GUNOHKORLAR
Toʻqnashmaydi endi nigohlar, Yomgʻirdan shikoyat etmaysiz menga, Soyabon ostida, Quyosh tigʻida Qoʻllarimga tegib ketmas qoʻlingiz
— menga aytchi o'z singlingni qotilini seva olasanmi
— men seni sevaman ded...... — bir on Taehyung nima eshitganiga tushunmadi. Buni shunchaki o'tkazib yubormoqchi edi chunki ayni dam ancha vaqtdan beri kutgan lahzalari barbod bo'lish arafasida ehtimol allaqachon barbod ham bo'lgandi.
— Nima deding
— Tae o'z singlingni qotilini seva olasanmi. Qasos olishni kutgan insoningga butun umr sevgi to'la nigoh bilan boqib uni ardoqlay olasanmi.
— Hoy Kes nimalar debsan men bilan hazillashishni bas qil
— Men hazillashmayabman. Sendan kechirim so'ramayman chunki bunga haqqim yo'q. Iltimos meni jazola
—BAS QIL. NIMALAR DEBSAN. BIR TURMUSH QURYABMAN, BIR LIYANI QOTILIMAN DEBSAN. NIMA DEYOTGANINGNI TUSHUNAYAPSANMI. — Taehyung Kessyni yelkasidan qattiq tutdi ko'zlariga boqib past ovozda — Kes iltimos barchasi hazil de. Shunchaki hazil deb ayt. Men sen nima desang ishonaman. Barchasiga hatto hozir ko'kda oy o'rnida quyosh, dunyoning oxiri bugun yoki seni bu gaplarni dadam aytishga majburladi de. Ammo hozirgi hech bir so'zingga ishonmayman—aynan shu so'zlari Taehyungning bu fikri rost ekanligiga qalbi ishondi— ha hammasi dadamni ishi u aytayin Sen bilan uchrashib shunday deyishing uchun senga tahdid qilgan. Sen havotirlanma men hammasini to'g'irlayman — Taehyung darhol mashinasi tomon harakatlandi. U dadasi tomon emas Kessyni javobidan qochmoqchi edi. Kessy Taehyungni harakatlaridan o'zi bilan Taehyungni qay darajada azoblganini sezib turardi. Ammo ilojsiz.Taehyung mashinaga o'tirmasdan avval uni qo'lidan tutib to'xtaddi.
— Agar hozir ketsang hech qachon meni qaytib ko'rmaysan
— Unday bo'lsa sen ham bemani gaplarni aytishni bas qil.
— men haqiqatni aytdim. Menga ishonmasang otangdan bu haqida so'ra unda dalillar bor. —Taehyung eshitganlariga ishonmasdi ammo qarshisidagi qizning ko'zidagi qat'iy nigohlar buni aksi edi. U Kessydan bir qadam uzoqlashdi garchi bu qadam million qadam tashlashdanda og'irroq edi. Ayni dam Taehyung faqat hayolidagi fikr yolg'on bo'lishini kutgandi.
Kessy bo'lsa navbatdagi gaplari bilan tamom ila uni parchaladi.
— Kim Taehyung senga o'zimni qaytadan tanishtiraman men seni singling Kim Liyani mashinada urib yuborgan, buni sendan sir saqlagan, uni o'limiga sababchi bo'lgan qotil Hwan Kessyman. Qasos olishni istaganding meni o'ldirishni istaganding, marhamat qarshingdaman istaganingcha qasos ol.
Bilasizmi insonning dunyosi qachon barbod bo'ladi. Yaqinlari unga xiyonat qilganda yoki bor budidan ayrilganda emas dunyosi bo'lgan inson barchasini yakunlaganda, umidini barbod qilganida bo'ladi.
U yerda — tun sokinligida, yolg‘iz shamol ovozi fonida — faqat yuraklarning urishi eshitilardi. Kessy uni parchalagandi. Uning aytgan gaplari yuragining eng nozik nuqtasiga bolg‘adek urilgandi.
