Sengacha...❤️🩹
Tong yorug‘i asta xonaga kirib kelayotgandi. Areum sekin ko‘zlarini ochdi, lekin bir lahza qimirlamay yotib qoldi. Kechagi voqealar tush emasligini yuragi allaqachon tan olgandi. Ichida nimadir og‘ir turardi — bu qo‘rquv ham emas, aniq nom qo‘yib bo‘lmaydigan hissiyot edi.
U shiftga tikilib, chuqur nafas oldi.
Areum Pov:
Bu rost… men qaytib keldim… lekin qayerga?.. nima uchun?..
Ko‘zlarini yumdi. Kechagi duosi esiga tushdi. Allohdan yordam so‘raganini aniq esladi. Lablaridan sekin pichirlash chiqdi:
— Allohim… meni bu yerda yolg‘iz qoldirma…
U o‘rnidan turdi, lekin tanasi hali ham bu hayotga moslashmagandek edi. Har bir harakat begona, har bir nafas og‘ir tuyulardi.
U maktabga ketayotganida atrofdagi hamma narsa go‘yo o‘z joyida edi, faqat u o‘zi noto‘g‘ri joyda yurgandek edi. Odamlar shoshardi, mashinalar o‘tardi, lekin Areum uchun vaqt biroz sekinlashgandek edi.
Lekin bu “bilish” xotiradan emas, majburiy singdirilgandek edi.
Areum Pov:
Men bu ko‘chani qayerdan bilaman?.. bu mening hayotim emas-ku…
— Men bu yerga tegishli emasman…
Shamol sochlarini yengil silkitdi. Ichida esa ikki dunyo urilayotgandek edi — biri o‘zining haqiqiy hayoti, biri esa hozir majburan yashayotgan hayot.
Sinf eshigi oldida u bir soniya to‘xtadi. Yuragi tez ura boshladi. Ichkaridan kulgu va gaplar eshitilardi. U eshikni ochdi. Hammaning nigohi darrov unga qadaldi. Yangi qiz begona u asta yurib bordi va sinfni ko‘zdan kechirdi. Hamma joy to‘la edi. Faqat bitta o‘rindiq bo‘sh uning yuragi yana tezlashdi o‘sha joy Yoongining yonida Min Yoongi u sekin borib o‘tirganda qo‘llari sovuq edi. Areum o'zida yo'qotib qo'ygandek edi go'yo chunki u bir umr ko'rishishni bir marta bo'lsa ham uzoqdan bo'lsa ham ko'rishni istagan insoni qarshida turardi u nima qilishini bilmasdi yuragi shunchalik qattiq urardiki xuddi otilib chiqib ketadigandek edi go'yo...
Yo'q sekinroq xuddi ichimdan nimadir hozir bortlab ketadigandek men bu yerda va uni yonida ha bu ush emasdi aniq endi nima qilaman uni oldida qanday o'tiraman ahhh yuragimm!
Areum sekin bordida Yoongini oldiga o'tirdi hech narsa demadi deyolmadi yuragini arang ushlab turgandi qo'llari o'zidan oldin unga talpingandek
Areum yon tomonga qaradi. Yoongi daftariga tikilib o‘tirardi lekin bu oddiy qarash emas edi. Bu — charchagan insonning qarashi edi.
Ko‘z ostidagi soyalar, barmoqlarining sekin qimirlanishi, daftar chetida yozilgan notanish satrlar… U shunchaki o‘quvchi emas edi u kurashayotgan edi hayot bilan, o‘zi bilan, pul bilan va orzular bilan. Areum yuragida og‘irlik sezdi.
Areum Pov:
Nima axir bu nega iltimos bunday bo'lmasin men endi nima qilaman nima qila olaman u uchun nima bo'lsa ham men bor kuchim bilan harakat qilaman...
Areum nigohini undan uzolmadi. Ichida ikki his mavjud edi:
unga yaqinlashish istagi va rad etilish qo‘rquvi u qo‘lini sekin qisdi.
Areum Pov:
Hozir unga gapirsam nima bo'ladi ayww nega gapirolmayapman ...
Bir lahza ko‘zlarini yumdi. So‘ng yana sekin pichirladi:
Bu savolga javob yo‘q edi. Lekin yuragi allaqachon sezgandi.Dars davomida birdan Yoongining ruchkasi qo‘lidan tushib ketdi kichkina tovush lekin Areum darrov egildi ruchkani olib, unga uzatdi barmoqlari bir lahza tegib ketdi bu oddiy teginish emas edi Areum yuragi qattiq ura boshladi Yoongi esa bir lahza qotib qoldi so‘ng sekin oldi.
