Sengacha...❤️🩹
Areumni yuragi qinidan chiqib ketadigandek urardi o'zi haligacha ishonmasdi bular bari o'ngida ro'y berayotganiga.
—Areum! nonushta qilmaysanmi so'radi onasi?
—yo'q qornim to'q mayli men shoshilyapman xayr shoshilgancha chiqib ketti.
Lekin ikkalasi uchun ham vaqt go'yo to'xtab qolgandek edi. Areum eshik tutqichini mahkam ushlab turadi qarshisida... Yoongi turardi. Yoongi Areumni ko'rgach bir necha soniya unga tikilib qoldi. Chunki Areum odatdagidan boshqacharoq edi bugun o'ziga qaragan yuzida samimiy tabassum.
Yo Rabbim... bu rostdan ham bo‘lyaptimi?
Men... Min Yoongi bilan yuzma-yuz turibman.
Bu tush emasmi? Agar tush bo‘lsa, iltimos meni uyg‘otma.
Axir men uni... qanchadan beri bilaman. U bilan bir martta ko'rishish eng katta orzularimdan biri edi. Kelajakda qanday inson bo‘lishi, qanday qo‘shiqlar yozishi, qancha insonning qalbiga taskin bo‘lishini bilaman... Naxotki u meni qarshimda men uchun kelgan bo'lsa... Lekin hozir... u shunchaki mening qarshimda turibdi. Allohim... yuragim qinidan chiqib ketadiganga o‘xshaydi. Ya Robbim o'zing yordam ber!
Nihoyat Yoongi tomog‘ini qirib, gap boshladi.
Areum birdan hushiga kelib bosh irg‘adi.
Eshikni yopib tashqariga chiqdi. Bir necha soniya yonma-yon jim yurishdi. Yoongi birinchi bo‘lib gap boshladi.
— Oyog‘ing qanday? Haliyam og‘riyaptimi?
Areum pastga qarab kulimsiradi.
— Bir oz. Lekin kechagidan ancha yaxshi.
Yana jimlik, keyin Yoongi kutilmaganda yana so‘radi:
— Kecha nega yig‘lading o'zi ?
Areumning yuragi bir soniya to‘xtagandek bo‘ldi.
Areum nima deyishni bilmay qoldi. U bir necha soniya nima deyishini o'ylab qoldi.
Axir sizni ko‘rib yig‘ladim. Men sizni hayotda ko'raman deb o'ylamagandim hatto uzoqdan bo'lsa ham . Chunki bu men uchun mo‘jiza.
Areum hayolidan shu so'zlarni o'tkazarkan lekin bularni aytolmasdi va u shunday deya javob berdi.
— Men... shunchaki xursand bo‘lib ketdim.
Yoongi unga bir qarab qo‘ydi. U yolg‘on gapirayotganini sezgandek. Lekin hech narsa demadi. Bir necha qadamdan keyin Yoongi birdan to‘xtadi va Areumga qarab.
— Nima? Areum hayron qolgancha
— Sumkangni gapini davom ettirdi Yoongi.
— Yo‘q, rahmat. Og‘ir emas Areum hayajondan nima deyishini bilmay.
— Ber dedim yana qat'iyat bilan so'radi Yoongi.
— Rostan ham kerak emas yana shu javobni aytdi .
Yoongi indamay Areumning orqasiga o‘tib, sumkaning ikki tasmasidan ushladi. Areum birdaniga bo'lgan ishdan hayron qoldi.
U shunday deb sumkani o‘zi ushlab oldi. Sumka hali ham Areumning yelkasida edi, lekin og‘irlikni Yoongi ko‘tarayotgan edi.
Allohim... men hozir nimani his qilyapman?
U juda yaqin. Juda-juda yaqin. Yuragimni eshitib qolmasin... iltimos. Ey Allohim bu qandayin baxt...
Areumning quloqlari qizarib ketdi. Yoongi esa buni ko‘rib, ichida g‘alati bir iliqlik sezdi.
Nega uni ko‘rsam ichim tinchib ketadi? Nega unga yordam bergim kelaveradi? Nega u xursand bo‘lsa... men ham xursand bo‘lyapman? Bu qanday tuyg‘u o‘zi..
Yoongi shu so'zlar bilan Areum bilan yonma-yon ketardi.
Shu payt Areum biroz oldinga qadam tashladi. Qo‘lidagi qo‘ltiq tayoq yo‘ldagi kichik toshga ilinib ketdi.