— Menga... yana takrorla, — dedi u, ovozi titrab, ko‘zlari ichida g‘azab, xiyonat va ko‘ngil uzilish chulg‘ab yotardi.
Kessy yuragini ushlab, duduqlanmaslikka urinardi. Ammo endi yashiradigan hech narsa qolmagandi.
— Men seni singlingni o‘ldirdim, — dedi u asta, lekin aniq. — Bu tasodif edimi yoki boshqa narsa eslolmayman, avtohalokat... Men o'sha halokatdan so'ng o'sha vaqtdagi 1 oyda nima bo'lganini 2 yilgacha eslolmadim. Keyinchalik uzuq yuluq xotiralarni esladim xolos. Eslaganim mashinam ostidagi singlingning qonga belangan tanasi. O'sha qotillikni bo'yniga olgan haydovchini akam yollagan. Akam va dadang qanday qilib bilmayman ammo ular birgalikda bu jinoyatni yashirgan. Men sen kim ekanligingni shartnoma tuzishdan avval bilmas edim.Ammo keyin jim qoldim. Mana shu mening eng katta gunohim edi. shunchaki sen bilan birga biroz bo'lsada shu hayotdan zavqlanmoqchi edim. Men ham insondek yashamoqchi edim.
Taehyung bir necha qadam orqaga chekindi. Uning qo‘llari bo‘shashdi, ko‘zlari esa bo‘m-bo‘sh qarab turardi. Yuragi qanchalik Kessyga oshufta bo‘lmasin, miyasi bu haqiqatni qabul qilmasdi.— Kessy Taehyungni qarshisida tiz cho'kdi. Boshini quyi ekkancha — Sendan birgina narsani iltimos qilaman, o'sha haydovchi hademay qamoqdan chiqadi Iltimos unga tegma u begunoh. Uning yagona aybi qachonlardir menga mashina haydashni o'rgatgani xalos. Mendan istaganingcha qasos ol ammo unga tegma 5 yildirki uni oilasi qamoqdan chiqishini kutadi. Mendan istaganingcha qasos ol jazola. — Taehyung ancha vaqtgacha sukuti saqladi.
— Demak, men har kuni vaqtimni birga o'tkazgan, sevdim degan qiz... o‘sha qiz singlimni o‘ldirganini bilmasdan... — u kuldi, bu kulgu telbanamo, iztirobli edi. — Bu telbalik, Kes. Bu telbalik!
Kessy ko‘z yoshlarini yashirmadi. U oldinga bir qadam tashladi, ammo Taehyung darhol chetga chiqdi.
— Yaqinlashma.
— Men seni aldaganim uchun o‘zimdan nafratlanaman. Har kuni vijdonim meni ezdi. Har safar sening nigohingda ishonchni ko‘rganimda... yuragim tilka-pora bo‘ladi. Men senga buni faqat shartnoma songidagina ayta oldim.
Taehyung jim edi. Uning nigohi tun qorong‘usiga yo‘qolgan, qadamlar esa g‘oyib. U ketdi. Kessyni shu holida tashlab ketdi. Qadam tovushlari uzoqlashib bordi. Kessy yerga cho‘kdi. U orqasidan yugurishni o‘yladi, lekin o‘zini bunga loyiq his qilmasdi.
Uni yolg‘izlik quchog‘iga oldi.
—Endi ko'ngiling joyiga tushdimi, tabriklayman ayni damda seni butun umr sevuvchi insonning sevgisini butun umrlik nafratga aylantirding— Sanha jarlik yoqasida o'tirib pastdagi shavqatsiz to'lqinlarga boqayotgan qizga achchiq so'zlarini ayamadi. Kessy bo'lsa ko'zidagi yoshlarni artishni hayoliga ham keltirmasdi. U shunchaki Sanhani hech bir gapini eshitmagandek harakatsiz o'tirar edi.
— undan voz kecharkansan qalbini yaralashing shartmidi.
