Sengacha...❤️🩹
Yo‘lak uzun tuyuldi har bir qadam og‘ir lekin Yoongi to‘xtamadi. Areumning boshi uning yelkasiga yengil tegib turardi. Nafasi juda sekin edi bu Yoongini bezovta qildi.
Javob yo‘q. Uning qo‘llari biroz mahkamroq qisildi maktab shifokori xonasining eshigi ochildi.
Shifokor o‘rnidan turdi. Yoongi ichkariga kirib, Areumni karavotga yotqizdi.
— U birdan hushidan ketdi. Ovozida hali ham o‘sha sovuqlik bor edi. Lekin chuqurroq tinglasak… Unda xavotir yashiringan edi. Shifokor tekshirishni boshladi Yoongi esa bir chetda turardi lekin ketmadi ko‘zlari Areumdan uzilmadi.
Maktab shifoxonasi ichida sukunat hukm surardi. Deraza ortidan tushayotgan xira yorug‘lik xona ichida sokin, ammo og‘ir muhit yaratardi. Karavotda yotgan qiz — Areum — harakatsiz edi. Nafasi sekin, yuzlari rangsiz. Uning yonida esa bir odam turardi.
Yoongi u qo‘llarini cho‘ntagiga solgancha turardi, lekin bu tashqi ko‘rinish ichidagi holatni yashira olmasdi. Nigohi bir nuqtaga — Areumga qadalgan u ketishi kerak edi oddiy holatda u allaqachon ketgan bo‘lardi. Bu uning ishi emas edi. Bu qiz — uning hayotining bir qismi emas edi.
Lekin… nega u hali ham shu yerda?
Yoongi Pov:
Men nima qilyapman... Nega ketmayapman?
U chuqur nafas oldi.. ko‘zlarini bir lahza yumdi. Lekin ko‘zini yumgan zahoti o‘sha manzara qayta jonlandi — Areumning yiqilishi, qo‘lining sovuqligi, uning zaifligi bu tasvir ichidan ketmadi.
Yoongi Pov:
Bu qanday ro'y berdi.. Nima sababdan
U yana sekin ko‘zini ochdi nigohi beixtiyor Areumning bilagiga tushdi o‘sha lahza… u nimanidir ko‘rgandek bo‘lgandi yorug‘lik , belgi. Lekin bu mantiqqa sig‘maydi.
Yoongi Pov:
Men shunchaki charchagan bo'lsam kerak.
U asta oldinga bir qadam tashladi Areumga yaqinroq uning yuziga qaradi shunchalik sokin edi. Shunchalik… himoyasiz.
Ovoz juda past chiqdi. Go‘yo o‘zi ham eshitmasin degandek.
Yoongi Pov:
Men odatda bunday qilmasdim.. Hech kim uchun.
Bir lahza sukut so‘ng ichidan yana bir fikr chiqdi:
U bu savolga javob topolmadi lekin bitta narsa aniq edi:
Areumning kipriklari asta titradi. Nafasi biroz tezlashdi va sekin ko‘zlarini ochdi. Avval hamma narsa xira edi, keyin asta-sekin aniqlasha boshladi shift, yorug‘lik va… yonida turgan inson Yoongi... Areum bir necha soniya jim qoldi. Yuragi birdan tez ura boshladi.
Areum Pov:
U men bilan yuragim iltimos sekinroq sezdirib qo'yasankuu... Endi nima qilaman.
Yoongi uning uyg‘onganini sezdi. Nigohi biroz o‘zgardi.
Ovoz past lekin bu safar unda sovuqlik yo‘q edi Areum sekin bosh irg‘adi.
Yoongi bir lahza sukut qildi , so‘z tanlayotgandek.
Areum sekin o‘tirishga harakat qildi boshida og‘riq bor edi. Lekin oldida inson xavotir olasligi uchun o'zini yaxshi ko'rsatishga harakat qilardi.
Areum Pov:
Men o'zi nima qilyapman nega uni ko'rishni orzu qilardim hozir u oldimda lekin nega unga hech narsa deyolmayapman nega axir ehh meni shu fe'lim hech o'zgarmadii... Mayli nima bo'lsa ham nimadir deyishim kerak.
U beixtiyor lablarini qimirlatdi:
Yoongi qoshlarini biroz chimirdi. Savolni kutmagandi.
