March 13

Jinʼs Fanfics for Minsu

Eyes to eyes

By_Jin

EP. 4

Uyda bugun ham odatdagidek jimlik hukmronlik qilar edi.

Bu uyda sukunat ham g‘alati — bu shunchaki tinchlik emas balki ichida ko‘plab sirlarni yashirib turgandek tuyulardi.

Minsu yana kutubxonada yolg‘iz o‘tirardi.

Oldida ochiq papka.

Ichida esa o‘sha surat.

Jin va kichkina qizaloq.

Minsu bu suratni bir necha daqiqadan beri qo‘lida ushlab turar bu papkani yopishga ham suratni qayta ko‘rishga ham ikkilanardi.

Oʻsha surat

Nihoyat Minsu asta pichirladi:

— Siz kimsiz aslida…

Orqasidan eshik sekin ochildi.

Minsu seskanib ortiga o‘girildi.

Jin eshik yonida turar u odatdagidek sokin ko‘rinardi, lekin nigohi darrov stol ustidagi papkaga tushdi.

Jin

— yana shu rasmni topdingmi.

Minsu asta bosh irg‘adi.

— Bu qiz kim?

Jin javob bermadi.

U ichkariga kirib stol yoniga kelib turgach bir necha soniya suratga qarab turdi.

So‘ng u papkani ehtiyotkorlik bilan yopdi.

— Bu eski hikoya.

Minsu ko‘zlarini undan uzmadi.

Minsu

— Siz meni kuzatishni boshlagan vaqtiz bilan bog‘liqmi bu rasm?

Bu savol Jinni asabiga tegib ketgani aniq edi.

— Balki...

— Balki?

— Ba’zi narsalar… aytilishiga hali biroz vaqt kerak.

— Siz har doim shunday qilasiz.

— Nima qilaman

— Javob bermaysiz.

Jin Minsuga qaraganda bu safar nigohida sovuqlik yo‘q edi.

— Agar hamma narsani aytsam… sen bu yerda qolmaysan.

Minsu oʻylanib qolgancha javob bermadi.

Chunki u ham buni his qilardi.

Jinning sirlarida qo‘rqinchli narsa bor edi.

Oradan bir necha kun o‘tib
uyda g‘alati harakatlar boshlangandi.

Xizmatkorlar tinmay yurishardi.

Bog‘ bezatilayotgan edi.

Minsu buni tushunmasdi.

U zinadan tushib kelayotganida oʻziga yaqin boʻlib qolgan xizmatkor qizlardan biri jilmayib qo‘ydi.

— Tabriklaymiz Minsu xonim.
Ari qoʻllaridagi qizil atirgulni Minsuga uzatdi

Ari

Minsu hayron qoldi.

— Nima uchun Ari?

— Bugun sizning tug‘ilgan kuningizkuuuu.

Minsu bir lahza jim boʻlib qoldi.

Chunki uni o‘zi ham bu kunni unutib qo‘ygandi.

.......

Bog‘ butunlay boshqacha ko‘rinardi.

Daraxtlarga mayda chiroqlar osilgan.

Shamlar yonib turardi.

Stol ustida katta tort.

Minsu hayratdan atrofga qarab turardi.

Bularni kim…?

Orqasidan tanish ovoz eshitildi.

— Men qizaloq.

Shu paytda Jin bog‘ yo‘lagidan kelayotgan edi.

U doimgidek qora kostyumda lekin bugun uning ko‘rinishi boshqacha edi.

Kamroq sovuqqon...

U Minsu yoniga kelib to‘xtadi.

— Tug‘ilgan kuning bilan.

Minsu hali ham hayratda edi.

— Siz… bularni hammasini men uchun qildingizmi?

Jin yelkasini qisdi.

— Bu qiyin emas qizaloq.

— Siz doim hamma qizlarga shunaqa sovg‘a berasizmi?

— Yo‘q.

— Unda nega bugun nega aynan menga?

Jin unga bir necha soniya tikilib turdi:

— Chunki bugun sen 25 yoshga to‘lding

Minsu sekin kulib qo‘ydi.

