August 8, 2025

QORA MAMBA

Ep-3

Milena:
Qora mashina maktab oldida toqtadi. Mashinadan tushib maktab ichkarisiga kirdim. Kirishim bilan atrofdagilarni pichir-pichiri eshitila boshladi. Ularni etiborsiz qoldirib direktor xonasini qidira boshladim. Toʻgʻri oʻquvchilardan yordam sorashim mumkin edi ammo maktabni ham oʻrganib chiqishim kerak.
Bir amallab direktor xonasini toptim.

Kotiba qiz kiravering degandan keyin oldimda turgan eshikni sekin taqillatdim. Ichkaridan "kiring" degan ovoz eshtilgach xonaga kirdim.
Xona oʻrtasida yoshi elliklarga borib qolgan erkak oʻtirardi.

—Kim Teadora, shundaymi?
Savolga javoban bosh silkittim.

—Marhamat oʻtiring
Deya toʻgʻrisidagi stulga imladi.

...

Nihoyat oxiri yoʻq suxbatlar tugadi.
— 2-qavat 219 xona. Sizning sinf xonangiz.
Soatiga qarab bir qoshini uchirdi

—Roppa-rosa 2 daqiqa vaqtingiz bor.
Taehyung ning qistovlari bilan maktabga kirdim. Men oʻqishni istamasdim, men uchun qasos muhim edi faxat.

Eshikda 219 deb yozilgan raqamni koʻrib yuzim yorishib ketdi. Eshikni taqillatdim. "Kiravering" deyilgach kirdim. Hammaning nigohi menga qaratilgan edi.

—Miss Teadora
Sinfimizga yangi oʻquvchi keldi. Oʻzingizni tanishtiring.

—Kim Teadoraman. Siz bilan chiqishib ketaman degan umiddaman.
Soxta tabassum ila sinfga qaradim.

—Bosh joyga borib oʻtiring miss.
Oyna oldida parta bosh turgan ekan osha yerga qarab yura boshladim. Endi yetib kelganimda parta ustiga bir qiz oʻz sumkasini qoʻydi.

—Bu yer bosh emas.

—Kimdir oʻtirganini koʻrmayapman.

Deya sumkasini tezda olib qoʻliga tutqazdim.
Qiz vishillagancha qoldi.
Joyimga oʻtirdim. Dars tugab keyingi dars boshlanishi uchun qoʻngʻiroq jarangladi. Hayol surib oʻtirar ekanman kimdir turtkanini sezdim.

—Hoy yangi,balki joyimdan turarsan.
Yigit menga oʻqraygancha qarab turar edi.

—Yonimdagi stul bosh osha yerga oʻtir. Qolaversa men oldinroq keldim.

—Hoy nima eshtmayapsanmi tur
Boyagi qiz yana oraga tiqila boshladi.

—Senga gapirmadim shekilli
Ensa qotirdim

—Bolalar hamma oʻz joyiga oʻtirsin.
Oldimdagi yigit yonimdagi stulga oʻtirdi.
Va yaqin kelib dedi "Keyingi safar oʻz joyingda oʻtirganinig maqul, qizaloq"

—Keyingi safar ertaroq kel yigitcha

Shunday dedimu doskaga qarab oldim. U menga biroz axmoqqa qaragandek qarab turdiyu partaga boshini qoʻyib uxlashni boshladi.
Qoʻngʻiroq chalinib hamma oshxona tamon keta boshladi. Eshiktan chiqayotib bir qizga urilib kettim. Uning qoʻlidagi qogʻozlari sochilib ketti

—Kechirasiz
Unga qogʻozlarini yigʻishga yordam berayotib bir ismga koʻzim tushdi. Qogʻozni olib ismni oʻqidim.

—Mira Miller

—Ha men
Yonimdagi qiz javob berdi.

—Ha qogʻozdagi ismni oʻqidim. Demak siz Mira. Men esa Teadora
Unga qoʻlimni choʻzdim.
U qoʻlimdagi qogʻozni oldiyu hech narsa demasdan ketib qoldi.

