August 26, 2025

Black Swan

Ep-5

Allaqanday yoʻlak boʻylab yurarkanman qafas ichida paydo boʻldim. Qafasga yaqin kelib, sovuq temirdan ushlab ochish uchun itardim ammo qulf edi. Tepadan suv oqib tusha boshladi. Ajablanarlisi shundaki suv qafasdan chetga chiqmas edi, suv qafasni toʻldirmasdan eshikni ochishga urinib qattiq urib silkidim ammo foydasi boʻlmayapti. Suv allaqachon tizzamga yetkan edi, egnimda oppoq koʻylak qizil tusga kirib borardi endi angladimki bu suv emas balki qon.
Jon holatda baqirib yubordim qondan jerkanib tipirchilardim, qafas oʻrtasida stulga bogʻlangan yigit paydo boʻldi. Koʻkrak qismidan qon oqarkan qoʻllarimga qaradim, qoʻlimda pichoq va kiyimim, qoʻllarim hammasi qon edi. Kasalligim tutib baqira boshladim, sovuq temirga boshimni ushlab suyanib qoldim.

~
Sapchib oʻrnimdan turdim hayriyat tush ekan. Har kuni bir-xil tush qon bilan toʻldirilgan qafas ichida qolib ketaman. Oʻsha kungi voqea sabab uxlay olmayapman, eng qizigʻi shuki har doim soat ikkilar atrofida uygʻonaman.
—Ming lanat senga!
Yonimda uxlab yotgan Yoongiga nafrat bilan dedim. Yuz- qoʻlimni yuvish uchun vannaxonga kirib kettim.
Oynaga qaradim, avvalgi men yoʻq, koʻzim tagida qorayish va shishgan, sochlarim toʻzgʻib oldingidan ham koʻp toʻkilardi. Ikki qoʻlimni rakvina chetiga qoʻyib aksimcha uzoq termuldim. —Oʻzingni qoʻlga ol! Sen birovning oyogʻi ostida toptalmasliging kerak.

Oʻzimga biroz dalda berib sovuq suvda yuzimni yuvdim. Biroz oʻzimga kelgach shkafdan qaychini oldim. Qaychini olib boʻlgach ham unga uzoq tikildim.
—Mening yetti yillik mehnatim.
Sochlarimga mayus qaradim, koʻz yoshlar oʻzidan oqib tusha boshladi. Bu safar artmadim, yigʻlash bu ojizlik emas deb takidladim.
Oʻn daqiqadan soʻng sochlarimga qaradim, oldingi tizzamgacha kelgan sochlari belimni ustida turardi. Yana yigʻladim, oʻzimga soʻz bergandim, unga turmushga chiqqan kunim sochimni kesaman va barcha ogʻriqli xotiralardan voz kechaman degandim. Ammo boʻlmadi. Devolga suyanib oʻtirib yigʻladim.

Hayot men uchun koʻp shavqatsizliklar qilyapti. Buning bari oʻsha kungi xatoyim uchunmi? Haliyam oʻylab oʻyimga yetolmasdim, nega ota-onam meni unga berib yuborishdi? Nega yetti yil haydab yuborishdi? Nega unga turmushga berishdi?
Mendagi faxat shu uchtagina savol ichimni kemiryapti.

7-yil oldin~

Lyusining ishlari sabab Koreaga kelishga toʻgʻri keldi. Samolyot yerga yengil qongach, uning ortidan soʻzsiz ergashdim. Jamodonlarni mehmonxona hizmatchisi qoʻyib ketgach endi Lyusiga yurak betlab savol berdim.

—Hola
Sekin soʻradim. U telefonidan koʻz uzmay menga "gapir" ishorasini qildi

—Uyga bormaymizmi?
Yoʻq, u endi sening uying emas!
Men qatʼiy uqtirib jiringlagan telefoniga javob berdi.

—Alo.
Uning yuziga nim tabassum yugurdi.

—Albatta

U goʻshakni qoʻyib menga zimdan qaradi.

—Tayyorlan, kechga qoʻrgʻonga boramiz.

U shunday deb xonani tark etdi. Quvonchim ichimga sigʻmasdi, olti yil ota-onamni koʻrmadim, toʻgʻri ulardan boshida hafa boʻldim lekin ularni juda qattiq sogʻindim.

Koʻzgu oldida oʻzimga mos kiyim tanlar ekanman, Lyusi xonaga kirdi.

—Tezlash.

Sochimni yoyib oʻzin yoqtirgan koʻylagimni tanladim.

Qoʻrgʻon ichiga kirib borar ekanman, oyoqlarim titrardi koʻzimdagi yoshni artib ichkariga kirdim.
Ular eshik oldida bizni kutib turishardi.

—Salom opa, yaxshi yetib keldingizmi?
Onam iliq tabbasum bilan Lyusini quchoqlab salomlashdi. Menga bir qarab qoʻyib yuzini burishtirdi.

