May 4, 2025

GUNOHKORLAR/EP 13

ADOLAT!!!! U bu dunyoda hech qachon bo’lmagan. U shunchaki hikoyalar uchun chiroyli bezak xolos. Bor yo’g’i bezak bundan ortig’i emas.

Autor; Kessy

GUNOHKORLAR


Suna birozdan keyin keladigan mehmonlar uchun jon kuydirib harakat qilar ekan , Jin shunchaki uni tepa qavatdan turib kuzatardi.
Chiroyli qilib bezatilgan shoxona stol va jim o’tirgan singlisi.
Kessyning egnidagi kiyimlar-u, pardoz bularning barchasi mukammal edi. Biroq qalb hamon bo’m bo’sh. Uning yuzida hech qanday ifoda yo’q edi na isyonkorlik, na kichik bir rozilik alomati . Jin Kessyga bu nikoh haqida aytganida u barcha qizlar kabi kelishuvli nikohga qarshilik qilishi , uydan qochib ketishini, barchasida Jinni ayblashini kutgandi. Hatto Suna ham Jinga o'z e'tirozini bildirdi, ammo qiz buni o’z sukunati bilan qabul qildi, bugungi bazmga munosib tayyorgarlik ko’rdi. Odatda pardoz qilish yoqtirmaydigan qiz hech bir ikkilanishsiz pardoz qildi. Aynan qizdagi bu bo’ysinuvchanlik Jinni ko’proq tashvishga solmoqda. Nahotki u hatto o’z taqdiriga befarq bo’lsa. Bu nikoh vaqtinchalik ammo qiz biroz bo’lsada qarshilik qilganda Jinni unga qarshi chiqmagan bo’lardi. Jinni hamon ikkilanmoqda . u faqat “ Men to’g’ri qilyapmanmi” shu savolni o’ziga berar edi.
-ting-ting- chalingan eshik qo’ng’irog’i esa mehmonlar kelganidan dark berdi

Mehmonxona zalida Jin, Suna va Kessy mehmonlarni kutib olish uchun ularni kutar ekan qarshisida Janob Park va Jennie, Junho va Haru, oxirida Jimin turardi.
Yig’ilganlar bir biriga qarar ekan bir vaqtning o’zida turli insonlar o’z ko’zlari orqali turli ifodani aks ettirardi; taajjub, hayronlik , qiziqish, ayyorona tabassum va ikki yurakning tez urushi.
- hayrli kech ,kech bo’lgansa sizni bezovta qildik Jin./ Janob Park
- hech qanday brzovtalik hissi yo’q axir bu kutilgan tashrif,
- tanishing bu meni rafiqam Jennie , ikki o’g’lim va kelinim, bu yerga bo’lg’usi kelinimizni ko’rgani keldik./ "ahmoqlik" dedi Jin yuragining tez urushini sezgan Holda axir qarshisida u qachonlardir borini berib sevgan insoni turardi. Ammo u o'zini nazorat qilishni biladi.
- albatta bu meni rafiqam Suna va singlim Kessy/ aynan shu ism Jiminni o’zi qiziqmagan bo’lajak rafiqasi tomon qarashga majbur qildi.
Pov Jimin
Nahotki bu u bo'lsa bu taqdirmi yoki tasodif

- Marhamat barcha kechlik uchun dasturxonimizga – Suna barchani dasturxon tomon chorlarkan aynan Jennie bilan qarindosh bo’layotganidan biroz jaxli chiqdi.
Dasturxon atrofida hech qanday qiziq suhbat bo’lmadi, go’yo allaqachon so’ngan tuyg’ular uchun barcha motam tutgandek bo’ldi xolos. Bu nikohdan yagona chindan quvongan inson Janob Park va opasi edi. Afsuski opasi bu yerda emas. Janob Park bu yerdagi insonlarning soxta niqobini sezsada uning uchun buni ahamiyati yo'q. Jimin va Kessyni nikohi u uchun obro'sidan ko'ra ko'proq aktsiyalar narxini ko'tarardi.
Yakunida Janob Parkning taklifi bilan Jimin va Kessy bog’da suhbat qurishga ketgach, erkaklar o’z davrasida ayollar o’z davrasida suhbat qurishdi.