Qisqa lekin kechagidan boshqacha yumshoqroq. Areum yuragini ushlab qoldi nafasi tezlashdi.
— Nima bo‘lyapti menga… Bu safar o‘zbek tilida gapirdi Yoongi boshini biroz burdi qoshlarini chimirdi tushunmadi lekin qiziqdi bu til… unga begona edi lekin Areum… endi oddiy qiz emasdi.
Dars tugadi Yoongi jim turib chiqib ketdi Areum esa o‘tirgancha qoldi qo‘llari titrardi ichida esa bitta aniq his bor edi:
u endi ortga qaytolmaydi u sekin ko‘zlarini yumdi.
Areum Pov:
Men seni yolg'iz qoldirmayman... Yoongi...
Va shu bilan u bilmagan holda… o‘z taqdirini tanlab bo‘lgandi.
Kech tushgandi. Quyoshning oxirgi nurlari deraza oynasidan ichkariga kirib, xona ichida sokin, ammo biroz g‘amgin muhit yaratardi. Areum eshikni sekin ochib uyga kirdi. Bu uy… boy, keng, chiroyli — hamma narsa mukammaldek. Lekin baribir uning yuragida nimadir yetishmasdi. Bu joy unga tegishlidek tuyulardi, ammo bir vaqtning o‘zida begona ham edi.
Otasi uni eshik oldidayoq kutib oldi. Ovozi mehrga to‘la edi. Ko‘zlarida esa charchoq bilan aralashgan cheksiz muhabbat ko‘rinardi. Areum bir lahza to‘xtab qoldi.
Areum Pov:
U… meni juda yaxshi ko‘radi… lekin men… men kimman bu yerda?..
Otasi uning yoniga yaqinlashib, boshini mehr bilan siladi.
— Buguning qanday o‘tdi, qizim?
Areum lablarini zo‘rg‘a qimirlatdi.
Qanday aytaman axir men sizni haqiqiy qizingiz ham emasman men xuddi bu yerda yolg'iz hech kimsasiz qolgandekman hamma hammasi begona...
U gapini ichida tugatdi ko‘zlari bir lahza namlandi. Areum xonasiga kirib, eshikni sekin yopdi. Tashqi dunyo bilan aloqani uzgandek bo‘ldi. U asta karavotga o‘tirdi va qo‘llariga qaradi va o‘sha payt…
Bilagidagi belgi sekin yorisha boshladi avval juda nozik keyin esa kuchliroq Areum birdan cho‘chib ketdi. Bu… yana…
U qo‘lini ushladi. Yuragi tez ura boshladi belgi issiq edi hatto kuyayotgandek ko‘z oldi birdan qorong‘ilashib, ichida g‘alati his uyg‘ondi — bu oddiy qo‘rquv emas edi. Bu ogohlantirish edi.
Areum Pov:
Bu nimani anglatadi... Nega bu bunday..
Birdan xayoliga bitta inson keldi Yoongi uning sovuq qarashi charchagan ko‘zlari yolg‘izligi Areum nafasi qisilib qoldi yo‘q… bu… u bilan bog‘liqmi?.. Belgi yana kuchliroq yondi go‘yo tasdiqlayotgandek Areum ko‘zlarini yumdi.
Areum Pov:
— Iltimos… unga hech narsa bo‘lmasin… Shunday deya u uxlab qoldi....
Ertasi kuni maktab yo‘li odatdagidan boshqacha edi. Har bir qadam og‘ir, har bir nafas notinch edi. Areum yuragidagi bezovtalikni tushuntira olmasdi, lekin u aniq bir narsani his qilardi — nimadir bo‘ladi va bu “nimadir” yaxshi emas edi. U sinfga kirganda yana o‘sha nigohlar, o‘sha begonalik hissi qaytdi. Lekin bu safar u bunga e’tibor bermadi u faqat bitta insonni qidirardi Yoongi u o‘z joyida o‘tirardi boshini past qilgan xuddi kechagi kabi lekin bugun u biroz boshqacha bezovta edi xuddi nimadandir xavotir olayotgandek edi...
Areum Pov:
Kecha.. Bu bezovtalik..
