ham bor deyapman. Qolaversa Elena ham koʻcha koʻrib keladi.
Yoongi indamay oʻrnidan turib bu yerga kelayotgandi. Men tezda xonaga chiqib ketdim.
Oʻzimga iqchamroq kiyim tanlar ekanman Yoongi xonaga kirdi. Shkafdan kiyimlari olib garderob tamon harakatlandi.
Menda hammasi koʻylak! Asabiylashardim. Men koʻylak yoqtirmayman ammo xolam sabab kiyishga majburman.
Galustugini boʻlayotgan Yoongi meni asabiyligimni koʻrib dedi.
—Galustuk bogʻlashni bilasanmi.
Endi men tamon qaradi.
—Eplab xotinlik vazifangni ham bajara olmaysan.
Galustugini taqolmay menga zaharhanda gapirdi.
—Siz erlik vazifangizni bajarib qoʻysangiz men ham vaziyfamni bajaraman.
Bosh kelishni istamadim.
—Erlik?~kuldi—Qorningdagi bola meniki emasmi?
—Erlik vazifa faxat xotini qorniga bola joylab qoʻyishdan iborat emas!
Aytgan gaplaridan u tamon asabiy qadam bosdim. U ham men tamon qaradi.
—Unda nima senga mehr koʻrsatishmi? Hech oʻylab koʻrdingmi bunga arzirmikansan?
Hech narsa deyolmay qoʻlimdagi kiyimni qattiq siqimlab garderobga kirib kettim.
Oʻzimga yengil koʻgingan koʻylakni olib, sochimni yigʻib qoʻydim.
Zinalar boʻylab tusharkanman eshikdan chiqayotgan Min xonimni koʻrdim.
Salom bergancha egilib qoʻydim.
—Koʻchatlarni sen oldirdingmi?
—Ha, nimadir notoʻgʻrimi?
Uning bu savolidan hayron soʻradim.
—Yoʻq~u biroz kuldi—shunchaki bu bogʻga anchadan beri narsa ekilmaydi.
—Omad
U shunday deb uyni tark etdi.
Men ham endi bogʻ tamon bordim. Bogʻga yaqinlashgan sarim gullar hidi burnimga urilardi.
Qadamlarimni tezlatdim.
Oxx bu qanday ajoyib ifor.
Gullar nafar chiroyi, ifori ham meni oʻziga tortadi.
Gullarni koʻrib chiqib ularni ekishga shaylandim.
Oradan ikki soatcha oʻygach hammasini yerga ekib boʻldim. Qoʻlimni changini qoqib bogʻga qaradim.
—Ha juda ajoyib
Oʻzimni maqtagan boʻldim.
Ichkariga kirdim. Xizmatchilar allaqachon kechgi ovqatni tayyorlashayotgan edi.
Bu oila juda tartibli hamma soat 20.00 lar atrofida dasturxon atrofida boʻladi va ertalab 7.00 larda nonushta. Bazan hayron qolaman.
Kiyimimni almashtirib chiqquncha allaqachon jentelmenlar shu yerda edi.
Nihoyat! Janob Min kelgach hamma stol atrofiga oʻtirdi.
Kechgi ovqatdan soʻng xonaga bordim.
Eshikni sekin ochib yopdim. Yoongi allaqachon ish bilan band edi.
—Yoongi
U javob qaytarmadi, bu yangilik emas. Ensa qotirib qoʻyib gapimda davom etdim.
—Men oʻqimoqchiman.
Endi u aypatidan boshini koʻtardi.
—Nima?
Menga kinoyali qarash qildi.
— Qulogʻingiz oʻgʻir shekilli, oʻqimoqchiman
—Sen Amerikada oʻqigansan deb oʻylagandim.
Yana eʼtiborsiz ishida davom etdi.
—Ammo shifokor boʻlish uchun bu kam.
—Unda ertadan oʻqishga boraberymi?
Uning darrov rozi boʻlganidan shubha qilib soʻradim.
—Ammo bitta shart bilan.
U oʻrnidan turib menga yaqin keldi.