GUNOHKORLAR/ EP 20
Sukut ichida aytilgan vidolar, eng baland qichqiriqdir.
Diydam qotdi, yoshsiz ko'zlarim guvoh,
Lekin sendan qolgan tuyg'uga qulman.
Qachondir qaydadir uchrashsak nogoh,
Boladay termulsam ustimdan kulma.
Yanglar oilasi ertalabki nonushta uchun yig'ilgan. Nonushta tinch o'tarkan toki Sunxi yugurib kelib Sunxoni bo'ynidan quchmagunga qadar.
— AKAAAAAA. AKAJOOOON. O'zimni akam men sizni juda juda yaxshi ko'raman raxmat Akajon — Sunxi endilikda Sunxoni yuzidan o'pa boshladi Soyu aka singil munosabatiga havas bilan qarasa, hamma hayron, Sunxo borgan sari bo'g'ilardi. — siz dunyodagi eng yaxshi akasiz.
— Sunxi bas qil hozir meni o'ldirib qo'yasan. — Sunxo bazo'r undan o'zini ajratib oldi.
— qizim nima gap nega bunchalik xursandsan.
— oyi bilasizmi akam menga mashina sovg'a qildilar.
— oh bunchalar yaxshi ammo Sen mashinani nima qilasan hali uni haydash senga mumkin emas.
— nima menmi. — Sunxo hayron qolib o'zini ko'rsatdi barcha unga qararkan — Sunxi men qachon senga mashina sovg'a qilibman.
— tashqaridagi yangi mashinachi sizga sport avtomobillari yoqadi u esa qimmat va kibor xonimlar uchun, Menga bo'lmasa har holda oyimga emasdir. Nazarimda oyimni u qadar yaxshi ko'rmaysiz.
— Sunxi — Sujin ko'zlarini kattartirdi. Soyu va Janob Yang shunchaki tomosha qilardi.
— men senga mashina sovg'a qiladigan darajada ham aqldan ozmadim. Hali voyaga yetmay turib bir marta avtohalokatga ham uchrashga ulgurgansan. — Sunxini birdan kayfiyati tushib ketti.
— Ho'sh unday bo'lsa o'sha mashina kimga men uchun bo'lmasa.
— Soyuga
— nima — Sujin jaxldan qosh chimirdi. Sunxi bo'lsa qo'lidagi salfetkani Otib yubordi.
— xo'sh bu qizni yog'ee uzr Bu "ayolni" qaysi karomati uchun unga mashina sovg'a qilyabsiz. To'yi bo'lmay turib ko'nglingizni hushlab Sojunga xiyonat qilib Sizdan bola orttirgani uchunmi
— qizim bas qil — ayni dam Sujin erining g'azabidan qo'rqardi.
— yo'q oyi — Aynidam Soyuni yuzi yerga qaratilgan u faqat hozir g'oyib bo'lib qolishni istardi. — bilasizmi hatto qornidagi bolasi ham sizniki ekanligiga ishonmayman. — Soyu ortiq chidolmadi yugurib xonasiga chiqib ketdi. Sunxo hamon xotirjamligini yo'qotmagan holda turardi.
— gapirib bo'lgan bolsang qolganlarga yoqimli ishtaha men tugatdim. — Sunxo ketgach Soyu ketmoqchi bo'ldi biroq Janob Yang uni to'xtatdi.
— Sunxi hali nonushta qilmading hoziroq joyingga o'tir. — Sujin eriga qaradi ammo hech narsaga e'tibor bermay nonushta qilardi. Ayni damda u kar odamdek edi. Aks holda u bu kabi tomoshaga yo'l qoymasdi. " ehtimol erim ham bu qizni yoqtirmas". Ayyorona tabassum qildi.
Suna va Kessy yolg'iz ovqatlanisharkan Suna gapni nimadan boshlashni bilmas edi.
— Kessy sen qachondan beri Hwanlar bilan yashaysan — Kessy qoshini ko'tardi — aytmoqchimanki oying bilan ham yashagansanku tug'ilgan vaqting.
— Men tug'ilganimda Yaponiyadagi yetimxonaga berib yuborgan. Hwanlar bilan 7 yoshimdan beri yashayman. O'sha ayol ba'zida meni uyiga olib ketardi. Savoling tugagan bo'lsa men ketaman. — Kessy o'rnidan turarkan telefoniga xabar keldi
" salom mening go'zal qallig'im bugun sen bilan kelin ko'ylak ko'rgani boramiz darsing tugagach olib ketaman."
xabarni o'qigach shunchaki e'tiborsiz qoldirdi.
— to'xta
— nima
— men haligi..... — Suna hamon ikkilanardi
— agar aytadigan gaping bo'lmasa meni tinch qo'y.
— sen Jinni demak bolaligingdan bilasan ya'ni mendan avval uni hayotida kimdir bo'lganmi
— seningcha u va men quvnoq aka singilga o'xshaymizmi. U menga o'zi birinchi muhabbati haqida gapirgan deb o'ylaysanmi. Men bolaligimni uydan ko'ra ko'proq kasalxonada o'tkazganman.
— Ammo bilmayman demayabsanku..
— Suna kel ochig'roq gaplashamiz mendan nima istaysan. — Kessy qattiq nigoh qaratarkan bu safar Suna ikkilanmadi.
— Jin va Jennie o'tmishda sevishganlar bo'lgan to'g'rimi.
— ha — Suna birdan yuz ifodasi o'zgardi. Eri sobiq sevgilisi bilan qayta topishgan shu fikr unda aylanardi. — ammo buning nima ahamiyati bor hammasi o'tmish ku.
— Ammo ular kecha...... Nega ajralgan axir sevishganlar bo'lishganku.
— ehtimol mening kasofatim yoki o'zlaridagi ishonchsizlik sabab — Kessy yuzini teskari burdi.
— Menga bor haqiqatni ayt iltimos —Suna nihoyat ko'z yoshlarini qo'yib yubordi. Kessy doim undan nima sorashsa shuni qilgan xoh yaxshi xoh yomon ish bo'lsin. Ayni damda Kessy Sunaga aytadigan gaplari unga qay darajada ta'sir qilishi haqida o'ylab ham ko'rmadi.
