GUNOHKORLAREP/12
Lycoris radiata — ya’ni qizil o‘lim lolyasi, ajralish, yo‘qotish, o‘lim va qayta tug‘ilish ramzi sifatida tanilgan. Ayniqsa yapon va koreys madaniyatida bu gul gunoh, taqdir va ajralmas bog‘liqlik timsoli hisoblanadi.
Bu gul ko‘pincha kimdir vafot etganda gullaydi, shuning uchun u so‘nggi ko‘rishish, vidolashuv va o‘lim ramzi hisoblanadi.
Mehmonxona zalida to’rt kishi o’z ishlari biland band ekan,Junho va Jimin hujjat ishlari bilan band. Haru nima qilishni bilmay o’tirardi. U hali bu oilaga ko’nikolmadi. bu sukunatni istamasada Jennie eridan kelgan xabarni aytish maqsadida buzdi.
-Jimin bugun kechga qallig’ingni uyiga borar ekanmiz. Shu bois hech biringiz kechga reja tuzmang- yana sukunat. Jimin bu xabarni e’tiborsiz qoldirdi. Jennie hayoliga kelgan fikrni amalga oshirishga qaror qildi.
- sen juda ham e’tiborsizsan . Ochig’i seni bu holating men hayron qoldirdi. Men bilgan Jimin buni shunday qoldirmas edi. Axir gap bo’lajak rafiqang haqida ketyabdi
- senga aytgandim endi oldingi Jimin yo’q . Uni yanchib o’rniga yanada kuchliroq Jiminni yaratdim. Menga kimga uylanishim muhim emas. Menga eng muhimi kuch qudrat ekanligini allaqachon tushuntirishgan.- Jiminni gaplaridagi qahr aralash kinoya bir yurakni parchaladi.
-aha..ha.ha . Nahotki , unday bo’lsa o’sha qizga achindim. Ammo menga qiziq nega bunchalik o’zgarding. Axir qachonlardan sen sevgi haqida tinmay- Jennieni gaplari u tomon yaqinlashayotgan Jiminni ko’rgan on to’xtadi. Jimin Jennieni sochlarini ortiga yig’a boshladi. Bu kutilmagan holatdan Haru hayron bo’lsa Junho bu tomosha qanday yakunlanishini kutardi. Holat go’yo yigit sevgilisini sochlarini o’yanayotgandek tuyilsada Jennieni og’riqdan chiqargan ovozi holatni buzdi.
- ayshsh….
- Jimin nima qilyapsiz- Haru ularning oldiga bormoqchi bo’lganda Junhoning so’zlari uni to’xtatdi.
- Haru joyingga qayt
-ammo
- joyinga o’tir dedim. Hech narsa bo’lgani yo’q.- Haru istamasada Junhoning yuz ifodasidan qo’rqib joyiga qaytar ekan ko’zlari Jennieni sochini changallagan Jiminning qo’llari va bunga hech qanday ifoda bildirmayotgan Jennieni hissiz yuzidan uzilmas edi. U hayolida “U nega bunday qilyabdi. Axir u otasining rafiqasiku ” shu so’zlar tinmay aylanar edi.
- azizam Jennie sen men yo’qligimda anchayin jasoratli bo’lib qolibsanmi. Ammo buni to’g’irlash mumkin.- u yanada qattiq Jennieni sochlaridan tortdi . og’riq yanada kuchaydi- o’z o’rningni bil o’gay oyijon. Meni hayotimga aralashishni hayolingga ham keltirma. Aks holda ..
- Jimin vaqt bo’ldi ketishimiz kerak. Menimcha u hammasini tushundi.- ikki yigit go’yo hech narsa bo’lmaganday mehmoxona zalini tark etishi bilan Haru Jennie tomon oshiqdi.
- Ahvolingiz joyidami. Sizga suv olib kelaymi- Jennie Haruni havotirlanishini ko’rib yengil kulib qo’ydi. Ha qarshisidagi qiz bu kabi manzarani har doim ham ko’ravermasligi bu uni qo’rqitgani yuzidan ma’lum. Jennie Haruni to’xtatib gapini aytib zalni tark etdi.