-rostini aytsam o’shanda “ taqdir yo’llarimiz birlashishi mumkin” deganda bu chinakamiga bo’lishini sira kutmagan edim. Biz yana tasodif yoki taqdir sababli ko’rishdik endi menga o’zingni tanishtirasanmi/ Jimin qiziquvchang ohangda gapirdi.
- menimcha bo’lajak rafiqangni tanimaydigan darajada axmoq emassan
- agar men rafiqam kim bo’lishiga qiziqmaganman desamchi/ Jimin chindan qiziqmaganda, hozirgi qiziqish esa bu qizdagi hissizlik sabab edi.
- bilganingdek ismim Hwan Kessy. Va benikoh tug’ilgan farzandaman. Meni ota- onam yo’q. Bu dunyoda esa shunchaki jazoimni o’tash uchun yashayapman . xo’sh yetarlicha tanishtirdimmi o’zimni/ Kessy hech bir ifodasiz gapirdi. Go'yo boshqa birov haqida gapirayotgandek.
- sen juda ko’p narsani aytding ammo qanday jazo haqida gapiryabsan
- bu dunyoga kelganimning jazosi/ Kessy aytgan so’zlar Jimin uchun hech qanday ma’noni anglatmadi. Bu unga qiziq ham emas. Uning ham o'z maqsadi bor. Kimga uylanishi qiziq emas.
- unday bo’lsa nega menga turmushga chiqishga rozi bo’lding, hatto meni tanimaysan ham
- deylik bu men uchun jazoni bir turi va kimlarnidir hayotini kasofatdan qutqarmoqchiman. Xosh senchi. Biznes uchun nikoh quradiganlardan emassan-ku
- menmi …hm .. men deylik qasos uchun
- kimdan
- har holda sendan emas. Ammo bilib qo’y menga turmushga chiqsang bu nikoh shartnomadagi kabi nikoh bo’lmaydi. Men seni haqiqiy ering bo’laman. Shuni aytishim kerakki ko’ringanim kabi oliyjanob ham emasman. Modomiki jazolanmoqchi ekansan jazolanish uchun mening jahannamimdanda maqulroq joy yo’q sen uchun/ Jimin so’zlarida zarracha hazilni ifodalamdi u har doimgidanda haqqoniyroq edi. U o’zini azoblagan vijdonli sevgilisini ko’z oldida bir begunoh qizni azoblash orqali undan qasos olmoqchi edi.
Ammo bu kabi so’zlar Kessy uchun hech narsa emas u tug’ilganidan buyon bu jahannamda yashab kelmoqda. U bu dunyoni hademay tark etishiga ishonadi. Bu nikoh esa haqiqiy bo’ladimi yoki soxta ahamiyatsiz. U shunchaki oilasi va atrofidagi insonlarga ziyon yetkazishni to’xtatmoqchi va boshqalarga keltirishi mumkin bo’lgan kulfatlarga qaramay bu ishni qiladi.
- sen ham bilib qo’y, men insonlarga faqatgina kulfat va baxtsizlik keltiraman , bunga tayyor tur.

Qiziq ikkisi ham azoblanmaslik uchun boshqalarni azoblashmoqchi bu adolatdanmi. Ammo har ikki inson uchun bu tushuncha begona.

-Siz chet elda yashaganmisiz / Suna Haruga biroz qiziqish bilan savol berdi
- ha
- bu ajoyib bo’lsa kerak . Oxirgi marta chet elga dam olishga chiqqanimga ham ancha bo’ldi. Erimni ishlari shunchalik ko’pki vaqt topolmaydi./ Suna samimiy tarzda gapirar ekan Haru nigohini Jimin va Kessy ketgan tomonga qaratar edi. U o’tgan safar ko’rgan voqeasini haqiqat bo’lib chiqishini kutmagan edi.
- Jennie biz oldin dugonalar edik, endi bo’lsa qarindoshlar qanday ajoyib to’g’rimi
- ha shunchalik ajoyibki halittan bo’g’illishni boshlayabman/ Jennie soxta tabassumlarsiz bu gapni aytarkan uning nigohi erkaklar davrasida edi. U yerga o’zgacha nigoh bilan boqar edi. Suna bo’lsa Ichida “YALMOG’IZ, hali qarb tur”
- oh azizam qaynisinglimga qaynona bo’layapsan unga yaxshi g’amxo’rlik qil , u biroz injiq ammo o’z darajasi va qadrini juda yaxshi biladi.
- Kessy u qanday qiz/ Haru qiziqib savol berdi. Ammo Suna nima deb javob berishga hayron qoldi. U nima deb gapirishni bilmas edi. U shunchaki Kessyning taqdiriga achinib qaradi. U Kessy bilan kelisha olmasada hech qachon unga dushman nigohi bilan boqmagan. Undan javob kutayotgan qizga g’amgin tabassum bilan javob qildi.
- u juda yaxshi qiz. Faqat insonlardan juda qochadi. Uni tushunishingiz murosaga kelishingiz mushkul ammo uni tushuna olsangiz meni nima demoqchiligimni anglab yetasiz
- bu nikoh uzoq davom etmaydi havotirlanishga hojat yo’q/ Jennie hissiyotli suhbatni yakunlab eri chaqirayotgan davraga tomon ishora qildi.

