𝚎 𝚞 𝚗 𝚘 𝚒 𝚊
𝑺𝒆𝒏 𝒎𝒆𝒏𝒊𝒌𝒊𝒔𝒂𝒏 - 𝒃𝒖 𝒔𝒐ʻ𝒛 𝒒𝒂𝒍𝒃𝒊𝒎𝒅𝒂 𝒕𝒊𝒏𝒊𝒎𝒔𝒊𝒛 𝒖𝒓𝒂𝒚𝒐𝒕𝒈𝒂𝒏 𝒚𝒂𝒈𝒐𝒏𝒂 𝒐𝒉𝒂𝒏𝒈𝒅𝒊𝒓.
Koreya, Seul. 20-dekabr.
Dekabr oyi oxirlashiga qaramay hali hamon birinchi qor yoqqani yoʻq. Lekin havo ancha sovuq edi. Bu yil universitetda birinchi kurs boʻlganim sababli biroz qiynalyapman. Shuning uchun ham ba'zida kechgacha kutubxonada qolishimga toʻgʻri keladi. Hozir ham darsdan keyin barcha boʻsh vaqtimni kutubxonada oʻtkazib uyga qaytib ketyapman. Ancha kech boʻlib qolgani sababli avtobus kutmasdan, taxida uyimga kirib keldim. Eshikdan kirib kelarkanman, oyimning yoqimli ovozi eshitildi.
–Keldingmi, qizim? Oʻtirib ovqatlanib ol.
–Ha, oyi hozir, - oyimga kelganimni bildirib kiyimlarimni alishtirish uchun yuqori qavatga chiqdim.
Pastga tushganimda oyim va dadam dasturxon atrofida oʻtirishardi.
–Hayrli kech, oyi va dada, - salom bergancha men ham ularga qoʻshildim.
–Xoʻsh, bugun kechlikka nima yeymiz, - stulga joylasharkanman shoshqaloqlik bilan soʻradim.
–Sen yoqtirgan kimbap va teok-beokkilarni pishirganman. - oʻzimdek jilmayib javob berdi, oyim.
–Qoʻlingiz dard koʻrmasin, oyijon, - kulgancha maxsus choʻplarni qoʻlimga oldim.
Amerika, New-york.
Ertalabdan uygʻongan yigit yuvinish xonasi eshigidan chiqib tinmasdan jiringlayotgan telefoniga javib berdi.
–Hayrli tong, dada, - shunday deb tumba ustiga bir koʻz tashlagan yigit xatosini tezda toʻgʻirladi, - aytgancha sizlarda kech tushdi-ku, xayrli kech, dadajon.
–Senga ham, - telefon ortidan boʻgʻiz ovoz eshitildi. - aytgan gapim yodingdami?
–Aynan qaysi birini soʻrayapsiz?
–Yangi yilgacha uylanishing kerak. Kayf-safo qilib yurishni bas qilginda, Koreyaga qaytib kel.
–Dada, sizga uylanmayman deb aytgandim.
–Sen kompaniya aksiyalarini oʻylayapsanmi, tirrancha.
–Oʻsha aksiyalarni mening uylanishimga dahli yoʻq ekanligini bilaman. Shunday ekan meni tinch qoʻying, - Jungkook telefonni oʻchirishga shaylandi, lekin dadasining soʻnggi ovozi uni qizil tugmani bosishdan qaytardi.
–Agar men aytgan qizga yangi yilgacha uylanadigan boʻlsang, kompaniyaning mendagi 80% aksiyasining 4/3 qismini senga oʻtkazib beraman, - bu gaplardan soʻng telefonni qayta qulogʻiga olib borgan Jungkook xotirjamligini yoʻqotmagan holda savol berdi.
–Nega endi uylanishimni shunchalar xohlab qoldingiz?
–Ertagayoq Koreyaga qaytib kel, - qoʻngʻiroq yakunlangani haqidagi signal eshitilarkan Jungkook telefonini mahkam siqqancha oʻylanib qoldi...
Koreya, Seul.
Telefonni oʻchirgach janob Jeon qayta boshqa raqamni terdi va yashil tugmani bosdi. Ekranda esa «bosh tansoqchi Shin» ismi koʻrinish berdi. Bir necha chaqiruvdan soʻng telefon ortidan rasmiy ovoz eshitildi.
–Hayrli kech, Janob Jeon.
–Sizga ham, janob Shin. Sizga bir masalada qoʻngʻiroq qilayotgandim.