- Parkar oilasi sening tasavvuringdagidan farq qiladi. Parklar oilasi tashqaridan risoladagidek ko’rinishi mumkin ammo ular haqiqiy telbalar. Undagi hech kimga ishonma na Jiminga na o’sha mehribon ko'ringan kampirga hatto erim degan insoningga ishonma. Hozirgina ko’rganlaring holva. Shunday ekan iloji boricha bu oiladan qochishga harakat qil aks holda pushaymon bo’lasan.
Ma’ruzlar zalidan o’zi kutgan qiz chiqishini kutayotgan Taehyungga barcha qizlar oshkora tikilib qarashar , ayrimlar bu kanlandimog’ yigitni bu yerda qanday ishi bo’lshi mumkinligi haqida o’ylab o’tib ketishardi. Nihoyat talaba qizlar orasidan Yunsi chiqishini ko’rgan zahoti uni kelishini kutmasdan yoniga borib universitet hovlisi tomon yetaklab keta boshladi. Buni ko’rgan zahoti Mia ham ularga ergashdi. Bu holatni ko’rganlar hayron qolishmadi axir bu Kim Taehyung
-nega meni bu yerga olib keldingiz. Siz kimsiz o’zi- Yunsi o’zini Taehyungni tanimayotgandek tutushi-yu uning nozlanib gapirishi Taehyungni kulgusini keltirardi xolos.
- bas qil.meni juda yaxshi taniysan. Shunday ekan gapimni diqqat bilan eshit. Men atiga ikkitata savol beraman sen esa faqatgina rost javob berasan. Agar yolg’on gapirgudek bo’lsang bu universitet bilan xayrlash .meni tushundingmi .- Yunsi qo’rquvdan zo’rg’a javob berdi.
-ha
-yaxshi 1-savol. Hawan Kessy u bilan qanday aloqang bor- bu savolni Yunsi kutgan edi. U shu vaqtgacha zimdan Taehyung va Kessyni kuzatdi uning qarshisiga chiqmaslik uchun ko’p harakat qildi. Biroq oshxonadagi voqea sababli uni sirini bilishdi.
- kutgandim mendan u haqida so’rashingizni. U bilan 2 yildan beri tanishsiz biroq u haqida ismi va oilasidan boshqa hech narsani bilmaysiz. Uning nega yolg’izligi bu holati haqida bilishni istaysiz to’g’rimi. Men oilasidan tashqari uni taniydigan siz bilgan yagona insonman. Hatto otangiz ham yordam berolmagan. Hwan oilasi o'z sirini yashirishni yaxshi biladi. Ammo men ham u haqida ko’p narsa bilmayman
- bekorchi gaplarni yig’ishtirib savolimga javob ber
- men u bilan bir maktabda o’qiganman. Bilganingizdek Kessy o’ziga hammani ham yaqinlashtiravermaydi. Uni oilasida kasofat deb chaqirishadi. Xizmatkorlarini aytishicha u kimgadir yaqinlashsa o’sha inson albatta baxtsiz bo’ladi.
-menga ertak emas haqiqiy javob kerak
- u maktabda doim jim yurardi hech kimga qo’shilmasdi. Ammo kimdir uni jaxlini chiqarsa hech ikkilanmay zo’ravonlik qilardi.hatto bir marta bir yigitni tomdan itarib yuborgandi, yigitning aybi esa shunchaki uni so’ramasdan suratga olgan edi.Uni ota-onasi haqida ham hech kim bilmasdi. Otam maktab direktori bo’lgani uchun uni boy oiladan eknanligini bilgach meni u bilan yaqinlashishga majbur qildi. Aynan shundan so'ng qora kunlarim boshlangan. Men u bilan yaqin bo’la olmadim lekin gaplashishning uddasidan chiqa oldim ko’p emas ammo oz bo’lsada yaxshi edi. Bir kuni bir ayol kelib uni majburlab olib ketti. Keyinchalik u ayol uning onasi ekanligini bildim. Qiziq tomonu u menga onasini o’lgan degandi. Undan onasi haqida so’rash o’limga olib keladi. Shundan so’ng otam orqali surishtirib u benikoh tug’ilgani ,uni oilasida hech kim yoqtirmasligini aniqladim. Ota-onasi uning vasiyli borasida tortishishar va onasi shu orqali otasidan pul undirardi. Ba’zida uning tanasida ko’karish – kuyish izlari bo’lardi. U bir marta daxshatli tushlar ko’rishi , shu sababli kechasi uxlolmasligini aytgandi. U qandeydir dorilarni ham qabul qilardi.