-barcha yig’ilgan ekan. Keling qaytadan barchani roziligini so’raymiz. Jimin Kessy bilan ikkingiz nikohga rozimisiz / Janob Park yuzaki tarzda so’rar ekan Jin nigohini Kessydan uzmas. Undan qarshilik alomatini kutdi. Ammo Jiminning Kessyning belidan quchib rozi ekanligini aytganda u uchun ortga yo’l qolmadi.
- biz rozimiz va bu nikohni intiqlik bilan kutmoqdamiz. To’g’rimi ?/ Jimin savol nigohi bilan yuzini Kessy tomon burarkan
- ha / tamom Suna va Jin Kessyga qarab turar ekan unga go’yo “ nima uchun bunday qilyabsan “ deyishardi. Kessy bo’lsa akasiga qarat tabassum qildi.
- ajoyib. Jin barcha bu nikohga rozi ekan ertagayoq buni ommaga oshkor qilsak degandim.
- albatta
- yo’q ./ Kessyga barcha savol nigohi bilan qarar ekan – men bu nikohga rozi bo’ldim ammo bir shartim bor nikohni 5 kundan keyin e’lon qiling.
- ammo qizim nima uchun
- chunki men shuni istayman/ hech kim buni sababini tushunmasada ammo bunga rozilik berishdi. Faqatgina Jin 5 kundan keyin Taehyung bilan tuzilgan shartnoma yakunlanishini bilardi xolos.

Ulkan jarlik yoqasida turgan qizning hayollari butkul chalkash. U hozir kuchli qo'rquv ostida. Oilasi homilador ekanligini bildi o'zi va singilining ham hayotini barbod qildi. Ustiga ustak butun oilasi sharmanda bo'lishi aniq. Otasi dindor inson u hech qachon qizini kechirmaydi. U uchun qizi gunohkor qornidagi bola esa gunoh edi. " Gunohdan qutulishni yagona yo'li o'lim" bu qaysidir kitobda uchragan jumlalar uning miyyasida aylanmoqda. Qiz jar yoqasida endi sakramoqchi bo'lganda ortidan kelgan yigit uni o'ziga tortdi. Yigitning ko'zlarida g'azab bor.
— Nima aqldan ozdingmi. O'zingni o'ldirish bilan hammasidan qutulmoqchimisan. Oilanga achinmaysanmi sendan keyin ular nima qiladi. Axmoq qiz. Hech bo'lmasa qorningdagi bolani o'ylasangchi. Unda nima ayb. Bola begunohku...
—YETARRR. CHARCHADIM. HA O'LMOQCHIMAN. ESHITYABSANMI. O'LMOQCHIMAN. SEN AYTGAN O'SHA OILAM HAQIQATNI BILGAN ON MENDAN VOZ KECHDI. BOLANI BEGUNOH DEDING. OILAM UCHUN U GUNOH ENG KATTA GUNOH. —qiz endilikda yig'idan tiqilib qoldi./ Sunxoning boshida bu so'zlar aylanarka "gunoh, eng katta gunoh xuddi men kabimi. Qanday qilib bu dunyoga hali kelmagan bola gunoh bo'ladi. Nega bunchalik vaxshiysiz".
— Soyu
— yo'q eshit. Otam dindor inson u hech qachon qizli bo'lishni xohlamagan. Ammo akamdan so'ng men va singlim tug'ilgan. U bizni cherkovida rohiba bo'lishimizni istadi chunki qizlar gunohga moyil bo'ladi. Ammo onam ming azob bilan otamni fikridan qaytardi. Endi esa men to'ysiz homilador bo'ldim. O'zim bilan birga singlimni ham hayotini barbod qildim. Otam homiladorligimni bilib qoldi. Men u uchun isnodman. U meni tutsa bolamni abort qildiradi men va singlimni cherkovga yuboradi. Onam meni shu zahoti uydan qochirdi. Onam bolani otasi bilan qaytishimni aytdi. Ammo Sojun yo'q. eshityapsanmi yo'q

