Today

Black Promise🪶

Qorong'ulikda topilgan nur

By Areum ep 2

Kengash zalida asta-sekin sukunat cho‘ka boshlagandi.

Bir necha daqiqa avvalgi xonani to‘ldirgan sovuq ovozlar, muhokamalar va buyruqlar allaqachon tugagan, endi esa faqat polga urilayotgan qon tomchilarining tovushi eshitilib turardi. Xona markazida hali ham hech kim yaqinlashishga jur’at qilmayotgan bir jasad yotardi. Yoongi esa bunga hatto e'tibor ham qilmasdi ortiga qayrilib ham qaramadi.

Qo‘lidagi oppoq ro‘mol bilan barmoqlariga tekkan qonni sekin artar ekan, qadamlarini eshik tomon tashladi. Uning ortidan hech kim gapirmadi. Hech kim uni to‘xtatishga urunmadi. Chunki hamma bilardi. Bu paytda unga yaqinlashish…
o'lim bilan barobar.

Ulkan ikki qanotli eshiklar ochildi. Yoongi uzun, jimjit yo‘lak bo‘ylab yura boshladi. Marmar polga urilgan oyoq tovushlari bo‘sh qasr ichida aks-sado berardi. Devorlardagi qora shamchiroqlar xira yorug‘lik sochar, tashqarida esa yomg‘ir tomchilari baland oynalarga urilardi. Yoongi yomg‘ir ovozini yomon ko‘rardi. Har safar bu tovush qulog‘iga chalinganda, yuragining bir chetida eski jarohatlar esiga kelardi. U qasrning asosiy eshigidan chiqishi bilan sovuq shamol yuziga urildi. Qora kostyumining yoqasini biroz ko‘tardi. Hovlida allaqachon mashina tayyor turardi.

Mashina yonida esa har doimgidek jim va hushyor holda Jungkook turardi. Yoongi yaqinlashishi bilan Jungkook darrov orqa eshikni ochdi.

— Boss.

Yoongi hech narsa demay mashinaga o‘tirdi. Bir necha soniyadan keyin Jungkook ham haydovchi o‘rniga joylashdi. Mashina asta qasr darvozasidan chiqib, tun bag‘riga singib ketdi. Ichkarida sukunat, faqat yomg‘ir va moshinalarning past ovozi. Yoongi boshini orqaga qo'yib o'tirardi. Tashqaridagi chiroqlar yomg‘ir tomchilari ortida xiralashib ko‘rinardi. Ko‘zlarini yumdi, ammo bugungi voqealar xayolidan chiqmasdi. Qaltiragan ovoz, yolvorish, qo‘rquv va keyin sukut. U chuqur nafas oldi. Asabi hali ham tarang edi.

Jungkook orqa oynadan unga qisqa qarab qo‘ydi.

— Bugun o‘zingizni bosolmadingiz.

Yoongi ko‘zini ochmasdan javob berdi.

— Men sendan fikr so‘radimmi?

Jungkook labini qimirlatdi.

— Yo‘q.
Shunchaki… oxirgi paytlarda jahlingiz tez chiqyapti.

Yoongi asta ko‘zlarini ochdi.

— Sen ham menga nasihat qiladigan bo‘ldingmi?

— Yo‘q.
Faqat… dam olishingiz kerak.

Yoongi istehzoli kuldi.

— Bizning hayotimizda dam olish degan narsa yo‘q, Jungkook.

Jungkook bu safar javob bermadi. Shu payt mashina birdan sekinlashdi. Yoongi qoshini tirishtirdi.

— Nima bo‘ldi?

— Oldinda baxtsiz hodisa. Yo‘l vaqtincha yopilibdi.

Yoongining sabri yana taranglashdi.

— Shibal…

U boshini yon tomonga burib, oynadan tashqariga qaradi. Yomg‘ir kuchaygandi, tomchilar qora oynadan pastga yugurardi. Shahar chiroqlari ular orasida sinib, mayda yulduzlardek titrardi va birdan…

Uning nigohi bir joyda to‘xtab qoldi. Bekat yonida bir qiz turardi, yolg‘iz. Qo‘lida kichik chamadon. Yelkalariga tushgan uzun sochlari yomg‘irdan ho‘l bo‘lib qolgan, lekin…

U panaga qochmayotgandi, aksincha. U yuzini osmonga qaratgancha, ko‘zlarini yumib turardi. Go‘yo yomg‘irni kutgandek. Go‘yo har bir tomchini qalbi bilan his qilayotgandek. Atrofdagi odamlar soyabon ostiga yashirinar, yugurib o‘tishardi.

Ammo bu qiz… Faqat jilmayardi, sokin, beg‘ubor, erkin. Yoongi bilmagan holda biroz oldinga egildi. Nigohi undan uzilmay qoldi.

Ichida allaqachon unutilgan bir necha hislar uyg'ongandek edi. Yumshoqlik, iliqlik, notanish bir titroq. Go‘yo muzlab qolgan qalbiga birinchi marta iliq nur tegayotgandek.