— akam chet eldan Jennieni bilan qaytib dadamga uni sevgilisi sifatida tanishtirdi. O'sha vaqt men ham bor edim ammo akam meni tanishtirishni istamadi. Dadam tabiiy ravishda akam chet eldan olib kelgan qizni qabul qilmadi. Biroq Jennie bar bir bizni uyda qoldi. Akam va u tez- tez janjallashardi rashk sabab. Ba'zida men ham sabab bo'lardim. Jennie menga dastlab yaxshi munosabatda bo'ldi ammo.. Bir kuni u mening ustimga akamga jaxl qilib qahva to'kib yubordi. Akam bunga hech qanday munosabat bildirmadi. Akamning menga bo'lgan befarqligi uni menga munosabatini o'zgartirdi. U meni onasi tashlab ketgan tirik yetim derdi.
— Jin indamadimi — Suna hayrat bilan qaradi. Kessyni yuzida hech qanday ifoda yo'q xuddi begona haqida aytayotgandek. Ular turmush qurishgach Sunaga Kessy bilan yaxshi munosabatda bo'lish haqida ogohlantirgandi hatto ilk uchrashuvda ham Jin bu haqida unga aytkan. Shuncha vaqt mobaynida Kessy va Suna ikkisi ko'p bor katta janjalni boshdan kechirgan biroq Suna hech qachon Kessyga jismoniy yoki ruhiy ta'sir o'tkazishga botina olmagan ayniqsa onasi haqida.
— ha, deylik —Kessy jilmaydi — akam u vaqtlar chet eldan endi qaytgandi va dadam akamga men haqimda hech narsani aytmagandi. Jennie bo'lsa akamga yoqish uchun mendan foydalangan. Xullas bir kuni kechasi Jennie uyga qaytmadi ertasi kuni u uyga kelgach akam uni xiyonatda aybladi Jennie bo'lsa akamning noo'rin rashklaridan charchab hammasiga yakun yasab uydan ketdi. Akam uni juda charchatgan edi.
— u rostdan xiyonat qilganmi
—Yo'q. Shunchaki do'stlari yoniga ketgan..
— akang demak uni juda qattiq sevgan ekanda.
— ehtimol —Sunani egik boshini ko'rgan Kessy biroz hayron qoldi —nega yuzingda bunchalik tushkun ifoda axir bilarding Akam kimnidir sevganini.
— ha ammo bu juda og'ir botdi. Men bu hayotda faqat uni sevganman.— Suna alamli tabassum qildi.
Sunxo xonaga kirarkan xonaning burchagida yig'lab o'tirgan Soyuni ko'rib chuqur nafas oldi ayni damda uni qanday ovutishni ham bilmasdi. Uning yoniga borib o'tirdi.
—bilaman juda qattiq xafa bo'lding. Biroq bu gaplar...
— Sunxo menga hech qanday mashina kerak emas.
— nima Universitetga bormoqchi emasmisan.
— Bu uchun mashina shart emas. O'sha mashinani singlingga beraver.
— piyoda bormoqchimisan
— avtobusda — Sunxo ko'zini yumib boshini ortga tashladi. — Soyu endi sen Kim emas Yang Soyusan meni rafiqam qanday qilib Universitetga avtobusda borishing mumkin.
— lekin singling..
— Sunxi gapiraveradi sen o'zingni himoya qil jim turma
— qanday qilib aybdor bo'la turib aybsizdek harakat qilishim mumkin.
— Soyu biz sen bilan kechagina kurashamiz degandik ammo Sen halitdan taslim bolyabsan.
— men kurashishni istamayman. Shunchaki hammasiga chidayman. — Sunxo endilikda jaxldan ovozini biroz ko'tardi.
— Yaxshi unda chida har kuni sen haqoratlashlariga, turtishlariyu yerga urushlariga chida shu qo'lingdan keladimi. — Soyu yerga qaradi — ammo kun kelib sen jim turganing uchun farzanding ham xuddi shu ko'yga tushadi.
— unda nima qilay. Janjallashaymi yoki bu uydan ketaymi
— mendan foydalan menga ishon. Seni haqorat qilishsa mensishmasa ularga ham xuddi shunday javob qaytar. Ortingda men borman aslo qo'rqma.
— eplay olmayman.
— Unday bo'lsa ozginagina sabr qil so'z beraman eng qisqa muddatda bularning barchasiga barham beraman. Shu vaqt mobaynida ular nima deyishmasin e'tiborga olma. Men o'zim sen uchun ular bilan kurashaman ammo hozir emas.
— senga ishonaman Shrek — Soyu asta Sunxoni yelkasiga boshini qo'ydi.
— qurbaqa haliyam meni Shrek debsanmi. Men Seni eringman undan ko'ra meni hurmat qilishni o'rgan.
Universitet yorug‘ xonasi faqat tashqi ko‘rinishda osoyishta edi. Ammo burchakda turgan Soyu uchun bu makon na tinchlik, na panoh bo‘la olardi. U qo‘lidagi daftarni qattiq siqib turardi — ichida titroq, tashqarisida sukut.
— Bechora Sojun... o‘sha yigitga nima bo‘lganini bilasizmi? — dedi bir qiz, labining burilishida rahm-shafqat emas, zavq yashiringandi.
— Bilamiz, bilamiz, — javob berdi boshqasi, sochini chaynalgan tutam qilib burarkan. — Ammo Soyu senga qoyilman Sojun kasot bo'lganoq uning yaqin do'sti Sunxoni boshini aylantirib hatto erga tegishga ham ulgurding. Yoki avvaldan Sojunga xiyonat qilib Sunxo bilan uchrasharmiding.
— to'g'ri Sunxo Sojundan ancha boyroq ustiga ustak yagona merosxo'r bo'lsa.
— bir varakayiga ikki do'stni aldadingmi. Naqadar ayyorsan — barcha qizlar birvarakayiga kulishdi.
— Pul degani yurakni ham almashtiradi-da, — dedi boshqa biri, labidagi lab bo‘yog‘i Soyuni ko‘r-ko‘rona ayblayotgan ko‘zlaridan ham o‘tib ketdi.
Soyu esa faqat sukutda edi. Ichidan nimadir o‘yilib tushayotgandek, ammo tashqarida — bir zarracha ham g‘azab yoki javob yo‘q. Uning ko‘zlari derazaga qadalgan, go‘yo bu dunyodan emas, uzoqlardan nimanidir eshitayotgandi.