–Ha, gapiravering, Janob Jeon.
–Siz bilan tuzgan kelishuvimiz yodingizdami, - biroz jim boʻlib qolgan Janob Shin tomoq qirgancha ma'lum qildi.
—Ha, yodimda, albatta, - erkak muloyim gapirishga harakat qilardi, - lekin bunga biroz erta emasmikan?
–Nega endi erta boʻlarkan? Qizingiz allaqachon 19 yoshda boʻlsa. Allaqachon universitetga ham kirib boʻldi.
–Lekin, jano.ob, - Jeon bosh qoʻriqchisining keyingi gaplarini eshitmadi.
–Oʻgʻlim ertaga Koreyaga qaytib keladi. Kechgi payt sizlarnikiga boramiz. Shu oʻn kun ichida buni hal qilishimiz shart.
–Ammo nega bunchalik tez? Janob Jeon men hali qizimga bu haqida aytmaganman.
–Unday boʻlsa unga tushuntiring. Ertagacha koʻp vaqtingiz boʻladi, - Jeon shunday degancha qizil tugmani bosdi.
19 yil avval.
–Azizim, nahotki boshligʻing tabriklash uchun oʻzi kelsa, ularni judayam hudbin deganding-ku, - dedi ayol hayron qolgancha.
–Ha, Daeil. U shunday, - hafsalasiz dedi erkak.
–Unday boʻlsa u buyerga kelmagan boʻlardi, sen u haqida adashgan koʻrinasan, - dedi Daeil kulgancha.
–U shunchaki tabriklash uchun kelmayapti.
–Unda nega ekan, - ayolning tabbassumi tezda soʻndi.
–U oʻgʻli va qizimizni unashtirish uchun kelyapti, - bu gapdan soʻng Daeil yoqasini ushlagancha bir qadam ortga surildi.
–Nima? Hali uni tugʻilganiga bir hafta ham boʻlmadi-ku?
–Uning oʻgʻli ham hali yosh. Kerakli paytda toʻy boʻladi. Bu shunchaki unashtiruv.
–Nega? Nima uchun kerak bu?
–Shunchaki... - erkak chuqur nafas chiqardi.
–Qanaqasiga shunchaki? Nima deyotganingni bilyapsanmi, - koʻzlariga yosh keldi ayolning.
–Ha tushunib turibman, u qiz farzand ekanligi aniqlanganidayoq biz bunga kelishgandik.
–Nima, hali tugʻilmagan bolangni sotdingmi, - Daeilning koʻzlari kattalashib ketdi.
–Aytganman-ku, u juda qaysar. Agar rozi boʻlmasam seni ham meni ham oʻldirardi, - Daeil endi nimadir deyishga ogʻiz juftlaganida eshik qoʻngʻirogʻi jiringladi. Shin Sinju esa ayoliga quloq solmasdan eshik tarafga shoshgancha yurib ketdi.
Eri yetaklab kelgan odamlarga qaragan Daeil koʻzidagi yoshlarni berkitgancha ukar bilan bazoʻr salomlashdi. Ular hol-ahvol soʻrab boʻlishgach, Janob Jeon oʻgʻliga buyurdi.
–Qani, Jungkook gullaringni qizchaga ber, - dadasining aytganini qilib belanchakda yotgan kichik qizchaga yaqinlashdi Jungkook. Unga biroz tikilgancha qoʻlidagi guldastani qizning yoniga qoʻygan 11 yoshli bola hayotida qanday oʻzgarish boʻlayotganini tushunmagan edi...
Hozirgi kun.
Shin Sinju oʻz xonasiga kirib kelib yuziga namlantiruvchi krem surayotgan ayoliga biroz oynadan tikilib turdi. Buni tezda anglagan Daeil eriga ogʻirildi-da qanday gapi borligini soʻradi.
–Bilasanmi Daeil, - javob berishdan oldin tomoq qirdi erkak, - ertaga qudalarimiz kelar ekan, - ayolining urushib bermasligi uchun atayin jilmaydi erkak.
–Nima? Ertagami? - oʻrnidan turib ketdi ayol, - axir Sein hali 20ga ham korgani yoʻq-ku?!
–Nega vahima qilasan, shunchaki kichik Jeon Amerikadan qaytayotgan ekan. Mehmondorchilikdan soʻng uyiga qaytib ketishadi. Hali hech kim qizingni olib ketayotgani yoʻq, - Sinju yolgʻon gapirib ayolini avrarkan ertaga haqiqatni eshitganida unga nima deyish haqida oʻylardi.
