June 23, 2025

MOONLIT FANTASY

•episode9
•Moonlit Fantasy

Soat 4ga yaqinlashyapti. Minsu xonimni yonidan chiqqanimga hali 2soat bolgani yoq. Bechora ayol zorga uhladi. Miyeon kelib og'lingizdan farzand kutyapman demagunicha hammasi yaxshi edi, aslida. Hozir tong otib uygonishim haqida oylab, kiyimimni ham almashtirmasdan yotoqning bir burchagiga omonatgina yotdim. Ko'zimni yumishim bilan eshik qongirogi chalinganinj eshitdim. Jungkook keldi. Miyamga shu habar yashin tezligida keldi-yu huddi shunday qaytib ketdi. Jungkookda eshikning kaliti bor. Bu kim boldi. Yana Miyeondek kelgindi bolmasa kerak. Ming xil hayol bilan borib eshikni ochdim. Lekin qarshimda turgan inson Jungkook edi. U menga shunchaki ko'z tashlab indamay yonimdan otib ketdi. Undan alkogol hidi kelyapti. Demak u shunchaki tuni bilan kongil hushlik qilgan. Uning orqasidan men ham oshxonaga kirdim.
–Qayerda yuribsiz?
–Senga nima? - u menga qarab qoshini uchirdi. Jahli chiqyaptimi? - Senga hisob berishim kerakmi? Shunday deb ortiga ogirilib stakanga suv toldirishni boshladi.
–Kecha chiqib ketganingizdan beri uyda nimalar bolganini bilasizmi? Qanday qilib bir sutka uyga kelmaslik mumkin. Ovoz tonim ozim bilmagan holda biroz balandladi. U gaplarimdan song menga ogirildi. Ohista qadam bosib menga yaqinlasharkan men ham u bilan teng ortga qadam bosdim.
– Hosh nima boldi? Nima boron bolib uyni uchirib ketdimi yoki bosqinchilar bostirib kirib sizlarga zarar yetkazdimi? Gaplarini tugatganida men allaqachon devor sabab qadamlarimni toxtatgan, u esa qolini ortimdaagi devorga tirab tosiq hosil qilgandi. Jim turaverganimdan keyin u mendan javob talab qildi.
–Mm? - shundan keyin ham jim turaverdim. Nega bunday qilyapman bilmayman, lekin chindan ham gapirgim kelmayapti. - Gapir! U shunday deb baqirib men uchun tosiq vazifasini bajarayotgan qolini devorga qattiq urdi.