- sen havotirlanma biz uni albatta topamiz

-2 haftadan beri izlaysiz . Shuncha pul va qudrat bilan ham sen, Taehyung topolmadingiz. Endi aytchi menda boshqa yo'l bormi. — Soyu alam bilan yerga cho'kkalab yig'larkan. Sunxo qiz haqligini biladi. U hozir nima qilishga hayron. Aynidam Sojunni bo'lishini istardi. U bo'lganida bu muammo ham bo'lmasdi. Qizni bu vaziyatda tashlab ketolmaydi. Qizni turg'izib kostyumini kiydirib mashinaga o'tirg'izidi. O'zi esa jarlik boshiga borib bor ovozda baqirdi.
— AAAAAAAA...ABLAX .. AAAAAA. SOJUN YARAMAS. AAAAAAhhhh — u yerga yotvoldi. Shu tarzda kech tushdi. Sojun yerda uzoq vaqt yotdi. Soyu mashinada uning va o'zining ahvoliga achinib yig'lardi xolos. Sojun qancha o'ylamasin bu muammoni hal qilish uchun yagona yo'lni bilardi. Ammo bu to'g'ri qaror ekanligiga amin emas boshqa chorani ko'rmagach darhol mashinaga o'tirib bu yerni tark etdi.

Sunxo mashinani Soyuning uyi oldida to'xtatar ekan qizni vahima bosdi.
— Sunxo aqldan ozdingmi. Yoki meni rostdan ham o'ldirmoqchimisan— qiz vahima ichida qo'rquvdan qaltirab ketti.
— Soyu gapimni diqqat bilan eshit menga ishon. Men hozir ichkariga kiraman. Sen mashinadan men kelmagunumcha tushma. Men muammoni hal qilishni yo'lini topdim. menga ishonasanmi
— ha/ soyu ishonchsizlik bilan gapirdi. Sunxo buni sezsada indamadi.
— Yaxshi. Nima bo'lishidan nazar menga ishon va meni kechir. / Soyu uning oxirgi so'zlariga tushunmadi ammo Sunxoga ishonishdan boshqa chorasi ham yo'q edi.