U javob bermadi lekin bu jimlik — javobning o‘zi edi.
Shifoxona xonasi sokin edi, lekin bu sokinlik ichida yashiringan og‘irlik bor edi. Oqartirilgan devorlar, dori hidiga to‘la havo. U karavotda o‘tirgancha qo‘llarini mahkam ushlab olgan, barmoqlari biroz titrardi. Nafasi notekis edi. Go‘yo ichida nimadir sinib, yana qayta yig‘ilolmayotgandek. Eshik ochildi onasi va otasi ichkariga shoshilib kirib kelishdi.
Onasining ovozi titrab chiqdi. U darrov qizining yoniga yugurib borib, yuzini ushladi. Ko‘zlari yoshga to‘la edi.
— Qizim, yaxshisanmi?.. Nima bo‘ldi senga?..
Otasi esa uning yonida turib, jim qarardi. Lekin uning ko‘zlarida ham vahima yashirin emasdi savollar yog‘ila boshladi.
— Qayering og‘riyapti?
— Nega hushingdan ketding?
— Oldin ham shunaqa bo‘lganmi?..
Areum ularni eshitardi lekin… tushunolmasdi ovozlar chalkashib ketayotgandek edi. So‘zlar bir-biriga urilib, ma’nosiz tovushlarga aylangandek yuragi tez urdi, nafasi qisildi, ko‘zlari vahimaga to‘ldi.
Areum Pov:
Men ularni biladigandek lekin men bu yerda begonaman.
Onasi uning qo‘lini mahkam ushladi.
— Areum, menga qara… men onangman…
Bu gap… uni yanada qo‘rqitdi Areum birdan qo‘lini tortib oldi ko‘zlari katta ochildi, orqaga biroz surildi go‘yo himoyalanishga urinayotgandek.
Ovozi juda past chiqdi titroq, chuqur qo‘rquvga to‘la u atrofga qaradi hammasi begona edi, hammasi lekin… bitta inson bundan mustasno edi!...
Uning nigohi yon tomonga burildi va u yerda… Min Yoongi turardi.
Areumning nafasi yana tezlashdi. Ko‘zlaridagi qo‘rquv endi yashirin emasdi. U atrofidagi barcha odamlarni begona his qilardi — ularning ovozi, ularning yaqinlashuvi, hatto ularning mehrli nigohlari ham uni tinchlantirmasdi. Aksincha, bu hammasi uning ichidagi vahimani yanada kuchaytirardi.
Areum boshini tez-tez chayqadi.
Uning ovozi sinib chiqdi ko‘zlari yoshga to‘ldi u yana orqaga surildi, qo‘llari bilan o‘zini himoya qilgandek va shu payt… uning lablari beixtiyor qimirladi avval juda sekin, devorlar eshitmaydigan darajada.
Hech kim eshitmadi faqat u Yoongi uning ko‘zlari darrov Areumga qadaldi Areum yana pichirladi bu safar biroz aniqroq, titroq ovoz bilan.
Go‘yo bu ism uning uchun yagona tayanch edi, yagona haqiqat, yagona eslab qolingan narsa. U qo‘lini asta unga tomon cho‘zdi.
Bu so‘z juda past edi. Lekin ichidagi ma’no — juda chuqur.
Iltimos meni tashlab ketma!...
Xonadagi hamma qotib qoldi. Otasi hayrat bilan qaradi. Onasi esa ko‘z yoshlarini to‘xtata olmadi.
— U… nega aynan… uni chaqiryapti?..
Shifokor esa jim turib kuzatardi....
Yoongi esa qimirlamay turardi. Bu vaziyat… unga begona edi. U bunday hislarni bilmasdi lekin hozir… Areumning titrayotgan qo‘li… va faqat uni chaqirayotgan ovozi… ichida nimanidir sindirdi. U sekin oldinga qadam tashladi va Areumga yaqinlashdi.
Areum uning yaqinlashganini sezishi bilan biroz tinchlangandek bo‘ldi. Nafasi hali ham notekis edi. Lekin ko‘zlaridagi vahima… asta pasayishni boshladi go‘yo u nihoyat tanish bir narsani topgandek.
Areum (o'zbek tilida):
Faqat sen.. tushunyapsan shundaymi?
Yoongi bu so‘zlarni tushunmadi. Lekin his qildi.