~yaramas koʻzim uchib turgani yoʻq. Mira shu yerda ekan Jimin ham aynan shu yerda boʻlishi kerak.
Shularni gapirib ketayotib yoʻlak oxiridagi ovozlar eʼtiborimni tortdi.
Sekin yaqinlashdim. Qizlarning ovozimidi.
Eshik oldida toqtab qoldim.Ichkaridan qanaqadir ovozlar kelardi.

—Hoy men senga unga yaqinlashma dedimku.
Ichkaridan shapaloq ovozi eshitildi.Ichkariga qanday kirganimni bilmay ham qoldim.Qarasam bitta qiz yuzi qon boʼlib yotardi.Tepasida yana osha qiz va bir ikkita qizlar turardi.Qizni axvolini koʻrib unga turishiga yordamlasha boshladim.Uni bu ahvolda tashlab keta olmasdim axir.

—YOQAL
Boyagi qiz baqirdi.Unga etibor bermastan qizga yordamlasha boshladim.Qizni ishorasi bilan bitta qiz sochimga yopisha boshdi.Bunga ortiq chiday olmay qizni ura kettim.Orqamdan yana bittasi urdi.

—Yaramas

Shunda payt eshiktan bitta qiz keldi.

Qizlarni burnidan qon oqardi.Direktor bizga tushintirib bering degandek qarab turardi.
Oxiri derektor ni oʻzi tilga kirdi.

—Aru sen ketishing mumkin.
Boyagi qizga qarata gapirdi.

—Axir janob u boshladiku.
Nahoqliktan oshqirib kettim

—Bu yana takrorlansa jarima toʻlaysizlar.Endi esa qizni doktorga olib boring.

Direktor xonasing eshigini "tars" etib yopib chiqib keta boshladim.
Yerga nimadir gumpirlab tushdi.Tezda orqamga qaradim.Qarasam boyagi qiz yerga qulagan.Uni Mira bilan bir amallab doktorga olib bordik.

Darslar tugadi. Yoʻlak boʻylab yurar ekanman boyagi qiz narsalarini joylashtirayotkan edi.