Eshik ochildi. Ichkariga Kessy kirib keldi. Egnida oddiy futbolka va qora shim, sochlarini baland yig‘ib olgan, o‘z ishlariga butun e’tibori qaratilgan.
— O, yana bir yulduz keldi, — dedi biri hushtak chalib. — Bunisi Park Jiminga turmushga chiqadi lekin tunda Taehyung bilan klubdan chiqqan tungi kapalak! —Qizlarning pichirlari kulguga, kulgular esa ochiqchasiga masxaraga aylandi. Ammo Kessy... unga bu gaplar osmonda uchib yurgan changlar kabi befarq tuyuldi. U daftarchasini stolga qo‘yib, sekinlik bilan yozuvlarni ko‘zdan kechirdi. Go‘yo ular yo‘q, go‘yo bu dunyo boshqa.
— Eshitdinglarmi? Taehyung chet elga ketar emish, — dedi qizlardan biri o‘sha ohangda, bilib turib.
Kessy muzlab qoldi. Ruchkasi qog‘oz ustida to‘xtadi. Nafasi ichida tiqilib, yuragi bir lahza urmay qolgandek. Ammo... u biror so‘z aytmadi. Ko‘zlarini pastga qaratib, sumkasini oldi va hech kimga qaramay chiqib ketdi. Uning ortidan qizlarning pichinglari yana davom etdi.
Soyu esa... qo‘llari musht bo‘lib qisilgan, ko‘zlarida yosh to‘la. Ammo baribir indamadi. Jim edi. U aybini oqlashga ham, tuzatishga ham urinmasdi. Chunki u o‘zini allaqachon jazolagan edi — har tong uyg‘onganida, har kecha o‘zini kechira olmay uxlaganida...
Shunda eshikdan bir tanish qadam keldi.
— yetarli juda ham haddingizdan oshdingiz, boshqalarni hayotini muhokama qilguncha o'zingizni billing.
— Nima biz yolg'on gapiryabmizmi bularning barchasi haqiqat ku.
— yolg'on gapiryabsan demadim azizam — Mia qarshisidagi qizga tahdidli nigoh bilan yaqinlashdi. — biroq xato nishonni oldingiz. Bu kabi Suhbatingizdan Sunxo xabar topsa nima bo'larkan. Har xolda xotinini haqorat qilganingiz Uchun raxmat aytmasa kerak. — barcha qizlar nafasi ichiga tushib indamay chiqib ketti. Soyu bo'lsa hamon jim.
Jimin zinapoyadan pastga tushayotgan payt birinchi qavatda eshitilgan tortishuv ovozlari uning qadamini to‘xtatdi.
— Sen unga bunday munosabatda bo‘lishga haqli emassan! — dedi Haruning baqirig‘iga o‘xshagan, lekin ich-ichidan chiqayotgan ovoz.
— Men sen bilan muhokama qilmoqchi emasman, Haru. Yana bir bor aralashsang... — Junhoning ohangi sovuq va qat’iy edi.
— Aralashaman!
Jimindan pastga tushgan qadamlar tezlashdi, lekin hali ular qarshisida ko‘rinmasdan turib eshik qarsillab ochildi va Junho hech nimaga qaramasdan tashqariga chiqib ketdi. Jimin uning yelkasiga qaramoqchi edi, ammo u orqasiga qaramadi. Faqat... ketdi.
Jimin nigohini ichkariga burdi — va muzlab qoldi.
Haru zamin chetida o‘tirardi. Qo‘llari, ayniqsa bilaklarida mayda tirnalgan joylar, ko‘karishlar. Egnidagi libos ham tartibsiz, ko‘zlari esa — qattiq yongan. Ammo ko‘z yosh yo‘q. U shunchaki qattiq tikilgan edi — g‘urur bilan, yutib bo‘lmaydigan jahl bilan.
— Bu nima bo‘lgan? — Jimin yoniga cho‘kdi, ohangida xavotir bor edi. U sekin Haruning bilagini ushlamoqchi edi. — akam... u senga nimadir qildimi?
— Menga tegma, — dedi Haru keskin. — Bunga haqqing yo‘q!
— Haru... — Jimin hayron edi. — Men yordam bermoqchiman.
Haru ko‘zlarini kichraytirib, uning ko‘ziga tik boqdi. Ko‘zlarida faqat alam bor edi.
— Qiziq. Kessyga uylana turib, meni qutqarmoqchimisan? Bu — achinuvmi, yoki ikkilamchi variantmanmi? — Bu so‘zlar Jiminni muzday qildi. Ammo u indamadi. Haru tik turgancha orqaga surilmoqchi bo‘ldi, biroq qadamida muvozanat yo‘qolib, yelkasidan qo‘llab qolgan Jiminning quchog‘iga tushdi.
— Bor! Ket! Men seni yomon ko'raman! Men... — Haru so‘zlarini ichiga yutdi, so‘ng yuragini teshib chiqayotgan gapni aytdi. — Menga emas qallig'ingni oldiga bir kelin ko'ylak tanlashingiz kerak.
Sukut.
Jiminning yuzi xotirjam, ammo ko‘zlari charchagan. U sekin boshini egdi.
— Bilaman. Lekin hozir bu gaplarning hech biri sening qon oqayotgan bilaklaringdan muhim emas. —Jimin telefonini olib Kessyga qo'ng'iroq qildi.
— hozir meni muhim ishim bor o'zing istagan kelin koylakni ol baribir ham bu menga qiziq emas. — Jimin javobni ham kutmay o'chirib qo'ydi.
Haruning ko‘zlarida yosh chaqnadi. U boshini burdi, qarshisidagi odamga yengilishdan nafratlanardi.
Ammo Jimin orqasiga o‘girilmaydi.
— Kechirasan, Haru, bu safar sening “yo‘q”ingni e’tiborga olmayman.
So‘ng u Haruni bir harakatda ko‘tarib oldi. Haru ohangsiz norozilik bilan uni mushtladi, tirnadi, so‘kdi... ammo Jimin baribir kulib dedi:
— Urgin, tirna, baqir. Faqat hushdan ketib qolma.
U darvozadan chiqarkan, Haru hanuz jahl bilan qarshi chiqardi:
— Meni bu ahvolda ko‘tarib ketishing shart emas edi!
Jimin past ovozda kulimsiradi:
— Balki shart emasdir. Lekin bu — men istagan narsa. Chunki... sen menga begona emassan. Sobiq sevgilim va ayni damda akamning rafiqasi.