Bunday bolishini kutmaganim sababli turgan yerimdan uchib tushdim. U nega bunday qilyapti? Bu ishidan song jahlim chiqdi. Lekin yuzimga spirtli ichimlik hidi bilan birga urilayotgan ogir nafas, yonginamda devorga tiralib turgan qollar, menga juda ham yaqin turgan gavda tufayli qorqyapman ham. Yiglab yuborishdan ozimni zorga tutib, jim turaverdim. Lekin u yana bir-bor meni gapirishga undadi. Bu safar sokin, past ovozda gapirdi.
–Sein, gapir nima boldi? Gapirishga qaror qildim. Baribir u shu narsani bilmagunicha meni tinch qoymaydi.
–Siz... Siz kayf-u safo qilib yurgan paytingiz men oyingizni qon bosimini tushirish bilan band edim. Gaplarimni yakunlab yuzimdan oqib tushgan bir tomchi yoshni artib tashladim. Men nega yiglayapman? Yiglamasligim kerak. U yiglaganim sababli jiddiy narsa deb oyladi shekilli tezda qoshlari bir chiziqqa uyildi.
–Oyimga nima qildi?
–Yashirin rafiqangiz ozini oshkor qilishga qaror qilgan shekilli, kecha erta tongdan uyga keldi. Endi ozimni bosib, unga achchiq qilib gapirishni boshladim. Aslida buyerda u aybdor. Men nega yiglashim kerak.
–Kesatiqlar aralashtirmasdan nima bolganini toliq aytib ber. Kim haqida gapiryapsan. U gaplarini aniq-tiniq qilib aytdida yuzimga yana osha yoqimsiz hidni purkab mendan uzoqlashdi. Erkin nafas chiqardim.
–Kecha ertalab, uyga bir qiz kelgan. Bizga rafiqangiz ekanligini aytdi. Agar shunchaki siz va u bolganingizda buyerga hech qachon kelmasligini, ortada bola borligi uchun kelishga majbur bolganini aytdi. - Bola haqida gapirishim bilan u keskin menga qaradi.
–Nimalar deyapsan?
–Men ham eshitganimni aytdim. Shunday deb yelkamni qisdim. Gapim tugagani sababli bu yerdan chiqib ketmoqchi edim. Lekin u bilagimdan siqimlab tanamni yana devorga yopishturdida, qolini eski joyiga olib kelib qoydi. Negadir shu narsa meni qorqitadi. Bilmayman nega, lekin kimdir meni shunday qilsa yiglagim kelaveradi.
–Uning ismi nima ekan?
–Miyeon. -Bu gapimdan song Jungkook biroz oylanib qoldi. Menimcha u qizni eslashga urinyapti. - Aynan qaysi biri ekanligini eslolmayapsizmi? - Kesatigimdan song u keskin menga qaradi. Lekin menimcha chindan ham shundayligi uchun indamadi.
–U manzili yoki telefon raqamini qoldirdimi? Bu gapidan song istehzo bilan achchiq qilib kuldim.
–Ikkalasini ham xonangizga chiqib ozidan sorashingiz mumkin. U bu gapdan keyin biroz men tarafga egildi.
–U shuyerdami? Savolini tugatganidan song tobora menga yaqinlashib kelayotgan nigohlardan ozimni olib qochish uchun yuzimni yon tarafga burdim.
–Ha, haydasak ham ketmadi. Lekin u kutilmaganda mavzuni umuman boshqa tarafga burib yubordi.
–Sendan orkide ifori kelyapti. Nafas orasida pichirlab aytilgan sozlar, uning boynimga urilayotgan qaynoq nafasi qanchalik ehtirosli bolmasin ular menga zigircha ham ta'sir qilmadi.
–Szidan esa alkogol hidi kelyapti. - Oylaganimni aytib, uni ozimdan itarib nari ketmoqchi boldim. Lekin u yelkamdan ushlagancha meni devor bilan qayta jipslashtirdi. U nima qilmoqchi bolyapti? Jungkook oramizdagi barcha masofani yopdi. U bilan hech qachon bunchalik yaqin turmagandik. U mastlikda ozini boshqarolarkan deb oylayotgan edim, lekin shu narsa adashganimni tasdiqladi.
–Jungkook... Uni ozimdan itarishga urinib tipirchilarkanman, barcha urinishlarim befoyda edi. U yuzini sochlarim orasiga komib chuqur nafas oldi. Nimalar bolyapti. Yoq bunday bolishi kerak emas. U menga yaqinlashmasligi kerak edi.
–Jungkook. Uning ismini aytib yiglab yubordim. Lekin u bunga etibor bermasdi. Issiq barmoqlar sochlarimni yigishtirganini va uning ortidan boynimda hol opich his qildim. Qolimni uni koksiga qoyib bor kuchim bilan uni ozimdan uzoqlashtirishga harakat qilardim. Lekin u shunchaki qollarimni bir kafti bilan ushlab ortimga otkazdi. Jismim devor va uning tanasi orasida qolib nafas olishga qiynalardim. Boynimga botirilgan tishlarni sezib qattiqroq tipirchilashni boshladim. Lekin qanchalik kop qimirlasam u meni shunchalik devorga itaryapti. Eshik tarafdan kelgan ovoz va Jungkook boshini kotardi. Lekin hali ham qollarimni mahkam ushlab turgandi.

Miyeonni korib uning tutqichidan chiqish uchun qollarimni qimirlatdim.
–Bu yerda nimalar bolyapti? Jungkook qizning bu gapidan song qolimni qoyib yubordi. Uning changalidan qutulishim bilan yugurib yuqoriga chiqib ketdim.

