April 22

Harin❤️ Sunghoon

Happy birthday baby

Tong hali to‘liq yorishmagan, maktab hovlisi esa odatdagidan ham sokin edi. Faqatgina bitta odam bugun erta kelgan — va u ham boʻlsa Sunghoon.

U qo‘lida kichkina quti ushlab sinf eshigi yonida turardi.

— Bugun aytaman… albatta aytaman— dedi u o‘ziga oʻzi

Bugun oddiy kun emas edi. Bugun Harinning tug‘ilgan kuni edi.

Dars boshlanishidan biroz oldin Harin sinfga kirib keldi. Sochlari yengil shamolda hilpirab yuzida odatdagidek sokin tabassum bor edi. Va bugun u har galgidan ham goʻzalroq koʻrinardi Sunghoonning koʻziga

— Erta kelibsizmi Sunghoon — dedi u kulib.

Sunghoon biroz hayajonlandi.

— Ha… shunchaki…

U gapini davom ettira olmadi. Yuragi tez urardi.

Kun davomida u bir necha marta Haringa yaqinlashmoqchi bo‘ldi, lekin har safar kimdir halaqit berardi. Darslar tugagach esa Harin sumkasini yig‘ib chiqib ketmoqchi bo‘ldi.

— Harin! — nihoyat chaqirdi Sunghoon.

Qiz ortiga o‘girildi.

— Ha?

Sunghoon unga yaqinlashdi. Bir necha soniya jim turdi keyin qo‘lidagi qutini uzatdi.

— Tug‘ilgan kuning bilan.

Harin hayron bo‘lib qutini oldi.

— Rahmat… lekin buni nega

— Ochib ko‘r — dedi Sunghoon sekin.

Quti ichida kichkina qjuda chiroyli bilaguzuk bor edi. Ichki tomoniga esa xat bor edi: “Doim yoningda bo‘lishni xohlayman.”

Harin bir zum jim boʻlib qoldi.

— Sunghoon…

— Men… seni anchadan beri yoqtiraman — dedi u nihoyat, ko‘zlarini olib qochmay.

— Bugun aytmasam yana jur’at qilolmayman deb o‘yladim.

Atrof sokin edi. Faqatgina yurak urishlari eshitilayotgandek.

Harin asta kuldi. Bu safar odatdagidan boshqacha, iliqroq edi.

— Men ham kutgandim qachon aytarkin deb.

Sunghoon hayron bo‘ldi.

— Nima?

— Men ham sizni yoqtiraman — dedi Harin sekin uyalib

Shu on go‘yo butun dunyo to‘xtagandek bo‘ldi.

Sunghoon yengil kulib yubordi, ichidagi barcha hayajon birdan yo‘qolgandek.

— Demak… bu tug‘ilgan kuning eng yomon sovg‘a emasmi?

Harin boshini chayqadi.

— Yo‘q. Eng yaxshisi.

Ular yonma-yon maktabdan chiqib ketishdi. Quyosh botayotgan edi, lekin ular uchun aynan shu kun yangi boshlanish edi.