April 14

Sengacha...❤️‍🩹

“2026 → 2012”

< 4-qism > By Areum

Yoongi chiqib ketgandan keyin xona ichi jim jit qoldi va birdan Areum o'rnidan turib uni ortidan yura boshladi xuddiki hozir bormasa kech bo'ladigandek nimadir uni bezovta qilardi..

Yoongi ketganidan beri maktab jim bo‘lib ko‘ringandi. Yo‘laklar uzun, odamlar begona, devorlar sovuq. Areum esa hech narsani sezmay yurardi — faqat bitta his uni boshqarardi uni topish.

Har bir eshik, har bir burchak, har bir soyaga qaradi. Lekin u yo‘q edi.

Areum Pov:
Nega qochyapsiz.. Men faqat sizni tushunmoqchiman...

U zinadan pastga tushdi va birdan… holsizlanib ketti. Bu safar — keskin Areum to‘xtadi , nafasi bo'g'ildi. Dunyo ko'ziga tor ko'rina boshladi..

Areum

Atrof xiralashdi tovushlar yo‘qoldi va yana o‘sha hissiyot — vaqt to'xtab qolgandek go'yo Areum ko‘zini yumdi va u yiqilmadi u tushdi. Sovuq havo, eski bino kichkina xona yosh bola burchakda o‘tirardi. Jim, yolg‘iz. Bu safar u aniq ko‘rdi bu Yoongi edi. Lekin juda kichkina juda himoyasiz u qo‘llarini qulog‘iga bosib olgan. Tashqarida baqiriqlar, ichkarida qo‘rquv eshik ochildi. Og‘ir qadamlar kattalar ovozi.

— Nega bunday qilyapsan?!
— Sen hech narsaga yaramaysan!

Bu so'zlar juda ham qattiq botardi Yoongi esa qimirlamasdi. Faqat ichkariga yashirinardi Areum yuragi siqildi.

Areum (o'zbek tilida):
Yo‘q… bu… sen nega?..

Keyingi sahna. Yomg‘ir, kechasi, yosh Yoongi ko‘chada turibdi. Nam, sovuq, qo‘lida kichik sumka u ketmoqda. Lekin qayerga — o‘zi ham bilmaydi Areum ko‘zida yosh paydo bo‘ldi. U bu og‘riqni his qildi. Bu tasvir emas edi. Bu — haqiqat edi.


Birdan hammasi qaytdi Areum yerga yiqilay dedi lekin kimdir ushlab qoldi. Issiq qo‘l, haqiqiy. U ko‘zini ochdi Yoongi. U qaytgan edi. U uni ushlab turardi.

— Sen nima qilyapsan?.. — dedi u past ovozda. Lekin ovozida g‘azab emas edi. Qo‘rquv bor edi Areum unga qaradi. Ko‘zlari hali ham nam.

— Men… seni ko‘rdim…

Yoongi qotib qoldi.

— Nima?

Areum (sekin):
— Seni… bolaligingda…

— Seni bu og'riqlaring…

Jimlik, og‘ir jimlik Yoongi bir qadam orqaga chekindi.

Yoongi (Pov):
Bu mumkin emas… u buni bilmaydi… hech kim bilmaydi… Yoongi qo‘lini siqdi.

— Sen charchagansan.

U ketmoqchi bo‘ldi. Lekin Areum uning yengidan ushladi. Bu safar qo‘rqmasdan.

— Men seni tushunaman…

Yoongi qimirlamadi. U birinchi marta nima qilishni bilmadi. Chunki u qochadigan joy qolmagan edi.

Areum (o'zbek tilida):
Men seni topdim… endi yo‘qotmayman… seni yolg'iz qoldirmayman..

Yoongi esa birinchi marta jim turib:

ketmaslikni tanladi.


