May 12

Black Promise🪶

Qorong'ulikda topilgan nur

By Areum

Rollarda:

Min Yoongi axallusi Heukmin

Min Yoongi 33 yoshda. Koreya davlatidagi katta Heukmin mafiya boshlig'i. Taxallusi va laqabi Heukmin. U Koreyada eng shavqatsiz va qo'rqmas, noyob inson sifatida tanilgan taxallusi ham shundan kelib chiqqan.

Xarakteri: Qo'pol, qilaman degan ishini albatta qiladi, bitta gapida turadi, yozuv bo'lsa ham yosh bolalarga mehribon, yuzaki jiddiy va yovuz ko'rinsada ich ichidan biroz bo'lsada mehribon inson.

Lee Sofiya.

Lee Sofiya 19 yoshda. Koreyaningning chekka bir qishlog'idan Seulga o'qish maqsadida kelgan qiz.

Xarakteri: Oddiy narsalardan ham xursand bo‘ladi, juda sabrli, samimiy, barchaga yordam berishga tayyor, qiyinchilikka chidamli, ko‘p narsani ichiga yutadi, odamlarni tez tushunadi, muloyim lekin irodali. Ba’zan o‘zini unutib boshqalarni ko'proq o‘ylaydi

Kim Namjoon laqabi (Cipher) Yoongining o'ng qo'li.

RM — Cipher (O‘ng qo‘l ) Xavfsizlik uchun mas’ul)

Yoongining eng ishonchli odami va har bir rejadagi birinchi tayanchi. Sovuqqon, hisob-kitobli va doim bir necha qadam oldinni o‘ylaydi. Tashkilot xavfsizligi, ichki tartib va yashirin operatsiyalar uning nazoratida. U gapirganda hamma tinglaydi, chunki xato qilishni hech qachon odat qilmagan.

Jeon Jungkook laqabi (Hawkeye) Yoongining hamkori va himoyachisi.

Jungkook — Hawkeye (Hamkor | Himoyachi)

Yoongining yonida har qanday xavfga birinchi bo‘lib qarshi turadigan inson. Tezkor, kuchli va aniq—zarba bersa, xato qilmaydi. Kerak bo‘lsa snayper, kerak bo‘lsa himoyachi. Yoongi unga o'zidek ishonadi, chunki Jungkook doim uni har qanday vaziyatda himoya qilib kelgan.

Jung Hoseok laqabi( Phantom) Yoongining yaqin do'sti.

J-Hope — Phantom (Yaqin do‘sti | Hacker)

Kulib turgan chehrasi ortida nihoyatda xavfli aql yashiringan. Har qanday tizimga kirish, sirlarni topish va iz qoldirmasdan yo‘qolish uning eng katta quroli. Yoongining eng yaqin do‘sti sifatida, ba’zan uning og‘irligini yengillashtiradigan yagona inson ham shu.

Park Jimin laqabi (Dagger) Yoongining ish bo'yicha maslahatchisi.

Jimin — Dagger (Tashqi maslahatchi Diplomat)

Yumshoq tabassum va muloyim ovoz ortida juda o'tkir aql va iroda yashirin. Muzokaralarda hech kim undan ustun kelolmaydi, kerak bo‘lsa so‘z bilan, kerak bo‘lsa sukut bilan qarshi tomonning qalbini va ichki o'ylarini bilib oladi. Yoongi uchun tashqi dunyo bilan eng nozik tayanch aynan Jimin.

Kim Taehyung laqabi (Raven) Yoongini maslahatchisi.

Taehyung — Raven (Ichki maslahatchi)

Sirli nigohi bilan odamlarning aytolmagan gaplarini ham sezadi. Tashkilot ichidagi muammolar, yashirin niyatlar va xiyonat ehtimolini birinchi bo‘lib u payqaydi. Yoongiga qaror qabul qilishda ko‘pincha Ravenning ichki sezgisi yordam beradi.

Kim Seokjin laqabi (Ivory) Yoongining yana bir ichki maslahatchisi.

Jin — Ivory (Ichki maslahatchi | Muvozanat saqlovchi)

Tashqaridan sokin va nafis ko‘rinsa ham, ichkarida po‘latdek mustahkam. Yoongining g‘azabi haddan oshganda uni to‘xtata oladigan sanoqli insonlardan biri. Sovuq aql va vazminlik bilan jamoaning muvozanatini ushlab turadi, ba’zan esa eng og‘riqli haqiqatni aytuvchi ham aynan u.

.

.

.

.

Mana yangi fanficcni ham boshlab oldim bu tanishtiruv qismi edi maroqli mutolaa...