May 19

Sengacha...❤️‍🩹

"2026-2012"

< 7-qism > By Areum

Onasi shunday deya qizini oldiga kirdi va:

— Seni ko'rgani sinfdoshlaring kelibdi. Dedi onasi biroz norozi ovozda.

—Nima? Ular rostan ham kelishiptimi meni ko'rganiyaa...

—Har holda meni ko'rgani emas qani tezroq pastga tush ular kutib qolishdi o'zingni yig'ishtirib ol qizim yaxshi gapirayotganimda o'zingni o'nglab ol sen qiz.

—Men nima qildim axir ha mayli chiqib turing hozir chiqaman...

—Nima qildimmush qilar ishni qilib qo'yib tezroq tush deya onasi chiqib ketdi.

Areum Pov

Endi... nima qilaman nahotki bu o'ngimda bo'layapti Yoongi u men uchun keldimi ko'zlarimga ishonolmayapman lekin hozir chiqib nima deyman huhhh yig'lab yuborsamchi nima bo'ladi ehh mayli tezroq tushishim kerak ularni kuttirib qo'ymay... deya Areum tayyorlanib pastga tushdi.

Areum o'zi yurishga qiynalgani uchun unga qo'ltiq tayoq olib berishgandi shu bilan u tepadan mehmonxonaga qarab tushib kelardi yuragi shunchalik qattiq urardiki yonidagi insonga bemalol eshitilardi mehmonxonaga kirgandan so'ng.

Yoongi Pov.

Nima shunchalik yomonmi hatto o'zi ham yurolmayapti nima deb gap boshlasam ekan deb endi gapiraman deganda.

—Salom Areum ancha yaxshi bo'lib qoldingmi deya Hyungsik gap boshladi.

Areum eshik oldida turib qolgandi oldinga yurishga kuchi yo'qdek go'yo xuddi nimadir bo'ladigandek faqat Yoongiga qarab turardi hatto Hyungsikni gapini ham eshitmadi.

—Haligi u hali yaxshi tuzalmagani uchun biroz o'zida emas deya qizini olib kelish uchun turdi onasi.

Qizim kiraqol edi ular seni ko'rgani kelishibti qani endi ichkariga kirchi deya qizini olb kirmoqchi bo'ldi onasi.

Areum birdan hushyor tortib.

—A haligi ha men onajon deya gapini tugatmasdan turib ko'z yoshlar o'zidan o'zi chiqib keta boshladi. Bu sevinchdan.

—Hoy qizim nima bo'ldi qayering og'riyapti nima qildi senga qizim xavotir aralash gapirdi onasi.

—Areum yaxshimisan deya oxiri o'zini tutib turolmay gapirdi Yoongi.

Areum esa ko'ksiga qo'lini qo'yib yig'lardi hamma hayron unga nima bo'lganini bilish istagida va Areum o'zini qo'lga olib gapira boshladi.

—Ha rahmat yaxshiman sizlarni ham ovora qilib qo'ydima deya yig'i aralash gapirdi.

—Yo'g'e nega unaqa deysan qani kelaqol yonimizga dedi oldidagi stolga shama qilib Hyungsik.

Areum sekin asta ular tomon borardi va Yoongini oldiga kelib o'tirdi onasi ham biroz hayron qoldi qizi nega yig'lagani va aynan uni yoniga o'tirgani unga qiziq edi.

—Rostan ham yaxshimisan deya so'radi Yoongi.

—Ha albatta yaxshiman xavotir olmanglar kelganingizdan juda xursand bo'ldim.

—Lekin hozir yig'laganingchi savol ta'riqasida so'radi Hyungsik.

—Haligi ko'zimga nimadir kirgandi shunga ko'zimdan yosh chiqib ketdi deya javob berdi Areum.

Bu gapiga o'zi ham ishonmasdi lekin majbur shunday bahona qilishga.

—Ha aytgancha Areum endi qachondan maktabga chiqasan so'radi Hyungsik Yoongi ham qo'shilib.

—Ertadan (ichida) xudo xohlasa.

—Rostan yaxshi tezroq tuzalib ketgin kulimsiradi Hyungsik.

—Qizim hali otang kelsin yana maslahatlashamiz.

—Oyi nimasini maslahatlashamiz axir kecha menga shunaqa degandingizku? norozi ohangda.

—Kecha bu kecha edi endi bugun boshqa holat bo'lyapti qizim.

—Men ertadan boraman dedim oyi iltimos qarshilik qilmasangizchi jahl aralash gapirdi.

Bundan Yoongi va Hyungsik biroz noqulay bo'lishib gapga qo'shilishdi kata janjal bo'lib ketishidan oldin.

—Xolajon nimasini o'ylaysiz axir biz bormiz o'zimiz unga ko'z quloq bo'lamiz xavotir olmang deya gapirdi Hyungsik.