Xonamga kirib eshikni qulflab qoydim. Oyna qarshisiga kelib ozimga tikilar ekanman kozlarim faqat tozib ketgan sochlarim va qizargan boyin qismimni korayotgandi. Kozimdan yosh quyulib qarshimdagi javonga qollarimni tiradim. Uning ostida turgan atirni korishim bilan huddi hammasiga u aybdordek tuyuldi. Beixtiyor uni qolimga olib, yerga uloqtirdim. Shisha chil-chil sinib atrofga o'tkir cattleya orxideyasining hidi yoyildi. Yuvinish xonasiga kirib kiyimlarimga ham etibor bermay sovuq suvni ochdim. Bu hozir menga taskin beryapti.

~

Sein chiqib ketganini kuzatgan Miyeon qayta Jungkookka qaradi.
–Demak shunday kongilxushlik qilib yuribman de. Ayyorona jilmayib Jungkook taraf bir qadam yaqinlashgan uni boshdan oyoq kuzatdi.
–Demak, Miyeon sensan. Oz navbatida Jungkook ham uni kuzatib chiqdi.
–Jungkook, nahotki meni eslolmasang. Hafa qilyapsan. Yuzida soxta hafalikni aks ettirgan qiz, kozlarini pirpiratib Jungkookga qaradi.
–Togrisini aytsam, qizigi yoq. Bu yerdan shunchaki daf bol. Bunday qopol muomaladan keyin Miyeon ham jiddiylashdi.
–Yaxshi, men ketaman. Qornimdagi bola senga kerak bolsa tugib berib ketmoqchi edim. Kerak emas ekan mayli, uni oldirib tashlayman. - Qiz shunday deb ortiga ogirilib ketayotganda Jungkook uni toxtatdi.
–Shoshma. - Yogon ovozdan ortiga burulgan qiz Jungkookka jilmayib qaradi. Yigit u tarafga har bir qadamini aniqlik bilan tashlarkan 1qadamlik masofa qolganida toxtadi.
–Agar yolgon gapirgan bolsang, olimingdan oldin jahannam qanday bolishini bilib olasan. Shunday deb qizni chetlab otib ketgan Jungkook yuqoriga chiqdi. Uning ortidan jilmaygancha qolgan qiz bu yerda qolush uchun hali tugilmagan bolasidan foydalanish eng togri yol ekanini yaxshi bilardi.

Ikkinchi qavat zinalari tugagan joyda turgan Jungkook osha qavatdagi xonalardan biriga bormoqchi boldi-yu, lekin nimadir uni bu yoldan qaytardi.
Uchinchi qavatga chiqib oz xonasiga kirgan yigit, shunchaki eshikni yopdi-da ozini yotoqqa tashladi.

~
Yuzida sayr qilayotgan nozik barmoqlar sabab uygongan Jungkook bu barmoqlar kimga tegishliligini anglagach ularni ozidan uzoqlashtirdi.
–Bu yerda seni qaytib kormay. Jungkook shunday deb qizga olim nigohlarini tikkancha ornidan turib yuvinish xonasiga kirib ketdi. Qaytib chiqqanida yotoqda shunchaki yotgan qizni korib jigibiyroni chiqqan Jungkook unga shunchaki gap uqtirib bolmasligini tushundi. Yigit yotoq chetidagi tumba ustida turgan elektron soatga qarab, vaqr allaqachon tushdan og'ganini kordi va kecha tuni bilan uhlashiga yol qoymagan asirasi yodiga tushdi.
–Miyeon buyerdan chiq. Uydagi xonalardan birortasini ozing uchun tanla. Bu gapni eshitib jilmaygan Miyeon ornidan turib Jungkookning ochiq turgan yelkasida barmoqlarini yurgazdi.
–Yaxshi azizim. Xonamni tayyorlashini kimga aytay, Seingami? Bu gap Jungkookni oylantirib qoydi. Euna ketganidan buyon rostan ham uy ishlarini Sein bajaryapti. Aslida bu uning ishi emas.
–Sein buyerda xizmatkoz emas. U oyimga qaraydi.
–Oyimning enagasi de. Mazahlash ohangida chiqqan sozlardan song Jungkook Miyeonning qolini ozidan yulib oldi.
–Bu yerdan chiqib ket. Men ketishim kerak. Bunday muomaladan keyin Miyeon ham shunchaki xonani tark etdi.