Oradan sal kam 3 soat o'tdi ammo Sunxo chiqmagani uchun Soyu havotirlanib endi uyga kirmoqchi edi ammo Sunxoni bir ahvolda chiqqanini ko'rib qo'rqib ketti. Sunxoni yuz ko'zi ko'kargan. Peshonasi va labi yirtilib kiyimlari qon bo'lib ketgan edi
— Sunxo senga nima bo'ldi —qiz havotirda gapirarkan. Sunxo javob bermas qizga vaziyatni qanday tushuntirishni bilmas edi. Lekin hozir cho'zishga vaqt yo'q
— Soyu gapimni eshit men hammasini hal qildim. Otang va akang bilan gaplashdim.
— ularga nima deding — Soyu qo'rqardi, Sunxo gapirishdan avval chuqur nafas oldi.
— ularga seni anchadan beri yaxshi ko'rishimni ammo sen meni rad etganingdan so'ng jaxl ustida zo'rlaganim bunda seni aybing yo'qligini. Agar bu haqida kimgadir aytsang rasmlar bilan seni qo'rqitganimni aytdim. Homilador ekanligini bilgach qo'rqib qochganim va hozir aybimni tushunib bu yerga kelganimni aytdim. Akang biroz kaltakladi........— Sunxo hozir aytadigan gapini aytishga ikkilandi ammo majburlikdan zo'rg'a papirdi— Soyu otangdan seni qo'lingni so'radim. U... u rozi bo'ldi. Men ertaga uyimdagilar bilan kelib rasman seni qo'lingni so'ragani kelamiz. Menimcha to'y ham 1 hafta ichida bo'ladi. Soyu men bu ish berish bermasligini bilmadim shu sababli senga aytmagandim. Soyu boshqa yo'limiz yo'q. Kechir sendan roziligingni ham so'ramadim— Soyu Sunxoni gaplarini eshitib qotib qoldi. Ammo bu har qanday holatda ham to'g'ri qaror ekanligini sezib turubdi. Ammo qabul qilolmadi.
— Sunxo nimalar debsan axir qanday qilib biz sen bilan
— bu qog'ozdagi nikoh bo'ladi. Men senga qo'limni uchini ham tekkizmayman. Shu yo'l bilan sen bilan bolani ham oilangni ham muammodan qutqaramiz
— Sening hayotingchi
— men haqimda o'ylama. Sen o'zing bolang singling oilang sha'ni haqida o'yla. sen rozi bo'lsang bas buyog'ini men hal qilaman — Soyu aqldan ozar ahvolga kelarkan ammo u ham boshqa yo'lni bilmaydi ko'zida oqayotgan yoshlar bilan rozi bo'ldi
— R .. R.. Ro.. Zii.. roziman— uning ovozi shunchalar past ediki Sunxo arang eshitdi.
— Soyu ammo eslab qol bu haqiqatni faqat men, sen, Taehyung, Jay, Minhyuk biladi. Sojun yoki zo'rlanganing haqida hech kimga aytma. Agar kimdir bilgan taqdirda ham oilalarimiz uchun ham boshqalar uchun ham seni men zo'rlaganman. Bu bolani otasi esa shu ondan boshlab menman. Kun kelib Sojun qaytib kelgan taqdirda ham unga haqiqatni aytmaymiz. Bu Sojun uchun jazo. Agar o'shanda u bilan ketishni istasang ketishing mumkin. Ammo bu bola Yang Sunxoni meni bolam bo'lib qoladi.
Pov / Soyu
Men hozir eshitganlarimni hazm qilishga urunar ekanman. Qarshimda o'yinqaroq yigitcha Sunxoni emas ulg'aygan erkakni ko'ryabman. U hozir bor mas'uliyatni o'z bo'yniga oldi. Sojun qaytganda nima bo'lishini bilmayman. Ammo bu hozir yagona chora. Men hech qachon Han Sojun seni kechirmayman. Sunxo bugundan boshlab vujudimdagi bolani otasi bo'ladi. Farzanding borligini bilmay yashaysan bu sen qilgan gunohning badali bo'ladi Han Sojun. Farzanding o'zgasini ota deb biladi.

—Yaxshi sen aytganday bo'ladi
— Sen hozir uyinga kir va xonangga bor qo'rqmasdan yuraver otang senga hech narsa qilmaydi. Endi esa bor
— Sunxo..... Hammasi uchun raxmat
— Qurbaqa malika yig'lashni bas qil. Hozir Qurbaqa malikaga emas yig'loqi malikaga o'xshab qolding — Sunxo qizni kayfiyatini biroz ko'tarish uchun hazil qildi.
— Yaramas Shrek. Xayr — qiz ketgach Sunxo chuqur nafas oldi
—Sunxo nimalar qilyabsan oshna. O'z hayotingni barbod qilyabsan. Dadamga nima deyman. Sojun sen tufayli nimalar qilyabman. Seni topsam aniq o'ldiraman.


Hayot insonni bir kunda ulg'aytirishi mumkin.

Tungi klubning o’rtasida o’zini bilmas darajda mastlikda raqs tushatotgan qizni ehtimol hech kim sezmasdi. Chunki u yerda u kabi raqs tushayotgan yoshlar bir talay ammo Kim Taehyung u borgan sari asabiylashardi. Uning nazarida barcha Kessyga qarardi. U bu yerdan ketishni istasada ammo keta olmasdi. Kesni yolg’iz qolish bu yerdagi yirtqichlarga uni yem qilish bilan barobar edi aslida. Sunxodan esa darak yo’q. atrofga nigohini qaratar ekan unga ko’z suzayotgan oyimchalardan birini yuqoridagi vip xona tomon chorladi. Qiz esa buni kutgan kabi eng avval o’zi shoshildi. Tungi kapalak kabi bu qizlar har kecha turli gullarga qo’nadi yakunida boshiga tashviash tushganda esa “men nima gunoh qildim” deya o’ylaydigan ongsiz inson edi.
Kessy Taehyung yuqoriga ketganini ko’rsada raqs tushardi. Nima bo’lmasin u bu hayotdan zavqlanishi kerak yakuni muhim emas. Uning vaqti oz qolgandi.