Kessy xuddi mast inson singari chalkash ammo hech qanday ikkilanishsiz o'zining qachonlardir jahannami bo'lgan uyga qaytgandi hech kim uni to'xtatmadi. Mehmonxonada shunchaki hayollari og'ushidagi ayolning yuziga uni ko'rgan on tabassum yugurdi.
—qizim
— tssh. Jim bo'ling — u chindan ham mast edi — bugun men gapiraman siz eshitasiz. Men faqat bugun gapiraman xopmi
—xo'p qizim — Suryon xonimning ko'ziga yosh kelarkan tabassum bilan turar. Kessy aytadigan gaplar uning hayotini hal qiladigandek jim turar edi.
— bilasizmi bugun qayerga bordim
— Yo'q ammo sen buni oyingga aytasan to'g'rimi
—ha — Kessy kuldi. Suryon xonim quvinchdan porlardi ilk bor Kessy bu uyga o'z xohishi bilan kelishi edi — Birinchi to'yga keyin dafn marosimiga bordim. Ikkisida ham odamlar ko'p biroq vaziyat boshqacha edi. Ayniqsa dafn marosimi juda g'alati edi.
Bir qiz onasi vafot etgani uchun shu qadar ko'z yosh to'kdiki buni tasvirlab berish imkonsiz. Ayniqsa u onasini yoqishayotganda o'lgan onasining jasadi uchun shu darajada tortishdiki hatto erkaklar ham unga arang bas keldi.
U so'nggida nima deb yig'laganini bilasizmi
— Yo'q
— "Onajonim ketti".
Menimch onasi unga juda ko'p mehr bergan bo'lsa kerak. Yoki har bir farzand onasi uchun shu qadar jon kuydiradimi. O'ylab qoldim men uni o'rnida nima qilgan bo'lardim. — Suryon xonim alamidan lablarini tishladi. Bir so'z deyishga ojiz edi. Kessy o'yga toldi. Ammo uzoq sukut saqlamadi — Meni tarbiyalagan ayol vafot etganda yosh bola edim ilk bor o'shanda o'lim bilan yuzma yuz keldim. Keyin esa takror, takror va yana takror bilasizmi har safar uni aytgani bo'lardi..... —Kessy endilikda yig'lardi — Dadam vafot ekan kun... Mening hayotim Jahannamga aylangan kun men hayotimda juda ko'plab kunlarni yodimdan chiqardim, ammo o'sha kuni bir soniyaga bo'lsa ham unutolmadim. Hatto eng ko'p o'sha kuni xotiramdan o'chirib tashlashni istagan kun edi.
— Qizim otangni o'limi baxtsiz hodisa edi. Unda zarracha aybing yo'q — Kessy tabassum qildi bu tabassum alamli emas samimiy edi.
— qiziq otamning o'limi haqidagi asil haqiqatni bilganingizda ham menga shunday deya olarmidingiz. Men juda charchadim. — Suryon Kessyni yoniga bordi. Ikkisi ham polda yonma yon jim o'tirardi.
— Nima uchun bu yerga kelganimni bilasizmi
—bilmayman — Suryon chindan pushaymonlik ichida yig'lardi
—Men Park Jiminga turmushga chiqaman hammasini hatto uni (Taehyung) ham unutib Park Jimin bilan yangi hayot boshlamoqchiman. Agar chindan qilgan qilmishlaringiz uchun pushaymon bo'lsangiz iltimos bu yangi hayotimda meni tinch qo'ying bu hayotimda sizga o'rin bo'lishini o'tmish bilan yashashni istamayman.—Suryon alam bilan yig'lardi u endi tushundi qarshisidagi qiz qachonlardir u qo'liga ilk bor olgan yoki nima desa shunga ko'nikadigan qiz emasdi.
— agar shunday qilsam kun kelib meni kechira olasanmi
— mazur tutasiz. Men farishta emasman. Har qanday qilmishni kechiradigan. Yoki ertakdagi. Oq ko'ngil malika emas menga qilinganlarni hech qachon unutolmaydigan yalmog'izman . Men sizni qachondir kechirolishimga ishonmayman, meni u darajada kuchlilar qatorida bo'lolmayman.
Qiz egnida qib qizil qonni eslatuvchi tarixiy uslubdagi Kelin ko'ylakda oynaga qarab turardi. Ko‘zgudagi o‘sha qiz ko‘z yosh
to‘kmasdi. Ammo ko‘zlarining tubida allaqachon daryo to‘lib ketgandi.
Eshik asta ochildi. Kimdir yengil qadamlar bilan kirib keldi — bu Sunxo edi. U biroz ikkilanganday to‘xtab turdi, so‘ng muloyimlik bilan.
— Juda chiroylisan, ayniqsa libosing— Dedi. Kessy boshini sal burdi, lekin jilmaymadi. Faqat bir lahza “rahmat” degandek nigoh tashladi, xolos. U orqasini ko‘zgu orqali ko‘rayotgandek hali ham tik turgancha qoldi.
Sunxo xona markaziga keldi. Uning ovozi ham ehtiyotkor edi
— Men seni... tabriklash uchun keldim. Bu to‘y... — u sukut qildi, so‘ng davom etdi, — bu, balki seni baxtli qilmas, lekin baribir Baxt tilayman.
Kessy chuqur nafas oldi. Biror so‘z aytmay turdi. So‘ng ovozi sehrli tinchlik bilan chiqdi.
— Men baxtni tanlamadim, Sunxo. Men javobgarlikni tanladim. —Sunxo bir qadam yaqinlashdi, orqa fon musiqasidek shivirladi.
— Bu nimani anglatadi? Taehyung haqida o‘yladingmi?
Kessy nigohini pastga qaratdi. Bu savol — yuragining eng yoriq joyiga tegdi. U asta bosh chayqadi.
— U kelmaydi. Endi emas. U meni orqasiga tashlab ketmoqda. To‘g‘ri ham qilyapti.
Sunxo biroz sukut qildi. So‘ng eshik tomon yurdi, ammo ketar chog‘ida bir lahza to‘xtab, eshikni ochib, orqasiga qaradi.