Kiyimlarini rostlab pastga tushgan Jungkook hozir mehmonxonada oyisi va Sein otirganini bilsa ham u yerga kirmasdan shunchaki tashqariga chiqib ketdi.

~

Ko'zlarimni ochganimda faqat qorongulikni korardim. Men qayerdaman? Kecha nimalar boldi? Taehyung qayerda? Shu kabi savollar miyamni qamrab oldi. Boshimga kiydirilgan qop sabab sochlarim va yuzimdan ter oqa boshladi. Bu narsa g'ashimga tekkani sabab qimirlab kimnidir chaqirishga urundim.
–Hoy, kim bor buyerda? Ovozimdan song eshik ochilib kimdir men tomonga kelishni boshladi. U kelgunicha jim turishni afzal kordim. Lekin yuzimni ochgan nusxa umuman menga notanish edi. Sochlarim tozib, kozimni tosib qoygani uchun boshimni qimirlatib ularni yigishtirishga urundim. Harakatlarim natijasiz ketgach menga tikilib turgan erkak jirkanch tirjayishini namoyish qilgancha qollari bilan menga yordam bermoqchi boldi. Uning qolini siltalab tashlaganindan keyin sochlarim battar tozib ketdi va bundan foyda yoqligini bilib ularni oz holiga qoydim.
–Kimning itisan? U meni ozi ogirlashga haddi sigmasligini sezardim va kimdir uni buyerga shunchaki menga koz quloq bolib turish uchun qoldirgan. U yana torjaygancha kaftini yuzimga olib keldi. Boshimni qimirlatib yana ozimdan uzoqlashtirmoqchi bolganimda u tosatdan jag suyaklarimni mahkam siqimladi.
–Bilishing uchun uzoq kutmasliginggaa ishonchim komil, qizaloq.
–Qolingni tort mendan, jirkanch koppak. Shunday deganimdan song u meni siltalagancha qoyib yubordi. Yuzimni bosim bilan ortga irgitgani uchun otirgan stolimning old oyoqlari biroz kotarilib yana joyiga tushdi. Hayriyatki orqa tarafga yiqilib tushmadim.

Tahminan 30daqiqadan song men otirgan xonaga bir yigit kirib keldi. Uning boyi deyarli Taehyungniki bilan teng, mushakdor yigit edi. Men tomonga yaqin keldi-da so'z boshladi.
–Sen bilan bunday holatda uchrashamiz deb oylamagandim, Isabel. Men uning ovozini aniq tanidim, o'sha ovoz- men telefonda gaplashgan ovoz bu –Jungkook.