Bir kuni men jaxl ustida butun sinf yonida benikoh farzand ekanligini aytdim. Bu mening hayotim mobaynidagi eng katta hatoyim edi. Shu Kundan boshlab u menga qarshi bo’lib har qanday yo’l bilan menga aziyat yetkazdi. Ustimdan issiq suv sovuq suv quydi, kaltakladi, zinadan itarib yubordi eng asosiysi otamni ishdan haydalishga majbur qildi.
-Bas qil men senga yolg’on gapirma degandim. Kes bunday qilmaydi — Taehyung hech qachon bu gaplarga ishonmaydi. Chunki u bilgan Kes hech kim bilan ishi yo'q. Kessyning yagona istagi shunchaki hayotdan zavqlanish. Maktab zo'ravonligi bu uni hech qachon hayoliga keltirmagan
- ammo qildi. Ehtimol uning tasi bor aybini yashirgan. Mening oxirgi choram uni uyiga boorish bo’ldi. Akasiga bor gapni aytdim tanamdagi jarohatlarni ko’rsatganimdan so’ng u menga ishondi. Shundan so’ng Kes menga yaqinlashmay qo’ydi. Otasi to'satdan vafot etgach u maktabga 1 oy kelmadi keyinchalik chet elga o’qishga ketgani haqida bildim. So'ngra uni bu yerda uchratdim- Taehyung eshitgan gaplarini hazim qilishga urunar ekan navbatdagi savolni berish yoki bermaslikni o’yladi. Ammo savoliga hozir javob olmasa keyinchalik bu imkon bo’lmasligi mumkin.
- 2 savol. Sanha u haqida bilasanmi.- Taehyung bu inson kimligiga qiziqadi. Chunki Kes har doim mastlike vaqti yoki daxshatli tushlardan uyg’ongach faqat shu ismni takrorlar edi.
- Sanha siz u haqida qayerdan bilasiz
- ahamiyatsiz u kim.
- men ham u haqida hech narsa bilmayman. Bilgan yagonam narsam u Kessyni qutqaruvchisi .Kes u haqida hech narsa aytmagan bo’lsada bir marta ung xat yozganini ko’rgandim. Qog’ozda undan qutqarishini so’ragandi va onasi majburlab olib ketayotganda ham undan yordam so'raganini eslayman. .- jimjitlik bu javoblar Taehyungni yanada savollar ummoniga g’arq qilgan edi. Taehyung hech qachon Kessydan o’tmishi haqida so’ramagan. Bilgani qizning qorong’u og’riqlarga to’la sirli o’tmishi bor.
Miya bir joyda turolmas, u tushunolmasdi . Nega Tehyung bu qizga bunchalik qiziqishi nega u haqida surishtirayotgani Kessy u uchun qay darajada ahamiyatli shu savol tobora Miyani qiynar edi.
-Bas qil hozir boshim aylanib ketadi
- sen bu yerda nima qilyabsan- miya qarshisida birdan paydo bo’lgan Hyunsikdan qo’rqsada bildirmaslikka harakat qildi.
-osmondan tushdim.
- nega asabimga tegishga harakat qilyabsan
- asabinga men emas o’sha qiz tegyabdi. Ayniqsa Taehyung u haqida qiziqishi unga egalik qilishga urunishlari
-u shuncha vaqt bu qizga qiziqmay birdan u haqida surishtira boshladi. Jay ularning shartnomasi ha demay tugaydi degandi. Axir men Taehyungni qancha vaqtdan beri sevaman. Doim u uchun harakat qildim. Hech qachon unga xiyonat qilmadim u bo’lsa o’sha qiz sababli o’zgardi. U eng boshidan meniki edi.