— U seni hanuz sevadi, — dedi u ohangsiz ishonch bilan. — Balki seni unutolmagani uchun kelgan hamdir. —Kessy ko‘zguga yana qaradi. Bu safar yuzidagi ifoda o‘zgarib, qalbida alangalanayotgan, ammo jilovlangan tuyg‘ular paydo bo‘ldi.
Sunxo eshikni to‘liq ochdi. Uning orqasida — qadamini ichkariga qo‘ymay, soya singari sukutda turgan Taehyung ko‘rindi.
Qo‘lida — qora atirgullar bilan to‘ldirilgan gul dastasi. Go‘yo sevgi emas, azob, ayriliq ramzi. U hech narsa demadi.
Sunxo ohista chiqib ketdi.
Yarim ochiq eshik orqasida bir lahzalik jimlik cho‘kdi.
Taehyung ichkariga kirmadi. Ammo u yerda edi — xuddi ko‘zlar bilan qattiq bog‘langan, ammo qadam tashlashga jur’at qilolmaydigan odam kabi. Qo‘lida ushlab turgan qora atirgullar — hech qanday gul do‘konida ilingan tabassumli o‘ramda emas, balki oddiy, shunchaki, soddaligi bilan o‘zining og‘irligini ko‘rsatardi.
Kessy hanuz ko‘zguga qarab turardi. Ammo yuragi eshikdan kelayotgan har bir tovushga shovqin solayotgandi.
Nihoyat, Taehyung bir qadam tashladi. So‘ng yana biri. Va u to‘liq ichkariga kirmasdan, faqat eshik bo‘shlig‘ida turib qoldi.
— Men seni to‘xtatmayman, — dedi u ohista. — Chunki seni qanday sevganimni sen allaqachon bilasan. Ammo bilaman, sevgi biz uchun yetarli bo'lolmaydi. — Kessy bu so‘zlarga javob bermadi. U harakat qilsa, ko‘z yoshlari to‘kilib ketishidan qo‘rqardi. Faqat tinglardi. Yuragi esa har bir tovushni so‘nggi marotaba eshitayotgandek qabul qilardi.
Taehyung uning oldiga bordi. Gul dastasini ko‘ksiga bosdi va past ovozda dedi.
— Bu — mening senga to‘y sovg‘am. Qora atirgullar. Sen bilasanmi u nimani anglatadi?
— U bir lahza nafas oldi. Ko‘zlari Kessyga to‘g‘ri qaratilgan. Ammo Kessy unga qaramadi. Faqat ko‘zgudagi aks orqali ularning nigohlari bir-biriga tegdi.
— Qora atirgul — bu so‘nggi sevgi. Tugagan, dafn etilgan, lekin hech qachon yo‘qolmaydigan. U na umid, na nafrat. — U gul dastasini oynali stol ustiga ohista qo‘ydi.
— Har safar unga qarasang... bilgin, bugun seni to'ying kuni bizning sevgimimizning motami. —Taehyung asta Kessyni ortidan turib oynadagi aksiga boqdi. Ikkisi ham nigohini ko'zguga qaratgan ehtimol Bir biriga qarash uchun ikkisida ham yetarlicha jasorat yo'q. Taehyung asta ko'zguga nigohiga qaratgan holda Kessyni yuzini ohista silab barmoqlarini lablarida to'xtatdi — Bu lablar Meniki bo'lishi kerak edi. Nafaqat ular sen butkul Meniki bo'lishing kerak edi ammo sen o'rtamizga men o'ta olmaydigan ulkan jarlikni qurding. Baxtli bo'l sevgilim. —Shu on Taehyungning ko'zidan bir to chi yosh dumaladi. U orqasiga qayrildi. Og‘ir qadamlar, lekin mag‘rur. Ko‘z yoshini artdi, ammo yuragi qon.
Kessy esa bir harakat ham qilmadi. Faqat yuragining ichkarisida shunday qichqiriq eshitildi:
Lekin bu so‘z og‘izdan chiqmadi.
Xona ichida hanuz qora atirgul, og‘ir sukut va kelin ko‘ylagidagi qizning ko‘zgu orqali o‘zidan begonalashgan nigohi qolgan edi.
Eshik ortida bo'lsa Taehyung eshikka suyangancha chuqur nafas oldi. Ehtimol o'sha kun u Jin bilan gaplashmaganda bari boshqacha bo'lgan bolarmidi.
Jin Taehyungning qarshisida, qo‘llarini cho‘ntagiga tiqqancha, sal sovuqohangda gapirdi.
— Men seni ogohlantirish uchun keldim , Taehyung. Kessy... u yaqinda turmushga chiqadi. Singlimdan uzoqroq yur.
- Taehyung Jinning ko‘zlariga tik qaradi. Ko‘ksidagi g‘ashlik va azob yuzigachiqib turardi.
—buni aytishga nazarimda anchayin kech qolding. Shu paytgacha qayerda
eding men singlimning qotilini sevib o'lgunimcha. Qayerda edingiz barchangiz – Jin chuqur nafas oldi barbir Kessy Taehyungga sirni aytgan. Jin
qarshisidagi g’azabdan qizargan yigitga nima deyishni bilmay so’zsiz qoldi. — javob ber. Nega eng oxirida kelib bu gapni aytayapsan. Meni boshi berk ko'chaga olib kirib xursand bo’lyabsizmi. Dadam bilan kelishib mendan haqiqatni yashirdingiz. Men bo’lsa…. Uni sevishga haqqim yo‘q edi. - Jin yuzini burdi,
chuqur xo‘rsindi.