—Salom oyi dada.

—Senga ham salom
Nima deyishni bilmay qoldim, faxat men sogʻindimmi? Onamning yuzida tushinib boʻlmas sovuqlik!

—Elena ham keldimi
Dadam menga bir qarab qoʻyib Lyusiga yuzlandi.

—Ha uni oʻzini qoldirib boʻlmaydi.

—Meni sogʻinmadingizmi?
Oyiiii
Oʻzimni tutib yosh bolalarcha onamning yoniga bordim.

—Hattoki yoʻqliging ham bilinmadi.
Oyimning sovuq javobidan gangib qoldim. Yuzimda issiq suyuqlik oqib tushdi.

—Qqoʻysangizchi, doim shunday boʻlgansiz.
Uni quchib oldim, u hattoki qimir etmadi ham.

Stol ustida oʻtirarkamiz men oʻzimni juda noqulay sezardim. Otam bilan xolam ish boʻyicha nimalarnidir gapirishardi, onam singlimni ovqatlantirardi. Men singlimga havas qilaman chunki u doim oyim bilan. Qoshiqni ovqatga botirib, ogʻzimga soldim tamogʻimdan oʻtmay qoldi. Koʻzlarimga yoshlar toʻlqin misol yogʻilib keldi. Stol ustida turgan suvni ichib oʻzimga kelishga urindim, foydasiz! Men bu yer qola olmayman. Oʻrnimdan turdim
—Men boʻldim, yoqimli ishtaha.
Stulni surib keta yotib xolamning gaplari meni hayratlantirdi.

—Elena, yaqin orada ketamiz yoʻqalib qoʻlma!
Biroz qattiq ohangda aytti men bosh irgʻab stoldan uzoqlashdim.

Uydan yugurib chiqtim, koʻzlarimdagi yoshni qoʻyib yubordim. Mayda qadamlar bilan otam oʻt qoʻygan bogʻim tamon harakatlandim.

Yoʻq! Bogʻdan asar ham yoʻq, yerga oʻtirib qoldim. Ikki qoʻlimni tizzamni ustiga qoʻyib boshimni qoʻyib yigʻladim.

—Men loyiq emas edim. Men birgina xatoyim uchun bunchalik qattiq jazo olmasligim kerak edi.
Hoʻngrab hoʻngrab yigʻladim, orada kimdir kelib qolmasin deb yon atrofga qarab qoʻyardim.

Dadamni gapi hali ham esimda:
—Sen Joshua Millerni qizi Elena Millersan, Miller hech qachon yigʻlamaydi yigʻlatadi.

Oʻsha kungi qatʼiy buyruqni men buzmaslikka harakat qildim... ammo ular buzishga majbur qilishyapti. Bazan oʻylayman, hardoyim tun ortidan yana quyosh chiqib tong otadi, oʻshanda sening davring keladi ammo meniki qachon? Qachon tong otib atrofim yorishadi?
Qoʻllarim bilan yuzimni artib oʻrnimdan turdim.

Togʻri dadamning ish xonasi tamon yurdim.
Eshik qiya ochiq ekan, sekin ishkariga qaradim dadam nimanidir oʻqib oʻtirardi. Eshikni ochib sekin mayda qadamlar bilan ortiga borib turdimda birdan quchdim. Dadam biroz choʻchidi.

—Salom dadajoon.
Qoʻllarimni boʻynidan oʻradim.

—Eshikni taqillatib kirishga oʻrgatishmaganmi!
Uning qatʼiy ovozidan sakrab tushdim.

—Ddada men shunchaki...

—Men ishlayapman koʻmayapsami?

—Men sizni sogʻindim, habar olish uchun kelgandim xolos.

—Elena senga bir martta aytaman qulogʻingga quyib ol!
Endi stulini aylantirib menga qaradi. Sovuq ohangda menga qarab dedi:
—Men seni dadang, Mira da onang emas! Bu sening uying emas. Seni onang ham uying ham Lusi.
Qoʻlini bigiz qildi.
—Sen oʻshanda mashinaga minib ketkaningda men sendan voz kechkanman! Endi esa yoʻqal.

Qayta aylanib ishida davom etti.

—Shunchalik oson kechib yuborishingizmi?
Yigʻlab yubordim, soʻzlarim titrab chiqti.
Undan javob kelmadi, yana ishiga shoʻngʻib ketti.

—Ammo men voz kechmadim, siz hali ham mening otamsiz. Men hali ham Elena Millerman.
Qoʻllarimni musht tugdim.

—Xonani tark et.

Ortimga oʻgirilib eshikni qattiq yopib chiqib kettim. Shu tezlik, gʻazab bilan mehmonxonaga bordim.