Xona ichidagi og‘ir sukutni shifokorning ovozi buzdi. U bir necha soniya davomida kuzatib turgan manzarani xotirjamlik bilan tahlil qilayotgandek edi. U bu belgilar xotirani biroz yo'qolishi deya taxmin qilayotgandi. Lekin aslida u bilmasdiki bu qiz sog'lom lekin bu yerlik emas.
— Bu holat… vaqtinchalik xotira yo‘qolishiga o‘xshaydi.
— Yo‘q, — dedi shifokor sokinlik bilan. — Bu ko‘p hollarda kuchli ruhiy zarba yoki haddan tashqari stress natijasida yuz beradi.
— Demak u… bizni tanimayapti?..
— Ha, hozircha unda umumiy xotira buzilishi bor.
U bir oz to‘xtab, keyin davom etdi:
— Lekin eng muhim jihati shundaki… u hammasini unutmaydi. Hammaning e’tibori unga qaratildi.
— Inson miyasi bunday paytda eng kuchli hissiy bog‘lanishlarni saqlab qoladi.
— U kimnidir juda chuqur his qilgan. Balki… sevgan.
Xona yana jim bo‘lib qoldi og‘ir, aniq qochib bo‘lmaydigan haqiqatdek, otasi asta Yoongiga qaradi. Onasi esa Areumning qo‘lini ushlab, yig‘lab yubordi.
— Demak… u faqat… shu bolani eslab qolgan?..
Areum esa hali ham Yoongiga qarab turardi, unga biror so'z deya olmasdi lekin unga ishonardi u bu yerda yolg'iz emasligiga ishonardi
Areum Pov:
Meni bu yerga kelishim tasodif emasdir balki naxotki Allohim meni u bilan uchrashtirgan bo'lsang lekin men juda noilojdekman unga qanday yaqinlashaman gapiraman..
Shifoxona xonasida vaqt sekin oqayotgandek edi. Oqartirilgan devorlar, xira yorug‘lik va orada eshitilib turadigan apparat tovushlari bu joyni yanada sovuqroq qilib ko‘rsatardi. Areum karavotda o‘tirgancha hali ham ichki titroqni bosishga harakat qilardi. Uning yonida esa hamma asta-sekin chiqib ketayotgan edi — shifokor, ota-onasi ham tashqariga chiqib, gaplashib olish uchun vaqt berishdi.
Xona ichida ikki inson qoldi Areum va… Min Yoongi
Yoongi eshik yonida turardi. Go‘yo chiqib ketish uchun kelgan, lekin oxirgi qadamni qo‘ya olmayotgandek. Qo‘llari cho‘ntagida, nigohi pastga qadalgan. U o‘ziga tanish bo‘lgan sovuq qobig‘iga qaytmoqchi edi. Bu holatdan uzoqlashmoqchi edi. Lekin… qadam tashlay olmadi.
Yoongi Pov:
Bu mening muammoyim emas. Men ketishim kerak..
Lekin ichidan boshqa ovoz chiqdi:
Unda nega hali ham shu yaerdasan?
U boshini sekin ko‘tardi nigohi Areumga tushdi qiz hali ham unga qarab o‘tirardi qo‘rquv bilan, ishonch bilan va tushunarsiz bog‘liqlik bilan. Bu nigoh Yoongini qimirlatmay qo‘ydi.
U sekin oldinga bir qadam tashladi so‘ng yana va oxiri karavot yoniga kelib to‘xtadi.
Lekin uning ovozida yashiringan narsa — g‘amxo‘rlik edi.
O‘zi ham sezmagan holda Areum javob bermadi u faqat unga qarab turardi hayolida faqat bir gap:
Siz umuman o'zgarmagansiz lekin oldingidan ancha yosh va yoqimtoy.. E to'xta menga nimalar bo'lyapti ey qiz o'zingni bos...
Shu payt, uning bilagidagi belgi yana jonlandi.
Avval issiq, keyin achishuvchi og‘riq kabi tarqaldi va birdan… hammasi o‘zgardi.