— Shart edi. Aks holda u mendan voz kechmasdi. Qanday qilib bo'lmasin meni o'zi bilan uzoqlarga olib ketardi. Bu esa qo'limdan kelmaydi
— Shu bois singlingni qotiliman dedingmi.
— ha
— ahmoqlik !!! qilmagan aybingni bo'yningga olding. Uni mashinada urib yuborishingdan emas balki jarohatlari sababli o'lgan. Hatto urib yubormagansan shunchaki turtib yubording ammo vaqtida tormozni bosgansan. Sen shunchaki.....
— nima shunchaki —Kessy Sanha tomon boqdi — men uni urib emas turtib yubordim. agar men uni turtib yuborib qochib ketmasdan kasalxonaga olib borganimda u o'lmas edi. Men qo'rqoqlik qildim.
— u vaqti. Hushing o'zingda emasdi. Sen hali endi 17 yoshda eding. Yoshliging sabab qo'rqib ketgansan. Ustiga ustak nima uchun hatto mashinaga o'tirganingni ham eslolmaysan.
— ahamiyatsiz
— Bu Taehyung uchun yetarli sabab bo'lolmaydi. U barbir asl haqiqatni bilib oladi
— otasi qizi uning aybi sababli jarohatlanib vafot etganini Taehyungga hech qachon aytmaydi. Bor aybni menga tonkaydi. Akam bilan shunday kelishuv tuzgan. — Sanha Kessyni yuzidan oqayotgan ko'z yoshlarga termular ekan unda vijdon azobidan ko'ra ko'proq ayriliq ko'z yoshlarini ko'rdi.
— uni sevib qolganmiding
— Men uni hatto sevib qolishga ham ulgurmadim. Ammo mana bu yerim— yuragini ko'rsatdi — juda ham og'riyabdi. Men sababli yana kimdir azob chekdi garchi bunga loyiq bo'lmasada. Agar u kim ekanligini eng boshida bilganimda edi hech qachon u bilan shzrtnoma tuzmasdim hatto yo'llarimiz kesishishiga ham imkon bermasdim.
— senga aytgandim tanloving eng boshidan xato edi. Sen baxtli bo'lish uchun harakat qilishing kerak edi allaqanday gunohlar uchun jazolanishga emas.
— ammo men kasofatman. Men shunchalik baxtsizmanki o'zimga qo'shib atrofdagilarni ham baxtsiz qilaman.
Jin uyga kirarkan yarim kechadan oshgan edi. Qo'rg'on har doimgidanda sokinroq. Bu muhit insonni tinchlantiruvchi emas go'yo bo'g'uvchi to'fon oldidan sokinlikka o'xshar edi.
Qarshisidan chiqqan Chan xonimga bermoqchi bo'lgan savolini javobini bilsada berdi.
— Kessy uyga keldimi
— yosh xonim kasalxonadan qaytgach kechki payti bugun uyga kelmasligini aytib chiqib ketdi. — Jin yengil bosh silkib qo'ygach. Divanlardan biriga o'tirar ekan Chan xonimni hamon shu yerda ekanligiga qaraganda ularning suhbati hali yakunlanmaganini tushundi.
— Menda biror gapingiz bormi Chan xonim
— Haligi Janob bugun Suna xonim Ota onasini uyiga borib kelgach xonasiga kirib qulflanib oldi. Menimcha biror muammo bo'lgan. Chunki kechga ovqatni ham yemadilar xonasini eshigini shuncha taqillatsam ham ochmadi. — Chan xonim havotir bilan gapirishi Jinning qoshlari tushunatsizlik bilan chimirilishiga sabab bo'ldi.
— Yaxshi men undan o'zim xabar olaman.
Jin yuqoriga chiqib to'g'ri Suna ikkisining xonasi tomon yo'l oldi. Eshikni dastlab taqillatib ko'rdi, . Ammo hech qanday javob bolmagach, ochmoqchi bo'lganida esa berk. Eshikni boshqa kalitida ochib ichkariga kirdi.