—Xola ketamizmi, uyqim keldi.
Onam va Lusi gaplashib oʻtirishar ekan gaplarimdan menga yuzlandi.

—Ha mashinaga borib tur. Birozdan chiqaman.

Eshikdan chiqishim bilan haydovchi men uchun eshikni ochdi. Joylashib boʻlgach yigʻlab yubordim.

Haydovchi xolamni kutib turarkan orada menga koʻz tashlab qoʻyardi. Nihoyat xolam chiqqach yonimga oʻtirdi.

Mashina silkinib yurib ketti.

—Mehmonxonaga hayda.

Haydovchi bosh irgʻab yoʻlda davom etdi.

—Elena yigʻini bas qil. Bilasanku menga yigʻlaganlar yoqmaydi.
Xolam yoʻldan koʻz uzmay gapirdi.

—Xola men bunga loyiq emasdimku togʻrimi?
Yoshlangan koʻzlarim bilan unga qaradim.
U ham endi menga yuzlandi.

—Mendan oson voz kechishdi, nega?

—Buni bilmayman.

Vannaxonadan kelayotgan ovoz sabab koʻzlarimni ochdim. Elenaning ingragan ovozi eshitilardi.

—Axx Yoongi. Yordam beringlar.

Jon holatda oʻrnimdan turdim. Eshikni ochganimda Elena devolga suyangancha qornini ushlab ingrardi.

—Yoongi qornim axx, yordam bering.

Menga iltijoli qarab turar ekan meni ikkala koʻzim ham yerda yotkan sochlarda edi. Elena sochini kesganmi? Yuzi qizarib ketkan edi. Endi oʻzimga kelib uni koʻtarib oldim.

—Nima boʻldi?
Undan biroz hovotirlanib soʻradim. Undan javob kelmagach qayta soʻramadim. Eshikdan otilib chiqib mashinaga bordim. Eshikni arang ochib Elena ni orqa oʻrindiqqa qoʻydim.

Mashina tezligini oshirdim, orada mashinaning old oynasidan orqa oʻrindiqda qornini ushlagancha ingranib yotkan qizga qarab qoʻyardim. Yoʻl huddiki uzayib ketkandek koʻrinib yetishga shosholardim. Yetib kelgach tezda Elenani qoʻlimga olib ichkariga tezda kirib baqira boshladim.

—Kim bor yordam beringlar!
Shifokorlar ham tezda zambilni olib kelishdi. Elena ni ohista qoʻydim huddiki unga ziyon tegmasin deb.

Oradan qancha vaqt oʻtti bilmayman ammo menga yillar oʻtib ketkandek tuyulardi. Sabrsizlik bilan boshimni ushlagancha uyoqdan-buyoqqa yurardim

Eshikdan shifokor chiqqach gapirishiga yoʻl qoʻymay darrov Elena ni soʻradim.

—Nima boʻlibdi? Axvoli qanday?

—Ona koʻp siqilganligi uchun bola biroz shohlik qilgan. Homilaning ilk davrida onaga koʻp siqilish mumkin emas.

—Bola?
Undan faxat shu soʻzni ilib ololdim. Doktorga hayratlanib qarar ekanman u javob berdi.

—Nima boʻlmaysizmi? Homila allaqachon ikki haftalik boʻlgan. Tabriklayman janob.
U menga jilmayib yelkamni qoqib qoʻydi.
—Bazan homilaning ilk belgilari yuz bermaydi homila yashirincha rivojlana boshlaydi.

Qotib qoldim. U bilan ikki hafta oldin birga boʻlgan edim. Unutib ham ketkan ekanman.

—Yoniga kirsam boʻladimi?

—Ha, ammo bemor uxlayapti bezovta qilmang.

Eshikni ochib yotoqda uxlayotkan qizga qaradim. Sekin borib qarshisidagi stulga oʻtirdim.

—Endi har hafta shifoxonada uxlaysan mi?
Oʻtkan safargi ishlar yodimga tushib biroz jilmaydim.

Elena tinchsizlanib koʻzlarini ochdi.

—Uygʻondingmi?
U menga alaqsirab qaradi.

—Men
Gaplarini davom etmasdan oʻzim gapirdim.

—Biz shifoxonadamiz.

Elena aytkan gaplarimdan oʻrnidan uchib turdi.

—Siz, siz meni ruxsatimsiz
Qoʻlini bigiz qilib menga gʻazab bilan qaradi.

—Soʻrashim kerakmidi?
Unga kulib qarar ekanman u yanayam gʻazablandi.

Yotoq ustidagi yostiqni otib yubordi.

—Bas qil! Nima farzandli boʻlishni istamaysanmi?

—Sizdan boʻlsa hohlamayman. Sizga oʻxshagan sovuq boʻlib qolishini istamayman.

.

.

.

Kanal: Fictional Venom
Muallif: Elena Miller