–Jin ursin seni Kim Taehyung, ablah, yolgonchi. Yer tepinib baqirib yubordim. Negayam unga ishondima? Hammasi tuzoq bolgan. Bu haqida meni ogohlantirishgandi.
–Isa, kimnidir haqorat qilishdan oldin oylash kerak. Taehyungning bundan habari yo'q. U buni huddi oddiy narsadek sozlab berishi asabimni buzyapti togrisini aytsam.
–Sen do'stimga hiyonat qildim demoqchimisan? Nega bilmadimu lekin bu meni hayron qoldirdi.
–Balki shundaydir. U turgan joyida shunchaki yelkasini uchirdi. Negadir bundan xursandman. Agar bu ishda Taehyungning qoli bolmasa, demak u meni qidiradi. Aniq bilamanki u tinch otirgani yoq.
–Isabella kel sen bilan samimiy gaplashib olamiz. Huddi dostlardek.
–Sen hamma dostingni shunday boglab qoyib gaplashasanmi? U bu gapimdan song kichik tabassum qildi.
–Bu safar vaziyat shuni taqazo etdi. Balki keyingi safar chindan ham dostlardek gaplasharmiz.
–Meni qanday ogirlab ketganingga qiziqyapman togrisi.
–Qanday emas nega ogirlaganimga qiziqqaning yaxshi menimcha.
–Xosh nega ekan?
–Isa, osha reytingni sohtalashtording shundaymi? U meni Isa deb chaqirganiga ensam qotib ketdi. Nima biz eski qadrdonlarmizmi? Lekin bu gapni unga aytmadim, har holda unday vaziyatda emasman.
–Nima, osha reyting sen uchun shunchalik muhimmi? Avval janob Lee, keyin men. Odam ogirlashni oyinchoq deb oylayapsanmi?
–Togri, osha royhat men uchun aslida bunchalik ahamiyatga emas. Lekin judayam ahamiyatli bir narsa borki, agar osha ishni sen qilgan bolsang qaytib yashamasliging kerak. Uning ovozi hotirjam lekin labining harakati, qosh harakatlari meni chochityapti.
–Xosh, nima istaysan mendan?
–Yaxshi maqsadga kochaman. Bundan ikki yil avval, sen avtohalokat uyushtirgansan. Mening otam va onamning hayotiga suyiqasd uyushtirgansan. Shundaymi? Togrisini aytsam u nimaa haqida gapiryotganini rostan ham bilmayman. Men ikki yil oldin dadam ochib bergan kompaniyalar bilan band edim.
–Nimalar deyapsan, Jungkook. Hech qanaqa suyiqasd bilmayman.
–Shundaymi? Balki unutgandirsan. Hozir yodingga solamiz. U koz qiri bilan nimanidir ishora qildi. 1daqiqadan song esa korgan manzaramdan qotib qoldim. Ular ikki qolidan sudragancha olib kelib tiz choktirishgan odam Lee Myonuk edi. Uni oz uyiga jonatgan edimku. Qanday qilib bu yerga kelib qoldi. Jin ursin barini.
Jungkook unga ishora qildi.
–Menimcha vitse-prezident Lee sen uchun qadrli bolsa kerak. Uni o'ldiraman, kiprik qoqmay otib tashlayman, Isabella. Menga rostini ayt. - U yuzini yuzimga yaqin olib kelib vishilladi. U borgan sari biroz oldingi xotirjamligini yo'qoti98b vaxshiylarga oxshab ketayotgandi. Kozimga yosh qalqib chiqdi. Boglab qoyilgan stolimdan turishga urinib qimirladim.
–Jungkook, ishon men qilmaganman. - U mening yuzimga qarab turib yon tarafga oq uzdi. Otirgan joyimdan bir uchib tushdim. Osha tarafga qarar ekanman oq boshqa tarafga tekkanini korib nafasimni qoyib yubordim.
–Olib keting uni. - bu gapni eshitin konglim ancha joyiga tushdi. Lekin keyingi gapi yana yuragimni hovuchlashimga sabab boldi. - Keyingisini olib kiring. - u yuzini men tarafga burdi. - Agar vitse-prezident yetarli bolmasa dadang uchun haqiqatni aytarsan balki.
–Nima? Yoq, dadam nega endi? Uni nega olib kelding? Qorachiqlarim ustida ushlab turgan yoshlarim oz-ozidan quyilib oqishni boshladi. Eshik ochilib qayta kirgan qoriqchilar va ularning qolidagi bu safar dadam ekanligini korib yuragimdan qichqiriq otildi. Lekin tashqariga chiqara olmadim. Nega bunday bolyapti? Agar shunday bolishini bilganimda edi. Osha reytingni hech qachon soxtalashtirmagan bolardim. Dadamning iltimosiga ham etibor bermagan bolardim.
–Jungkook, nega gapimni yolgon deb oylayapsan? Men qilmadim deyapman-ku. Yiglab iltijo qilishimga qaramay uning kozlaridagi ifoda bir xil. Gazab va och olish alangasi aks etyapti uning kozlarida.
–Ishonmasang mayli, Jungkook, meni oldir. Dadamni qoyib yubor iltimos. U menga yaqin keldi. Bosh barmogi bilan yuzimdagi yoshni artdi. Lekin uning kichik harakati, koz yoshimni ketkazish uchun hecham naf qilmadi.