–Menimcha Seinga bu haqida aytish vaqti keldi, - dedi Sinju horgʻin ohangda.
–Men unga buni aytolmayman, oʻzingiz ayting, - ayolning qat'iy ovozidan soʻng boshqa suhbat davom etmadi.
Qizining eshigini qat'iyat bilan taqillatgan erkak javob kutmasdan ichkariga kirib keldi. Dars stulida oʻtirgancha uhlab qolgan qizni koʻrgan Sinju nima qilishni bilmay oʻsha yerda biroz turib qoldi va eshikni yopib qayta xonadan chiqib ketdi.
Oʻz xonasiga kirib kelgan erkak rafiqasiga bu haqida ma'lum qildi:
–Sein uhlab qolibdi. Uygʻotishni xohlamadim. Unga ayt, ertaga universitetga bormasin. Mehmonlarni kutishga tayyorgarlik koʻringlar, boʻlgan ishni ham yotigʻi bilan oʻzing tushuntir.
Daeil hamma gapni eshitgan boʻlsa ham indamadi. Shunchaki eriga teskari qaragancha unsiz koʻz yosh toʻkardi.
Ertalab uygʻonganimda negadir boshim biroz ogʻriyotgandi. Kecha yaxshi uhlamaganim uchun boʻlsa kerak deb unchalik e'tibor bermadim. Tayyorlanib pastga tushdim. Doimgidek oyim yolgʻiz oshxonada kuymalanib yurardi.
–Oyi, hayrli tong.
–Senga ham shirinim.
–Dadam ketib boʻldimi?
–Ha dadang biroz oldin ketgandi. Sen borib stolga oʻtirib tur, men ham hozir boraman, - oyimning aytganini qilib nonushta uchun dasturxon bezatilgan stol atrofiga joylashdim. Oyim tayyorlagan mazzali ovqatlarni birin-ketin oaqqos tushirarkanman, ularning oʻzi ham yinimga kirib keldi. Stulga huddi qiyin ishni bajargandek uh tortgancha oʻtirgan oyimning biroz shishgan koʻzlariga endi e'tibor berdim.
–Yigʻladingizmi, - oyimning koʻzlariga yaxshiroq tikilgancha soʻradim.
–Yoʻq qizim kechasi yaxshi uhlolmadim, shunga koʻzlarim biroz shishgan, - jilmaygancha javob berdim.
–Chindan ham hammasi joyidami?
–Ha, ovqatingni ye, - oyimga yana bir bor chuqur tikilib nigohimni qayta ovqatga qaratdim. Lekin oyim oʻtirganidan judayam koʻp uh tortgani va joyiga oʻrnasholmasdan oʻtirgani e'tiborimdan chetda qolmadi. Uni ustiga oʻtirganidan beri menimcha sakkiz finjon choy ichdi.
–Oyijon nimadir demoqchimisiz, - soʻradim toqatim toq boʻlib.
–Bugun universitetga bormay tur, hoʻpmi, - oyimning odatdagidan boshqacha soʻzlaridan koʻngkim gʻash boʻldi.
–Tinchlikmi?
–Ha, bugun uyga dadangning boshligʻi kelarkan, ularni yaxshi kutib olish kerak.
–Faqat shu xolosmi? Boshqa narsa yoʻqmi?
–Yoʻq, Sein. Shu xolos, - oyim soʻzlarini soʻngida jilmayib qoʻydi.
Kechgi payt.
Dasturxonga soʻnggi narsa - shirinlikni joylashtirganimdan soʻng u chindan ham mukammalligini tekshirish uchun yana bir bor qaradim va hammasi oʻz oʻrnida ekanligini koʻrib tabassum qildim. Oshxonaga qayta kirib idish yuvayotgan oyimga qarab gap qotdim.
–Nega men oʻgʻil farzand emasman, - oyim savolimdan soʻng kulib yubordi.
–Nega endi oʻgʻil bola boʻlging kelib qoldi?
–Agar shunday boʻlganida hech qachon turmushga chiqmay sizlarning yoningizda qolardim, - negadir bu gapimdan soʻng oyimning yizidagi tabassum yoʻqoldi.
–Bizdan havotir olma, baxtli turmushni boshdan kechir, oyparcham mening. Lekin tez-tez biznikiga kelib tur, seni sogʻinib qolaman, - oyimning koʻzlarida yaltiragan yoshni koʻrib hayron qolmadim deyolmayman.
