Black Swan
SEVGI — bu bir umr. Na ko‘rish, na so‘z. Faqat yurakda yashovchi nur.”
—Bas qil! Nima farzandli boʻlishni istamaysanmi?
—Sizdan boʻlsa hohlamayman. Sizga oʻxshagan sovuq boʻlib qolishini istamayman
Qoʻlimga ilingan har narsani olib unga ota boshladim. U shunchaki kulib chap berardi. Oxiri hechnarsa qolmagach tokcha ustidagi grafinni olib otib yubordim. Yoongi uni ushlab qolib oxiri gapirdi.
—Tegsa qonardi.
~Oʻynaqi javob qildi.
—Yaxshi boʻlardi zora aqlingiz kirsa.
—Bas qil endi.
~U grafinni yerga qoʻyib jiddiy ohangda gapirdi.
Gʻazab bilan qoʻllarimni qovushtirib yotoqqa bor ogʻirligimni tashlab oʻtirib oldim.
—Men tayyor emasdim.
~Ovoz titrab yigʻlashga tayyor edim.
U men tamon sekin harakatlanib yonimga oʻtirdi.
—Meni hali orzularim koʻp edi, men hali odam kabi yashashga ulgurmadim.
Unga yoshlangan koʻzlarim bilan qaradim, u sas-sodasiz menga qarab turardi.
—Men Fransiyaga borishni, gitara chalishni, katta sahnada oʻzim yoqtirgan balet raqsini ijro qilishni hohlardim.
U qoʻlini boshimga olib borib sekin siladi. Negadir unga ichimdagilarni aytishni hohladim, ammo yoʻq ojiz emasman!
Uni qoʻlini siltab oʻrnimdan turdim.
—Charchadim ketaylik.
Narsalarimni yigʻishni boshladim.
—Yaxshi men doktor bilan gaplashib kelaman ungacha tayyor boʻl.
U ham oʻrnidan turib xonani tark etdi. Eshik yopilishi bilan qayta yoqqa yottim.
—Hali mavridi emasdi.
Qoʻlimni qornimga olib borib siladim.
Mashinaning old eshigini ochib berib menga "oʻtir" ishorasini qildi. Men oʻzimga orqa eshikni ochib qoʻllarimni qovushtirib oʻtirib oldim.
—Demak arazladingmi?
Uning gaplari sabr kosamni toʻldirib borardi.
U chuqur "uhh" qilib mashinani haydab ketdi.
Yoʻlga jim qarab ketarkanman shaharning goʻzalligidan hayratda edim. Oynani ochib boshimni chiqarib oldim.
—Boshsiz qolishni istamasang boshingni olib oynani yop.
Uning bu gapidan orqaga qaradim, orqadan katta yuk mashinasi kelardi bir yutunib oynani qayta yopib qoʻydim.
Uning qarashlaridan asabim buzilib oxiri yorildim.
—Agar gapingiz boʻlmasa bunaqa qarashni bas qiling, qanday noqulay boʻlayotganimni bilasizmi?
Yoʻl shunchalik uzoqmi? Yoki menga shunday tuyulyapti mi? Ichimdagi toʻfon tufayli gangib qoldim.
—Agar hozir toqtatmasangiz bu bejirim mashinaningizni bezab qoʻyaman.
U gap nimada ekanligini anglab mashina ni chetroqda toqtatdi.
Mashinadan tez tushib ishimni bitirib boʻlgach menga qarab turgan Yoongiga qaradim.
U mashina ichidan suv olib kelgach tezda ichib yubordim.
—Nega aynan hozir.
Taxminan oʻn daqiqacha shabadada turgach mashinaga qaytib oʻtirdim.