U qo‘lini sekin ushladi belgi hali ham issiq edi. Dars davom etardi, lekin Areum uchun vaqt to‘xtagandek edi. U Yoongiga qarashdan o‘zini to‘xtata olmadi. Har bir kichik harakat, har bir nafas — hammasi uning ichida aks-sado berayotgandek edi Yoongi esa xuddi boshqa dunyoda edi u daftariga nimadir yozardi lekin bu oddiy dars yozuvi emas edi. Bu… qochish edi haqiqatdan muammolardan o‘zidan.
— Nega o‘zingni buncha qiynaysan…
Yoongi eshitmadi yoki eshitib, e’tibor bermadi. Lekin shu lahzada uning qo‘li biroz titradi ruchkasi qattiqroq bosildi qog‘ozda chiziq paydo bo‘ldi ichidagi bosim tashqariga chiqayotgandek edi. Birdan Areumning bilagidagi belgi yana yonib ketdi. Bu safar oldingidan ham kuchliroq u og‘riqdan ko‘zlarini qisdi nafasi tezlashdi.
Areum Pov:
Hozir nimadir bo'ladi.. Sezyapman..
U atrofga qaradi hammasi oddiydek lekin yuragi bunga ishonmadi birdan tashqaridan baland tovush eshitildi kimdir baqirdi sinf ichida shovqin ko‘tarildi Areum yuragi qattiq urdi nigohi Yoongiga bordi.
Areum Pov;
Iltimos.. Faqat sen emas..
Belgi yana yondi Bu safar — og‘riq bilan. Shovqin asta pasaydi, lekin Areum ichidagi bo‘ron tinmadi. U qo‘lini mahkam ushlab turardi, go‘yo shu orqali nimanidir to‘xtata oladigandek U asta boshini ko‘tardI Yoongi ham bir lahza unga qaradi. Ularning nigohlari to‘qnashdi bu oddiy qarash emas edi. Bu… savol edi. Tushunarsiz bog‘liqlik edi va ichida yashiringan og‘riq edi Areum yuragi siqildi.
Areum Pov:
Bu belgi.. Bu taqdir..
U sekin nafas oldi va ichida bitta aniq qaror tug‘ildi:
U nima bo'lishidan qatiy nazar Yoongini yolg'iz qoldirmaydi...
Sinf ichidagi shovqin odatdagidek edi, lekin Areum uchun barcha tovushlar asta-sekin uzoqlashib borayotgandek tuyulardi. Quloqlarida g‘alati shovqin paydo bo‘ldi, go‘yo suv ostida qolib ketgandek. Nafasi qisila boshladi. Bilagidagi belgi esa bu safar avvalgidan ham kuchliroq yonardi — oddiy issiqlik emas, balki ichkaridan kuydirayotgan og‘riq edi. Areum qo‘lini mahkam ushladi, lekin bu foyda bermadi.
Nigohi yon tomonga qaraldi Yoongi boshini ko‘targan edi. Uning ko‘zlarida birinchi marta aniq bir o‘zgarish bor edi — bu befarqlik emasdi. U nimanidir sezgandi. Balki Areumning rangsizlanib borayotgan yuzini, balki qo‘lini ushlab og‘riqni yashirishga urinayotganini.
Bu so‘z uning labidan deyarli sezilmay chiqdi. Areum esa endi o‘zini ushlab turolmasdi. Ko‘z oldi qorong‘ilashdi. Tanasi yengillashib, boshqaruvdan chiqayotgandek bo‘ldi.
Va shu zahoti tanasi oldinga qulab tushdi.
Bir soniyaga vaqt to‘xtagandek bo‘ldi. Keyin hamma narsa birdaniga harakatga keldi.
Lekin ularning ichida eng tez harakat qilgani — Yoongi edi. U o‘rindig‘idan keskin turdi va Areum yerga urilishidan oldin uni ushlab qoldi. Qizning tanasi juda yengil tuyuldi. Juda sovuq Yoongi bir lahza qotib qoldi qo‘llari Areumni ushlab turardi yuragi esa tushunarsiz tezlikda ura boshladi.
Yoongi Pov:
Bu… nima bo‘ldi unga?..
U odatda bunday vaziyatlarga aralashmaydi hech kimga.. hech qachon.. Lekin hozir… U qo‘yib yubora olmadi.
— Yoongi, o‘qituvchini chaqiraymi?!
Yoongi keskin boshini ko‘tardi.
Qisqa javob qat’iy u Areumni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib oldi sinf birdan jimib qoldi chunki bu — odatdagi Yoongi emas edi u hech qachon bunday qilmasdi hech kim uchun.