May 14, 2025

GUNOHKORLAR..EP/14

Insonlar endi tug'ilgan go'daklarni farishtaga o'xshatishadi. Afsuski biz bu dunyoga Gunohkor bo'lib tug'ildik.

#Yang_Sunxo

Autor;Kessy

GUNOHKORLAR
14-qism

Kessy katta yo’l yoqalab yugurar ekan orqasidan taqib qilayotgan insonlar u uchun naqd daxshatning o’zi edi. Bor kuchi bilan yugurishidan qat’iy nazar ortidagi insonlar hech to’xtamas edi. Aslida esa ular sharpalar .
Kessy yugurib nihoyat yana qayta o’sha jarlik yoqasiga borib qoldi. Orqasidan quvgan sharpalar u tomon yaqinlashmay shunchaki nigohini unga qaratar ekan Kessy nima qilishni bilmas jarlikdan sakrash istagi tinchlik bermasdi ammo u biladi hatto ajal ham undan allaqachon yuz o’girgan edi. Oldidan birdan paydo bo’lgan Sanha unga achinish nigohi bilan qarar ekan
- Nega bunday qilding. Hammasi yaxshi bo’lishi kerak edi. Nega mendan voz kechding. Axir doim seni himoya qilaman degandimku . Nahot menga ham ishonmading. / Sanhaning so’zlari Kessyni sarosimaga solar ekan. Kessy boshini tez-tez inkor ma’nosida qimirlatar edi.
- Yo’q men bunday qilmadim. Sendan voz kechmadim./ Sanha ham o’sha sharpalar tomonga o’tib jarlikni tark eta boshladi. Buni kutmagan Kessy baqira boshladi
- SANHA… TO’XTA. KETMA SANHA……. MEN SENDAN……… VOZ KECHMADIM

Kessyni alahsirashlaridan yonida uxlab qolgan Taehyung darhol uyg’ondi
-sanha…..ketma…men..sanha /qarshisida suv bo’lib terlab ketgan qizni uyg’otishga harakat qila boshladi.
- Kes uyg’on .tursangchi / Taehyung hotirjam ovozi foyda bermagach qizni turta boshladi ammo natija bir xil. Urunishlari samara bermagach bir stakan suvni Kesning ustidan quyib yubordi.
- ahhhh/ kessy uyg’ongan bo’lsada tush bilan ro’yona ajrata olmas , qarshisidagi Taehyungni gaplari qulog’iga kirmas edi. Nigohlari bilan kimnidir izlar ekan deraza tomonda ko’ringan sharpalar uni battar vahimaga sola boshladi. Endilikda nafas ololmas ham edi.
- ahhh…ihhh
- senga nima bo’ldi Kes/ Taehyung ham qarshisidagi qizning hiqqilab nafas ololmayotganini endi sezdi/ Kes nafas olishga harakat qil. Men hozir /Taehyung tezda ayvon eshigini ochib Kesni ko’tarib olib chiqdi.
- chuqur chuqur nafas ol......... hammasi joyida........ men yoningdaman. Bu shunchaki tush....... Ha sen yomon tush ko’rgansan holos......... Muhimi nafas ol. / Taehyung 20 daqiqa mobaynida Kesni quchog’ida nafas olishi bir maromga kelishini kutar ekan uning nafaqat nafas olishga qiynalayotganini balki og’riqdan ingragan ovozini ham eshitardi. Ammo hech narsa qilolmas edi. Bu kabi holat oldinlari ham bo’lgan ilk marta shifokorni chaqirganda bu qo’rqinchli tush ta’sirida degan edi. Shundan beri bu holatda shunchaki uning nafas olishi bir me’yorga kelishini kutadi. Davolanish haqidagi gaplarini Kessy doim bee’tibor qoldirgan.
- ahvoling yaxshi shundaymi/Taehyung ancha tinchlangan qizga qarata aytdi.
- yaxshi meni joyimga olib bor
-yaxshi.

