April 30

Sengacha...❤️‍🩹

“2026 → 2012”

< 5-qism > By Areum

Sinf gavjum edi hamma bir biri bilan ovora. Areum yuragi biroz siqildi xayolida faqat ota onasi, oilasi, yaqinlari. U haqiqatdan ham ularni sog'ingandi lekin nima ham qila olardi.

Areum Pov:

Onajon Otajon qayerdasizlar men sizlarni sog'inyapman. Men hozir juda ham baxtlidekman lekin sizlarsiz bu menga tatimayapti. Allohim o'zing menga kuch ber, sabr qilishim kerak. Yoongi naqadar chiroyli hatto qo'pol bo'lsa ham negadir bu menga tasir qilmayotgandek men taslim bo'ldim ha bu aniq u meni hech narsasiz mag'lub etdi. Yetti uxlab tushimga kirmagandi uni hayotda ko'rish uni ustiga men u bilan tengdoshman va bu ko'rinish biroz boshqacha lekin menga yoqdi.

Areum ichida ming fikr bilan faqat jim o'tirardi ichidagi azob qayg'uni yashirishga urinardi hech kimga sezdirmasllikni boshqalarni etiboriga tushmaslikni xohlardi bir tomondan u Yoongiga shu taraflama o'xshab ketardi. U sekin boshini stol ustiga qo'ydida Yoongi tomon sekin qaray boshladi paytdan foydalanib unga termulib o'tirardi...

U shunday qarab turardi

Areum Pov:

Nega u bunchalik ideal hatto hozzir ham ko'zimga eng yorqin porlayotgan yulduzdek ko'rinyapti lekin biroz boshqacha yoshroq va ya shirinroq... Eeee tovba qildim nimalar deyapsan o'zim o'zimni tushunolmayapman tavba shunchalik aqldan ozdiradimi aaa qani endi u bilan bemalol anchagina suhbat qursam unga muxlisi ekanligimni yaxshi ko'rishimni ayta olsam qaniydi lekin kuchim yetmaydi. Ahhh nega men shundayman oddiy gapirsam nima bo'ladi yeb qo'ymaydiku shunchaki gapiraman...

Areum shu so'zlar xayolida jim Yoongiga termulgancha yotardi. Yoongi esa sezgandek o'zini g'alati his qila boshladi noqulaylik u nima qilishini bilmasi hozir u tomon o'girilsa nima bo'ladi u faqat shu haqida o'ylab turardi..

Yoongi Pov:

G'alati bo'lib ketyapman xuddi kimdir menga qarab turgandek balki u Areum menga qarab turgandir hozir u tomon o'girilsamikin yo'q agar u menga qarab turgan bo'lsa nima qilaman uni noqulay ahvolga tushirib qo'ymaymani

Yoongi shunday deya chiday olmay Areumga qaradi va Areum birdan oziga kelib hijolat tortdi qizarib ketgandi.

Areum Pov:

Ahmoq qiz o'zingni yig'ishtirib ol u seni telba deb o'ylamasligi kerak nimalar qilyapmana lekin unga qancha qarasam ham to'yolmayapman...

Va birdan qo'ng'iroq chalindi va hamma keyingi darsga tayyorlanayotgandi bu jismoniy tarbiya darsi edi ko'pchilikni sevimli darsi hamma qatori Yoongini ham. Chunki u voleybol o'ynashni yaxshi ko'rardi bu musiqadan keyingi eng sevimli mashg'ulotlaridan biri edi.

Areum Pov:

Keyingi dars jismoniy tarbiya naxotki men uni haqiqatdan ham sevimli o'yinini o'ynaganini ko'ra olaman shunchalik xursand bo'ldimki ichimdan kapalaklar uchib chiqayotgandek!...

U shunchalik xursand ediki o'zi sevgan insonni ko'rgani va u sevgan mashg'ulotini o'z ko'zi bilan ko'rishi bu juda ham katta baxt edi (Buni faqat Armylar his qila oladi) qanchalik xursandligini.

Hamma zalda to'plangan negaki hamma Yoongini o'yinini ko'rishni xohlardi chunki u juda yaxshi o'yinchi ya'ni hujumchi edi. U yerda yana bir inson Areum ham uni kuzatib turardi u ko'p odamlarni ko'rib hayron qoldi ayniqsa qizlar ko'p edi.