—Bu abadiy sevgi ramzi.
Yonidagi qiz kulib dedi.
~~~

Oʻzimni yaxshi his qiladigan joy bu-Poyga yoʻlagi edi. Anchadan beri yoʻlak koʻrmagan edim.
Oʻq ovozi eshitildi. Hamma changitib mashinalarni haydab ketti shuningdek men ham.

—Hozircha hammasi joyi
Shunday deyishim bilan orqadan qaysidir mashina kelib dukdi. Men ham onoyi emasman. Unga joy boʻshatib berdim. U yonimdan shundoq otib ketdi. Men ham tezlikni oshirib unga yetib oldim.

—Oʻzing boshlading. Javob qaytarmasam boʻlmas.

Mashina ni tabora yoʻlak chetiga siqib bordim. Oxiri mashina yoʻl chetida qolib ketdi.

—Jin ursin
Mashina rulini urdim
U bilan ovora boʻlib ortda qolib ketkan edim.

—Hali bir aylana toʻliq bor.
Tezda gazni oxiriga qoʻydim

Marraga birinchi yetib keldim. Men doim gʻalaba qozongan man. Yoʻlak oʻrtasida oq bayroq ushlab turgan yigit bayroqni silkitti.

—5-ishtirokchi gʻolib boʻldi.

Qolganlar ham birin ketin yetib kelishdi.
Shu payt ikkinchi boʻlib yetib kelgan odam mashinasidan tushib men tamon harakatlana boshladi. Men shunchaki uni bu yerga kelishi kutib turdim.

—Ajoyib oʻyin boʻldi

Shlemini yechayotib dedi.
Yigitni yuzni koʻrib hayron qoldim.

—Ha albatta

—Keyingi safar aniq men yutaman.

—Buni hali koʻramiz. Siz ham chakki emas ekansiz.

—Unda keyingi poygagacha

U men tamon qoʻlini choʻzdi
Men hechnarsa demastan shunchaki qoʻlini siqish bilan cheklandim.

—Keyingi safar bu yerda oʻynamaylik.

—Qandaydir taklif bormi?

—Umuman olganda ha.
Ismim Jimin.
Menham oxiri shlemimni yechdim

—Teadora

—Seni boyagi...

—Ha men.

Yon tarafda Teahyung ni men tamon kelayotganini koʻrib sakrab tushay dedim. U shu qadar nafrat bilan kelardi.

—Men endi boraqolay

—Hayr qizaloq.
Taehyungni yoniga bordim.

—Nimadir boʻldimi?
Unga tushunarsiz qaradim. Bu yergacha kelganinga qaraganda jiddiy ish.

—Buni sendan soʻrash kerak, Liliya Kartes...

~2 kun oldin...

Atrof zimiston qorongʻu edi taxminan 0.00 lar atrofida. Men oʻzim bilan 2-3 ta yigit oldimda. Mashinaga minib Miller ning omborxonasi tamon haydadim. Yarim soatlik yoʻldan soʻng omborxonaga yetib keldi. Mashina ni panaroq joyda toqtatib mashinadan tushdim. Atrofga koʻz tashlab ratsiya orqali yigitlarga "tezlashing" dedim ular ham ortimdan tushishdi. Amborxona oldida qoʻriqchilar turishi tabiiy edi. Yaqinda ularga toza mol yetib kelgan edi.
Daraxtlar bilan sekin eshik oldiga bordim. Ortimdagi yigitlarga ishora qilishim bilan eshik oldida turgan ikkita qoʻriqchini zararsizlantirishdi. Ular menga boʻldi ishorasini qilishi bilan tezda ular yoniga bordim
Jin ursin kamera. Eshik tepasidagi kameraga koʻzim tushdi. 2 ta kameraga birin ketin oʻq uzdim.
Yigitlar menga hayron qolishdi.

—Xonim bu bilan eʼtibor ni jalb qilamiz.

—Siz allaqachon eʼtibor ni tortim boʻldingiz
Asabiy pichirladim.
—Aniq orqa eshik boʻlishi kerak. Siz bu yerda ularni chalgʻitasiz. Har holda sizlar eʼtibor torttingiz.

Shunday deb keta boshladim. Kutkanimdek ularga hujum qilishdi. Bularga oʻzlari aybdor. Amborxonaning orqa tarafiga tom orqali keldim. Pastda ikkita qoʻriqchi u yoqdan bu yoqqa yurar edi. Ular tepadagi soyamni koʻrishi bilan menga oʻq uzishdi arang ulgurdim.

—Jin ursin.

Birdan qoʻlimdagi ratsiya virshirlab keyingi tarafdan ovoz eshitildi

—Teadora ortga qayt. Ish baribir borbot boʻldi.

Bu Teahyung edi ovozidan asabiyligi bilinib turardi. U gapirib boʻlishi kuttim.

—Meni hech kim toqtata olmaydi.
Shunday deb ratsiyani otib yubordim. Tepadagi shovqin tufaydi qoʻriqchilar menga yana oq uza boshlashdi.

—Ming lanat