-qanday tush ko’rding
-daxshatli/hissiz javob berdi boshqa so’zni aytishga tili bormas edi Kessyni. Taehyung uchun ham bu suhbat yoqimsiz tuyildi. Shu bois unchalik ham chuqurlashishni istamadi.
-men suv olib kelaman./Taehyung ketgach Kessy o’rnidan turishga harakat qildi ammo bir qancha urunishlarining barchasi samarasiz ketdi.
- jin ursin
- mana suv ichib ol / Taehyung yordamida suvni bazor ichgan Kessy tanasini qimirlata olmayotganini sezdirishni istamadi. U hoziroq kasalxonaga borib kerakli muolajani olmasa ancha vaqtgacha shu alfozda yotishi mumkinligi uchun so’nggi chorani qo’lladi.
- Tae akamni bu yerga chaqira olasanmi
- nima
-akamni bu yerga chaqir meni olib kestin
- yarim kechasi ketishingdan nima foyda ertaga tongda seni o’zim olib boraman.
-yo’q men hoziroq ketishim kerak iltmos akamni chaqir. Unga qo’ng’iroq qilsang albatta yetib keladi./Taehyung Kessyni qanchalik qat’iy ekanligini sezdi.
- yaxshi ketishni istasang seni o’zim olib borib qo’yaman.
- iltimos Tae akamni chaqir/kes deyarli yalindi. Uni bu holatda ko'rmagan Taehyung uni o'zi bilan olib qolishni qanchalik istamasin qarshisida yalinayotgan qizga qarshi hech narsa qilolmadi.
- hozir

Jin odatda Kessy uni yarim kechasi jiddiy sababsiz bezovta qilmasligini bilgani uchun tezda aytilgan manzilga keldi. U nega meni Kessy chaqirdi emas aksincha unda hammasi joyidami shu haqida tinmay o’ylar edi.
Taehyung eshikni ochgan zahoti Jin ichkariga kirdi.
-Nima bo’ldi ahvoli yaxshimi
-Hammasi joyida shunchaki yomon tush ko’rdi, adashmasam vahima huruji tutdi. Keyin sizni chaqirishni istadi./Jinni ko’ngli yomon voqeani sezardi
-U qayerda
-Chapdagi xona/ Jin aytilgan xonaga kirgan zahoti eshik oldida to’xtab qoldi.
Singlisi yotoqda shiftga qaragancha haraktsiz yotarkan o’tmish yodiga tushdi.
“Qachonlardir Kes soatlab, kunlab, ehtimol oylab shiftga termulib tezroq o’lishni istagan vaqtlar” Kessy nigohini u tomon burganda esa Jin chuqur nafas oldi. O’zini jiddiy tutushga harakat qildi.
-Nima bo’ldiki meni bu yerga chaqirding
-Kechiring sizni bezovta qildim ammo boshqa ilojim yo’q edi/ Kessy Taehyung bor yoki yo’qligini bilish uchun eshik tomon qaradi. Uni yo’qligini bilgachgina gapirdi.- men qimirlay olmayapman/ shu uchgina so’z hammasiga oydinlik kiritdi. Jin darxol Kessyni tekshirdi tanasi refleks qaytaryabdi birozgina muolaja hammasini iziga tushuradi.
-Hoziroq kasalxonaga boramiz/ Jin Kessyni ko’tarib oldi. Undan kelayotgan alkagol hidi biroz asabini buzardi. Eshik oldiga kelishgach qarshilaridan Taehyung chiqdi.
-Yo’limdan qoch
-Nega uni olib ketyabsiz
-Singlim uchun senga hisob berishga majbur emasman. U uyga ketishni xohlayapti shunday ekan yo’ldan qoch./ Jin o’tkir nigohlari bilan Taehyungga qararkan bu vaqtda Taehyung nigohini Kessyga qaratib uni tasdig’ini olgach yo’ldan qochdi.
-To’xtang unda gapim bor/ Jin eshikdan chiqmay turib ortga burildi.- Tae ertaga kechasi jarlikka kel seni kutaman.
Ular ketishgach Taehyung o'zi va Kessyning rasmini qo'liga olib divanda viski icha boshladi.
— Mendan qachongacha sir tutmoqchisan. O’zi qanday kasalsanki hatto yotoqdan ham tura olmaysan. Nega mendan buni yashiryapsan Kes. Mendan bekitgan sirlaring qancha.