Kechki uy odatdagidek sokin edi, lekin bu sokinlik Areum uchun tasalli bermasdi. U eshikdan kirib kelgan zahoti ichidagi og‘irlikni sezdi — go‘yo u faqat maktabdan emas, balki boshqa bir dunyodan qaytgandek edi. Poyabzalini sekin yechib, ichkariga o‘tdi, lekin uning harakati odatdagidan ehtiyotkorroq edi, xuddi biror narsani buzib qo‘yishdan qo‘rqayotgandek.

Onasi uni darrov qarshi oldi. Nigohida mehr bilan aralash xavotir bor edi. Otasi esa uzoqdan kuzatdi — u har doimgidek jim, lekin diqqatli edi. Areum o‘tirgach, bir lahza hech kim gapirmadi. Bu sukut ichida uning yuragi balandroq urayotgandek tuyuldi.

Areum Pov:
Men buni qanday tushuntiraman?.. ular tushunishmaydi…

Onasi yumshoq ovozda so‘radi:

— Bugun yana o‘zingni yomon his qildingmi? Areum boshini asta chayqadi.

— Yo‘q…

Otasi gapga qo‘shildi:

— O‘sha bola… seni ushlab qoldimi? Areum bir lahza to‘xtadi. Uning ko‘z oldida zinadagi lahza jonlandi — qo‘l, nigoh, va o‘sha tushunarsiz yaqinlik.

— U… oddiy emas.

Bu so‘zlar asta chiqdi. Onasi diqqat bilan qaradi.

— Qanday qilib?

Areum chuqur nafas oldi.

— Men uni… bilaman u butunlay boshqacha boshqalarga o'xshamaydi..

Otasi qoshini chimirdi.

— Qanday qilib?

Areum javob bermadi.

Chunki “kelajakdan” degan javobni aytib bo‘lmasdi. U faqat shuni dedi:

— U haqiqatdan ham boshqalardan farq qiladi...

Xona ichida sukut cho‘kdi. Onasi bu gapni to‘liq tushunmadi, lekin qizining ovozidagi ishonchni sezdi. Otasi esa asta dedi:

— Demak, u senga muhim.

Areum javob bermadi lekin ichida allaqachon tan olgandi.


Tong yorishganida Areum o‘zini boshqacha his qildi. Kechagi chalkashliklar o‘rnini asta-sekin aniqlik egallayotgandek edi. U oynaga qarab turdi — tashqi tomondan hammasi o‘sha, lekin ichida u endi oddiy qiz emas edi. U ikki narsani bilardi:

U Yoongini yolg'iz qoldirmasligini, bu uchrashuv tasodif emasligini

Areum Pov:
Men undan qochmayman qo'rqmayman ham… bu safar yo‘q… Men endi sharttaki bo'laman u uchun harakat qilaman.


Maktab yo‘laklari gavjum edi. Odamlar, shovqin, kulgi — hammasi odatdagidek. U uni tez topdi Min Yoongi deraza yonida turardi. Xuddi kechagidek oddiy. Hech kim bilmaydigan darajada oddiy.Areum bir lahza to‘xtadi. Yuragi tez urdi. Bu safar u qo‘rqmadi. U yaqinlashdi. Qadamlar sokin, lekin aniq edi.

Areum:

— Yoongi.

Ism labidan oson chiqdi. Yoongi boshini ko‘tardi. Nigohi sovuq, lekin ichida savol bor edi. Areum unga tik qaradi. Bu safar u faqat his qilmayotgan edi. U bilardi.

— Sen musiqa bilan shug'ullanasan a.

Bu gap oddiy eshitildi. Lekin Yoongi uchun bu hayratlanarli edi. U bir lahza hayron qoldi.

Yoongi Pov:
U buni qayerdan biladi?..

Areum davom etmadi. U shunchaki qarab turdi. Go‘yo “men ko‘p narsani bilaman, lekin hammasini aytmayman” degandek.