Hammasi bir lahzada bo‘ldi Areumning oldinga yiqila boshlagandi. U yiqilaman deb o‘yladi. Lekin... Bir issiq qo‘l uning belidan mahkam ushlab qoldi. Areum bu hodisadan ko;zlari katta-katta bo'lib ketgandi. U belidagi qo'l kimligini bilarni. U Yoongi edi u Areumni belidan mahkam ushlab turardi Areum uyalganidan yana ham qizarib ketgandi.
Areumning nafasi bir lahza to'xtab qolgandek edi. Yoongi uni o‘ziga tortib tutib qolgan edi. Ikkisi ham bir-biriga juda yaqin edi. Areum hatto Yoongining nafasini his qilardi.
Yoongi ham bir lahza qimirlamay qoldi. Qo‘li hali ham Areumning belida edi.
— Ehtiyot bo‘lolmaysanmi? — dedi u past ovozda.
Bunday ohangda jahl va xavotir aralash gapirdi Yoongi.
— Haligi kechirasiz... past ovozda gapirdi Areum.
Yoongi sekin qo'lini oldi, lekin xuddi qo'yib yuborgisi kelmagandek majburligidan qo'yib yuborgandek tuyuldi o'ziga. Yuragi tez urardi.
Endi aniq. Bu oddiy achinish yoki do'stona munosabat emas. Lekin... unda nima?
Areum esa ichidan faqat bitta narsani takrorlardi.
Allohim... hozir meni Yoongi ushlab turdimi?
Men bu kunni hech qachon unutmayman... Yuragim sekinroq...
Yoongi biroz hazilomus tariqasida.
—O'zi shundog'am bir oyog'ing jarohatlangan ikkinchisini ham shu ahvolga solmoqchimisan biroz kulgu aralash.
Areum ham bu gapni hazil ekanligini tushungandi va u ham
—Balki axir men palakat qiz bo'lsam u ham kulib gapirdi.
Ular shu suhbatlar bilan makktabga ham yetib kelishgandi ichkariga kirishdi avvaliga sinfdoshlari Areumni ko'rib ahvolini so'rashid bo'lib o'tgan ishni Areum tushuntirganidan keyin ahvoli yaxshiligini aytganidan so'ng ular ham Areumni so'roq qilishdan to'xtashdi.
Dars boshlandi hamma darsda aktiv bo'lib o'tirardi shular qatorida Areum ham endi u oldingidek jim o'tirmasdi imkoni bo'lishi bilan darslarga javob berardi ustozlarni ham unga biroz mehri va hurmati ortgandi Yoongi esa dars vaqtida bir bir yashirincha Areumga qarab qo'yardi.
Dars tugadi hamma narsalarini yig'itirib uyiga ketayotgan Areum ham narsalarini yig'ishtirayotgan payt Yoongi birdaniga tashqariga chiqib ketti unga aytmasdan.
Qayerga ketti ekan nima endi o'zim ketamanmi. Mayli muhim ishi chiqqandirda balki meni tashqarida kutayotgandir.
U shu hayollar bilan shoshilib narsalarini yig'ishtirdida tashqariga maktab zaliga chiqdi ko'rgan sahnasidan joyida qotib qoldi biroz xafa ham bo'ldi.
To'g'risida Yoongi turardi yonida bir qiz yaxshilab etibor bersa kechagi o'yindagi qiz ekanligini ko'rdi Yoongini qo'lida esa qandaydir narsa bor edi xuddi sovg'adek Areum birdan orqaga bir qadam tashladi va ortiga qaramay tashqariga chiqib ketdi.
Areum jahl yig'i aralash tez tez qadamlar bilan maktabdan chiqib ketardi xuddiki oyoqlarini og'rig'i qalb og'rig'ini oladigandek oyog'ini yerga qattiq bosib yurardi qadamlari borgan sari tezlashardi og'riq ham shunga yarasha edi.
To'xtaa.. Qalbim nega bunday bezovtasan axir u kim bilan bo'lishi yoki bo'lmasligni men hal qilmaymanku meni bunga haqqim ham yo'q lekin negadir qalbim og'riyapti ichimda nimadir yonayotgandek.. Lekin men bilishim bo'yicha Yoongi sevgan qiz uni rad etgan nega hozir u boshqa qiz bilan yana unga sovg'a ham olipti balki o'sha qizdiraa yoq' yo'q hayollarim bo'ldi bu meni ishim emas bo'ldi bas..