Kasalxonaning yupin libosida kasalxonaning bog'ida stollardan birida hayol surib o'tirgan Kessyning oldiga Sunxo kelib o'tirdi. Ikkisi ham jim. Ehtimol bu sukunat va sovuq shamol ikkisiga ham manzur. Kessy boshini Sunxoning yelkasiga qo'yib suyanib oldi. Shundan so'ngina Sunxo gapirdi.
— daxshatli tushlarim tugagan deganding.
— ular hech qachon tugamaydi. Odatda alkogol ta'sirida uxlasam hech narsa bezovta qilmasdi. Lekin endi menimcha alkogol ham ortiq menga foyda bermaydi. Jin ursin hatto shu shisha ham mendan yuz o'girdi— Kessy huddi o'yinchog'idan ayrilgan boladek g'inshidi. Sunxo bo'lsa indamadi.
— xo'sh aniqladingmi
—ha onang hech qanday kasal emas. Menimcha bu uning navbatdagi nayrangi yoki sen bilan yarashish uchun qilyapti.
—hahhh demak bunga o'gay otamni ham sherik qilibdida.
— menimcha u professor Choini ham aldagan — sovuq shamol ta'sirida Kessyning tanasi junjikarkan Sunxo uni ustiga o'z jaketini yopib quydi. Kessy bo'lsa yanayam Sunxoning quchog'iga kirdi.
— O’sha ayol mendan nima istaydi. Keraklicha pulni olgan bo’lsa
- Ehtimol pushaymon bo’layotgandir qilmishlari uchun/ sukunat Kessy shamol esishini kuzatardi.- kechirolmaysanmi
- Kechirish bu meni qo’limda deb o’ylamayman. Uni kechiradigan darajada kuchli emasman. Ustiga ustak hamon undan qo’rqaman
- Sendan foydalanib tashlab ketishidanmi
- Yo’q. Men bunga ko’nikib qolganman. Shunchaki har safar uni ko'rganimda butun tanamni qo’rquv egallaydi. Go’yo u meni bo’g’ayotgandek. - Sunxo unga boqargan qachonlardir uni uchratgan vaqtlarini esladi.Chuqur ho’rsindi.


- Yangiliklardan bilganingdan ko’ra mendan eshitganing yaxshi. Park Jimin o’sha yigitga turmushga chiqyapman.- Sunxo bir zum Kessyga hayrat nigohiga qarar ekan aytmoqchi bo’lgan ko’plab savollarini ichiga yutdi. Faqatgina birgina savol berdi.
- Taehyung …. U biladimi ?
- Yo’q…….. Bugun unga aytaman shu bois unga hech narsa dema- Sunxo boshini qimirlatib qo’ydi. – Sen mendan ko’ra epchilroqsan. Qachon uylanayotgningni menga aytmoqchi eding.
- Uylanish… ha uylanyapman 3 kundan so’ng to’yim.
- Nega Sojun uchun o’zingni qurbon qilyapsan. Bu dunyoda o’z gunohing qolib boshqalarning gunohiga javob bermoqchimisan.
- Mening bu dunyodagi eng katta gunohim tug’ilganim bo’lgan. Buni Sojun uchun emas o’zim va o’sha begunoh go’dak uchungina qilyapman.
- Begunohmi - Kessy savol nigohi bilan boqdi
- Ha …. “Insonlar endi tug'ilgan go'daklarni farishtaga o'xshatishadi. Afsuski biz bu dunyoga Gunohkor bo'lib tug'ildik.” Ammo ortiq yana kimdir o’zini gunohkor sifatida bilishini istamayman. Men o’sha bolaning otasi bo’laman. U mening baxtim timsoli bo’ladi. Shu yo'l bilan uni ham o'zimni ham bu botqoqdan qutqaraman.
- Uchi – Kessy ularni ancha vaqtdan beri naryoqda kuzatib turgan Soyuga ishora qildi.
- u hammasiga rozi......- birdan Sunxo Soyuga qaradiyu nima uchun bu yerga kelgani yodiga tushdi.-Hayt…. Yodimdan chiqibdi. Soyuni shifokor qabuli bor edi. Yaxshisi men ketishim kerak – Sunxo ketmochi bo’lgan payt qo’lidan tutilgan qo’llar sabab to’xtab qoldi.
- Men ham uni ko’rmoqchiman
- yurolasanmi – Sunxo Kessyning harakatsiz jim turganini ko’rgach uni ko’tarib oldi.

