Sengacha...❤️🩹
Va birdan Areum kimdir u tomon kelayotganini sezdi.
— Hoy! Kimdir bormi men bu yerdaman menga yordam bering iltimos!
Uni yoniga o'zi tengi bir yigit keldi va
—Yaxshimisiz! Hozir sizga yordam beraman xavotir olmang! deya Areumni chuqurlikdan olib chiqdi qorong'u bo'lgani uchun qiz va yigit bir birini ko'ra olishmagandi va chiroq turgan joyga yigit Areumni olib chiqdi.
Yigit Areumni bittada tanigan edi chunki boya o'yinda shu qiz ham bor edi.
—Siz! Siz bu yerda nima qilyapsiz qanday qilib bu chuqurlikka tushib qoldingiz?
Nima u meni taniydimi lekin men uni hech ko'rmagan ekanman
—Nima siz meni taniysizmi haligi qorong'u tushganiga yo'lni uncha yaxshi ko'rolmaganim uchun shu ahvolga tushdim! Sizni menga Allohni o'zi jo'natdi katta rahmat!
Nima u meni tanimadimi naxotki meniya axir o'yinda bizga muxlislik qilayotgandiku ha balki u faqat bir kishiga muxlis bo'lgandur mayli nima bo'lganda ham uni qutqarib qolganimdan xursandman
—Rahmatga hojat yo'q meni o'rnimda boshqasi bo'lganda ham shu ishni qilgan bo'lardi! Ha meni tanimadingizmi men haligi siz ko'rgan o'yinda qatnashgandim sizni o'shanda ko'rgandim balki menga etibor bermaganingiz uchun tanimagandirsiz. Aytgancha ismingiz nima meni ismim Hyungsik
—Ha odam ko'pligidan sizni ko'rmagan bo'lishim ham mumkin. Siz bilan tanishganimdan xursandman meni ismim Areum.
—Ha balki Areum chiroyli ism ekan men ham tanishganimdan xursandman.
Areum o'rnidan turib uyiga ketmoqchi bo'ldi lekin oyog'i qayirilgani sabab turolmadi
—Sekinroq oyog'ingiz yaxshigina jarohat olgan shekilli o'rningizdan turishga harakat qilmang o'zingiz yurolmasangiz kerak men sizga yordam beraman shifoxonaga borishimiz kerak menimcha
—Ha yiqilganimda qayrilib ketti qattiq og'riyapti lekin uyimga borganim maqul hozir ancha kech bo'lib qoldi shifoxonaga ertaga borarman
—Lekin ungacha yomonlashib ketmasmikan agar xohlasangiz ko'tarib olib boraman
—Yo'q... yo'q shartmas biror mashina chaqirib bersangiz ham sizdan juda minnatdor bo'lardim
—Yo'q meni noto'g'ri tushunmang haligi sizga shunchaki yordam bermoqchiman agar hohlamasangiz mayli taksi chaqirib beraman
—Yog'e noto'g'ri tushunganim yo'q shunchaki bu menga noqulayda
—Maylimi hech bo'lmasa uyingizgacha kuzatib qo'ysam
Areum rozi bo'ldi va Hyungsik uni uyiga olib bordi. Hyungsik Areumni to uyiga kirgunicha kuzatib turda va o'zi ham ketdi.