— Siz hammasini eslab yurarkansizda.

— Men hech qachon unutmaganman. Ayniqsa senga taalluqli boʻlganlarini

Minsu tabassum qilib tort oldida turardi.
Shamlar yonib turar uning yonida esa Jin turardi.

— Tilak tila.

Minsu ko‘zlarini yumdi.

Bir necha soniya o‘tdi.

Keyin Minsu quvonchdan porlayotgan koʻzlarini ochib shamlarni o‘chirdi.

Shu payt Jin sekin gapirdi:

— Sen tilagingni aytmading.

— Agar aytsam amalga oshmaydi.

Jin minsuga juda yaqin egildi.

— Balki men amalga oshira olarman.

— Siz hamma narsani qila olmaysiz.

— Sen uchun qilaman.

Jin cho‘ntagidan kichkina quti chiqardi.

— Bu senga.

Minsu hayron bo‘ldi.

— Yana sovg‘ami?

— Koʻr-chi senga yoqarmikan.

Minsu qutini ochdi.

Ichida nozik chiroyli kumush taqinchoq bor edi.

— Juda chiroyli ekan.

-Buni maʼnosini bilasanmi qizaloq

- qanday maʼnosi bor

- chigʻanoq ichidagi qimmatbaho dur huddi men va sendek. Men chigʻanoq misol seni himoya qilaman va doim qalbimga yaqin joyda asrab avaylayman

Jin taqinchoqni olib Minsuga yaqinlashdi

— Ruxsat berasanmi?

Minsuning nafasi hayajondan biroz tezlashdi.

Jin ehtiyotkorlik bilan marjonni uning bo‘yniga taqdi.

Barmoqlari tasodifan Minsuning bo‘yniga tegdi.

Minsu seskanib ketdi.

Jin darrov qo‘lini tortdi.

— Uzr qizaloq

Minsu asta boshini chayqadi.

— Yo‘q… hammasi joyida Jin

Ular bir necha soniya shunday juda yaqin turishdi.

Oralaridagi masofa juda kichik edi.

— Men 10 yil kutdim

— Nima uchun?

Jin uning ko‘zlariga qaradi.

— Chunki seni majburlashni istamadim

— Siz meni o‘g‘irladingiz.

Jin sekin jilmaydi.

— Ha.

— Bu ham majburlash.

Jin unga yaqinroq egilib sochlarini siladi.

— Ammo men hech qachon seni majburan sevdirishga harakat qilmadim.

— Agar men sizni hech qachon sevmasamchi?

Jin bir lahza jim boʻlib qoldi.

— Unda men baribir kutaman.

Bu gap Minsuni mutlaqo jim qoldirgandi. Chunki u bunday javobni kutmagandi

Tungi bog‘

Shamol sekin esardi.

Daraxtda chiroqlar miltillar Minsu bir qadam Jinga yaqinlashdi.

— Siz haqiqatan ham shuncha vaqt meni kutdingizmi?

— Ha.

— Va yana kutasizmi?

Jin javob bermadi.

U shunchaki unga qarab turdi.

Bu nigoh hamma javobdan ham kuchliroq edi.

— Siz juda g‘alatisiz.

— Buni bilaman.

— Ammo…

U bir lahza ikkilanib qoldi.

— Endi sizdan qo‘rqmayman.

Bu gap Jinni bir soniyaga gangitib qoʻygandi

So‘ng u ham ilk bor yoqimli jilmaydi.

Bu uning kamdan-kam ko‘rinadigan haqiqiy jilmayishi edi.

O‘sha kecha juda uzun boʻldi.

Va birinchi marta…

Minsu qochishni o‘ylamadi.

U faqat osmonga qarab oʻzini kuchli erkak quchogʻida juda xavfsiz his qilayotganidan mamnun edi.

Jin esa hali ham o‘sha xavfli sirli lekin endi oshiqqa aylanib qolgan holda turardi....

Va ularning hikoyasi endi boshlanayotgan edi...

Bu esa hikoyani endi Ishq atalmish koʻchalarda kezishiga ishora edi........