******
-kes uyg’on uyga keldik- Taehyung vip xonadan chiqqach bar yonida uxlab qolgan qizni ko’rib xursand bo’ldi. Endi u qizni o’zining shaxsiy uyiga olib borib oz bo’lsada uni kuzatishi mumkin.

Uyga kelgach qizni yotoqa yotqizib ketmoqchi bo’lganida shu vaqtgacha uyg’onmagan qiz gapira boshladi.
- nega meni bu yerga olib kelding
- mast holingda uyingga olib borsam yana akang bilan muaommo chiqadi. Undan ko’ra shu yerda qol.
- unday bo’lsa ketmasdan yonimda qol biroz gaplashmoqchiman./ Kes mastlike tasirida uyquga ketishga shay bo’lsada gaplashishni istardi.
- ishonching komilmi/ Taehyung ikkilanib soradi.
- ha
- ho’sh nima haqida gaplashishni istaysan/ Taehyung yotoqni narigi tomoniga yotib oldi.
- bilmadim. Menga singling haqida gapirib ber/ kessy bu qanchalik og’riqlik ekanligini bilsada savol berdi. Taehyung javob berishga ikilanmadi. Qalbida nechi yillardan beri asrab kelayotgan xotiralarini o’ylab tabassum qildi.
- hmm. Liya bilasanmi u juda ham qaysar va injiq edi. Menga judayam qattiq bog’langandi. Doim ortimdan qolmasdi,oyim va dadam uni hech mendan ajrata olmasdi. Yana juda ham qizg’anchiq edi. O’rta maktabda vaqti men bir qiz bilan uchrashganimda osha qizni borib sochini yulgandi. Ba'zida shunchalik telbanamo harakatlar qilardiki odam qo’rqib ketardi.
- ho’sh u kimnidir sevarmidi
- albatta, har kuni har kimni
- nima
- u har kuni biron bir chiroyli yigitni ko’rsa sevib qolardi. Ertasiga boshqa chiroyliroq yigitni ko’rsa uni yoqtirb qolardi. Shu bois hech kim bilan uchrasholmasdi. Yana juda ham uyatsiz qiz edi. Uyalmasdan yuragim avtobus bekati kim kelsa kirib ketaveradi derdi./ Taehyung ko’ziga yosh keldi.
- uni judem yaxshi ko’rganmisan
-dunyolarcha. U meni jon jigarim edi.
- uni o’ldirgan insonni hech qachon kechirmaysanmi??
- also imkon bo’lganda uni o’z qo’lim bilan o’ldirganbo’lardim. Afsuski u qamoqda/ Taehyungni ovozidagi g’azab yaqqol sezilib turardi. Kessy bo’lsa unsiz yig’lardi xolos
- unday bo’lsa hech qachon uni kechirma . nima bo’lishidan qatiy nazar kechirma
- bas qil u haqida gaplashishni istamayman.yana nima haqida gaplashishni istaysan.
-bilasanmi shundoq ham vaqtimiz kam ertaga shartnomamiz yakunlanadi. O’shanda men senga juda muhim gapni aytaman. Shu bois hech uyqum kelmayapti. Shartnomamiz tugashini juda uzoq kutdim. Endi esa kutishni xohlamayman.
- men ham yakunlanishini juda ham kutyabman. Yakuni biz uchun chiroyli bo’ladi xuddi Loyd va Arainiki kabi./ Taehyung uxlab qolgan qizga qarata shu gaplarni aytarkan. U allaqachon o’z hislarini aniqlashtirib olgan edi.