Labining chetida sezilar-sezilmas tabassum paydo bo‘ldi. U pichirladi.

— …Yomg‘ir ichida ham shunchalik yorug‘ bo‘lish mumkinmi…

Jungkook orqa oynadan unga qaradi va bir lahza hayratda qoldi. Chunki…

Yoongi kulayotgandi.


Flashback

Ilk bor Seoulda...

Poyezd asta Seoul vokzaliga kirib keldi. Eshiklar ochilishi bilan odamlar birin-ketin tashqariga shoshila boshladi. Sofiya esa bir necha soniya joyidan qimirlamay o‘tirdi.

Qo‘llari tizzasidagi sumkaga mahkam yopishgan edi. U chuqur nafas oldi. Keyin sekin jilmaydi.

— Nihoyat…

Bugun… Uning yangi hayoti boshlanayotgandi. Poyezddan tushdi atrofga qaradi Seoul shunchalik katta, gavjum.

Chiroqlar, odamlar, turli tillardagi ovozlar. Shoshayotgan qadamlar. Bir lahza o‘zini juda kichikina his qildi. Qayerdan boshlashni bilmasdi.

Avval ish topish kerakmi?

Yoki yashash uchun joy?

U shu hayollar bilan sumkasini ko‘tarib, avtobus bekati tomon yurishni boshladi. Labida yengil tabassum. Qadamlarida ishonch.

—Hammasi yaxshi bo'ladi

Shu payt osmon gumburladi. Sofiya boshini ko‘tardi va kulib yubordi.

— Rostdanmi?

Birinchi tomchi burniga tushdi. Keyin ikkinchisi. So‘ng birdan kuchli yomg‘ir boshlandi.

Atrofdagi odamlar yugurib pana joy izlay boshlashdi. Sofiya esa to‘xtadi, ko‘zlarini yumdi, yuzini osmonga qaratdi.

Yuzida, sochlarida, qo‘llarida, yuragida. U yomg‘irni juda yaxshi ko‘rardi.

Yomg‘ir unga tinchlik berardi. Erkinlik berardi. Go‘yo Allohning rahmati osmondan tomchilab tushayotgandek.

U sekin pichirladi:

— Alhamdulillah…

Labida tabassum kengaydi.

— Yangi hayotimni shunday boshlatganing uchun rahmat…

U kichik chamadonini yoniga qo‘ydi. Qo‘llarini biroz yozdi. Go‘yo yomg‘irni quchoqlayotgandek. Atrofdagi dunyo birdan jim bo‘lib qolgandek edi.

Va u bilmasdi… Uni kimdir kuzatayotganini. Qora mashina ichidan. Sovuq qalbli bir yigit. Ammo aynan o‘sha lahzada… O‘sha sovuq qalbda ilk bor bir iliqlik paydo bo‘layotganini.

Sofiyani shunday turgan deb tasavvur qilila

Comeback:

Yoongi nigohini bekat yonida turgan qizdan uzolmay qolgan edi. Yomg‘ir hanuz kuchli yog‘ardi. Tomchilar mashina oynasiga urilib, uni qizdan ajratib turgandek edi.

Lekin negadir… Yoongi bu safar o‘sha oynani, o‘sha masofani yomon ko‘rdi. U qizni aniqroq ko‘rishni xohladi, yaqinroq. Jungkook orqa oynadan yana bir bor unga qaradi.

Yoongining nigohi qayerga qadalganini tushundi. Ammo indamadi. Yoongi esa buni o‘zi ham tushunmayotgandi.

Nega yuragi g‘alati urmoqda?

Nega u oddiy bir notanish qizdan ko‘zini uzolmayapti?

Nega… mashinadan tushgisi kelmoqda?

U sekin oldinga egildi. Qo‘li yon tomondagi soyabonga tegdi so‘ng uni qo‘liga oldi va eshikni ochdi. Jungkookning ko‘zlari kattalashdi.

— Boss—

Ammo Yoongi hech narsa demadi. Mashinadan tushdi. Sovuq yomg‘ir havosi yuziga urildi. U soyabonni ochdi va qadamlarini sekin bekat tomon boshladi.

Jungkook mashina ichidan kuzatib qoldi. Hayrat bilan.

—Boss nimalar qilyapsiz?

Bu u bilgan Yoongi emasdi. Bu hech qachon begonaga yaqinlashmaydigan, hech kimga ahamiyat bermaydigan inson edi. Ammo hozir…

U notanish bir qiz tomon yurayotgandi.Go‘yo bir kuch uni tortayotgandek.Yoongi bekatga yetib keldi. Qiz hali ham ko‘zlarini yumgancha turardi. Yuzini osmonga qaratgan. Labida yengil tabassum. Yomg‘ir esa uning yuzlarini erkalayotgandek. Yoongi bir necha soniya shunchaki unga qarab qoldi.

Shu qadar beg‘ubor. Shu qadar… yorug‘.

U sekin soyabonni Sofiyaning ustiga tutdi.

Birdan…

.

.

.

2-qism tugadi. Sizga yoqadi degan umiddaman.

Channel:Terrible fanficc.