Kechqurun. Kichkina xona. Past yorug‘lik. Pianino yonida o‘tirgan yigit —

Min Yoongi u qo‘llarini notalarga qo‘ydi. Musiqa yozishni sekin boshlandi. Lekin bu musiqa oddiy emas edi. Bu — ichidagi savollarning ovozi edi.

Yoongi:

U meni qayerdan biladi?..

U ko‘zlarini yumdi Areumning nigohi yodiga tushdi. Bu oddiy qiziqish emas edi. Bu — tushunish edi va bu… uni qo‘rqitdi.

Uy ichida sukut. Ota-onasi bilan masofa. Gaplar yo‘q. Tushunish yo‘q. Faqat musiqa bor edi, va endi… yana bir inson.


Areum esa o‘z xonasida o‘tirardi. Qo‘li bilagidagi belgida. Bu safar u og‘rimadi.

Bu safar u… sokin edi.

Areum Pov:
Demak bu faqat o‘tmish emas… bu kelajak ham…

U asta pichirladi:

Areum:

— Men seni allaqachon sevganman… Va endi men seni yolg'iz qoldirmayman nima bo'lishidan qatiy nazar meni qabul qilmasligingni bilsam ham harakat qilaman. Bu gap hech kimga eshitilmadi. Lekin bu — haqiqat edi.


Maktab hovlisi odatdagidek shovqinli edi. O‘quvchilar guruh-guruh bo‘lib gaplashar, kimdir kulardi, kimdir shoshilardi. Ammo bu oddiy manzara ichida bitta nigoh bor edi — jim, sovuq, va doimiy. U uni kuzatayotgandi Min Yoongi. U odatdagidek boshqalardan biroz uzoqroq turardi. Qo‘llari cho‘ntagida, yuzida hech qanday ifoda yo‘q. Lekin ko‘zlari… faqat bitta insonni kuzatardi Areum. U bugun boshqacha edi. Kechagi qo‘rquvdan asar ham yo‘q. U sinfdoshlariga nimadir aytib kuldi. Go‘yo hech narsa bo‘lmagandek Yoongi qoshlarini biroz chimirdi.

Yoongi Pov:
Kecha… u butunlay boshqacha edi…

Qo‘lidagi titroq va bugun —

xotirjamlik. Bu mantiqqa sig‘masdi. Lekin eng katta savol boshqa edi.

U meni qayerdan biladi?..

Yoongi nigohini uzmadi. U yaqinlashmadi. U gapirmadi. Faqat kuzatdi.


Kechqurun.

Shahar chetidagi kichkina studiya. Yorug‘lik sust, devorlarda eski yozuvlar, notalar. Bu joy oddiy emas edi. Bu — Yoongining yashirin dunyosi edi. D-Town

U yerda bir nechta yigitlar bor edi. Oddiy kiyim, lekin nigohlari jiddiy. Ular uchun bu joy — shunchaki xona emas, balki chiqish yo‘li edi. Yoongi burchakda o‘tirgancha daftariga nimadir yozardi. So‘zlar. Og‘riq. Xotiralar.

— Yana yozayapsanmi?

Kimdir kulib so‘radi. Yoongi boshini ko‘tarmadi.

Yoongi:

— Ha.

U ovoz chiqarib aytmadi, lekin ichida boshqa narsa bor edi. Bugungi kun Areum. U ruchkani bir lahza to‘xtatdi.

Yoongi Pov:
Qanday qilib… kechagina kelgan qiz… men haqimda shuncha narsani biladi?..

U hech kimga musiqa haqida aytmagandi. Hatto bu guruh ham yashirin edi. Shunga qaramay… u bilardi. Bu fikr uning ichida bezovtalik uyg‘otdi. Lekin shu bilan birga… qiziqish ham.