Yaqindan yana ham chiroyliroq ko'rinarkan samimiy va uyatchangga o'xshaydi ha Yoongi shunaqa qizni qo'ldan chiqarmassan lekin rostan ham o'zgacha qiz ekan
Hyungsik shunday o'yu hayollar bilan uyga yetib ham bordi va uyiga borib uxlab qoldi Areum hozir uyiga kelib faqat dam olmoqchi edi va ota onasi xavotirda uni kutib o'tirishardi hatto palitsiyaga ham xabar berib bo'lishgandi
—Qizim Areum qayerda eding seni izlamagan joyimiz qolmadi qattiq xavotirlandik
—Qizim ahvoling qanday nima bo'ldi o'zi
Areum o'zi yig'lagisi kelib arang o'zini tutib turgandi lekin bu gaplardan keyin ularni to'xtata olmadi. Yig'i aralash gapira boshladi
—Men juda ham qo'rqib ketgandim birdaniga adashib qoldim qorong'u tushgani sabab yo'lni ko'rishim yana ham qiyinlashgandi va birdan o'sha yo'l chetidagi chuqurlikka tushib ketdim yonimda telefon ham yo'q edi juda ham qo'rqib ketgandim nima qilishni bilmay qolgandim meni kechiringlar sizlarni ham xavotirga qo'ydim
Otasi va onasi bu gaplarni eshitgandan keyin Areumni mahkam quchib tasalli berishti
—Bizni kechir qizim senga yordam berolmaganimizdan qattiq qo'rqqandirsan aa biz qanday ota ona bo'ldik bitta qizimizni himoya qilolmasak. Deya onasi ham yig'lab yubordi
—Qizim onangni gapi to'g'ri bizni kechir senga ko'z quloq bo'lishimiz kerak edi hozirchi hozir ahvoling yaxshimi hech qayering lat yemadimi
—Oyog'im biroz og'riyapti lekin boshqa hammasi joyida xavotir olmang
—Yur unda hoziroq shifoxonaga borish kerak yura olasanmi qizim
—Yo'q yursam qattiq og'riyapti lekin sinmagan menimcha jiddiy narsa emas dam olsam o'tib ketsa kerak
—Yo'g'e qizim nega unday deysan borishimiz kerak nima bo'lganini aniqlab tezroq tuzatish kerak
Ular shunday deya shifoxonaga ketishdi va Areumni oyog'ini rengendan o'tkazishdi shifokor esa tashxis qo'ydi
—Xavotir olmang biroz qayrilganda paylari cho'zilibdi 1 2 kunda og'rig'i ketadi va bemalol yursa bo'ladi
—Xayriyat endi 2 kun maktabga bormasdan dam ol uyda qizim tezroq tuzalasan
—Yo'q oyi dada kerak emas o'zi yangi maktabga kelganimga 1 hafta ham bo'lgani yo'q
— Bu nima deganing qizim mana men borman maktabda o'zim javob olaman sen uyda qolib to'liq tuzalib ol! dedi otasi
—Otangni gaplari to'g'ri sen maktabni o'ylama deb gapida davom etdi onasi
—Axir qanday qilib men borishim kerak... asta gapirardi Areum
— Senga qarorimizni ayttik qizim mayli juda ham maktabga borging kelayotgan bo'lsa hech bo'lmasa 1 kun uyda qol ancha oyog'ing ham yaxshilanadi va haydovchi tayinlaymiz seni maktabga olib borib keladi. deya qaror qildi otasi
— To'g'ri aytasiz dadasi menam qo'shilaman qizzim o'zingni ham o'ylashing kerak darslar qolib ketmaydi xavotir olma. dedi onasi
—Axir men... gapini tugatmasdan rozi bo'la qoldi Areum
Axir qanday qilib men 1 kun uyda mayli 1 kun o'tadi ketadi ularni gaplarida ham jon bor mayli uyda biroz dam olsam zarari yo'q ibodatlarimni ham qilishga vaqtim bo'ladi.Ular uyga qaytib kelishdi va Areum kelishi bilanoq uxlab qoldi
Ertalab allaqachon quyosh chiqib ulgurgandi lekin Areum hali ham shirin uyquda oxiri quyosh uning yuziga tushgandan so'ng sekin asta tura boshladi
U sekin asta ko'zlarini ocharkan yana qayta uxlagisi kelardi lekin o'zini majburlab bo'lsa ham turdi
U joyida o'tirgancha kechagi bo'lgan va hayotini tubdan o'zgartirgan narsalar haqida o'ylardi bundan buyog'i nima qilish kerakligi haqida ko'p o'ylardi.