Qarshisida esa parchalangan ko'zgu. Sochilib yotgan pardoz vositalari, deraza tokchasida ko'zida yosh bilan ko'kka boqayotgan Suna turardi. Suna shunchalik hayolga berilgan ediki hatto Jin uni qarshisiga kelganini ham payqamadi.
— Suna..... Suna....SUNA
— Jin keldingizmi — Shu ondayoq Suna o'zini erining quchog'iga otdi . Uning quchog'ida o'ksib yig'larkan Jin nima bo'lganini taxmin qilgan edi. Shu bois Sunani sochlarini silab yupatarkan. Sunadan biron narsani so'rashning keragi yo'q u doim hammasini o'zi aytib beradi. Xuddi hozirgidek.
— Jin men ularga nima yomonlik qilganman nega ular hech meni yaxshi ko'rishmaydi. Nega doim men yomon qolganlar yaxshi, nuqul meni tanqid qilishadi. Nega mendan hech qachon biron tanshivishing bormi yo'qmi deb so'rashmaydi. Axir men ham ularning farzandimanku. — Suna battar yig'larkan Jin chuqur nafas oldi. Har safar Suna o'z uyiga borganda ota onasining unga kam e'tibor berishidan shikoyat qiladi. Aslida ham qisman shundaydir suna shunday fikrlaydi. Ammo ota-onalar barcha farzandini birday ko'radi. Ammo biz buni o'z qarichimiz bilan o'lchaymiz xolos.
— nima bo'ldi o'zi
— oyim va dadam barchamiz yig'ilganda hech meni eshiyiahmaydi. Nara yigitini tanishtirgani olib kelibdi. Men bir marta gapirganimdayoq Nara xafa bo'ldi, meni oyim urushib berdi, dadam bo'lsa yaxshisi uyinga bor dedi.
— nima deganding
— shunchaki Narani sevgan yigiti yolg'on gapirdi. U yigit hech qanday boy oiladan emas do'konda oddiy sotuvchi men shuni aytgandim.
— Bunday gaplarni biroz o'ylab gapirishning kerak edi. Xato senda bo'lgan.
— ammo bu meni hammani ayniqsa o'sha yigitni oldida uydan haydashga arzirmidi. Ular menga kam mehr berishgan. Hech qachon Nara yoki akalarimga bergan Mehr e'tiborni berishmagan.
— Unday emas Suna
— aynan shunday. Katta akam kasal bo'lgani uchun oyim doim unga g'amxo'rlik qiladi. Bolaligimizdan uyda barchamiz akamni himoya qilib kelganmiz. Hech qachon uni istaklariga qarshi chiqishmagan. Kichik akam oilamiz tayanchi Ota onamni suyangan tog'i, Nara bo'lsa kenjatoy unga hamma narsa mumkin. Men bo'lsa doim ortiqcha bo'lganman. Shu bois ham meni Universitetni tugatishimga qo'ymay turmushga berishdi. Hech qachon men nima istashimni so'rashmagan. Bolaligimdan beri shunday. Hatto o'z jonimga qasd qilmoqchi bo'lganimda mendan xavotir olish o'rniga urushib berishgan. Men ulardan xafaman.
Jin sukutda Sunani gaplari nihoyasiga yetishini kutdi. So'ngra uni ko'tarib yotoqqa yotqizdi. O'zi ham oldiga yotib Sunani boshini ko'ksiga qo'yib tinmay sochlarini silay boshladi.
— Suna sen xato o'ylayabsan. Ota-ona uchun barcha farzandlari birday ular farzandiga eng yaxshisini ravo ko'radi. Ba'zida biz o'zimizdan ayb topish o'rniga ota-onamizni ayblashni oson bilamiz. Sen ularni qay darajada yaxshi korsang ular seni bundanda ko'proq yaxshi ko'radi. Akang kasal bo'lgani uchun undan havotir olishlari unga alohida e'tibor berishlari tabiiy hatto sen ham har hafta akangdan xabar olishga borasan. Kichik akang kelajakda oila boshqaruvchisi bo'ladi shu bois uni nazoratda ushlashadi, kun kelib ota - onang mas'uliyati Sen, singling, yoki kasal akangda emas balki unga yuklatiladi. Hatto sizlarga ham u javobgar. Singlingga kelsak oilada kenja farzand boshqacha mehrga ega bo'ladi bu tabiiy.