Min Yoongi

Kechki vaqt sokinlik xuddi vaqt to'xtab qolgandek xonada hech kim yo'q faqat bir insondan tashqari Areum... U faqat pastga qarab o'tirardi nima qilishini bilmasdan ilojsiz nima bo'layotganini tushunishga harakat qilardi hayotidagi tub burilishni qabul qilolmayotgandi.. Lekin u bir narsani ich ichidan bilardi bu yerga bejizga kelmaganligini nimadir bo'lishini bilardi... Birozdan so'ng o'zini oilasi esiga tushdi o'sha lahzalar kulgi, mehr to'la ko'zlar u ich ichidan oilasini sog'ingandi.

Areum Pov:

Ehh hech narsaga tushunmay qoldim bu yer bu joy va eng asosiysi Yoongi men nega bu savollar meni qiynab ado qiladi, lekin u hali ham o'shandagidek umuman o'zgarmagan o'sha yuz, o'sha sokinlik, va o'sha qarashlar men asir bo'lgan ko'zlar men ularni haqiqadan ko'ryapman his qilyapman. Allohim nima deyishni bilmay qoldim buning uchun na xafa bo'lishni na xursand bo'lishni bilmayapman. Mayli Allohga tavakkal bu hodisalar bejizga emas men unga yordam berishim uni kulgisini qaytarishim kerak garchi kelajakni o'zgartirolmasam ham og'riqlarini biroz bo'lsada yumshatmoqchiman Allohim o'zing menga kuch ber!....


Ertasi kun. Maktab yo‘lagi Areum kitoblarini quchoqlagancha ketayotgan edi. U bir necha bor ortiga qaradi. Nega ekanini o‘zi ham bilmasdi. Chunki u sezardi. Kimdir borligini. Lekin Yoongi ko‘rinmas edi. U har doimgidek masofani saqlardi. Burchak ortida, zina yuqorisida, deraza yonida. U yaqinlashmadi. Chunki u o‘zini to‘xtatardi.

Yoongi Pov:
Yaqinlashma… yana xato qilma…

Bu oddiy qaror emas edi. Bu — o‘tmishdan qolgan qo‘rquv edi. U ilgari ham bir marta yaqinlashgan edi. Va o‘sha safar… u rad etilgandi. Shuning uchun bu safar u boshqacha yo‘l tanladi. U uzoqdan kuzatdi.

Areum sinfda o‘tirgancha derazadan tashqariga qaradi. Ichida g‘alati hissiyot bor edi. Go‘yo kimdir uni chaqirayotgandek. U asta boshini burdi va uzoqdan uni ko‘rdi Min Yoongi nigohlari to‘qnashdi. Bir necha soniya. Hech kim gapirmadi. Lekin bu sukut ichida juda ko‘p narsa bor edi. Savollar, sirlar va tushunarsiz bog‘lanish Areum yuragini ushladi. Bu safar qo‘rquv emas edi. Bu… yaqinlik edi.


Kechqurun yana o‘sha xona Yoongi oynaga qarab turardi. U qaror qabul qilgandi.

Yoongi:

— Agar u meni bilsa…

u sekin pichirladi.

— demak men ham uni bilishim kerak.

Bu oddiy qiziqish emas edi. Bu — izlanish edi va bu izlanish… ularning hikoyasini yanada chuqurlashtirardi.

Maktab kuni odatdagidek boshlangan bo‘lsa-da, Areum uchun hammasi boshqacha tuyulardi. U sinfga kirib joyiga o‘tirdi, daftarini ochdi, lekin nigohi satrlarga tushmadi. Ichida nimadir tinch emas edi. Bu qo‘rquv emas edi. Bu… kuzatilayotganini his qilish edi. U asta boshini ko‘tardi. Ko‘zlari yo‘lak tomonga tushdi va yana o‘sha his… U o‘rnidan turib tashqariga chiqdi, yo‘lak bo‘sh edi. Hech kim yo‘q. Lekin… baribir kimdir bor edi.


Zina tomon yurarkan, yuragi tez ura boshladi. Har bir qadami ichidagi noma’lum tortishuvni kuchaytirardi.