— Xo'sh men hozir o'tmishdaman desak ko'rinishim oilam barchasi boshqa lekin nega aynan nega bu yil... Boshim og'riyapti o'zimni qo'lga olishim kerak bu hodisalar bejizga emas bunda qandaydir sir bor va men buni bilish uchun ojizman bu faqat yaratganga ayon xolos u menga nima yaxshi ekanligini o'zimdanda yaxshi biladi va men unga ishonaman bo'ldi endi bugundan barchasi o'zgaradi o'zimni qo'lga olaman iloji boricha Yoongiga yordam berishga hech bo'lmasa u bilan do'st bo'lib qolishga harakat qilishim kerak qachon ketishimni ham bilmayman lekin harakat qilaman o'zimga vada beraman men endi hech narsani o'ylamayman kelajak haqida ayniqsa men taqdirga ishonaman. Huh ko'nglim biroz yengillashdi lekin rostan ham oilamni sog'indim ular meni qidirishayotgandir bilmadim u yerda nima bo'lyapti mayli Allohga tavakkal aytgancha bu yerdagi ota onam qaysi dinga etiqod qilar ekan menga qiziq balki musulmondirlar yo'q lekin bunga o'xshamayapti lekin endi men ham ibodatlarimni sekin asta boshlashim kerak avvalo biroz yopiqroq kiyimlar olishim kerak... g'alatiya javon to'la kiyim lekin birortasi kiyishga arzimaydi ha mayli buguncha men dam olaman...
—Yoongii... dedi ohista Areum va o'rnidan turib yuz qo'llarini yuvdi va pastga nonushta uchun tushdi.
—Ha qizim uyg'ondingmi yaxshi yotib turdingmi kecha keliboq uxlab qolibsan va bugun ertalab seni turg'izmadim yaxshilab uxlab olishing uchun. dedi ohista onasi
—Yaxshiman siz ham yaxshi dam oldingizmi haligi aytgancha dadam qayerda? so'radi Areum
—Ular ertalab vahli ishga ketgandilar. Nima qizim ishing bormidi? so'radi onasi
— ha yo'q shunchaki haligi onajon sizdan bir narsa so'ramoqchiman bu menga juda qiziq
— Haligi biz qaysi dinga etiqod qilamiz? hayajonlanib Areum
— Nima qizim unutdingmi albatta xristianlik dinigada. Hayron qolgancha gapirdi onasi
—Nima xristian lekin meni esimda yo'q. Shu dinga etiqod qilishimiz shartmi gapirdi Areum
—Bu nima deganing qizim axir bu ota bobolarimizdan qolgan meros bo'lsa bu gapni bir aytting 2chi eshitmay jahl aralash gapirdi onasi
— Lekin men o'z dinimni o'zim tanlamoqchiman va allaqachon tanlaganman onajon men boshqa dindaman. Bu gap Areumni og'zidan chiqib ketti o'zi ham kutmagandi.
—Hoy qiz nimalar deyapsan qaysi dinga nega shu kunlarda o'zgarib qolding sen qiz. Ota onam indamaydi deb o'ylagan ishingni qilib yuripsanmi
— Men sizga haqiqatni ayttim men islom dinini ancha avval to'g'rirog'i tug'ilganimdan bu meni qismatim edi va men bu qarorimdan hech qachon afsuslanmayman buning uchun sabab bisyor onajon bu meni tanlovim o'zim uchun siz nima deb o'ylasangiz ham endi menga baribir men o'z yo'limni ancha avval tanlab bo'lganman va bundan qaytmayman.
—Sen qizga nimalar bo'lyapti o'zi yaxshi gapirsak aytganlaringni qilsak o'zingdan ketib qolyapsanmi hali kechga otang kelsin sen bilan o'shanda gaplashamiz hozir esa xonagga bor yaramas qiz. Jahl aralash gapirdi onasi.
—Mayli onajon men sizlardan xafa bo'layman lekin meni ham tushuninglar! deya Areum xonasiga chiqib ketdi.
Uyimni o'zimni ota onamni yaqinlarimni sog'indim rostan ham o'zimni begonadek sezyapman hozir aytganlarim to'g'rimikan ehh bilmadim. Yoongi u chi qaniydi... u shunday deya hayol surgancha o'tirardi
Maktab hali ham o'sha o'sha hamma o'z ishi bilan kimdir sevgani bilan yana kimdir esa o'z kelajagi uchun tirishib harakat qilardi.