—Ha albatta men birga qizingiz bilan borib kelaman to tuzalgunigacha gapga qo'shilib Yoongi.

Areum bu gapdan shok holatida qoldi.

Areum Pov.

Nahotki men u bilan birga menga nimadir bo'lyapti negadir juda ham xursand bo'lib ketyapman Yoongi bilan birga borish.

Ular ikkisi Areumni onasini oxiri rozi qilishdi va Areum bilan maktabga birga ketishga kelishib olishdi va ketishdi ular ketishgach onasi Areumga norozi ohangda.


—Mana niyatingga ham erishding lekin hozir otang keladi o'shanda ko'ramiz ahvolingni shu payt otasi kirib keldi.

—Nimani ko'rarkanmiz onasi nima bo'lyapti qizimni nega xafa qilyapsan.

—A sizni kelganingizni sezmapmiz yaxshi keldingizmi gapirdi onasi.

—Ha yaxshiman gapni aylantirmasdan gapir nima haqida gapirayotgandingiz?

—Otasi asti so'ramang bu ahmoq qizingiz esini yeb qo'yipti nima emish yangi dinga o'tganmish bizni dinimiz yoqmasmish.

—Oyiii! Hali men yoqmadi demadimku norozi ohangda.

—Qizim onangni gapi to'g'rimi nima sen boshqa dinni qabul qildingmi qaysi dinni nega qabul qilding qanday sabab borki sen o'z diningdan kechib boshqa dinga o'tding.

—Ota to'g'risinni aytsam men bu dinni endi emas oldindan men shu dinda bo'lganman va buni sabablari bisyor men sizlarni yuzingizni yerga qaratadigan hech narsa qilmadimku nega buncha xavotir olasizlar ha men boshqa dindaman va bu Islom dini va men bu tanlovimdan hech qachon afsus qilmayman!

—Qizim yaxshilab o'yladingmi bu qaroringdan qaytmaysanmi?

—Yo'q ota iltimos meni tushuning o'zim mustaqil qaror qabul qildim allaqachon va men bundan qaytmayaman!

—Xo'sh nima ham derdim qizim senga ishonaman seni bu qarorga kelishingga arzirli sababing bo'lgan men buni tushundim qizim deya gapiridi otasi muloyimlik bilan.

—Axir dadasi qanday qilib bunchalik beparvo gapiryapsiz nima bir martta bo'lsa ham qizingizni urushmaysizmi axir u erkalanib ketyapti borgan sari...

—Onasi jim bo'l qizimiz endi ancha katta bo'ldi o'zi nima qilayotganini juda yaxshi biladi biz uni qarorlariga dalda bo'lib qo'llab quvvatlashimiz kerak men bu qaroridan yomonlik ko'rmayapman qani buyog'ini ham ko'ramiz nima bo'larkin.

—Dadasiiiii.... gapini tugatmasdan oldin otasi yana dakki berdi onasiga.

—Rahmat katta rahmat ota ishonchingizni oqlayman hali mendan faxrlanib yurasz deya xursandligidan xonasiga chiqib ketti Areum!

—Dadasi uni erkalatib yuboryapsiz axir nega uni bir martta bo'lsa ham urishmaysiz.

—Bas qil onasi nega urishishim kerak o'zi bittayu bitta qizimiz bo'lsa uni ustiga men unga ishonaman bu mavzu shu erda yopildi qayta ocha ko'rma qizinga ham gapirib yurma men senga oxirgi gapimni ayttim! deya otasi ham xonasiga kirib ketdi.


Areum xonasiga kirib avval tahorat oldi va javonini ko'zdan kechirib qidirib qidirib oxiri bitta uzun ko'ylak bilan katta sharf topdi va kiyinib ibodatga o'tdi ibodatini qilib bo'lgach oxiri duo qila boshladi.

Areum Pov.

Allohim o'zingga shukur shu kunlarga yetkizganing uchun o'zing menga darmon bo'lganing uchun Allohim men seni taqdiringda roziman yaxshimi yomonmi meni endigi yo'limni osonlashtir to'g'ri yo'lni o'zing ko'rsat ey Robbim tog'risini aytsam bir badangda ko'nglim boy ey Allohim buni sen allaqachon bilib bo'lgansan va sendan o'tinib so'rayman uni o'zing panohingda asra yomon narsalardan o'zing asra uni yo'lini doimo yorit unga doim dalda ber Allohim o'zing uni mag'firat yo'liga chorla men ojiz bandangni qo'lidan hech narsa kelmaydi uni qalbimga solgan yagona zot bu shaksiz sensan ya Robbim senga hamdu sanolar bo'lsin uni menga tanitganing va bu yerga olib kelganing uchun ming shukur ey Allohim!.... deya uxlab qoldi.


Yoongi va Hyungsik Areumni uyidan chiqqandan keyin yo'lda bir birlari bilan maslahatlashib ketishayotgandi.