— To‘g‘ri. Haqqing yo‘q. Lekin sen bu sevgidan ham kecha olmaysan, shundaymi? —Taehyung javob bermadi. Jin unga! asta, sokin ovozda davom etdi — Bilasanmi, qadimda bir shahzoda haqida ertak bor edi. U kutilmagan joyda o‘rmonda bir yalmog'iz qizga duch kelib qolgan. O‘sha yalmog‘iz qiz malikalardek ko‘rinishga ega emasdi, hammaning hayotiga zomin bo‘lgan eski kiyimdagi yalmog'iz edi. Chunki yalmog’iz har doim undan insonlar nimani so’rashsa bajargan. Xoh
bu ezgulik, xoh bu yovuzlik bo’lsin. Jodusi yordamida yurolmaydigan insonni oyoqqa turg’izgan, ezgu qalb sohibini bo’lsa daxshatli lan’atga duchor qilgan. Ammo shahzoda uni ko‘rib... ne ,ne malikalarga oshiq bo’lmagan yuragi unga oshiq bo‘lgan.- Taehyung Jin tomon sal egilib, jim eshitardi. Jin davom etdi: — Shahzoda bilgan: yalmog‘izga yaqin borsa, o‘zi halok bo‘ladi. Uni sevsa, qirolligini yo‘qotadi. Lekin u yuragiga qarshi bora olmadi. Va oqibatda... shahzoda har doim o’rmonga borib yalmog’iz qizni ko’rargani borarkan, yalmog’iz qiz ham uni ko’rsada ko’rmaganlikka olarkan. Ba’zida yalmoqg’iz qiz o’rmonning
olis burchaklariga ma’nosiz sayohat qilardi. Shahzoda qancha kuzatmasin yalmog’izqiz hech o’rmondan chiqmasdi.Shahzoda juda ko’p marta uni o’rmondan olib chiqishga harakat qilibdi ammo barcha urunishlari besamar ketibdi. Chunki yalmog'iz qiz har safar uni rad etardi. Bir kuni jaxl otiga mingan shahzoda butun o'rmonga o’t qo’yibdi. O’rmon yonsa yalmog’iz majburan bo’lsada chiqadi deb o’ylagan edi.Ammo shahzoda bir narsani hisobga olmagan edi. Yalmog’iz qiz bu o’rmonning
asirasi edi. U o’rmonni o’zi qanchayin istasa ham tark etolmasligini shahzoda bilmagan edi. Bu yalmog’iz qizning qilgan gunohlari uchun unga berilgan jazo ehtimol uning la'nati edi. Yakunida o‘sha yalmog‘iz ham, shahzoda ham — halok bo‘lishdi. Bu —imkonsiz sevgining fojiali oxiri edi. Jin unga tik qaradi.
— Men senga ertak aytmayapman, Taehyung. Senga tanloving oqibatini aytayapman. Sen ham o‘sha shahzodasan. Kessy... senga baxt keltirmaydi.- Taehyung bir muddat jim qoldi. So‘ng jilmaygandek bo‘ldi, lekin yuragi muzdek edi.
— Demak, men ham ertakdagi kabi halok bo‘lamanmi? - Jin yuragini chimdi, ammo qat'iy gapirdi.
— Halok bo‘lishing menga qiziq emas. Lekin agar ortga chekinmasang...o’zing bilan birga uni ham halok qilasan..- Birzum sokinlik cho‘kdi. Taehyung qattiq yutinib, past ovozda so‘zladi.
— Men o‘zimni o‘sha shahzodaga o‘xshatishni istamagan edim... lekin, Jin... yurak o‘zga narsa. Yurak buyruqqa bo‘ysunmaydi. - Jin ko‘zlarini yumdi, so‘ng asta bosh chayqadi.
— Shunday bo‘lsa, senga faqat
omad tilayman, Taehyung. Chunki yurakdan yutqazganlar uchun omad — yagona najot yo'li.
—Bu qanday to'y bo'ldi. Kuyov motamga kelganday butkul qora kiyimda.
— Kelin bo'lsa oq ko'ylak o'rniga qizil ko'ylakda yana qo'lidagi guldasta qora atirgullarni ushlavolgan. Xuddi to'y o'rniga azaga kelgandekmiz.
Mehmonlar orasida shivir shivirlarga juftlik ahamiyat bermasdi.
— Kelin nega yolg'iz uni hech kim kuzatib bormaydimi
—akasi qani— mehmonlarning gaplaridan noqulay holatga tushgan Suna singlisini o'tkir nigohlar bilan kuzatayotgan jinga asta shivirladi.
— Jin nega uni oldida emassiz. Barcha shu haqida gapiryapdi.
— u oldida turushimni istamadi. Nazarimda to'g'ri qildi. Unga qilgan nohaqliklarimdan so'ng bunga haqli emasdim.
Kessy nigoh peshtoqi yonida uni kutayotgan Jiminning qarshisiga kelgach ikkisi yuzini ruhoniy tomon burdi. Ruhoniy nikoh qasamlari haqida gapirarkan. Jimin hech kim bilinar bilinmas gapirdi.
— ajoyib ko'ylak.
— ha. Senga qiziq emas deb o'yladim. Men bugun oq libos kiyishni istamadim ayniqsa Sen uchun. — Jimin labi chetida tabassum qildi. Kessyni nigohini butkul ruhoniyga qaratgan. Iloji boricha mehmonlar tomonga qaramaslikka harakat qilardi. Ruhoniy endilikda rozilik so'radi.
— Park Jimin siz Hwan Kessy bilan turmush qurushga rozimisiz. — Jimin uni kuzatib turgan Haruga nigohini qaratkancha hech bir ikkilanishsiz javob berdi. Yuzida yorqin tabassum
— Albatta roziman.
— Hwan Kessy siz Park Jiminga turmushga chiqishga rozimisiz— Kessy bir muddat sukut saqladi...... Endi javob bermoqchi bo'lganda Jimin hammani diqqatini tortib Kessyni qulog'iga egilib shivirladi.
— ikkilanayotgan bolsang rad et ketishning mumkin. Bu sizlarga oxirgi imkon berishim. Keyin ortga yo'l yo'q. Istasangda seni qo'yib yubormayman. Yaxshilab o'ylab ko'r u hozir ham seni olib ketishga tayyor faqatgina birgina ishorang kifoya — Jimin cherkovining eshiklari oldida turgan Taehyungga ishora qildi. Kessy unga qararkan ko'zlaridagi yoshlarni bu safar ushlab turolmadi. Bu ko'z yoshlarni faqat Jimin va ruhoniygina ko'ra oldi
—men..... Roziman— bu yakun edi.
— sizlarni er va xotin deb e'lon qilaman nikoh bosasini olishingiz mumkin. — Mehmonlar barchasi tabassum ila qarsak chaldi ammo Kessy uchun bu mazhara qilish edi. Taehyung shu ondayoq cherkovni tark etishni istasada barchasiga tik boqib turardi. Sunxo uning yelkasiga qo'lini qo'ydi.
Jimin Kessyga egalik qiluvchi harakatlar bilan yaqinlashdi ikki lablar tutashdi biroq hohishsiz olinayotgan. Bo'sa. Biri ko'r degandek harakat qilsa ikkinchisi harakatsiz qo'g'irchoqqa aylanib bo'lgandi.