Bu vaqtda faqat bir inson bezovta bo'lardi bu Yoongi u negadir bugun boshqacha ichida ming xil savol.
Men... Menga nima bo'lyapti negadir nimadir menga yetishmayotgandek nimadandir ko'nglim g'ash oldinlari hech qachon bunday bo'lmasdi. Balki... Yo'q... Yo'q bunday bo'lishi mumkinmas hozir hammasi o'tib ketadi tinchlan!
U faqat shunday hayollar bilan to dars oxirigacha jim va sokin o'tirardi balki Areum kelmagani uchundir uning ko'ngli g'ashdir..
Dars tugadi ba'zilar uyiga yana kimdir o'zi sevgan mashg'ulotiga boshqa kimdir esa shunchaki dugonalari bilan sayr qilish uchun shoshilib ketyapti faqat bir inson nima qilishini bilmay faqat o'ylardi barchasini his tuyg'ularini hayoti hammasi haqida lekin javob topolmasdi aslida javobi ayon lekin tan olgisi kelmasdi!
Yoongi ham nima qilishini bilmay oxiri do'stini oldiga borishga qaror qildi tayyorlanish o'zini chiniqtirish uchun aksincha ichidagi savollar tuyg'ulardan qochish chalg'ish maqsadida.
Yoongi do'stini zalga chaqirib o'zi ham yo'lga tushdi tasodifni qarangki do'sti ham zalda shug'ullanayotgan edi u do'stini kutib o'tirardi va Yoongi keldi.
Yoongi Hyungsikni oldiga biroz xafa holda kirib keldi nimadandir xavotirda ekanligi yaqqol sezilib turardi.
—Eeee Yoongi hozzir o'zi seni chaqiraman deb turgandim nima bo'ldi nega qovog'ingdan qor yog'yapti. so'radi kulimsirab
—Hech nima bo'lmadi shunchaki bugun charchadim shekilli biroz mashq qilaylik.
—Ha mayli mayli aytmasang aytma! Aytgancha anu senga aytgan qiz borku ismi Areum ekan u bilan biroz tanishib olgandim.
—Nimaa Areum tanishdingiz qachon? qayerda? norozi ohangda...
—Voyvoo buncha savolga ko'mib tashlamsang shunchaki tanishdik nimasi yomon lekin rostanam o'ylaganimdan ham samimiy yaxshi qiz ekan ayniqsa yaqindan yana ham chiroyli.
Bu gapga Yoongini biroz jahli chiqqandek bo'ldi o'zini arang bosib turgandek edi va bu tuyg'u unga begona va g'alati tuyulardi.
—Yaxshi tanishgan bo'lsangiz menga nima... kesatib gapirdi
—Bo'ldi endi aslida boshqa narsani so'ramoqchi edim shu qizga bog'liq...
—Tezroq gapir nima haqida so'ramoqchisan?
—Ha kecha baxtsiz hodisa... gapni davomini eshitmay Yoongi gapira ketdi
—Nima qanaqa baxtsiz hodisa nima bo'ldi unga nimadir bo'ldimi...
—Gapimni aytib olaymi avval eshit hali gapimni tugatmadimku. Xullas kecha kechqurun zaldan chiqib biroz yugurmoqchi edim bilmadim negadir yugurgim keldi va yo'lni yarmiga yetganimda kimdir yordam so'rayotganini eshittim va u tomonga bordim ne ko'z bilan ko'rsam u Areum qorong'uga oyog'i qoqilib chuqurga tushib ketipti uni ustiga oyog'i lat yegan va uni uyigacha olib borib qo'ydim shu orada tanishib oldik shuni so'ramoqchi edim u bugun keldimi balki kelmagandir bugun uni ko'rishga bormoqchi edim o'zi... deya gapini tugatdi
—Nima? Rostan shunday bo'ldimi nega buni oldinroq aytmaysan hozir ahvoli yaxshimikan oyog'ichi bugun nega ko'nglim g'ash bo'ldi desam... deya gapini tugatmasdan turib jimib qoldi...
