May 15

Black Promise🪶

Qorong'ulikda topilgan nur

By Areum ep1

Yakshanba 9:45

— Suna deb baqirdi Sofiya jahl aralash.

—Nima? so'radi Suna.

—Nega meni narsalarimga tegaverasan qara kiyimlarim hammasi aralashib ketibti.

—Shunga shunchami nahotki bittayu bitta singlingizdan kiyimlaringizni qizg'ansangiz ensasini qotirib gapirdi Suna.

Suna 16 yosh Sofiani singlisi. Xarakteri: Quvnoq, xushchaqchaq. Opasini asabiga tegish bo'yicha chempion

—Yo'g'e endi katta bo'lib qolib meni mensimayapsanmi deyman.

—Opajon buncha tez jahlingiz chiqadi hozir yig'ishtirsak bo'ldiku shunga baqirish kerakmi.

—Haaa asablarim o'zi sen kam eding qani yig'ishtir bo'lmasam ko'raylikchi bir mahoratingni singlisini turtib gapirdi Sofia.

—Eee bo'ldi qiling opa endi men kichkina qizchamasman va bu sizni narsalaringiz o'zingiz yig'ishtiravering meni ishlarim bor. Masxara qilgancha kulib

—Hali shunaqami qani buyoqqa kelchi jahl va kulgu aralash singlisini quva ketdi.

Shu payt Sofiani telefoniga xabar kelgandi.

—Opaa bo'ldi qarangchi sizga xabar keldi balki muhimdir gapni olib qochdi Suna.

—Pismiq hozir sen shoshmay tur deya telefonini qo'liga olib xabarni ochib ko'rarkan ko'zidan yosh oqib xursandligidan sakrab ketdi.

Sofiani shunday odati bor edi nimadandir qattiq xursand bo'lsa o'zida yo'q xursand turgan joyida o'ynab ketardi

—Singiljoonnn men shunchalik baxtlimankii deya singlisini mahkam quchdi.

—Bo'ldi qiling opa aqldan ozdingizni yoki nima latareyadan yutuq chiqdimi so'radi Suna.

—Eee qanaqa yutuq qanaqa lotereya undan ham ajoyib xushxabar men qabul qilindim o'qishga kirdim oxiri xursandligidan baqirib ketdi Sofiya

—Rostan opa juda ham xursand bo'ldim tabriklayman deya u ham opasini mahkam quchdi.

Shu payt ichkaridagi qichqiriqdan qo'rqib ketgan onasi yugurib ichkariga kirdi

—Nima bo'ldi qizlarim hansirab gapirdi.

—Onajonn opam o'qishga kiribtilar qarang qancha qiyinchilikdan so'ng opamni o'qishga qabul qilishibti xursandchiligidan onasini quchib gapirdi Suna.

—Allohimga ming shukur qizim Sofiya darajang bundanda baland bo'lsin deya qizini quchoqlab yuzidan o'pib qo'ydi.

Bu xabarni shu kuniyoq butun mahalla hamma qo'shnilaru qarindoshlargacha aytishgandi hamma xursand ayniqsa Sofiyani ota onasi qizlari bilan faxrlanishardi.

———KETISH KUNI...

Bir pasta o'qish kuni ham kelgandi Sofiya ancha tayyorlanib narsalarini yig'ishtirgancha oilasi bilan xayrlashardi bir tomondan ketayotganidan oilasidan uzoqda yurishga ko'nikmagani uni qiynasada bir tomondan orzulari ushalishga birinchi qadamni qo'ygandek xursand edi...

—Qizim! Mayin ohangda gapirdi otasi.

—Balki sen bilan birga borarman a seni joylashtirib qaytarmidim seni o'zingni jo'natish qiyin bo'lyapti.

—Yo'g'e otajon axir men katta qiz bo'lib qolgan bo'lsam mendan xavotir olmanglar yana bu yerda ham ishingiz qolib ketadi axir bu ishga ancha muncha ter to'kmadingi deya ota onasini mahkam bag'riga bosgancha yig'i aralash gapirib.

—Opajon meni ham esizdan chiqarmangga yana u yerga borib bizga qo'ng'iroq qilib turing sizdan xabar kutamizaa gapirdi Suna.

—Albatta singiljon nahot seni esdan chiqarsam ukalarimga yaxshi qara yana urushib yurmanglara hazilomus tariqasida kuldi va yo'lga otlandi.

Flasshback

Sofiyani Sunadan tashqari yana 2 ta ukasi bor. Ularni biri 10 ikkinchisi esa endi 5 yoshga to'lgandi. Sofiya Koreyaning top univeriga o'qishga kirgandi u birinchi yil o'qishga kirolmagan va ikkinchi yil qattiq o'qib o'qishga topshirgan. Seuldagi univerni psixologiya yo'nalishida tahsil oladi.

Ichki muzokaralar...

Shahardan ancha uzoqda, tuman bilan o‘ralgan tepalik ustida ulkan bir qasr qad rostlagan edi.

U oddiy qasr emasdi. Qora toshlardan qurilgan devorlar… Uchli minoralar…
Har burchagida kuzatib turgandek tuyuladigan qoramtir oynalar…

Qasrga eltuvchi yo‘lning boshida baland temir panjaralar turardi. Panjaralarning ikki tomonida qurollangan qo‘riqchilar jim turar, faqat shamolning sovuq uvillashi eshitilardi.