–Oyi, axir hozir turmushga chiqayotganim yoʻq-ku, nega yigʻlaysiz, - kulgancha beozor turtib qoʻydim ularni. Oyim qoʻllarini sochiq bilan quritib yonimga keldi.
Yelkalarimdan tutgancha meni oshxonadagi stullardan biriga oʻtkazdi.
–Qizim, - oyimning bunday chuqur xoʻrsinishida qandaydir gap bor ekanligini aniq sezib turardim, - hozir uyimizga kelayotgan odamlar... seni oʻgʻliga soʻrab kelishyapti, - bu gap negadir menga kulgilidek tuyulib oʻzim bilmagan holda kulib yubordim.
–Sovchilik allaqachon eski zamonlarda qolib ketgan deb oʻylardim, bekorga shuncha tayyorgarlik qilibmiz men baribir hali beri turmushga chiqmayman, - oyim bunday hazil aralash gaplarimdan soʻng ham oʻzining homush qiyofasini buzmadi, - oyiii, boʻldi endi. Nega bunday qilyaosiz.
–Gap shundaki, qizim, sen allaqachon unashtirilgansan, - bunday sovuq gaplardan soʻng ustimga bir chelak suvni agʻdarib tashlashgandek boʻldi.
–Nima? Hazillashmang oyi, - tabassum qilib buni rad etishga urindim.
–Qani edi hazil boʻlsa, qizalogʻim. Otangning boshligʻining oʻgʻli va sen unashtirilgansizlar, - ilon chaqqandek oʻrnindan turib ketdim. Bosim sabab ortga agʻdarilib tushgan stulga bir qarab qoʻygancha oyimga qayta nigohlarimni koʻchirarkanman ularning yanogʻidagi koʻz yoshlar bu haqiqat ekanligini isbotlayotgandek edi.
–Ustimdan kulyaosizlarmi? Qanday qilib unrim davomida bir marta ham koʻrmagan insonim bilan unashtirilgan boʻlishim mumkin, - asabiylashgancha yuzimga tushib turgan sochlarimni qoʻlim bilan ortga yigʻishtirdim, - rostan ham oʻzingizdamisiz, oyi?
–Sen tugʻilganingda otang bu ishni qilgan, - oyim endi chinakamiga yigʻlab yubordi. Lekin men hozir koʻz yoshlarga ahamiyat beradigan ahvolda emasdim.
–Chindan ham ustimdan kulyapsizlar. Yigʻishtiringlar bu bemani oʻyinni. Hech qanday unashtiruv haqida bilmayman - qoʻllarimni tez-tez qimirlatgancha gaplarimni tugatdim.
–Qizim... lekin bu boʻlgan. Sen Janob Jeonga kelin boʻlishing kerak, - oyim koʻzidagi yoshlar bilan menga qaradi.
–Majburiy nikoh qonunda ta'qiqlanganini bilasizlarmi, - koʻzimdagi yoshlarni ketkazosh uchun ularni tez-tez ochib yumdim, - qanday qilib menga buni ravo koʻrdingiz, - endi lablarim qaltirayotganini ham aniq sezib turardim. Qanchalik qarshilik qilmay koʻzyoshlarim yuzimni yuvib asta yerga tusha boshlashdi. Oyim esa hamon jim.
–Sein, - oyim yana soʻzlari titragancha gap boshladi, - iltimos bizni tushun... bunga majbur edik.
–Nima, - koʻz yoshi aralash achchiqlanib kuldim, - Majbur edingiz? Kechagina tugʻilgan qizingizning butun hayotini hal qilishga majbur edingizmi, - menda yana juda ham koʻp gaplar bor edi, lekin yigʻi sabab ularni gapira olmadim. Tomogʻimga tiqilgan bosimni nari surgancha soʻnggi gapimni aytdim.
–Toʻy boʻlmaydi. Men roziligimsiz mening ustimdan qilingan hech qanday qarorni tan olmayman.
Oʻz xonasiga kirib eshikni qattiq yopgan qiz bir necha soniya eshik tutqichini ushlagancha qoldi. Biroz oldingi oyisining gaplarini oʻylarkan, eshitgan narsasini hazm qilolmayotgandi u. Miya qobigʻi portlab ketayotgandek tuyulayotgan qiz tizzalari qaltirab sekin polga choʻkdi va bor ovozi bilan oʻksinib-oʻksinib yigʻlab yubordi.
Sizlarga yoqdi degan umiddaman. Fikringiz men uchun qiziq. Imlo xatolar uchun uzr.