—Aaa eshitmay qoldim nima deding yana qaytarchi nima seni bu ahvoling shuning uchunmidi ha pismiq kulimsirab bilgandim o'zi.
—Bo'ldi bu gaplarni vaqti emas hozir nima deb o'ylasang o'ylayver nima qilamiz shuni gapir uni ko'rishga bormoqchiman deganding.
—Ha yoqmay qolsin gapni boshqa joyga burishga ustasan aaa mayli bu safar ham hech narsa demayman lekin keyingi safar mendan qochib qutulmaysan...
—Bo'ldi qilsangchi borasanmi yo'qmi?...
—Ha albatta boraman nega bormas ekanman senga yo'l bo'lsin qayerga?
—Ishing bo'lmasin kettik unda vaqt ketkizmasdan.
Ular yo'lga tushishdi va Hyungsik yo'lda ham Yoongini g'ashiga tegib gapirib ustida kulib borardi.
Bu vaqt Areum yana o'sha hayolar olamida edi...
Yoongi... U hozir nima qilayotgan ekana meni bormaganimni sezmagan bo'lsa ham kerak hhh mayli u menga e'tibor berishga majbur emasku. Hali aytgan gaplarim to'g'rimikin nima bo'lganda ham haqiqiy ota onam bo'lishmasa ham menga juda mehribon lekin bir tomondan o'zim haqimda bitta bo'lsa ham haqiqatni aytganimdan ko'nglim xotirjam tortti nima bo'lsa bo'ldi buyog'i Allohdan endi faqat kutish qoldi.. Zerikib kettim tashqarida nimalar bo'layapti ekana..
U shunday deya derazadan tashqariga qaradi va ne ko'zlar bilan ko'rsinki tashqarida tanish yuz ifoda u ko'zlariga ishonmasdi va bir necha marotaba ko'zlarini ishqalab yana qayta ko'rardi bu tushmi yo o'ngimmi deyaa.
Yuragi juda ham tez urib ketti.
Eyy Allohim o'zingga ming shukur nima bu haqiqatdan ham tushimmi yo o'ngimmi bilmay qoldim yuragim juda tez uryapti nima qilaman endi u meni ko'rish uchun keldimi nahotki!...
Ikki yigit bir birlariga gapirib yetib kelishganini ham bilmay qolishdi Yoongi biroz o'ziga kelib.
Men nega bu yerga keldim o'zi nima uchun o'zim ham bilmay qoldim xuddi oyoqlarim menga bo'ysunmayotgandek u yerga kirib nima deyman unga ehh mayli tavakkal ahvoli qandayligini bilib olaman shu bahona...
—Yoongi qara Areumni oilasi juda boy shekilli uyini qara kattaligini.
—Menga nima men uni uyini tomosha qilgani kelganim yo'q.
—Biroz chehrang ochsangchi Yoongi biz azaga emas kasal ko'rgani ketyapmiz axir nima shunchaki gapirib ham bo'lmaydimi.
—Menga shunisi qulay deya eshik tugmachasini bosishdi va eshik ochildi eshikni Areumni onasi ochgandi.
Onasi tashqariga qaragan payti ostonada 2 yigit turardi ikkalsi ham maktab o'quvchi ekanligi ko'rinib turardi va onasi Yoongini avval ham ko'rgandi bittada tanigandi.
—Salom xonim yaxshimisiz haligi biz Areumni sinfdoshlari edik uni ko'rgani kelgandik deya javob berdi Hyungsik.
—Ha salom xonim ha biz uni ko'rgani kelgandik!
—Yo'g'e qizimni yangi maktabiga ko'chganiga hali 1 hafta bo'lmadiyu bir pasta sinfdoshlar bilan chiqishib oliptida aaa. deya kulimsiradi onasi.
—Mayli kiringlar sizlarni ham ko'p kuttirib qo'ydim hozir Areumni chaqiraman sizlar shu yerda o'tirib turinglar deya ularni mehmonxonaga joylashtirib Areumni xonasiga chiqib ketdi.