Soyu ancha paytdan beri gaplashayotgan juflikka qarab o’zini negadir aybdor his qildi. Uning nazarida Sunxo va Kessy bir birini sevadigandek ko’rindi. Sunxoning Kessyni u tomon ko’tarib kelayotganini ko’rib fikriga ishonch hos qildi.

—kechirasan Soyu biroz yodimdan ko'tarilibdi, agar qarshi bo'lmasang Kessy ham biz bilan borsa. Albatta sen rozi bo'lsang.
— Yo'q men qarshi emasman.

Shifokor xonasida ultra tovush moslamasiga barcha nigohini qaratar ekan. Dastlab Soyu qorniga tekkan muzdek geldan seskandi. U atrofiga qarar ekan stolda indamay o'tirgan Kessydan farqli ravishda qiziquvchan nigohlar bilan ekranga boqayotgan Sunxoni ko'rdi. Birdan
—duk... Duk.. Duk
— Bu uning yurak urishi. Juda tez shunday emasmi, bilasizmi bu har qanday musiqadan ham yoqimliroq — Xonada hali tug'ilmagan go'dakning yurak urushini eshitish barchaga ayniqsa Soyuga o'zgacha hissiyotlarni his ettirdi. Endilikda u rosmanasiga vujudida yana bir yurak urayotganini his qildi.
— Ammo u qani /Sunxo
— Mana u hali kichkina endi 2 oylik bo'ldi yaxshilab e'tibor bersangiz ko'rishingiz mumkin — shifokor ekrandagi oq Qora dog'larga ishora qildi
— nima shumi. Uni tanasi qani qo'li... Oyog'i.... Boshichi — Sunxoning ahmoqona savolidan barcha kulib yubordi. Albatta Sunxo hech qachon bu kabi narsalarga birinchi marta duch kelishi edi.
— Janob Yang farzandingiz endi 2 oylik. Vaqt o'tishi bilan u rivojlanib bu dunyoga keladi. Sizga so'z beramanki o'sha payti unda qo'l oyoq va albatta boshi ham bo'ladi.
— hech bo'lmasa u qizmi yo o'g'il shuni ayting — endilikda shifokor va Soyu Sunxoning savoliga nima deb javob berishga ikkilanarkan. Kessy Sunxoni boshiga bir urdi
— ahhh. Bu nima qilganing
— kechirasiz doktor u biroz dovdirroq. — Kessy shifokorga ta'zim qildi. — Tentak hozirgina hali kichkina dediku. Yana bir necha oy kutsang aniq bo'ladi. — Sunxo hijolatomus atrofga qarab kulgidan zo'rg'a o'zini tiyib turgan hamshiraga ko'zi tushdi
— Kechiring men bu kabi narsalarga unchalik tushunmayman.
— Hijolat bo'lmang. Ahir birinchi farzandingiz ekan bunday vaqtda har qanday ota hayajonlanishi tabiiy. — muhit juda ham ijobiy ediki hatto Kessy ham o'zini erkin tutib Sunxoning ustidan kular edi.
Pov/Soyu
Nihoyat uni ko'rdim. Yurak urushishini eshitdim. Ammo yonimda Sunxo emas sen bo'lishing kerak edi Han Sojun. Bizga nimalarni ravo ko'rding.
Sunxo va Kessy nahotki ularni ayirgan bo'lsam.
— Hoy qurbaqa malika endilikda sen bo'lajak onasan. Bu mittivoyga tug'ilgunga qadar yaxshilab g'amxo'rlik qil, tug'ilgandan so'ng men o'zim uni katta qilaman.
— hop /. yig'lagim kelyabdi. Quvonchdan yoki qayg'udan emas xo'rligim kelyabdi. O'z bolamni xuddi Sunxoga ilakishtirgandekman.Unga o'zimni og'ir yukdek his qilyabman. U o'ziniki bo'lmagan bola uchun bu qadar xursand ekan qiziq o'z farzandi uchun qay darajada xursand bo'lgan bo'lardi.
— bola tug'ilishini kutmasdan hozirdanoq unga g'amxo'rligingizni qilishingiz mumkin
—qanday qilib
— onasiga yaxshi g'amxo'rlik qiling. Uni istaklarini bajaring asabiylashishi yo'l qo'ymang.
Men bilan yursangiz sizga ba'zi vitaminlarni yozib beraman.