Temir darvozalar sekin ochildi. Ichkariga kirgan zahoti qimmatbaho qora avtomobillar birin-ketin saf tortib turgani ko‘zga tashlanardi. Boylik, qudrat va qo‘rquv.

Bu joyning havosidan ham xavf ufurib turardi.

Heukwol qarorgohi

Qasr ichiga kirilgach, uzun yo‘laklar qorong‘i chiroqlar bilan yoritilgan, marmar pollarda esa qadamlardan aks-sado taralardi. Yo‘lak oxirida ulkan ikki qanotli eshik turardi. Heukwolning yuragi.

Kengash zali

Eshiklar ochilishi bilan katta, sovuq xona ko‘rindi. Markazda uzun qora stol. Stolning bir tomonida oltita inson sukut bilan o‘tirardi.

Kim Namjoon.
Yoongining o‘ng qo‘li. Qo‘lidagi hujjatlarga qarab, sokin ovozda gap boshladi:

— Busandagi yuk xavfsiz yetib bordi. Yangi dori partiyasi ertaga chegaradan o‘tadi. Politsiya ichidagi odamimiz yo‘lni tozaladi.

Yonida o‘tirgan Jeon Jungkook planshetini stolga qo‘ydi.

— Kecha ikki noma’lum shaxs tashqi hududga yaqinlashdi. Kuzatuv kameralari yuzini aniqladi. Odamlarim ularni topmoqda.

Park Jimin labida yengil tabassum bilan kompyuter ekraniga qaradi.

— Kang Do-hyunning uchta yashirin hisobini buzdim. U yangi odam savdosi yo‘nalishini ochgan. Xaridorlar ro‘yxati ham qo‘limda.

Kim Taehyung kresloga suyanib, barmoqlari bilan stolni sekin taqillatdi.

— Tokio hamkorlari biz bilan yangi kelishuv istayapti. Ammo ular narxni tushirmoqchi.

Jung Hoseok yengil kulimsirab dedi:

— O‘g‘irlangan zargarlik buyumlari bugun oqshom sotiladi. Faqat bitta muammo… xaridor juda ko‘p savol beryapti.

Oxirida jim turgan Kim Seokjin boshini ko‘tardi.

— Hamkorlar orasida xoin bo‘lishi mumkin. Kimdir ichkaridan ma’lumot uzatyapti.

Xonaga sukut cho‘kdi. Ammo hali ham stol boshida o‘tirgan insonning yuzi ko‘rinmasdi. U kreslosini hammaga teskari qilib o‘tirgan edi. Faqat qo‘lida aylantirayotgan kumush pichoqning yaltirashi ko‘rinardi.

Bir necha soniyadan so‘ng… Kreslo sekin burildi. Sovuq nigoh.

Undan yovuzlikning isi kelib turardi.

Min Yoongi

Min Yoongi.

Ko‘pchilik uning haqiqiy ismini bilmasdi. Ko‘pchilik hatto yuzini ham ko‘rmagan. Ular uni faqat bitta nom bilan tanirdi Heukmin.

Yoongi stolga tirsagini qo‘yib, barchaga birma-bir qaradi.

— Busandagi ish…

U Namjoonga tikildi.

— Xatosiz bajarildimi?

— Ha.

Yoongi Jungkook tomonga burildi.

— Hudud xavfsizmi?

— To‘liq nazoratda.

— Jimin.

— Kang Do-hyun kuzatuv ostida.

Yoongi boshini yengil qimirlatdi.

Ammo birdan—

TAQ!

Eshik shiddat bilan ochildi. Bir ishchi ichkariga yugurib kirdi. Qo‘llari titrar…
Nafasi bo‘g‘ilar…

— B-boss… m-men…

U gapira olmay qoldi. Yoongi sekin o‘rnidan turdi. Qadam tovushlari zal bo‘ylab aks sado berdi.

— Gapir.

Ishchi yutindi.

— K-kechagi… mahbus…

U duduqlanardi.

— U… qochib ketdi…

Bir lahza. Mutlaq sukunat. Keyin Yoongi asta kuldi. Ammo bu kulgi iliq emasdi.

Qo‘rqinchli edi. U ishchining yoniga kelib, sochidan ushlab uni tiz cho‘ktirdi.

Shibal…

Yoongining ovozi pichirlashdek past edi.

— Bitta ishni ham eplay olmasang…

Pichoq uning bo‘yniga sovuq tegdi. Ishchi yig‘lab yubordi.

— Boss… iltimos… yana bir imkon—

— Unda menga keraging yo‘q.

Keyingi soniyada zalni dahshatli qichqiriq kesib o‘tdi. Hech kim qimirlamadi. Hech kim qarshilik qilmadi. Bir necha daqiqadan so‘ng Yoongi qo‘lidagi qonni oppoq ro‘mol bilan artdi. Xuddi hech narsa bo‘lmagandek. Stol boshiga qaytib o‘tirdi.

— Davom eting.

Namjoon chuqur nafas oldi. Jimin ko‘zini ekraniga qaytardi. Jungkook esa bir lahza yerga qarab qoldi. Faqat Jin Yoongiga uzoq tikildi.

Chunki u bilardi. Bu sovuq yurak ostida hali hech kim ko‘rmagan bir zulmat yashardi.

Va aynan o‘sha zulmat… Tez orada Sofiya bilan to‘qnashardi...

.

.

.

.

Mana 1-qismni ham tugatib oldim maroqli mutolaa...

Terrible fanficc kanali uchun Min Areumdan.