ular tepaga chiqib olishdi. Yashiringan joyimdan ularni birin ketin ottim.
Pastga quvur boʻylab tushib oldim. Eshik oldida turgan qoʻriqchini yoniga sekin bildirmay borib qoʻlimdagi mato bilan uni hushsizlantirdim. Uning beliga qistirilgan kalitni olib eshikni ochib darrov orqamdan yoptim.

Orqaga oʻgirilishim bilan menga qurol oqtalib turgan yigitni koʻrdim. Sekin ikki qoʻlimni tepaga qildim. U endi tepkini bosmoqchiligida qoʻlidan qurolni olib qoʻydim.

—Oldimga tush
Qoʻlimdagi qurol bilan oldinga imladim.
U ikki qoʻlini tepaga qilib oldinga boshladi.

—Menga kalitni ber

U sekin qoʻlini choʻntagiga olib borib oyogʻiga bogʻlangan pichoqni olib menga tashlandi. Tashlangan payt qoʻlim jarohat oldi.

—Ming lanat
Yerga yiqilgan paytim qoʻlimdagi qurol chetka tushib ketti. Yigit boʻlsa men tamon bostirib kelib boʻynimga pichoqni sanchishga urinar edi. Lekin men ikki kaftim bilan pichoqni ushlab turar edi pichoq oʻtkir boʻlganligi sababli qoʻlimni tilib qon yuzimga oqib tushardi. Pichoq tabora boʻynim tamon yaqinlashib borar edi. U bor kuchi bilan itargan chogʻ ikki oyogʻim bilan uni itardim. U vishillagancha men tamon bostirib kela boshladi. Vaqtni boy bermay qurolni tezda olib uni ikki bora koʻkrak qismidan ottim.

—Yaxshilikcha oʻzing kalitni berishing kerak edi.

—Hechqachon
U shunday deb qon tufladi.

Men unga eʼtibor bermay uni choʻntagidan kalitni qidira boshladim. Kalit yoʻq edi.
U menga iblisono jilmayish qildi. Uning yoqasidan gʻazab bilan ushlab oldi. Lekin u allaqachon oʻlib boʻlgan edi.

—Qayerdadir shu yerda eshik boʻlishi kerak.

Eshiktan oʻq ovozlari eshitilardi. Qoʻriqchilar ichkariga kirishga urinishar edi oxirgi oʻq va eshik buzildi. Men arang berkinishga ulgurdim. Ular yerda yotkan yigitga bir qarab hammasi tarqalib meni qidira boshlashdi. Orqaga yurganimda qandaydir chuqurga tushib kettim. Shovqin sababli bu yerga kelishi aniq shuning uchun orqamga qarab yana berkinishga tushdim.
Bu chuqur emas aynan men qidirayotgan eshik edi. Stol ustida har-xil qurollar tizilgan edi.

Bularni koʻrib koʻzim biroz chaqnadi. Stolning orqa tomoniga yashirib ularni kuta boshladim. Xonaga ikkita yigit qurol koʻtarib keldi. Ular xonaning har bir burchagini koʻrib chiqishdi endi ketmlqchiligida qoʻlimdagi 8 talik kalibrli miltiq ikki martta oʻq joyladim.

Ikkalasi ham birdan yerga gumburlab quladi.

~20 daqiqadan soʻng...

Orqasiga qaramay qachoyotkan yigitni kulib kuzatib turdimda kallasiga oʻq joyladim.

Hamma joyga benzin quyib boʻlgach qoʻlimdagi ot rasmi oʻyib chizilgan yondirgichni otib yuboradim. Omborxona tezda yonib ketti. Oxirgi ish faxatgina muxur qoʻyish qoldi.

Rasmni chizib boʻlgach mamnun jilmaydim. Eng yoqimlisi ham aynan shu edi.
~~~

Boʻlib oʻtgan ishlarni eslar ekanman jilmaydim. Teahyung hali ham menga gʻazab bilan qarab turardi.

—Fransiyadan erta qaytipsanmi akajon.

(Qora Mamba timsoli. Tezkor, reja boʻyicha ish koʻruvchi, qasoskor ilon. Zaxari oʻldiradi.

—Teadora men senga nima degan edim. Eʼtiborni tortma dedimmi.
U harbir soʻzini dona-dona qilib aytib savol nazari bilan qarab turardi.

—Oʻzimni jahldor akam
Yuziga yengil urib qoʻydim

U darrov qoʻlimni ushlab oʻziga qaradi.

—Tushun Teadora senga ziyon tegishini istamayman. Miller qanday xavfli ekanligini bilaman axir.

—Taee men ham axmoq emasmanki unga tutilib qolsam.

—Yana bir bora meni ruxsatimsiz nimadir qilgudek boʻlsang...
Koʻrsatgich barmogʻini niqtab dedi.

—Yaxshi yaxshi boshqa qaytarilmaydi

Muallif: Elena Miller
Kanal: Painful