Areum Pov:

Ohho hatto shu yerda ham u mashhurga o'xshaydi. Muxlislarini aksariyati qizlar ha u haqiqatdan ham ajoyib. Lekin ichimda g'alati tuyg'u bezovtalik uni shuncha qiz yoqtirishini bilish meni g'azablantirayotgandek...

Areum o'zi bilmagan holda rashk qilayotgandi juda ham qattiq Yoongi juda ham yaxshi o'ynardi shunchalik berilib jon jahdi bilan. Ular boshqa maktabdan kelgan yigitlar bilan bellashayotgandi tabiiyki ular yutishdi va bundan zal bir lahzada shovqin suron bo'lib ketdiki hamma xursandligidan hatto Areum ham.

Yoongini o'zi ham xursand bo'lib ketti yuzidan xursandligi tayin edi uning yorqin tabassumi zalni yanada yorqinlashtirib yuborgandek go'yo..

Areum Pov:

Aywww yuragim qinidan chiqib ketay deyapti men uni bunchalik xursand samimiy chin dildan kulganini haqiqiy hayotda birinchi martta ko'rib turipman nega u bunchalik beg'ubor va juda ham kelishgan. Men uni qaytadan sevib qoldim shekilli!... Qaniydi yugurib borib bag'rimga bosa olsam qaniydi ehhh. Mayli uni ko'rib turganimni o'zi ham katta baxt aslida.

Dars tugadi hamma tezlikda uyiga shoshilib ketayotgandi Yoongini kayfiyati yaxshi u juda xursand edi. Areum Yoongi tomon yurib kelayotgandi lekin undan oldin bir qiz u tomon Areumdan oldin kelib bo'lgandi u Yoongiga nimadir gapirayotgandi va unga sovg'a berib ketdi. Areum esa g'alati bo'lib ketdi ichida ming xil savollar.

Areum Pov:

Hhhh sovg'ani olishinichi yo'q desa ham bo'lardi nega u qiz unga osilyapti o'zini yig'ishtirib olsa bo'lardi. To'xta to'xta o'zimni o'nglab olishim kerak axir bu uning hayoti ehh nima bo'lganda ham men hech narsa qilolmayman balki uni yaxshi ko'rar lekin qalbim og'ridi!...

O'g'il bolalar kiyinish xonasi:

Yoongi sovg'ani olib kiyimini almashtirishga kirdi u yerdagi do'sti unga savollar berardi.

Hyungs (Yoongini do'sti):

-Ha Yoongi oshiqlaring kundan kunga ortib bormoqda bunaqada biz nima qilamiz ekan. Hazil tariqasida gapirdi.

Hyungsik Yoongini do'sti

Yoongi:

-Menga nima menga baribir ma ol menga kerak emas.

Hyungsik:

-Eee qo'ysangchi hazillashdim bu sovg'a senga bo'lsa uni qanday olaman?

Yoongi :

-Menga baribir sovg'ami boshqasimi menga kerak emas deyapman.

Hyungsik:

-Unda nega olding senga baribir ekan deya kulimsiradi

Yoongi:

-E bo'ldi qil to olmayman degunimgacha ketib qoldi qo'limga ushlatdiyu birdaniga yugurib ketdi ulgurmadim hatto u qizni yaxshi ko'rolmadim ham tanimadim ham.

Hyungsik:

-Qoyileee senga qizlar sovg'a etibor bersayu sen hatto u qizni tanimasang ham balki qaramagandirsan aaa?

Yoongi:

-Ha to'g'ri qaramadim chunki menga qiziq emas!

Hyungsik:

-Bo'ldi endi buncha qovog'ingdan qor yog'masa hazillashdim dedimku... Aytgancha anu senga tikilib turgan qiz kim edi men uni oldin ko'rmagandim, lekin chiroyli qiz ekan.

Yoongi:

-Qaysi qiz? Deya hayoliga birinchi Areum kelgandi

Hyungsik:

-Haligichi seni oldinga kelmoqchi edi yoningda odam borligini ko'rib yana qaytib ketib qolgan qiz borku menimcha yangi kelgan.

Yoongi:

-Nima? U meni oldimga kelmoqchimidi?

