Ari's Fanfics
Nikohdan keyingi kunlar Ari uchun bir xil o‘tardi.
U har tong katta sovuq xonada yolg‘iz uyg‘onardi.
Jimin deyarli uyda bo‘lmasdi. Kechalari kelar ba’zan esa umuman kelmasdi.
Xizmatchilar ham Ari bilan ortiqcha gaplashishmasdi. Ular uchun u shunchaki mafia boshlig‘ining soqov xotini edi.
Ammo Ari baribir har kuni nimadir qilib oʻzini chalgʻitardi.
Ertalab turib uyga qarardi.
Jimin uchun nonushta tayyorlardi.
U keladimi-yo‘qmi — baribir kechki stolni tayyorlab qo‘yardi.
Bir kuni kechqurun katta zalda ovozlar eshitildi.
U bilan birga yana bir nechta odam bor edi. Qattiq kulgi va shovqin eshitilardi.
Ari oshxonadan chiqib sekin qaradi.
Jimin divanda o‘tirardi. Uning yonida chiroyli kiyingan ayol turardi. Ayol Jiminning yelkasiga suyanib kulardi.
— Jimin sen rostdan uylandingmi? — dedi Rose kulib.
Ari qattiq ranjidi. Ammo hech narsa qila olmasdi.
Ari shunchaki stolga choy qo‘yib, jimgina qaytib ketdi.
O‘sha kecha
Kecha juda kech bo‘lganda Jimin xonasiga kirdi.
Ari kravat yonida o‘tirgan edi.
Jimin kiyimini yechib unga qaradi.
— Bugun seni ranjitib qo‘ydimmi?
Ovozida pushaymonlik yo‘q edi shunchaki savol bergandi xolos.
Ari sekin unga yaqinlashdi. Uning qo‘lida kichik dori qutisi bor edi.
Ari uning qo‘lini ushlab ishora qildi.
U yerda kichik jarohat bor edi.
— Sen hali ham menga mehribonlik qilmoqchimisan?
U yarani tozalab bint bilan bog‘lab qo‘ydi.
Jimin uning yuziga qarab qolgandi.
Bu qizni bugun hammaning oldida ranjitdim.
Ammo u baribir menga mehribonlik qilyapti. Nega bunaqa qiz bu?
Bir necha kundan keyin Ari hovliga chiqa boshladi.
U bog‘da sayr qilar ayniqsa oq atirgullarni parvarish qilishni juda yoqtirardi
U gullarni sug‘orayotgan payt uy qo‘riqchilaridan biri unga yordam bera boshladi.
— Siz bu ishni qilmasangiz ham bo‘lardi xonim — dedi yigit.
Shu payt ularni uzoqdan kimdir kuzatayotgan edi.
Qo‘riqchi Ari ga kulguli narsa aytib kuldi.
Ari ham jimgina biroz kulib qoydi.
Qo‘riqchi darhol ortga chekindi.
Ari hayron bo‘ldi lekin indamay Jiminning aytganini qildi.
Tun kirdi.
Kechqurun xonada yana jimlik hukm surardi.
Jimin deraza yonida oʻychan turardi.
— Sen u bilan nima haqida gaplashayotgan eding?
Ari bosh chayqadi. Ular deyarli gaplashmagandi.
— Demak sen boshqalarga jilmayasan.
Ari yuragining tez urayotganini his qildi. Jiminning atiri oʻziniki bilan qorishib Arini yanada hayajonga solardi.
Jimin uning iyagidan ushlab ko‘zlariga qaradi.
— Ammo menga qaraganda jim turasan.
Jimin Ari qoʻrqayotganini sezib ovozini pasaytirdi.
Ari sekin boshini pastga tushirdi.
Shunda Jimin kutilmagan ish qildi.
Jimin Arini belidan ushlab o‘ziga tortdi.
Ularning orasidagi masofa yo‘qolib ketdi. Ayni damda ikkisining yuragi bir biriga hamohang tarzda urardi...
— Men rashk qilmaydigan odam edim.
U Ari ning koʻzlariga qarab davom etdi:
— Ammo sen bilan hamma narsa g‘alati bo‘lyapti Ari
Ari Jiminning ko‘zlarida birinchi marta sovuqlik emas boshqa bir narsa borligini sezdi.
Jimin sekin uning peshonasiga qaynoq labini tekkizdi.