— ammo menchi
— sen ota-onang qanchalik seni yaxshi ko'rishini tasavvur ham qilolmaysan. Joninga qasd qilmoqchi bo'lganda urshushgan bo'lsa bu barchasi senga ziyon yetishdan qo'rqishgan, meni farzandim shunday qilsa uni uyga qamab qo'yardim. Senga uylanishdan avval oying menga senga nima yoqishi nima yoqmasligi, Nimaga alllergiyang borligi haqida 2 soat ma'ruza o'qigan. Dadang bo'lsa seni ranjitgudek bo'lsam meni adabimni berishini aytgan.
Suna menga endi javob ber menga turmushga chiqqaningdan xafamisan.
— Nima yo'q
— Unday bo'lsa nega yosh turmushga uzatishdi deysan. Dadang Universiteting tugagandan song to'y qilmoqchi edi. Ammo men konmaganman. Va yana bir marta o'z joninga qasd qilish haqida o'ylasang mendan ko'rasan bunaqanggi hayollar kelishi bilan meni oldimga yugur ularni shaxsan o'zim quvub yuboraaman.
— hop — Suna nihoyat yengil tabassum qildi.
— Suna hech qachon xafa bo'lma sen doim menga keraksan. Bu dunyoda sen va Kessy meni ushlab turgan yagona sababsiz. Sizlarsiz men hech kimman. — eshik ortida ularning suhbatining Jim tinglayotgan Kessy suhbat yakunlangach xonasiga kirdi. Eng birinchi bo'lib javondagi kitoblar orasiga berkitgan dorini ichdi.
Pov/Kessy
Akam va'dasida turdi. Suna anchayin baxtli. Suv ilonni omadi bor.meni bo'lsa bu dorilar qayergacha olib boradi qiziq.
Autor: sizdan bir narsani iltimos qilgan bolardim. Hech qachon ota onangizni sizga kam mehr yoki e'tibor berganlikda ayblamang. Hech qachon menga akam,ukam opam yoki singlim kabi mehr bermagansiz deya ko'rmang. Bu ota onangizning diliga boshqalarning eng haqoratomus so'zlarnini eshitganda ko'proq ozor beradi. Sizga kam e'tibor berishyabdimi, ahvolingiz haqida qiziqmay ,nima qilayotganingiz haqida so'rashmayabdimi yoki eshitishmayabdimi demak bu ularning sizga ishonchidan yoki vaqtlari yo'qligi , ularda muammosi borligidandir. Ehtimol ayb sizdadir. Balki xato fikr aytayotgandirsiz , xato fikrlayotgandirsiz yoki gaplashish uchun xato vaziyatni tanlagandirsiz.
Biz oson ularni ayblaymiz ammo ko'pincha ayb o'zimizda bo'ladi. ularni tushunishga harakat qilmay xudbinlarcha o'zimiz haqimizda qayg'uramiz ota onamizni faqat biz haqimizda gapirishini , o'ylashini istaymiz ammo oilada boshqa farzandlar borligi, ular ham xuddi biz kabi o'ylashini unutib qo'yamiz.
Hech bir ota ona farzandlarini bir biridan ustun qo'ymaydi. |Ularning 5 barmog'idan birini tishlaganda biri kuchli biri kuchsiz og'rimaydi. Ularning barchasi insonga birdek azob beradi.
Agar sizda ota onangiz bilan biror muammo bo'lsa ular bilan bu haqida ro'y rost gaplashib hal qilish eng maqbul chora. Chunki ular bizni bizdanda yaxshiroq biluvchi yagona inson.