U shunday deya ichida ming xil his ming xil fikrlar bilan ketarkan birdaniga ko'z oldi qorong'ulashib ko'zi xiraroq uyini o'z uyini ko'ra boshladi o'zini haqiqiy uyini u bu manzaradan daxshatga tushdi
Nahotki bu tush bo'lsa yo'q men hozir uyg'onolmayman axir men unga aytolmadim uni sevishimni qadrlashimni muxlisi ekanligimni nega? men hozir uyg'onolmayman ammo uyimni ham sog'indim bilamdim ikki o't orasida qolib kettim.
Va birdan unga kimdir urilib ketti u endi ancha o'ziga kelgandi atrofiga qaradi u yana maktab oldida u bundan bir xursand bir xafa xolda turardi urilish natijasida Areum yerga yiqilgandi yiqilgani bilan ko'zidan shash qator ko'z yoshlar chiqardi bir tomondan Yoongini oldiga qaytgani bo'lsa yana boshqa tomondan ichidagi qalbidagi o'griq sabab bulardan tashqari oyog'i ham qattiq og'rirdi bularga chidolmay oxiri yig'lab yubordi.
Buni ko'rgan yonidagi bilmay turtilib ketgan yigit qo'rqib ketti.
—Hey kechirasiz men bilmasdan turtilib kettim ahvolingiz yaxshimi so'radi yigit.
Areum hali ham hech narsa demay yig'lab turardi endi bu safar oyog'i yanada qattiq og'riyotgandi chunki hali ketayotganda oyog'ini qattiq bosgani sabab bo'lgandi.
Bu manzarani uzoqdan ko'rib yugurib kelayotgan yigit birdan Areumni oldidagi yigitni ura ketdi.
—Nima qilding?so'radi jahl bilan Yoongi.
—Kechirasiz men hech narsa qilmadim shunchaki bilmay turtilib kettim.
—yolg'on gapirma sen nimadir qilgansanki u shu qadar yig'layapti.
Shu onda ular oldiga bu voqeani ko'rib kelayotgan Hyungsik keldi va Yoongini to'xtatmoqchi bo'ldi.
—Yoongi bas qil? qat'iy gapirdi Hyungsik.
—To'xta u hech narsa qilgani yo'q gapini davom ettirdi.
—Men buni ko'rdim jahl bilan gapirdi Yoongi.
—Yo'q sen noto'g'ri ko'rding. Ular shunchaki bilmasdan bir biriga turtilib ketdi bu yigit Areumga yordam bermoqchi edi.
Biroz sukunat Yoongi o'zini biroz bosib olgandi va ko'zlari yigitdan Areum tomon qaratildi. Hali ham yerda yig'lab o'tirardi xuddi hech narsani ko'rmagandek ahmiyat bermasdan o'tirardi. Yigitdan asta qo'llarini oldi. Yoongi Areum tomon sekin kela boshladi ehtiyotkorlik bilan tizzalab Areumni qarshisiga o'tirdi.
—Areum sokin muloyim ohangda gapirdi Yoongi.
Qo'llari bilan Areumni yuzidagi ko'z yoshlarni artgancha yana gapirdi
Areum asta boshini ko'tarakan ko'zlari hali ham nam yig'lamaslikka urinardi.
U chuqur nafas oldi va qarshisidagi insonga qarab ichidan
"Ey Allohim…” Men noshukur bandangni kechir… Qanchalik noshukur ekanman…
U asta qo‘lini ko‘kragiga qo‘ydi. Yuragi tez urardi.
Agar bu tush bo'lsa men uni quchgancha uyg'onishni xohlayman hech bo'lmasa unga sevishimni aytolmasam ham...
Va u shu hayollar bilan yana ko'zidan o'zi sezmagan holda yosh oqdi va hech o'ylamasdan Yoongini qattiq quchib oldi. Shunchalik qattiq quchdiki go'yo shu orqali uni qo'yib yuborishni istamagandek. Go'yo bu oxirgi imkoniyatdek.
Yoongi birdaniga bunday bo'lganidan o'zini biroz yo'qotib qo'ygandek bo'ldi.
U nima bo'lganini tushunmay qoldi va hayollarini bir yerga yig'ib pat ovozda.
Areum javob bermasdi faqat mahkam quchgancha Yoongini ko'ksiga boshini qo'ygandek turardi. Yoongi sekin qo'llarini ko'tardi va u ham Areumni ehtiyotkorlik bilan quchdi leki hali ham nima bo'lganini bilmasdi.