Qorong‘u xonalar, sovuq devorlar, yolg‘izlik hidini eslatadigan sukut — bularning barchasi Areumning ongiga bir zumda yopirilib keldi. U bu manzaralarni ko‘rayotgandek emas, balki yashayotgandek his qildi. Kichkina bola burchakda o‘tirardi, ovoz chiqarmasdi, lekin uning ichidagi og‘riq butun xonani to‘ldirib yuborgandek edi. Bu og‘riq tanish emasdi, lekin juda yaqin edi. Juda chuqur.
Keyin pianino tovushlari… sovuq barmoqlar bilan qayta-qayta takrorlanayotgan notalar, go‘yo har bir bosilgan tugma ichidagi og‘riqni yashirish uchun urinish edi. So‘ng yomg‘ir ostida yolg‘iz yurayotgan yigit… u to‘xtamasdi, orqasiga qaramasdi, go‘yo orqaga qaytadigan joyi yo‘q edi.
Bu faqat tasvir emas edi. Bu — uning yuragi orqali o‘tgan hayot edi va Areum birdan tushundi. U bu og‘riqni ko‘rayotgani uchun emas… uni his qilayotgani uchun qo‘rqdi. Ko‘zlari asta ochildi. Xona yana o‘sha joy edi. Lekin u endi avvalgidek emasdi.
Areum :
Siz shuncha og'riq bilan yashayapsizmi?...
Uning ovozi titrardi. U hali ham ko‘rganlarini unutolmayotgandi.
U sekin nafas oldi, ko‘zlari Yoongiga tushdi. U ichida shuncha og‘riqni yashirgan, lekin buni hech kimga ko‘rsatmagan inson edi.
U asta qo‘lini uzatdi. Bu harakat majburiy emasdi, o‘ylangan ham emasdi. Bu — yurakning o‘zi qilgan tanlov edi. Yoongi qimirlamadi. U bu lahzani tushunmasdi, lekin undan qochmadi ham. Go‘yo ichida nimadir “yana bir qadam tashlasang, hammasi o‘zgaradi” deb ogohlantirayotgan bo‘lsa-da, u bu safar orqaga chekinmadi. Areumning barmoqlari uning qo‘liga tegdi.
Issiq, haqiqiy va g‘alati darajada tanish.
Bu oddiy tegish emasdi — bu ikki xil yolg‘izlikning bir nuqtada uchrashuvi edi.
Areumning ichida birgina o‘y jarangladi:
Men seni yolg'iz qoldirmayman...
Va shu lahzada Yoongi ham bir narsani sezdi — u qanchalik qochmasin, qanchalik o‘zini yopmasin, bu qiz allaqachon uning ichidagi eng yashirin joyga yetib bo‘lgandi. Bu esa… uni eng ko‘p qo‘rqitadigan narsa edi.
Shifoxona xonasida o‘sha bir lahza uzoq davom etgandek tuyuldi. Hech kim gapirmadi, hech kim qimirlamadi. Faqat ikki qo‘l orasidagi kichkina masofa yo‘qolgan edi — Areumning barmoqlari Yoongining qo‘lini ushlab turardi. Tashqaridan qaraganda bu oddiy holatdek ko‘rinar edi, lekin ichkarida butun dunyo o‘zgarayotgan edi.
Min Yoongi esa qimirlamay turardi. U bu lahzani his qilayotgan edi, lekin tushunishni istamasdi. Chunki tushunsa — hammasi o‘zgaradi. Va u o‘zgarishdan qo‘rqardi. U ko‘p narsani yo‘qotgan inson edi, shuning uchun yana nimagadir bog‘lanish fikri uning ichida og‘irlik tug‘dirardi.
Areum esa buni bilmasdi. U faqat his qilardi. Ichida g‘alati sokinlik paydo bo‘lgandi, go‘yo u uzoq izlagan narsasini topgandek.
Areum Pov:
Men sizni axiri topdim uchratdim endi sizni xafa qilishlariga ranjishingizga yo'l qo'ymayman...
Yoongi esa bir qadam orqaga chekindi. Bu harakat juda kichik edi. Lekin u ichidagi qarorni bildirardi. U qo‘lini asta bo‘shatdi Areumga qaramadi chunki qarasa — qolib ketardi. U buni sezardi. Shuning uchun u o‘zini majburladi. Ovozini past tutdi.
Bu oddiy gap edi. Lekin ichida urush bor edi. U chiqib ketmoqchi edi. Chunki qolsa — bog‘lanib qolardi va u bunga tayyor emasdi.