Ehtimol ota onangiz risoladagidek bo'lmasligi mumkin ammo bundan ko'p ham ranjimang buni Allohning sinovi sifatida qabul qiling. Hayot hech kimda bir tekis chiziqda iborat emas, u doim egri bugri xuddi yurak urush aparati chiziqlari kabi. Oldin aytganimdek tashvishi yo'q degan insoningizda ham tashvishlar bo'ladi biz doim qobiqni ko'ramiz.
Maqsadim sizga ma'ruza o'qish emas shuncha bu hikoya orqali nimanidir olishingizni istayman. Va yuqoridagin kabi voqea menda ham bo'lgan u qisman hayotiydir.
— DADA.. DADA... DADA... JANOB PROKUROR... DADA— Taehyung uyiga kirgandayoq bor ovozi bilan otasini chaqirar edi. Xonasidan yugurib chiqqan ota-onasi uning bu ahvolidan hayratda edi. Uning koʻzlari qizargan, ovozida qandaydir o'zgacha gʻazab bor edi.
—Dada shu rostmi. Rostini ayting Liyani o'limida kesni qoʻli bormi. Nahotki Liyani kes o'ldirgan bo'lsa. — otasi Taehyungga nima deb javob berishni bilmay hayron boʻlarkan ammo u ancha yillar avval tuzilgan kelishuvni esladi. Vijdoniga tupurgan holda so'zladi.
— ha barchasi rost shu qiz singlingni o'ldirgan. Uni mashinada urib yuborgan.
— Shuning uchun undan uzoqroq yurishimni istagansiz to'g'rimi ammo nima uchun uni qamamadingiz. Nega uni aybini yashirgansiz menga javob bering.— Janob Kim javob berishdan avval ikkilanmadi. Garchand u o'z qizining oʻlimida qaysidir maʼnoda aybdor edi. Aybini yashirish uchun bir begunoh qizdan foydalanganligini ham o'g'liga ayta olmas edi. Taehyung otasining javobini sabrsizlik bilan kutarkan.
— nega buni yashirgansiz menga javob bering nega. Liyaning o'limida Kesni qo'li borligini yashirgansiz nega
- rahmim kelgan. Qiz bor yog'i 17 yoshda edi. Avtohalokat to'satdan bo'lgan qiz hech narsani eslolmasdi. Kessyning ahvoli ham yaxshimasdi o'sha vaqt. Ustiga ustak adashmasam kasalmand edi akasi va otasi uning uchun yolvorishdi. Men 17 yoshli hali o'smir qizaloqni qamaydigan darajada vijdonsiz emasman shunchaki kasal qizga rahmim kelgan edi xolos.
— bu sabab bo'lolmaydi qizingizni qotilini himoya qilishga bu sabab bo'lolmaydi. Menga rostini ayting dedim. Nima uchun bunday qilgansiz dada . O'tinaman menga bu ishda Kesni aybi yo'q deb ayting. Axir men uni sevaman. — janob kim chuqur nafas oldi u o'g'liga yana bir-bir yolg'on gapirdi ammo sababi o'g'lini yo'qotishni istamas edit.
—Senga har safar o'sha qizdan uzoqroq yurishingni aytganman. Buning sababi faqatgina shu. Azoblanmasligingni aynan uni sevib qolmasligingni xohlagandim. Afsuski anchayin kech boʻldi. Hozir ham kech emas o'sha qizdan voz kech. — Taehyung bir otasiga bir onasiga boqarkan onasining koʻzdagi yoshlarga qarata chuqur nafas olib sochlarini xijamladi divanni qattiq qattiq tepa boshladi. So'ngra devolni mushlar ekan qo'li qanchalik qonayotganiga umuman ahamiyat bermas edi. Onasi eriga qattiq nigoh bilan boqdi Janob Kim bo'lsa ko'zlarini olib qochdi. Ayol o'g'lini to'xtatishga urindi ammo Janob Kim uni to'xtatdi. Qanday qilib bo'lmasin Taehyung o'z gʻazabini chiqarib olish kerak edi.