—Mana Arumni ham ahvoli yaxshi ekan xayriyat lekin bir narsa meni o'ylantiryapti Yoongi?

—Nima ekan?

—Haligi Areum bizni oldimizga kelganda yig'ladiku shuni sababini hali ham tushunolmadim.

—Ha men ham so'ragim keldi lekin ahvolini battar qilmay deya gapirmadim.

—To'g'ri mayli nima bo'lsa ham yaxshi ekan endi ertaga uni qay birimiz maktabga birga olib boramiz? kulimsiradi Hyungsik.

—Albatta menda bu so'zni Yoongi hayolida o'ylayapman deb o'ylagandi og'zidan qanday chiqib ketganini o'zi ham sezmay qoldi...

—Nima... nima eshitmay qoldim kulib yubordi Hyungsik.

—Haligi... nima deyishini bilmay qoldi Yoongi.

—Ana endi qo'lga tushding sen majnunga aylanib ulguripsanku kulib gapirdi Hyungsik.

—Bu nima deganing gapingga ehtiyot bo'l qanaqa majnun bitta maktabda o'qiganimiz uchun aytgandim axir sen bizga teskari tarafda o'qiysanku?

—Ha yana qochyapsan lekin bu endi ish bermaydi qani menga bir boshidan gapirchi qanday qachon bunchalik oshiq bo'lib qolding sen bola?

—Jim bo'lasanmi yo'qmi hech qanaqa oshiq emasman shunchaki unga yordam bergim keldi shu xolos.

—Demak achinganingdan unga yordam beryapsanmi shunda?

—Ha shunday! bu javobni Yoongini o'zi ham kutmagandi.

—Nimaaa hayron qoldi Hyungsik bu haqida Areum bilsa qattiq ranjiydi bu gapni bir aytting boshqa gapirib yurma Hyungsik hazil aralash gapirdi.

—Bo'ldi bo'ldi bugun ancha charchadim uyingga ketaqol senam men uyimga kirdim ertaroq uxlayman deya Yoongi uyiga kirib ketdi.

—Ha majnun mendan yashiraverchi mayli yaxshi dam ol deya Hyungsik ham uyiga ketdi.


Yoongi uyiga kelgach oshxonada onasi ovqat tayyorlardi otasi esa hali ishdan kelmagandi.

—Ha o'g'lim keldingmi? so'radi onasi.

—Ha keldim deya javob qaytardi Yoongi

—Nimadir yeysanmi o'g'lim yana so'radi onasi

—Yo'q hech narsa yemayman o'zingiz yeyaverinng deya Yoongi xonasiga kirib ketti.

U xonasiga kirarkan yuragi xuddi taskin topgandek lekin ichida bir necha g'alati hislar uni tinch qo'ymasdi oxiri fikrini bir joyga yig'ib olish uchun qo'liga gitarasini oldida sekin asta chala boshladi

Bu Yoongini eng yaxshi tinchlantira oladigan narsa edi u faqat chalamsdi u ich ichidan his qilib har bir notadan qalbidagi hislarni aytardi go'yo

Va chalib bo'lgach o'zini ancha yengil his qildi va uxlashga yotdi.

Ertalab quyosh endi chiqar payti Areum hayajondan erta turib olgandi javonini titkilarkan hamma kiyimlarini birma bir kiyib chiqti juda ham hayajonda u bugun har safargidanda boshqacha edi ko'zlari har safargidanda chaqnardi. U oynaga qararkan o'ziga o'zi dedi:

Areum Pov

Nahotki! nahotki men Yoongi bilan.... ishongim kelmayapti hozir quvonchdan sakrab ketaman qanchalik baxtlimana lekin bu tush bo'lmasinda iltimos tushim bo'lmasin lekin nima bo'lganda ham shunchalik baxtlima Allohimga ming shukur!...

U shunday deya kiyimlarini kiyib tayyorlanib turardi.

Oynaga qarab yana ham xursandligidan sochlarini qo'llari bilan tarab turardi

Ertalab Yoongi bugun barvaqt turib ertaroq uyidan chiqti u ham ichidan nimalardir o'tardi lekin hali ham unga bu noaniq bo'lib tuyulaverardi Areumni uygiga yaqinlasharkan yuragi biroz tartibsiz ura boshladi bundan o'zi ham hayron edi

Yoongi Pov

Aywww yuragim nima bo'lyapti o'zi menga nega ichimda xuddi.. yuragim nega bezovtaa u shu hayollar bilan Areumni uyiga ham yetib kedi va qo'ng'iroqni chaldi

Qo'ng'iroq ovozini eshitgan Areum yuragi yanada bezovta ura boshladi Duk.. duk..

U tezda pastga tushib yana bir ketishdan oldin o'ziga qarab eshikni ochti

.

.

.

.

7-qism ham tugadi. Maroqli mutolaa..