- Miya aqlingni yig’ib ol. Taehyung u hech qachon seniki bo’lmagan, u bilan hatto munosabatingiz bo’lmagan. U shunchaki sen bilan yaxshi gaplashgani uchun sen shu fikrga borgansan. Uni senga yaxshi munosabati , qilayotgan ishlaringga ko’z yumishi ham aslida qachonlardir uning marhum singlisi Liya bilan dugona bo’lganing uchun. Aslida kim kimga egalik qilishga urunyabdi. Sen unga egalik qilmoqchi bo’layabsan.
-yo’q men uni sevaman.
- yetar Miya yosh bola kabi xarxasha qilishni. Sen uni sevmasligingni ikkimiz ham bilamiz. Sen shunchaki Taehyungni oilasini istaysan . Axir unda g’amxo’r ona , himoyachi ota bor va uning mehri. Senga shular kerak- Hyunsikning si’zlari qanchalar achchiq bo’lmasin haqiqat edi. Miya bunga chidolmasada tan oldi.
- ha uni emas oilasini istayman . buning nima yomon Tomoni bor. Men ham oilam bo’lishini istayman charchadim eshityabsanmi CHARCHADIM._- Miya birdan baqirib yig’lay boshladi- YOLG’IZLIKDAN.OTA-ONASIZLIKDAN. TIRIK YETIM BO’LISHDAN CHARCHADIM. ONAM OTAM BILAN AJRASHGACH QAYTIB OTMANI KO’RMADIM HATTO FAMILIYASI HAM MENDA YO’Q. ONAM BOR BO’LA TURIB MENI E’TIBORIGA ILMAYDI. MEN U UCHUN CHIROYLI BEZAKMAN XOLOS. HA CHARCHADIM HAR SAFAR NAVBATDAGI O’GAY OTAMNI FAMILIYASIGA O’TISHDAN, BEZAK BO’LISHAN , ODAMLARNING MEN HAQIMDA GAPIRISHI VA MENGA ACHINIB QARASHLARIDAN CHARCHADIM. AXIR MEN HAM INSONMAN . MENDA HAM YURAK BOR U HAM AZOBLANADI his qiladi- endilikda Miyani ovozi bo’g’ila boshladi- oilasiz yashash qanchalik og’ir ekanligini bilasanmi- Miya javob kutgandek Hyunsikka boqdi ammo u jim chunki u bu haqida hech narsa bilmaydi. U doim oilasi bag’rida mehr qurshovida o’sdi. Miyaning hissiyotlari u uchun begona ammo u buni tushunishga harakat qilyabdi.
Autor; biz insonlar doim hamma narsani sovg’a qutisini baholagan kabi insonlarning ham tashqi ko’rinishiga qarab baho beramiz. Ammo insonlarni ham o’sha quti kabi tashqarisini ko’ramiz ichisida nima borligini bilmaymiz.
Hech doim kulib turgan insondan seni nimadir qiynayabdimi yoki yig’layotgan insonda senda qanday quvonchli voqea bo’ldi deb so’rab ko’rganmisiz.
Ehtimol yig’layotgan insonni hayoti biz o’ylagandek qayg’uli emasdir uning ham quvonchli oni bor quvonchdan ham yig’lash mumkin-ku.
Yoki doim kulib yurgan insonda hech qanday qayg’u tashvish yo’q deb ishonch bilan ayta olasizmi. Eng yorqin kulgu ortida doim eng katta qayg’u yashirin bo’ladi. Bu dunyoda tashvishi yo’q insonni topolmaysiz. Tashvishi yo’q degan insoningiz bo’lsa undan bir bor u haqida so’rab ko’ring .
-bilmaysan hech biringiz bilmaysiz. Barchangizga boshingizga tashvish tushganda ortingizdan yuguradigan otangiz , sizdan tashvishlanadigan onangiz bor. Mendachi faqat navbatdagi eri haqida o’ylaydigan onam bor xolos. Bilasanmi Jay otasi bilan birga yashaydi. Jayni onasi otasi bilan ajrashgan bo’lsada har doim u haqida tashvishlanadi. Har kuni o’nlab qo’ng’iroqlar va suhbatlar. Har yili tug’ilgan kunini o’z eshityabsanmi o’z ota-onasi bilan nishonlaydi. Mendachi kim bor ayt kim- Miya ovoz chiqarib yig’lar ekan Hyunsik bir on aytgan so’zlari uchun pushaymon bo’ldi.