–Seni hech kimdan iltimos qilmaydi, hech kimgaa yalinmaydi deb eshitgandim. Qarshimda turgan qiz Yiye Isabella ekanligiga ishongim kelmayapti rosti.
–Dadam uchun yolvoraman, kerak bolsa tiz chokaman Jungkook. Iltimos uni qoyib yubor. - U mendan uzoqlashib, qurolni dadamga togirladi.
–Isabella yana bir bor sorayapman, ota-onam bilan bolgan baxtsiz hodisada aloqang bormi? - uning ovozi butun xonaga yoyilib aks-sado berdi.
–Yoq deyapman-ku, nega tushunmaysan, jin ursin. Mening sozlarim tugaganidan keyin xona bir zum jim bolib qoldi. Kozlarimni yumdim, hali 1soniya bolmasidan xonadagi sukutni minglab bolaklarga bolib tashlagan oq ovozi sabab kozlarim oz-ozidan ochildi. Dadamning ogriqdan faryod chekkan ovozini eshitib yuragim tilka-pora bolib ketdi. Ularning son qismidan oqayotgan qon esa koksimdagi ogriqni yanada achchiqlashtiryapti.
–Dadajon, meni kechiring. Jungkok yana oqni saqlagichdan boshatdi. Kozim kattalashib unga yolvorishni boshladim.
–Unday qilma, iltimos Jungkook, otinaman unday qilma. U yana menga qaradi. Uning kozlaridagi ifoda... u yerdan hech narsani anglab bolmaydi.
–Songgi marta sorayman, Isa, yana bir yolgon va seni ham dadangni ham oxirgi kuningiz boladi. - U baribir qilmadim deganimga ishonmaydi. Agar unga ha deb javob bersam, dadamni tinch qoyib faqatgina meni oldiradi. - Osha kungi avtohalokatni sen uyushtirganmisan? Gapirish uchun endi ogiz juftlaganimda shu paytgacha jim otirgan dadamning ogriqdan bogilgan ovozi yangradi.
–Men qilgandim, ota-onangni olimini men uyushtirganman. Lekin afsus onang tirik qoldi.

_Avtor_

Jungkook keskin Janob Kang tomonga burildi.
–Nega? Nega bunday qilgandingiz? Dadam va onam sizga nima yomonlik qildi. U qarshisida tiz chokib turgan erkakka qurol oqtalgancha baqirarkan, kozidan bir tomchi yosh qalqib chiqdi. Jungkook shu paytgacha hech qachon koz yosh tokmagandi. Hattoki otasining dafn marosimida ham koz yoshlar chiqishiga yol qoymadi. Lekin bugun ikki yil saqlanib kelgan alam, ogriq va pushaymonlik hammasi bir bolib shu bir tomchigina koz yoshida namoyon boldi.
Lekin uni hech kim kormadi va sezmadi.
–Seni otang bilan bir paytlar birga ishlaganmiz. -Erkak ogriq sabab ogriq sabab qiynalib gap boshladi. Nima bolyotganiga tushunmayotgan Isabel ham hozir shunchaki jim bolib qolgandi. -
Taehyungning otasi ham biz bilan ishlar edi. Uchalamiz qalin dostlar edik. Lekin bir luni Taehyungning otasi vafot etdi. Uning ogli yosh edi. Shuning uchun Aegiscorpni bizga qoldirdi. Bu haqida bilsamg kerak, Taehyung voyaga yetgunga qadar kompaniyani otang vakil sifatida boshqargan. - Jungkook indamadi. Janob Kang ham undan javob talab qilmay gapini davom ettirdi. - Sendagi AegisCorpning 25 foiz aksiyasi aslida menda bolishi kerak edi. Kim uni menga qoldirgan. Lekin otang uni aldov bilan mendan tortib oldi. Buning alamiga chidolmasdan osha voqeani uyushtirdim. - Jungkook biroz sukut saqlaganidan song gap boshladi.
–Ikki yildan beri sizni qidiraman. Ikki yildan buyon uyqumda halovat yoq. Lekin sizdan buning uchun aytarli sabab eshitaman deb oylagandim. Nahotki atiga 25 foiz aksiya kimningdir hayotini hal qilsa. Bir odam olib ketishiga, bir ayolning butun umr nogiron bolib qolishiga arziydimi, shu narsa. Sozlarining oxirida ovozini maksimal darajada kotarib yuborgan Jungkook jim bolgancha chuqur chuqur chuqur nafas oldi. U qurolni qayta nishoniga togirladi. Shunchaki dadasining va Jungkookning suhbatini jim tinglagancha yiglayotgan Isabel xonada aks-sado berib jaranglagan oq ovozi sabab sergak tortdi.

9-qism tugadi.
Davomi bor.