— NIMA UCHUN AYNAN MEN SEVGAN QIZ NIMA UCHUN AYNAN MEN BILAN SHU VOQEALAR BO'LYAPTI BU DUNYOGA MING LA'NAT — onasidagi qo'rquvni ko'rgan Taehyung yuqoriga xonasi tomon chiqib ketdi. Kim xonim eriga qarata shunday deydi
— qilmasligingiz kerak edi o'z aybingizni yopish uchun o'sha begunoh qizdan foydalanmasligingiz kerak edi. O'g'lingizni yo'qotishni istamagan edingiz ammo uning qalbini yuragini parchalab tashladingiz. Bu adolatdan emas janob prokuror
- u beguno emas agar u qochib ketish o'rniga Liyani kasalxonaga olib borganda bunday bo'lmas edi. Liya hozir tirik bo'lgan bo'lardi.
- o'sha qizga aybingizni to'nkashga urunmang. Taehyung sababgina jimman. Uni yana bir bor siz bilan orasi buzilishi, bu uydan bosh olib ketmasligi uchun jimman. Ammo Taehyug shu begunoh qiz sababli o'ziga biror ziyon yetkazgudek bo'lsa ortiq jim turmayman. Bor haqiqatni unga o'zim aytaman. Shuni unutmang janib Kim - kim xonim gapini yakunlab yuqoriga xona o'g'ilning xonasi tomon ketdi.
Taehyungni allaqachon xonasidagi barcha narsani ostin ustun qilib ulgurgan. U endi azoblanadi oʻz aqli yurak o'rtasida azoblanadi. Sevgi va nafrat oʻrtasida azob chekishga mahkum edi. Kim xonim polda yotgan Taehyung tomon borib uning boshini tizzasiga qo'yib mehr bilan sochini silay boshladi.
— Omma... Ommaaaa—Tae yosh bola kabi onasiga ozorlandi. — Kes bunday qilolmaydi. Axir meni bu telba yuragim uni sevadiku. Men endi nima qilaman.
- tssh o'g'lim . Hammasiga vaqt davo bo'ladi.
Boshidagi kuchli og'riq sabab uyg'ongan Kessy ko'zlarini bazo'r ocharkan eng birinchi tushungan narsasi bu uning xonasi emasligi, begona xonada ekanligini tushundi-yu boshini divanga yana tashladi yana bir bor boshini ko'tarib qaraganda bo'lsa qarshisida tanish notanish qiyofa turar edi.
Jimin Kessyga g'alati tabassum bilan qarab turarkan Kessy boshini ushlagancha chuqur uh tortdi.
— uyqudagi malikam uygʻonibdiku
— men qanday qilib bu yerga kelib qoldim
—nahotki eslay olmaysan. Qiziq kecha oʻzingga ishongan holda ichayotgan eding nafaqat ichish Balki shu darajada raqs tushdingki klubdagi hech bir kapalak senga yetolmadi. Rosti dastlab men ham seni o'zimga o'lja qilmoqchi edim ammo bo'lajak rafiqamni tanib qoldim omading bor ekan. Agar men bo'lmaganimda yirtqich kapalaklarga o'lja bo'larding.
— Jin ursin. — Kessy hech narsani eslolmasdi uning eng oxirgi xotirasi uyga borib dorisni qabul qilgan va undan keyingi barcha voqealarni unutgan edi.
— Nolishingdan biron bir foyda yo'q. Yaxshisi tayyorlan bugun bir do'stimning toyi unga borishga tayyorlanishimiz kerak mening bolajak rafiqam sifatida sen ham men bilan birga borasan
— qanaqa to'y
— bilishing shart emas. Bizni pasta nonushtaga kutib qolishdi tezroq chiq. Sen uchun kiyimlar tayyorlab qo'ydim.
Jimin chiqib ketgach uning uchun tayyorlangan liboslarga qaradi uning tushungan narsasi hozir u kelinlik uyida edi buni boshqalar qanday tushinishi unga qiziq emas. Hech qanday ikilanishsiz qarshisidagi yuvinishxonaga u uchun tayyorlangan kiyimlarni kiyib kirdi.