Xonada faqat Kessy va Soyu o'tirardi. Soyu noqulay holatda nima deyishni bilmasdi. Ammo o'zini aybdor his qilardi.
— Kechir
— Nima uchun
— men va Sunxo oramizda hech narsa bo'lmadi. Sunxo shunchaki menga achinganidan....
— nima demoqchisan maqsadga o't
—men sen va Sunxoning orasiga tushushni istamagan edim.
— Men va Sunxo...... Sen ko'rganingni noto'g'ri tushunding. Oramizdagi munosabatlar umuman boshqacha. —Soyu Kessy sovuq ohangda javob bergani uchun indamay boshini qimirlatib qo'ydi. Ammo o'zini qandaydir yengil his qildi.
Kessy hech qachon gapirishdan oldin ikkilanmagan u doim hayolidagilarni ro'y rost gapirgan hozir ham aytadigan gaplarini hech ikkilanmay aytdi garchi so'zlari kimningdir yuragini parchalasada.
— nimani his qilyapsan
—tushunmadim — Kessy nigohini derazadan olib Soyuga nigohini qaratdi.
— bilishimcha bolangni ham o'zingni ham o'ldirmoqchi bo'libsan. Pushaymon bo'lsang kerak. Qorningdagi bola hayotingni barbod qildi. Endilikda tutqun qush kabi o'zing istamagan hayotda yashashga majbursan yoki
—Bu bilan nima demoqchisan—Soyu yig'indan beri bo'lib gapirdi. Kessyni aytayotgan gaplari u uchun xanjar kabi edi
— aytmoqchi bo'lganim bu bolani dunyoga kelrirmasliging kerak. U butun umr sen va otasining qilgan gunohi uchun tovon to'lab yashaydi. Har kun o'ziga NIMA UCHUN BU DUNYOGA KELDIM shu savolni berib yashaydi. U hech qanday gunoh qilmasada ota onasining gunohi uchun bu dunyoda azob chekadi xuddi eng oliy gunohni qilgandek.
— bas qil iltimos — Soyu quloqlarini yopib yig'lardi. Ammo bu Kessyga ta'sir qilmadi
— bilasanmi sen bu boladan foydalanmoqchi bo'lgansan. To'g'rimi??? U orqali boy va to’kis hayotga erishmoqchi eding ammo Sojun g'oyib bo'lgach, undan qutulmoqchi bo'lding ammo keyin nima bo'ldi Sunxo seni qutqarib bor aybni bo'yniga oldi. Bolang orqali bar bir Sunxodek boy merosxo'rga ega chiqding.
— Unday emas
— bilasanmi men sen kabilardan nafratlanaman. Farzandini faqat foydalanish uchun dunyoga keltirishadi. Foydalanib bolishgach xuddi axlatdek bir chekkaga uloqtirishadi. Ularga faqat o'z hayotlari muhim. Kun kelib qilgan gunohlari uchun tovon to'lash kerak bo'lganda bor aybni o'sha norasidaga to'nkab dunyodagi eng qabih gunohkorga chiqarishadi
— Unday emas. O'tinaman bas qil —Kessy qalbidagi bor gapni aytarkan xonaga kirgan Sunxo bir yig'layotgan Soyuga bir ko'zidan unsiz yosh oqayotgan Kessyga qaradi. Ehtimol Kessyni ko'zidagi og'riq unga tanish bo'lgani uchunmi chuqur nafas oldi. U ham gaplarni bir qismini eshitishga ulgurgan edi.
—Kessy bas qil. Soyuni hech qanday aybi yo'q
— hammasi bir xil men nafratlanaman. U kabilardan nafratlanaman. —Kessy endilikda nafas olishga qiynalib bo'g'ila boshladi. Shubhasiz aslida aytgam gaplari Soyu uchun emas onasi uchun atalgan edi.
— tshsh. Kessy tinchlan.—endilikda Kessyni nafas olishi o'zgara boshladi. Ko'zidan oqayotgan yoshlar ham to'xtashni istamagandek oqardi. Ammo Sunxo uning ichidagi gaplarni aytishiga to'sqinlik qilmoqchi emas.
— Bilasanmi Sunxo eng alamlisi yo'q kulgilisi oradan yillar o'tib qilgan ishi uchun pushaymon bo'lib kechirim so'rashadi ammo u payt allaqachon kech bo'lgan bo'ladi. O'sha gunohkorga chiqargan bolasi allaqachon tamom bo'lgan bo'ladi. Ammo ular kechirim so'rashadi. Vijdonlimish bular. Bechora bolani yarasini yanada chuqurroq va og'riqli qilish kerakku axir. Nafratlanaman. Barchasidan Nafratlanaman.
— Hamma ham biz kabi taqdir egasimas. Bizni bu dunyoda bir birimizdan boshqa hech kim tushunmaydi. Shu bois tinchlan. Hoziroq seni xonangga olib boraman — Sunxo Kessyni bag'riga bosdi. hiqqilab qolgani uchun tezda shifokoriga olib borishni istadi
—Soyu u uchun sendan kechirim so'rayman. Aslida u bunday demoqchi emasdi. Shunchaki bazida inson to'lib ketganda unga yig'lash uchun sabab kerak bo'ladi.
—Sunxo meni u aytgani kabi jirkanch maqsadim yo'q ishon— Sunxo yer cho'kkalab oldi va Soyuni ko'zidan oqayotgan yoshlarni artish uchun qo'lini uzatarkan yarim yo'lga bormay qo'lini tortib oldi. Buning uchun jurati yetmadi
— bilaman. Men ham hech qachon bunday bo'lishiga yo'l qo'ymayman.