Tun yarmida Parklar qo'rg'onidagi juftlik o'z xonasida turarkan Jimin yuvinish xonasidan chiqqach qarshisida allaqachon Kelin libos o'rniga oddiy ko'ylakda deraza qarshisida turgan Kessyni oldiga yaqinlashdi.
Kessy derazaga yaqinlashgandan beri nigohi bir nuqtaga aniqrog'i darvoza oldidagi o'zi uchun tanish bo'lgan qora ferariga nigohini qaratgan holda turardi. Jimin Kessyni ortidan kelib uni quchdi. Bundan seskansada Kessy nigohini feraridan uzmadi.
— u nega ketmayabdi. Hammasiga tugagan bo'lsa
— u bunga guvoh bo'lishni istayabdi. Umidini so'ngi zararasiga qadar so'ndirmoqchi. Bu to'g'ri qaror — Jimin o'tmishni eslab gapirdi. — endi esa senga aytkanimdek bu nikoh shartnomali emas haqiqiy nikoh bo'ladi. — Jimin Kessyni ko'tarib yotoqqa yotqizdi.
— mendan biron narsa kutma Jimin. Bu nikohga nima uchun rozi bo'lganimni bilasan.
—Jahannamga xush kelibsan xotinjon
— sen qaysi jahannam haqida gapirayotganingni bilmayman. Men butun umr unda yashadim shunday ekan tavba qilish navbati seniki Park Jimin.
(18+).
Tungi sokinlikda faqat devordagi soatning asta urishlari eshitilardi. Har bir zarba — xona ichidagi og‘ir sukutga chuqur urilgan ohangdek.
Soyu yotoqda yotardi. Uning qaddi kichraygan, adyol ostida o‘zini butunlay yo‘qotgan. Ammo tinch emas edi. Yuzida — charchoq emas, daxshat bilan to‘la harakatlar.
Birdan uning lablari titradi. So‘ng pichirladi.
— Yo‘q... iltimos... yo‘q... bas qil... meni qo‘yib yubor... — Qo‘rquvli pichirlar endi chinqiriqlarga aylanayotgan edi.
— Bas! Meni... iltimos... menga tegma! SOJUN...!— U chinqirib uyg‘onib ketdi. Nafasi bo‘g‘ilardi, ko‘zlari g‘ira-shira, ammo yuragi shiddat bilan urardi. Qo‘llari bilan ko‘kragini bosdi, tanasi titrardi.
Divanda uxlab yotgan Sunxo shosha-pisha o‘rnidan turdi. Uyqusiragan, ammo jiddiy nigoh bilan yugurib Soyuning yoniga bordi.
— Soyu! Nima bo‘ldi?! Men shu yerdaman, — dedi u, past, ammo qattiq ohangda.
Ammo Soyu hali tush va uyg‘oqlik orasida edi. Uning ko‘zlari vahimaga to‘la edi, tanasi esa titrardi. Sunxo unga yaqinlashmoqchi bo‘lganda, Soyu qattiq baqirdi.
— Menga tegma! Yo'q ... O'tinaman! Meni yana...! Yo‘q! Iltimos!..tegma — Sunxo darhol orqaga chekindi. Qarshisidagi manzara uni ham karaxt holatga solib qo'ydi. Nafasini bosib, uni yana vahimaga solmaslik uchun vaqt berdi.
Ammo Soyu titrarkan, asta ko‘zlarini ochdi. U Sunxoning chehrasini ko‘rdi. Uning nigohi — vahimali tushdan uyg‘ongandek emas, balki hayotga qaytish lahzasi edi. U birdan o‘rnidan turib, Sunxoga quchdi.
— Bu senmisan? Sunxo?! Haqiqatan ham senmisan? — dedi u, yuragini changallab.
— Bu men, — dedi Sunxo. — Soyu, sen tush ko‘rding. Shunchaki tush edi. — Soyu qattiq yig‘lab yubordi. Nafas olishda qiynalar, so‘zlari titrar, tanasi esa hali ham larzaga kelardi.
— Men... Men tushimda Sojunni ko‘rdim. U... U meni yana... zo‘rlayotgan edi. Men qichqirdim... harakat qildim... lekin hech kim kelmadi...
Sunxo asta, ehtiyotkorlik bilan uning yoniga o‘tirdi. Uning qo‘llari yuragidan chiqqan mehr bilan Soyuning yelkalarini ohista ushladi.
— Bu o‘tdi, Soyu. Bu faqat tush edi. Sen bu yerda — xavfsiz joydasan. Men shu yerdaman. Hech kim senga tegmaydi. Men hech qachon senga tegmayman. Qasam ichaman. — Soyu uning ko‘kragiga boshini qo‘ydi, yig‘isi ortidan ho‘ngrab yubordi. Bu yig‘i — nafaqat qo‘rquvdan, balki o‘ziga bo‘lgan nafrat, yolg‘izlik va yuragida yillar davomida yig‘ilib qolgan azoblardan edi.
Ayni damda Sunxo ilk bor do'stiga nisbatan nafratni his qildi. Sojun Soyuga bir umrlik jarohat yetkazib bo'lgan edi.
Erta tong hali chiqishga ham ulgurmagan. G'ira shira yorug' bo'lsada tanasida og'riq bilan uyg'ongan Kessy asta o'rnidan turdi. U yotoqda uxlab yotgan Jiminga hatto e'tibor bermay deraza tomon oshiqdi.
Derazaga qararkan kechagidan farqli ravishda ayni damda qora ferari yolg'iz emas Taehyung ferariga suyangancha Kessyni derazasiga nigohini qaratdi. Ikki nigoh to'qnashdi.
— nega ketmayabsan. Axir hammasini ko'rdingku. Nega o'zingni ham meni ham qiynayabsan. TAE. — Taehyung Kessyga biroz muddat tikilgancha qararkan nigohlari horg'in. U butun tunni bedor o'tkazgandi. Endi sevgilisi unga tegishli emasdi. U asta mashinaga mindi. O't oldirishni boshlaganoq Kessy aqlini unutgancha u tomon yugurdi. Zinalardan shiddat bilan tushaarkan uy ichida uni hech kim ko'rmasdi. Oyog'i qoqilib yiqilgan vaqtida ham to'xtamadi. Hovlida kechagina tushgan kelinning yugurishiga faqat qorovullar va derazdan bu manzarani kuzatayotgan Jimin guvoh bo'ldi. Kessy mashina oldiga borganda allaqachon g'oyib bo'lishi kerak bo'lgan ferari joyida turardi. Qizni ko'rgan Taehyung mashinadan tushdi. Ikkisi ham bir biriga so'zsiz nigoh ila qarab turarkan biri qo'lini uzata olmas boshqasi bo'lsa "qol" deya ayta olmasdi.