Tuzalgan dasturxon ustida Junho, Haru, Jennie va Jimin o'tirardi. Kessy ularga shunchaki yengil bosh silkib to'g'ri Jiminning yoniga o'tirdi.
— Kelinlik uyingga kelish uchun shoshgan ko'rinasan— Jennie gapira ketdi dastlab. Kessy unga javob bermoqchi emasdi. Uning maqsadi shunchaki nomigagina bu dasturxon atrofida o'tirib bu yerni tark etmoqchi edi ammo Jennieni ahmoqqona gapini ko‘tara olmadi u hozir buni qabul qilish uchun anchayin asabiy. Chunki u kecha nima bo'lganlarni umuman eslay olmasdi. Taehyung u hozir qanday ahvolda, u bilan bo'lgan munosabatlar qayergacha yetdi u faqat shular haqida o'ylar edi ammo jenniening piching gaplarini bepisand qoldirolmadi
— xuddi sen kabi qachonlardir sen ham shunday eding — uning javobidan barcha hayratda qoldi. Albatta hech kim bu ikkisining tanish boʻlib chiqishini kutishmagan edi. Junho qiziqish bilan savol berdi
— siz ikkingiz bir-biringizni taniysizmi
— unchalik ham ahamiyatli tanishlar emasmiz. Men xato uni tanish deb atashni ham istamayman — Kessy go'yo o'tkinchi bir buyumga gapirgandek munosabatda bo'ldi, Jennie bolsa shunchaki sukut saqladi. Jimin Kessyning gapirish ohangi, o'zining tutishini g'alati qiziqish nigohi bilan kuzatar ekan Haruning Jiminni harakatlarini kuzatib yuragida o't yona boshladi. Kessy sharbat uchun qol cho'zdi ammo jimin undan avval sharbatini olib berdi. Bu xuddi juftliklarning holatiga o'xshaydi. Jimin qaysidir manoda dasturxon atrofida bor e'tiborni Kessyga qaratgani albatta bu Haruni rashkini keltirardi. Ammo u o‘ziga "bunga aslo mening haqqim Yo'q" deya bod bot takidlab sukut saqladi. Jennie Kessy oʻtmishni oshkor qilishdan qo'rqardi ehtimol bu qorquv emas qandaydir uyalash hissiga yaqinroq edit.
— men ketishim kerak. Nonushta uchun rahmat - Kessy qanday qilib kelib qolgani va nimalar bo'lgan hech birini izohlashni istamadi. Jimin allaqachon barchasini izohlab boʻlgan ehtimol. U bunga hatto qiziqib ham ko'rmadi u haqida boshqalarning fikr unga ahamiyatsiz.
- seni o'zim olib borib qo'yaman — Kessy Jimin aytganidan so'ng ha ishorasini qildiyu tashqariga chiqib ketdi. Jimin chiqib ketishdan avval Junho uni to'xtat
— Jimin u bilan baxtli bo'la olishingiz ishonasanmi. Bu qizni kechagina tungi klubdan olib kelding, u seni istagandek qiz bo'la oladimi. Bilaman bu shartnomaviy nikoh ammo baribir bu nikoh bu qiz senga mosmi agar sen bu qizni rad etsang men seni qo'llab-quvvatlayman dadam bilan ham o'zim gaplashaman — Jimin haruga nigoh tashladi.
— Akajon u klubda ichishi yoki boshqa narsa qilishi mumkin ammo ishonchim komil u boshqalar qilganchalik meni baxtsiz qilolmaydi. Men u bilan avvalgidanda baxtliroq bo'lishimga ishonaman. — Shu so'zlar Haruning ko'ziga yosh to'lishga majbur qildi. Jimin bo'lsa shunchaki ketdi.
Bilaman bu qismidagi voqealar rivoji yoki tasviriy ifoda anchayin sayoz bo'lib qoldi buning uchun uzr. Keyingi qismi qiziqarliroq bo'ladi chunki unda Sunxoning to'yi bo'ladi.