Haru oshxonada suv icharkan orqasida turgan inson taftini his qilib tezda ortiga o'girildi.
— Jimin bu nima qilganingiz
— ohh kelinoyijon qo'rqib ketdingizmi. Havotir olma Uyda hech kim uyda yo'q. Faqat biz ikkimiz ho'sh nima qilamiz sevgilim — Jimin go'yo mast inson kabi gapirar ekan Haru uning oxirgi so'zidan darhol unga katta ko'zlar bilan qaradi.
— Bas qiling. Iltimos
— nega bas qilishim kerak. Men xato gapirmadim. Sen meni sevgilimsan. 3 yil mobaynida yer u ko'kka sig'may ardoqlab asrab avaylagan sevgilim. Ammo endichi AYT ENDICHI — Haru jim yuzini yerga qaratarkan Jimin asabiylasha boshladi— men aytaymi kimsan AKAMNI XOTINI MENING AKAMNI XOTINI KELINOYIMSAN. — Jimin jaxl bilan qo'lidagi stakanni Haruni ortidagi devorga uloqtirdi. qo'rqqanidan Haru quloqlarini yopib yerga o'tirib oldi. Undagi qo'rquvni ko'rgan Jimin qilgan ishi uchun pushaymon bo'lsada azoblanayotganligiga chidolmay uni iyagidan ushlab o'ziga qaratdi.
— Haru ayt nega bunday qilding. Nega buni menga sevgimizga ravo ko'rding.
— sababini bilasan. majbur edim. Junhoga rad javobini berolmasdim- Haru yig'lardi. Jimin buni ko'rsada ko'rmaslikka oldi.
— men atiga 10 kunga Californiaga ketgan edim. Meni qaytib kelishimni kutolmadingmi. Meni kutmasdan akamdan yordam olding keyin nima bo'ldi — Haru hamon jim — mem aytaymi. Akamni turmushga chiqish taklifiga rozi bo'lding.
— Seni kutolmasdim. Telefoning javob bermadi. Zudlik bilan operatsiya bo'lmasa oyim o'lishi mumkin edi. Men Ojizlik qildim kechir
— tshh. Sen ojizlik qilmading. Sen meni o'ldirding. Qalbimni seni sevgan shu yuragimni o'ldirding.

