Baxt
Hamma hikoya ham baxtli yakun topmaydi!
Doktor hovliqib gapirardi:
— Quvvatni oshiring, 120! Qani, qizaloq, bo‘la qol, sen yashashing kerak!
Hamshira quvvatni oshirdi. Doktor moslamani qizning ko‘kragiga bosdi, ammo hech qanday natija bo‘lmagach, quvvatni 160 ga ko‘tarishni buyurdi. Hamshira jim holda doktorga qaradi.
— Men nima dedim, axir? Bemor o‘lyapti!
Hamshira hovliqib quvvatni oshirdi.
— Hayot qiziq narsa, seni har xil ko‘ylarga soladi. Xohlasa, burchakka tiqib azoblaydi, xohlasa, o‘zi parvarish qiladi. Oxirgi 5 yil ichida yetarlicha azoblandim. Endi, balki, o‘zimni parvarish qilarman. Har kunning qorong‘i va yorug‘ tarafi bo‘ladi. Endi tugadimi bari? Endi quyosh chiqadimi?
Qiz o‘ziga dalda berib, qahvasidan bir ho‘plab qo‘ydi.
— Hoy, hali erta-ku, uxlasang bo‘lmaydimi?
Uqusiragancha Jimin ayvonga chiqdi.
— Mira, uxlasang-chi, axir soat endi 5:00 bo‘lyapti-ku!
— Yaxshi, sen uxlayver, men nonushta tayyorlayman.
— Men allaqachon uyg‘ondim. Tur, nonushta tayyorla.
Mira oshxonaga tushib, nonushta tayyorlashga kirishdi. Bir ozdan so‘ng uyda yoqimli hid taraldi.
— Mmm, bu qanday ajoyib hid bo‘lmasin-a?
— Ooo, Jimin, kel, ayni vaqtida kelding.
Jimin "yaxshi" deb nonushtaga o‘tirdi. Ular jim nonushta qilishardi. Oxiri bu jimlikni Mira buzdi:
— Haligi, Jimin, men ishlamoqchiman.
— Yaxshi, — dedi u og‘zida nonni chaynab.
— Ho‘sh, qanday ishda ishlamoqchisan? Xohlasang, ishxonamga ishga olaman.
— Yo‘q, rahmat. Men kichik bir kompaniyada kotiba bo‘lib ishga joylashyapman.
— Hamma narsani hal qilib bo‘libsanku, axir, — dedi Jimin biroz hovuridan tushib.
— Kechir, biroz chalg‘ish uchun ishlamoqchi edim.
— Hal qilib bo‘lipsan, so‘rashga ne hojat. Yaxshi, lekin o‘zingni ko‘p urintirma.
— Xo‘p, — mayin jilmayib qo‘ydi.
Jimin ishga ketdi. Mira sochini oddiy qilib yig‘ib, taksida aytilgan manzil tomon yo‘l oldi.
Taksi katta bino oldida to‘xtadi. Mira yo‘l haqini berib, mashinadan tushdi. U binoga qaradi – tashqaridan bino juda bejirim, oq va qora ranglarda bezatilgan edi. Mira biroz o‘ylanib, ichkariga kirdi. Ishchilardan direktor xonasini so‘radi va lift tomon yurdi. Kerakli tugmani bosdi. Lift endi yopilayotgan payt, poshna uning yopilishiga yo‘l qo‘ymadi. Mira darrov liftni ochdi.
Qiz hovliqib:
— Rahmat, — dedi.
Mira kerakli qavatga yetib kelib, liftdan tushdi va direktor xonasi tomon yurdi. Xona eshigini ochib ichkariga kirdi. Qarasa, yoshi chamasi 20 dan oshgan, malla sochli qiz o‘tirardi.
— Kechirasiz, — dedi Mira, e’tibor bermayotgan qizga qarab, biroz tomoq qirib.
— Oou, kechirasiz. Qanday yordamim kerak?
— Men janob Kimning oldiga kelgan edim.
— Siz Mira... Sakamaki Miramisiz?
— Sizni janob Kim kutayotgan edi. Kirishingiz mumkin, xonim.
Mira ko‘rsatilgan eshikni ochib ichkariga kirdi. Xonaning o‘rtasida, stulda o‘tirgan, o‘rta yoshlardagi bir erkakni ko‘rdi.
— Aha, siz Sakamaki Miramisiz?