Hyungsik:

-Naxotki bizni bag'ritosh do'stimizda qiziqish uyg'otgan qiz u bo'lsa. dedi kulimsirab...

Yoongi:

-Bas qil men shunchaki qiziqdim xolos bundan ortig'i emas!

Hyungsik:

-Ha shundaymi shunchaki qiziqish sen oldinlari hech qachon qizlar haqida qiziqmagansan shuni bilasanmi?

Yoongi:

-Mayli gapirmadim bo'ldi endi so'roq qilaverma kettik dars ham tugadi...

Hyungsik Pov:

Mayli mayli shunday qochaverginchi qayoqgacha borarkinsan. U qiz haqida biroz malumot kerak shekilli...

Hyungsik:

-Mayli yur kettik.

Ular darsdan keyin ham yana tortishib gap talashib ketishdi

Areum Pov:

Ahmoq qiz bo'ldi endi o'zingni qo'lga ol!

Har safar unga qaraganimda! Bir savol meni o'ylantiradi... Balki... unga erisha olarman

Yo'q... bu imkonsiz! Balki boshqa dunyoda. Ammo bu degani uni boshqa bilan baxtli ko'rishga majbur bo'lishim....

Mana shu... Mana shu meni qiynaydi! Balki qismatimga bitilgandir.

Ey Allohim faqat yagona o'tinchim sensan menga yordam ber men nima qilishni bilmay qoldim yuragim qattiq og'riyapti nima qilay ayt o'zing to'g'ri yo'lni ko'rsat balki u meni yoqtirmas boshidanoq unga yoqmagandirman.. Mayli nima bo'lsa ham yaxshilikka...

U shunday deya maktabdan chiqdi va uyga bu ahvolda borgisi kelmadi faqat yolg'iz qolgisi o'ylab olishi kerak edi. Areum odam gavjum joylardan ko'ra tinch sokin joylarda bo'lishni yoqtirardi. U faqat yurardi qayerga nima uchun ketayotgani ahamiyatsiz edi u faqat o'ylardi hayotida nima bo'layotgani hislari haqida hayoli hozir faqat shunda edi.

Va birdan hushyor tortti va anchagina yo'l bosganini tushundi qorong'u ham tushib qolgandi lekin u bu yerlarni bilmasdi xuddi adashib qolgandek.


Areum Pov:

Men qayerdaman endi qanday qaytaman ehh hayol surmaslik kerak edi mana oqibati endi qayerga boraman nima qilaman...

Va u shunday deya yo'lini davom etdi qorong'u tushgandi yo'lar ko'rinar ko'rinmasdi birdaniga Areumni oyog'i qoqilib o'sha yo'l chetidagi chuqurlikga tushib ketti.

U yer unchalik chuqur emasdi lekin bunday qorong'uga chiqish amri mahol edi

Areum Pov:

Ey Alloh peshonamda shu ham bormidi endi bitta shu qolgandi o'ziyam g'irt palakat qizmanda endi qanday chiqaman yo kimnidir chaqirsammikin nima qilay qo'rqyapman o'zimni arang ushlab turipman yig'lab yuboray deyapman o'zi ham kimni chaqirsam ekan kimdir bormi o'zi bu yerda.

U shunday hayol surgancha axiri chaqirishga qaror qildi chunki qo'rqib ketgandi qorong'uda va yana kimsasiz joyda bir o'zi hayoliga ming fikr kelardi

Areum:

-Hoy kimdir bormi meni kimdir eshityaptimi iltimos menga yordam bering!

U shunday deya bir necha bor aytdi hatto baqirdi ham lekin hech kimdan sado yo'q edi. U yanada qo'rqib ketti nima qilishini bilmasdi.

Areum Pov:

Endi nima qilaman qo'rqib ketyapman onajon iltimos uyga ketgim kelyapti nega men bu yerda Allohim o'zing yordam ber! Ayy oyog'im ham og'riyapti bu holatda o'zim bu yerdan chiqolmayman nima qilsam ekan...

Shunday deya oxiri yig'lab yubordi va kimnidir oyoq tovushlari eshitildi va birdan...

.

.

.

.

5-qism tugadi maroqli mutolaa

Xatolar bo'lsa uzur.