— Men buni istamagan edim. Akangga rad javob berolmasdim bunga vijdonim yo'l qo'ymasdi. Ustiga ustak u seni akang ekanligini bilmagandim.
—xa...ha. Xaa.. — Jimin bo'g'iq ovozda kuldi. Ammo bu ko'proq yig'lashga o'xshab eshitilardi. —aynan u akam bo'lgani uchun ham hech narsa qilolmayman. Akam meni otamdan ko'ra ko'proq yaxshi ko'rdi. Bolaligimda doim yelkasiga opichlab olardi. Hech qachon yiqilishimga yo'l qo'ymaydi. Ammo akam bilarmikan. Hech qachon yiqilishiga yo'l qo'ymagan ukasini qayta turolmas darajada o'zi yiqitganini.- Jimin ko'ziga to'plangan yoshlarni chiqmay turib artib tashladi. - Bir narsani bilib qo'y akam uchungina senga tegmayman. Ammo mana shu vijdoningni aslo tinch qo'ymayman. Ko'z oldingda o'sha begunoh qizni shunchalik azoblayki o'shanda bu vijdoning senga yordam berarmikan
— Jimin nima demoqchisan

— Hwan Kessy mening bo'lajak rafiqam sening vijdoning sabab baxtsiz bo'lgan hayotimni badalini u to'laydi. Unga shunday azob beramanki ko'z oldingda qay tarzda azoblanishini o'z ko'zlaring bilan guvoh bo'lasan. Bilasanmi u bunga qarshi emas. Men uni azoblasam ugunohkor bo'laman shundaymi. Ammo bu gunoh seni lanati vijdoning sabab bo'lyapti. Qiziq " Kim gunohkor gunoh qilgan insonmi yo shu gunohga sababchi bo'lgan inson"
— Jimin yolvoramay bunday qilma — Haru Jiminga o'tinch nigohi bilan boqarkan Jimin o'rnidan turdi
— bunday qilmasligim uchun biron bir sabab bormi
— men seni bilaman agar bunday qilsang eng ko'p o'zingni azoblagan bo'lasan. Axir sen Park Jiminsan hech qachon biron bir ojiz insonni ranjitishni istamagan. Men sevgan Park Jiminsan.
— ha men Park Jiminman ammo sen meni parchalaganingdan so'ng yangi Park Jiminni yaratdim. Sen sevgan Jimindan anchayin kuchli va vijdonsiz. — Jimin Haruni o'rnidan turg'izib stollardan biriga o'tqazdi. So'ngra ko'z yoshlarini artdi. Haru bo'lsa uni jimgina ko'z yoshlar bilan kuzatarkan Jimin ketarkan eshik yoniga kelgan payt orqasiga o'girilmasdan — Bizni qay ko'yga solganingga qara. Men bunga loyiq qanday gunoh qilgan edim
Jimin eshikni ochgan vaqt qarshisida ularni gapini eshik ortidan tinglab turgan Jennieni ko'rgach indamay o'tib ketdi. Haru Jenniega qo'rquv nigohi bilan boqarkan u indamay borib suv ichdim. Go'yo hech narsa bo'lmagandek.
— Demak Jiminni o'zgartirgan qiz sensan. Ko'z yosh to'kishingdan foyda yo'q. Shunchaki jim yashashni davom et huddi hech narsa bo'lmagandek.