— Yaxshi, mana bu hujjatlarni o‘qib chiqib, imzo qo‘ying, — deya hujjatlarni uzatdi.
Mira hujjatlarni yaxshilab o‘qib chiqdi va imzolab, janob Kimga berdi. Namjoon unga ish jarayoni haqida tushuntirdi va kotibasini chaqirdi.
— Sea, unga ish joyini ko‘rsating.
Sea Mirani ish bilan tanishtira boshladi. Ammo Miraning miyasida savol tug‘ildi va u Sea’dan so‘radi:
— A, Sea, siz kotiba emasmisiz?
— Nega unda janob Kimning nimani yoqtirishini menga tushuntirmayapsiz? Bu sizning ishingiz-ku.
Sea kulib javob berdi:
— Ha, bu mening ishim edi, lekin vaqtinchalik ishlab turibman.
— Hozircha dam oling, ertadan ishga chiqasiz.
Mira ming bir o‘ylar bilan yo‘ldan o‘tar ekan, uni mashina urib yuboray dedi. Agar mashina keskin burilmaganida, u mashina tagida qolardi. Mashinadan tushgan yigit holatini bilish uchun yugurib keldi. Ne ko‘z bilan qarasinki, bu yigit, bir oycha avval uyidan qochib ketgan qizni tanib qoldi.
Yigit uning ismini asta lablaridan chiqarib, talaffuz qildi:
— Mira...
Mira tanish ovozni eshitib, "Yo‘q, yo‘q, u emas!" dedi va ovoz kelgan tarafga qaradi. Qarasa, yigit unga havotir va g‘azab aralash nigoh bilan tikilib turardi.
Mira shubhalanib qararkan, bu insonni taxmin qilgan kishi emasligini ko‘rib, chuqur nafas oldi va sekin:
— Jungkook... — deb talaffuz qildi.
— Mira, qayerga qarab yuribsan, a? Sal qolganda urib yuborardim! — dedi yigit sarosimada.
— Vaqting bo‘lsa, qahva ichardik.
— Ammo vaqtim yo‘q edi. Uzr, keyingi safar, xo‘pmi?
— Mayli, yaxshi. Bor, yo‘lga qarab yurgin, xo‘p?
— Xo‘p, — dedi Mira ko‘zlari bilan tabassum qilib.
Maʼlumot uchun: Jungkook Miraning maktabdagi do‘sti. Ular qalin do‘st bo‘lishgan. Jungkook o‘qishni tugatgach, Amerikaga ketgan edi. Miraning birinchi muhabbati Jungkook bo‘lgan, lekin u faqat do‘st sifatida qabul qilgani uchun Mira o‘z his-tuyg‘ularini yashirgan edi
Mira uyiga qaytib keldi va xonasiga borib, o‘zini yotog‘iga otdi. U hayotida bo‘layotgan har bir voqeani xayolan tahlil qila boshladi.
— Men to‘g‘ri qildimmi? Yetti yot begonaga ishonib, bu qarorimni oqlay olarmikanman?
Kechagi kun:
Mira televizor ko‘rib o‘tirarkan, eshik taqilladi. Bu paytda Jimin odatda kelmasdi. Eshikni ochsa, qora kiyimdagi, yelkasiga tushgan sochlari tartibli bir qiz turardi. Mira uni Jiminning tanishi deb o‘yladi.
— Mira... Mira Sakamaki, bu sizmi?
— Ichkariga kirishga ruxsat bersangiz, siz bilan gaplashadigan gaplarimiz bor.
Mira chetga chiqib, qizni uyga kirishga imkon berdi. Uni mehmonxonaga olib o‘tirg‘izdi.
— Sizga nega kerak bo‘lib qoldim? — dedi Mira, biroz o‘zini noqulay his qilib.
— Mening ismim Aru. Bu yerga bekorga kelganim yo‘q.
— Qani, nima deyishingizni tezroq ayting. Ishim ko‘p.
Mira tanish ismni eshitib, yuragi g‘ash bo‘ldi. Uning bo‘g‘zidan nafas siqib o‘tgan kabi his qildi, ammo o‘zini qo‘lga oldi.
— Yaxshi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, men undan qasos olish uchun yordam beraman.
— Qasos? Bundan senga nima foyda? Tanimaganim odam menga yordam taklif qilsa, ishonaveramanmi? — dedi Mira yengil kulimsirab.
— Tea seni oldimga yuborgandir, deb o‘ylayapsanmi? Yoki undan o‘zing qutulishni uddalay olasanmi?