— Shunday turaverasanmi
— nega bu yerdasan, tunni bu yerda o'tkazishingdan nima ma'no bor — Taehyung yuzini teskari tomon burdi. Sovuq ta'sirida egnidagi faqatgina yengi kalta libos bilan turgan Kessyni hichoq tuta boshladi — Taehyung bas qil YETAR ENDI,.. hiq.. NEGA MENI Azob... hiq.. LASHNI BUNCHA... hiq.. YAXSHI KO'RASAN. SHU YO'L BILAN MENDAN QASOS... hiq.. OLMOQCHOMISAN — Taehyung hech bir so'z uning yoniga borib ustitagi yengil kostyumni Kessyga kiydirdi.
— maqsadim qasos emas. Shunchaki seni ko'rmoqchi edim. — Taehyung Kessyni lablariga nigoh tashladiyu lekin jurati yetmay peshonasiga labini bosdi. Peshonasiga bosilgan iliqlikdan Kessy ko'zlarini yumdi. Endilikda u ko'z yoshlarini yashirishga urunmasdi. Taehyung uning oqayotgan yoshlarini barmoqlarini yordamida artdi — qachondir men va sen biz bo'lamiz — Taehyung peshonasini Kessyni peshonasiga bosib atiga 5 soniya bosdi. Kessy jim va harakatsiz turardi. Taehyung tezda peshonasini olib Kessyga nigoh tashladiyu ortiga qaramasdan mashinasiga o'tirib ketdi.
Kessy toki mashina g'oyib bo'lmaguncha tik yoqda turib kuzatdi. G'oyib bo'lishi bilan yerga yiqildi. Alam bilan g'oyib bo'lgan mashina ortidan qararkan ko'zidan oqayotgan yoshlar to'xtamadi.
— Shumidi sen istaging. Sen xudbinsan deb o'ylagandim. Ammo hozir seni kim deb atay na xudbinlik qilding, na ojizlik — Jimin Kessyni kuzatgancha — ayol qalbiga tushunish mushkul.
— endi bu ko'z yoshlaringni foydasi bormi ? — degan tovush yuragidan chiqgandek, Kessy boshini ko'tardi .
Sukutdagi dardkash.
U endi ro'yo emas — bu og‘riq ichida shakllangan fikr, his, hayol. Balki haqiqiy hayotdan ko‘ra ko‘proq tush. Ko‘proq Kessyning o‘zi. Kessy ohangsiz ovozda javob berdi.
— U ketmoqda, Sanha... Tae hatto ketyabman demadi. Hech qanday xayrlashuv yo‘q. Go‘yo men hech qachon bo‘lmagan man. —Sanha uning qarshisiga ohista cho‘kdi.
— Chunki sen ham hech qachon uni to‘liq ushlamading, Kessy. Har safar taqdir qo‘lingga tutqazganida — sen uni itarding. So‘ngra... Ushlab qolishni sevgingni tushungan vaqting kech edi.
Kessy ko‘zlarini yumdi. So‘z og‘ir edi. Ammo bu haqiqat edi. Yuragining eng chuqur burchagida yashiringan, biroq hozir endi yuzasiga chiqqan qoralik.
— Men bunga loyiq emasman. Uning sevgisiga, qolishiga, hatto ko‘z yoshlari uchun ham. — u ovozini zo‘rg‘a chiqardi. — Men uning ko'z oldida boshqa bir odam bilan turmush qurdim. Men vahshiy maxluqman. Men buni tanladim..
— Sen o‘zingni jazolayapsan, — dedi Sanha muloyim, lekin aniq ohangda. — Uning ketishini to‘xtatishing mumkin edi. Yolg‘onlar ortiga yashirinmay, “qol” deyishing mumkin edi.
— Yo‘q, — dedi Kessy keskin. — Men buni deya olmayman. Chunki men endi o‘zimni oppoq qila olmayman. Qanday qilib “qol” deyman, Sanha? U meni sevganda — men jim edim. U azob chekkanida — men Jimin bilan indamay turmush qurdim. Endi esa men uni sevganimni anglaganimda... kech bo‘ldi. Bu sevgi — xuddi so‘nggi metro singari... eshiklari yopildi, vagon harakatga tushdi, men esa perronda qolib ketdim. — Sanha indamadi. Faqat jimlik. Bu sukut so‘zlardan qattiqroq edi.
— Jimin bilan to‘y... — Kessy ovozini pasaytirdi. — Bu na sevgi, na erkinlik. Bu — qochish. O‘zimdan, hislarimdan, va hattoki Taehyungdan qochish. Men bilaman, men Taehyungni sevaman. Lekin bu sevgi men uchun jazoga aylangan.
— Demak, sen uni sevasan, lekin aybdorsan. Jazoga loyiqsan. Shu bois sevgini boy berding. — Sanha Kessyning fikrlarini so‘zlab berdi. — Unda... savol: Sen uchun u qaytib keladimi? — Kessyning ko‘zlarida ko‘z yoshi tovlanib chiqdi. U bu savolga javob bera olmasdi. Chunki u bu javobni bilardi — lekin o‘zi qabul qilishdan qo‘rqardi.
— Yo‘q... u qaytmaydi. U mendan voz kechdi. To‘g‘ri qildi. —Sanha o‘rnidan turdi.
— Kessy butun dunyoni hatto o'zingni aldashing mumkin biroq meni emas. Men sening yolg'onlaring ro'yosi bo'libgina qolmay qalbingni bir parchasiman. U qachondir qaytishini bilamizku. — Kessy yuragini changalladi. Ko‘z yoshlari endi to‘xtamasdi.
— Ha... men ham o‘zimni aldadim. Chunki men sevgi deb atalgan narsaga loyiq emasman.
— Unda bugun sen sevging bilan birga ikki qalbni ham o'ldirding , Kessy. Qutlug‘ bo‘lsin dafn marosimi.