Areum Pov:
U shu yerda...

Zinaga yetganida, u bir lahza to‘xtadi. Pastga qaradi. Zinapoyalar cho‘zilib ketgandek tuyuldi. Birdan… ko‘z oldi xiralasha boshladi. Avval faqat burchaklar. Keyin markaz ham. Hamma narsa uzoqlashayotgandek. Ovozlar sustlashdi Areum qo‘lini devorga qo‘ydi. Nafasi notekis bo‘lib ketdi va shu payt tasvirlar kelib urildi. Yorug‘ sahna, qorong‘u zal va o‘rtada turib rap aytayotgan yigit… Min Yoongi


Uning ovozi bu safar yaqinroq edi. Aniqroq.

“I was born with pain…”


Areum ko‘zlarini mahkam yumdi. — Bu… yana… Lekin bu oddiy xotira emas edi. Bu… go‘yo vaqt ichidan o‘tib kelayotgan parcha edi.

Yuqoridan kimdir kuzatayotgandi Min Yoongi u bu safar uzoq turmadi. Areumning holatini ko‘rishi bilan yuragi qisildi. Bu oddiy bosh aylanish emas edi. U tezda zinadan tushdi. Lekin yana to‘xtadi. Bir qadam qoldi.

Yoongi Pov:
Yaqinlashma…

Ammo Areumning qo‘li sirpanib ketdi. Shu lahzada u o‘zini to‘xtata olmadi.U tezda yetib bordi. Areum yiqilishga yaqin edi. Lekin yana o‘sha qo‘l uni tutib qoldi. Hammasi bir lahzada sodir bo‘ldi. Areum ko‘zlarini ochdi. Hammasi hali ham xira edi. Lekin bitta narsa aniq edi u

Areum :

— Yoongi…

Bu safar uning ovozi juda past chiqdi. Titroq. Ammo unda qo‘rquv yo‘q edi. Bu safar u…

ishonch bilan aytildi. Yoongi jim qoldi. Lekin qo‘lini qo‘yib yubormadi.


Zinadan keyingi kun maktab boshqacha tuyuldi. Hamma narsa o‘sha-o‘sha — lekin ular o‘rtasidagi masofa o‘zgargandi. Min Yoongi bu safar uzoqdan kuzatmadi. U yaqinlashmadi ham. Lekin u… endi qochmadi. Areum sinfga kirganida uning nigohi allaqachon u yerda edi. Oddiy qarash emas — diqqat bilan, go‘yo biror javobni unda ko‘rmoqchidek Areum yuragini ushladi. Bu safar qo‘rquv emas edi. Bu… oshkor bo‘lishdan qo‘rquv edi. U o‘tirarkan, qo‘llari biroz titradi.

Areum Pov:
U biladi yo'q hali emas lekin sezyapti...

Dars davom etdi. Hech kim gapirmadi. Lekin ular orasida sukut orqali suhbat ketayotgandek edi. Tanaffus payti Areum yolg‘iz qoldi. Deraza yonida. Quyosh nuri tushib turardi.

U ko‘zlarini yumdi. Va ichidagi og‘riq asta yuzaga chiqdi. Uyi, onasi, otasi, uning haqiqiy uyi, yaqinlari.

Areum Pov:
Men ularni juda ham sog'indim...

Bu sog‘inch birdan kelmadi. Bu ichida yig‘ilib, endi chiqayotgan edi. U bu yerda yolg‘iz edi. Begona vaqt, begona hayot va faqat bitta tanish inson bor edi Yoongi.

Uning yonida bo‘lsa… hammasi biroz yengillashardi. Areum asta kuldi. Ko‘zlari namlandi.

Bu sevgi... Qachon bunchalik kuchli bo'lib ketdi men o'zimni qo'lga olishim qiyin bo'lyapti yuragim iltimos sekinroq...

.

.

.

4-qism tugadi.