Jarlik yoqasida Kessyni kutayotgan Taehyung tez tez soatga qarar. Mashina ichidagi bir o'ram gullar va qo'lidagi qutida turgan nikoh uzugiga qarata tinmay tabassum qilardi.
Ha aynan hozir u Kessy kelgach unga o'z dil izhorini qiladi. Kessy ham uni sevgisini qabul qilishiga ishonchi komil. Ammo hammasi biz kutgandek bo'lavermaydi.
— "bugun sen bilan tuzgan shartnomamiz tugaydi. O'tgan safar sen shartnoma taklif qilding men esa qabul qilgandim. Kel Kes bugun o'rin almashamiz. Bu safar men senga shartnoma taklif qilaman. Ammo sen kabi 2 yilga emas Kes men bilan birga butun umrlik nikoh deb atalmish shartnomani tuzishga sen rozimisan. Agar rozi bo'lsang ikkimizni ham dunyodagi eng baxtli insonga aylantirasan. Men seni shu qadar sevamanki oy quyoshni sevganchalik" vayyyy bu nazarimda juda ham uzun u boshini oxiriga kelib eslolmaydi ustiga ustak biroz g‘alati — Taehyung o'zicha mashq qilarkan sochini to'zg'itdi. Ammo darhol sochini to'g'irlay boshladi. — Sevib qolgan inson jinniga o'xshab qoladi desa ishonmagandim. Ammo hozir o'zim g'irt telbani o'ziman — Nihoyat jarlik yoqasiga Kessy taksidan tushib keldi. Uning yuzida o'zgacha tushkunlik.
— Tae
— Kes
— meni senda muhim gapim bor
—meni ham muhim gapim bor. Kel unda ikkimiz birgalikda aytamiz shunda nazarimda qiziqroq bo'ladi
— yaxshi— Kessy siniq tabassum qildi.
1..2...3..
—Men seni sevaman
— Endi begonalarmiz — ikki inson bir vaqtda aytgan so'zlari ikkisi uchun ham kutilmagan edi. Shu bois Kesning so'zlariga tushunolmadi Taehyung ehtimol tushunsada tushunmaganlikka oldi
— hoy bu qanaqa hazil
— bu hazil emas biz boshidan kelishgan edik. Shartnoma tugadi endi esa kelishganimizdek begonalarga aylanamiz
— men senga sevishimni aytdim. SENI SEVAMAN DEDIM
— sen noto'g'ri odamni tanlading. Men yaqinda turmushga chiqaman. Ertaga buni yangiliklarda e'lon qilishadi. Aytganimni boisi buni o'zimdan eshitishingni istadim. Endi yo'llarimiz ayro. Alvido Kim Taehyung — Taehyung qanday javobni kutgan ediyu nimani oldi. U buni aqliga zig'dirolmay borib mashina balonini tepdi. Sochlarini to'zg'itib aqldan ozgandek Kesga qaradi.
— men sendan hech qachon voz kechmayman. Bilib qo'y seni o'zgasiniki bo'lishing uchun sevmaganman. Hech qanday to'y bo'lmaydi. — Kessy istamasdi. Ammo bu kun kelishini bilardi. Haqiqatni bilgan onidan boshlab har kuni Taehyungga bu haqida aytishni istadi. Uni har korganda vijdoni azoblansada indamay hayotdan ozgina bo'lsada zavqlanish uchun jim bo'ldi.Kessy chuqur uh tortib ko'zlarini yumdi. Bu kelayotgan ko'z yoshlarni to'xtatishning bir yo'li edi. Uning aytadigan so'zlari 2 yillik xotiralarni barbod qilib tug'ilmagan sevgini o'ldirishga qodir edi. Balki bu qachonlardir Kessy ko'rgan daxshatli tushlardan biri edi.
— menga aytchi o'z Singlingni qotilini seva olasanmi


14-qism tugadi.

Bilaman bu qism ko'z yoshlarga boy bo'ldi. Ammo hayot hech qachon bir tekisda kechmagan.