— Bu bilan meni nima daxlim bor? O‘zing qilaver.
— Sen unga qadrli odamsan. Shu sabab senga yordam beraman. Axir qizing Armin uchun qasos olmaysanmi?
Mira bu so‘zlarni eshitib, o‘z xotiralarini esladi. Ko‘ziga yosh kelayotganini his qilib, ulardan qutulishga harakat qildi.
— Bu yordamni nega menga taklif qilyapsan? Taehyung senga nima qilgan?
— Bu savolni keyinroq berasan. Faqat aytganlarimni bajarsang bo‘ldi.
Mira uzoq o‘yladi. Bu unga o‘z dardidan qutulish uchun ajoyib imkoniyatdek tuyuldi. Nihoyat, rozi bo‘ldi.
— Lekin bir shart bilan, — dedi u qatʼiyat bilan.
i
— Qanaqa?
— Reja qanday bo‘ladi? Uni kuzatib yurib qutulsam kerak, lekin bu unga yengil jazo bo‘ladi.
— Shuning uchun ham sen keraksan. Avvaliga uning ashaddiy dushmanlari bilan sulh tuzasan. Keyin ishni davom ettiramiz.
— Bu uning ichki olamini yanchib tashlaydi. Bizga sen kerak bo‘lasan. Ishon, Taehyungni ruhan yo‘q qilishimiz oson bo‘ladi.
Mira bu so‘zlarga qarshilik bildirmadi, ammo ichida ikkilanib qoldi. Bu rejalar unga xuddi ko‘zbo‘yamachilikdek tuyulsa ham, u rozi bo‘ldi.
Oradan bir hafta o‘tdi. Mira Aru bilan birga otishni o‘rgana boshladi. U o‘q otishda tez muvaffaqiyatga erishdi. Bu orada u yangi hayot tarziga moslashib, tashqi dunyo bilan aloqa qilishga o‘rgandi. Bugun esa u o‘zining yaqin dugonasi, Liliya bilan uchrashdi.
— Salom, Liliya. Kelib qoldingmi? Men kafedaman.
📞:
— Ha, ikki daqiqada boraman.
Mira o‘ziga yaxshi tanish bo‘lgan kafeda, doimiy joyida oyna orqali tashqarini kuzatib o‘tirardi.
— Bu yerga kelganimga ancha bo‘libdi, — dedi u o‘z-o‘ziga.
Shu payt uzoq vaqtdan beri ko‘rmagan dugonasi Liliyaning yuzini ko‘rib, ko‘zlari quvonchdan porladi.
— Nima ichamiz? — deb so‘radi Liliya.
Liliya qahvasidan bir ho‘plab, gap boshladi:
— Hosh, qalaysan? Ishlaring qanday? Tea seni ko‘chaga chiqaribdimi?
— Yaxshi... — dedi Mira, bir oz chuqur nafas olib.
— Sen nimani yashiryapsan, Mira? Nega halol gapirmayapsan? Axir biz dugonamiz-ku, — dedi Liliya biroz xavotir bilan.
— Hammasi yaxshi, Liliya. Faqat Tea bilan aloqani uzganman, boshqa hechnarsa narsa.
Liliya bu gapni eshitib, ajablandi:
— Nima? Tea bilan aloqani uzdingmi? Qachon? Qanday qilib?
— Liliya, men bir necha hafta oldin undan qochib ketganman.
— Nima?! Sen menga aytmadingmi? Bu juda jiddiy gap-ku! Qayerda yashayapsan endi?
— Bir do‘stimnikida yashayapman. Seni bezovta qilishni istamaganman, — dedi Mira past ovozda.
— Meni bezovta qilishni istamaganmish! Axir men doim sen bilanman, bu qadar katta qaror qabul qilishdan oldin aytishing kerak edi!
— Liliya, meni tushun, bu qarorni o‘zim qabul qilishim kerak edi. Lekin, iltimos, hozir bu haqida gapirmaylik. Bu haqda keyinroq aytib beraman.
Liliya bu mavzuni hozir davom ettirish noo‘rinligini tushunib, jim qoldi.
— Yaxshi, boshqa mavzuga o‘tamiz. Qalay, o‘zingda nima gap?
— Menda? — dedi Liliya jilmayib. — Men yaqinda unashtirilaman.
— Oo, ajoyib yangilik! Kim ekan u baxtli yigit?