Black Swan
Uzun koʻylagim bilan mashinadan tushib saroy misol uyga qarab hayratlandim. Atrofga qarab oʻzimga tanish chehrani qidirar ekanman u ham yonimda paydo boʻldi. Hech bir soʻz, hech bir ortiqcha harakatsiz yonimga kelgan Yoongi qoʻlimdan tutdi, men ham qoʻlini tirsagidan qoʻlimni aylantirib ushlab oldim.
—Esingdami?, biz baxtli oilamiz.
Menga qaramasdan soʻradi. Men javob berish oʻrniga yengil bosh silkidim.
---
U mashinadan tushishi bilanoq eʼtiborimni tortdi, uning oʻziga yarashgan qizil koʻylagi ideal tanasini koʻrsatar, garchi yaqinda kesilgan boʻlsada beli ustidagi sochlari jozibali edi.
Hayollarimni yiqqancha qoʻlidan tutdim. Sekin bazm tamon bordik. Oʻz tanishlarimni koʻrgach Elenani joyiga oʻtirgizgach salomlashish uchun ketdim.
—Nojoyi harakat qilma!
Unga buyruq berishni ham unutmadim
U ketgach stulga omanatgina oʻtirib oldim. Atrofni kuzatar ekanman achchiq atir hisi bogʻzimga urildi.
—Salom~ Gapirgan insonga qaradim, qora sochli qiz menga kulib turardi.
—Salom~men ham bepisand dedim.
—Yoongi bilan bazmga kelgan birinchi qizsan~hali ham oʻsha jilmayish bilan qarar ekan joyiga oʻtkazish maqsadida unga biroz qaradim, u oʻzini noqulay his qilgach dedim—Xotini boʻlganimdan keyin olib keladida~ endi u kabi jilmaydim uning yuz tuzilishi birdan oʻzgardi.
Qiz biroz shunday qarab oʻrnidan turib orqamdagi odamga jilmaydi. Yoongi kelib qizni quchib soʻrashdi.
—Salom~ajralishar ekan Yoongi dedi.
—Yaqin dugonangni toʻyingga aytmadingmi?
—Kechir toy tezda boʻlib ketdi, ustiga-ustak chet elda eding.
—Bu sen aytgan Emilymi?~qiz endi nigohini menga qaratdi, uning soʻzlaridan qoʻlimdagi qadahni siqimlab stol ustiga qattiq qoʻydim.
Yoongi bu ishdan menga boshqacha jilmayib qoyib darrov javob qildi.
—Yoʻq~shivirladi—Bu mening ayolim Elena~ menga qaradi men ham endi oʻrnimdan turib qizning qarshisiga turdim
—Elena tanish mening yaqin dugonam Yui.
Qiz menga qoʻlini choʻzdi oldin uning qoʻliga keyin esa yuziga qarab kinoyali dedim—Tanishganimdan hursandman~qoʻlini siqib qoʻydim.
—Men ham hursandman~qizning sohta tabbasumini anglash qiyin emasdi.