Koreyadagi eng hashamatli qo'rg'on hozirda sohibining g'azabini o'z ichiga yashirishga ham qodir emas. Qariya esa o'g'lini nimtalashga tayyor.
— YARAMAS BOLA MENI SHARMANDA QILMOQCHIMISAN. OILAMIZNING SHUNCHA YILLIK OBRO'SI SEN UCHUN AHAMIYATSIZMI. NIMALAR QILIB YURIBSAN. MEN HECH QACHON BUNGA YO'L QO'YMAYMAN
—meni kechiring Dada. Men xato qildim. Nafsimga erk bermasligim kerak edi. Xatoyim tufayli oilamizni sharmanda qildim. Shunday ekan xatoyimni to'g'irlab Soyuga uylanishimga ruxsat bering. Bolamga otalik qilaman./ Sunxo yuzini yerga qaratgan ko'yi o'tirardi.
— AHMOQ BOLA NIMALAR DEBSAN . SENI BOLANG ..... O'SHA DO'STINGNI XATOSINI TO'G'IRLASH UCHUN BIROVNING BOLASINI MENIKI DEB OTANGNI ALDAYABSANMI/ otasining gapidan Sunxoni ko'zlari kattarib ketti
— Siz qanday qilib
—Nima otam hech narsani bilmaydi deb o'ylaganmiding. Men seni har bir qadamingdan xabardorman. Bunga seni o'sha qiz ko'ndirdimi. Nega bunday qilyabsan o'g'lim
—yo'q ota Soyuning aybi yo'q bunga uni men ko'ndirdim. Men... Men.. Buni sizdan o'rgandim.
—NIMA — Sunxo gapirishdan avval ko'zlarini yumib chuqur nafas oldi
— Bundan 24 yil avval siz ostonangizga topilgan bolani oldidagi " bu bola sizni o'g'lingiz" degan xatga ishonib uni qabul qildingansiz. Hech qanday ikkilanishlarsiz uni qabul qilib familyangizni berdingiz. Hech Qachon DNK qildirmagansiz. Men bu ishni Sojun emas o'zim uchun qilyabman. O'sha bolaga otalik qilib sizni oldingizdagi qarzimni uzmoqchiman
—Sen buni qayerdan bilasan — erkak eshitganlaridan Sunxoning haqiqatni bilishidan hayron qoldi.
— ahamiyatsiz. Men buni eshitaganda, qo'rqib ketdim yillar mobaynida sizni o'g'lingiz bo'lmasamchi deb qo'rqib yashadim. O'zim DNK qildirdim. Uni ochishdan avval bunday qilganim uchun o'zimni aybladim. Ammo javobini ko'rgach shunchalar xursand bo'ldimki. Otalik hissi har qanday holatda ham farzandini tanishga imkon berishini tushundim. Men ham bugun o'sha begunoh hali rivojlanmagan go'dakni o'z farzandim sifatida qabul qildim— Sunxo endilikda otasi qarshisida tiz cho'kdi — Dada yolvoraman menga o'sha tug'ilmagan go'dakka imkon bering. Evaziga so'z beraman. Orzularimdan voz kechaman. Yang Junwooga munosib voris bo'laman iltimos
— orzularingdan voz kechasan. Aqldan ozibsan. Agar bir kun Sojun qaytsa nima qilasan
— U qaytgan taqdirda ham bola meniki bo'lib qoladi. Soyu ham bunga rozi
—Sunxo o'z taqdiringchi bolam. Men sendan tashvishdaman.
— Ota menda hammasi joyida siz menga ishonsangiz bas. Bor mas'uliyatni o'z zimammga olaman — Yang Junwoo o'g'liga qararkan endilikda unda haqiqiy erkakni ko'rdi
— Yaxshi ammo zinhor oilamiz shanini unutma. Sen uchun ilk va oxirgi marta o'zimdan past insonlar oldida boshimni egaman. Sunxo eslab qol so'zingni ustida tur Yang Jungwooning farzandi ekanligingni isbotla
— hop... Hopp.... Raxmat Dada..ishonchingizni albatta oqlayman— Sunxo darhol otasini bag'riga bosdi. U bugun o'z haqiqatlari va yuragidagi toshdan ozod bo'ldi.
Yang Jungwoo bo'lsa bugun o'g'lidan faxrlandi. Unga noto'g'ri tarbiya bermaganiga yana bir bor amin bo'ldi.

13- qism tugadi

Juda ham ko'p yozdim.Menimcha bu qism barcha uchun kutilmagan va savollarga boy bo'ldi. Fikr bildirishingizga arziydi degan umiddaman.