- senda men borman- birdan Jay paydo boldi. U yig’layotgan Miyani bag’riga bosdi. Miya kulib yubordi.
- albatta mening mehribon o’gay akajonim. Meni bu holatimni ko’rib xursand bo’layotgan bo’lsang kerak to’g’rimi axir doim meni mazzax qilarding
- Miya sen nima deyishing muhim emas. Agar sen oilang bo’lishini istasang men sening oilang bo’lishim mumkin, xuddi sen istagandek doim seni himoya qilaman, tug’ilgan kuningni birga nishonlaymiz, senga doim eng yaxshisini ravo ko’raman.
- men ham bo’lishim mumkin ya’ni sening oilang- gapga Hyunsik aralashdi.
- ikkingiz birga meni ustimdan kulmoqchimisiz marhamat bemalol kuling so’ngra keting. Menga achinishingiz shart emas. Bu haqiqat bo’lgan taqdirda ham biz hech qachon oila bo’la olmaymiz. Chunki bizni bog’lovchi hech qanday rishta yo’q.
- sen bilmasliging mumkin ammo oila har doim ham qon qarindoshlar yoki sevgi kabi narsalardan iborat emas . oila- bu o’zaro mehr, hurmat,ishoncha, qalb birligidir. Unutma rishtalar hech qachon o’z o’zidan bog’lanib qolmaydi. Oila bu do’stlaring yoki begona ammo seni qadrlovchi sen qadrlovchi insonlar ham bo’lishi mumkin. Ustiga ustak biz sen bilan o’gay bo’lsada aka-singilmiz - Miya bir zum o’ylanib qoldi. Taehyung hech qachon uni sevmagan , miya ham uni sevmaydi shunchaki u baxtli bo’lishni istagandi. O’zingniki bo’lmagan baxtni orqasidan yugurgandan ko’ra oldingizga kelgan baxt bilan baxtli bo’lish kerak emasmi aslida.
— Sunxo nima bo'ldiki hammani shoshilinch yig'ding. Sen Sojunni oldida bo'lishing kerak edi-ku — Taehyung jaxl bilan gapirdi. Sunxo bo'lsa aqldan ozgandek u yoqdan bu yoqqa yurar edi.
— Sunxo gapirsangchi/ Jay
— Xullas Sojun yo'q/ uch yigit eshitganiga ishonmadi.
— qanaqasiga yo'q boladi.
— uyiga borgan edim. Uyida na onasi, na o'zi bor. Xat tashlab ketibdi. " Hammasi uchun rahmat. Meni izlamang vaqti kelganda o'zim qaytaman. “ faqat shu so'zlar bor xolos. / barcha bir parcha varoqqa qarasa Taehyung sochlarini asbiy yuqoriga taradi.
— Ahmoq bola nimalar qilib qo'yding. Sojun uni bu ahvolda tashlab ketmasliging kerak edi. /Taehyung
— Kimni? Taehyung nimalar debsan/ Minhyuk va boshqalar tushunmadi.
— Soyu u homilador.
— qanaqasiga
— u mast holda qizni zo'rlagan/ shu birgina so'zlar yigitlarni butunlay hayratda qoldirdi. Sunxo Taehyungni yoqasiga yopishdi.
— Nimalar debsan Sojun hech qachon Soyuga bu ishni qilmaydi. U axir qizni sevardi. Og'ayni sen Sojun haqida gapirayapsan, bizni do'stimiz Sojun haqida.
— to'g'ri Sojun nomard emas./ Jay -hech kim eshitganlariga ishonishni istamasdi.
— bas qilib,Sojunni izlaylik/ yigitlarni nima qilishni bilmasdi bunday vaziyat; Sunxoning ketib qolgani, bir qizning hayoti qil ustida turgani