Ari's fanfics
Kuzning sovuq oqshomi edi. Deraza ortida yomgʻir tomchilari shisha yuzasida sirgʻalardi. Uy ichida esa undan ham sovuq sukunat hukm surardi.
Ari oshxonada jim oʻtirardi. Koʻzlari qizarib ketgan qoʻllari esa titrardi. Jimin eshik oldida turgancga oyoq kiyimini yechayotgan edi
— Yana oʻsha staff qizlaringiz bilan edingizmi?
— Ari charchadim. Har kuni bir xil gap.
— Chunki har kuni bir xil holat! Men sizni kutaman… siz esa boshqa qizlar bilansiz. Konsertda ham atayin qilgandek qilyapsiz
Jimin jahli chiqib telefonini devorga otib yubordi
— Men ishlayapman biz uchun sal ayollik qila olasanmi oʻzingni erkakdek tutmay
— Biz uchunmi — Ari kulib yubordi ammo bu kulgi alamli edi
— Siz allaqachon “biz” degan narsani unutib boʻlgansiz
Ari asta barmogʻidagi nikoh uzugiga qaradi. Shu uzukka tikilgancha koʻzlari yoshga toʻldi.
— Bilasizmi… men sizni juda ham qattiq sevgandim
— endi sevmas ekansanda qoyil oldingda erlik hurmatimni koʻrib turibman
— Yoʻq endi sevmayman Chunki sevgan odam sevganini bunaqa sindirmaydi
Ari uzukni yechdi. Jiminning koʻzlari beixtiyor oʻsha uzukka tushdi.
— Oʻsha sizga mehr beradigan stafflaringizga taqing
Jiminning sabri tugadi jahldan aqldan ozayozdi
— Nega? Ogʻriyaptimi? Menchi?! Men har kuni oʻlayapmankuuuuuuuu
— Men senga hech qachon xiyonat qilmaganman
— Ammo meni yolgʻiz qoldiryapsiz oldingidek quchoqlamaysiz erkalamaysiz
Uy ichida faqat yomgʻir ovozi eshitilardi.
Ari koʻz yoshlarini artib unga yaqinlashdi.
— Men siz uchun yetarli emasman shundaymi mendan koʻrmaganlaringizni koʻchadan olyapsiz
Jimin bir soniya jim qoldi. Aynan shu sukutning oʻzi Arining yuragini tilka-pora qilgandi
— Javob bermang… koʻzlaringiz aytib boʻldi
Ari eshik tomon yurdi.
Jimin esa jahldan Arining ortidan baqirdi:
— Ketmoqchi boʻlsang ket Ana katta koʻcha
Ari toʻxtab qoldi.
Jimin gʻazab bilan davom etdi
— bilib qoʻy men bu uzukni senga hech qachon qayta taqmayman oʻzing hammasini yoʻqotding eʼtiborimni ham mehrimni ham
Bu gapdan keyin Ari sekin ortiga qaradi.
— Siz shu gapni aytguncha… shunchaki ketma deb quchoqlashingizga umid qilgandim
Va oʻsha kecha ikkalasi ham oʻz sevgisini yoʻqotishdi
Jimin parkdagi oʻrindiqda oʻtirib Roseni kutardi. Kuz havosi yana oʻsha eski tunni eslatardi.
Rose uning hayotidagi ideal qiz edi.
Mehribon
Tushunadigan
Rashk qilmaydigan
Doim uni qoʻllab quvvatlaydigan
Ammo negadir Jiminning qalbidagi boʻshliq hech toʻlmasdi.
Shu payt kichkina qadam tovushi eshitildi.
Oppoq palto kiygan mitti qizaloq yugurib kelib Jiminning oyogʻidan quchoqladi.
Qizaloq boshini koʻtarib kuldi. Huddi Jiminning oʻzi edi. Bir xil koʻzlar. Bir xil kulgi.
Jimin uni koʻtarib oldi Qizaloq esa uning yuzidan oʻpa boshladi
Va oʻsha lahzada Jiminning yuragi toʻxtagandek boʻldi.
Chunki Ari ham uni aynan shunday oʻpar edi…
Jiminning nafasi toʻxtab qolgandek boʻldi.
Birdan orqadan tanish ovoz eshitildi.
Jimin boshini koʻtardi.
Va vaqt toʻxtagandek boʻldi.
Ari uzun qora palto kiyib olgan ochlari yelkasiga tushgan. Ammo koʻzlari… avvalgidan ham charchagan edi.
Ari qizaloqni tez quchoqlab oldi.
— Qizim, nega bunaqa qilasan? Begona odamlar bilan gaplashma degandim-ku
Ari gapi tugamay koʻzlari Jimin bilan toʻqnashdi.
Ikkisi ham jim.
4 yildan beri bir-birini koʻrishmagandi.
Jiminning ovozi zoʻrgʻa chiqdi.
Ari labini tishladi.
Jiari esa hech narsani tushunmay kulardi.
Bu gap Ari yuragiga pichoqdek botdi.
Jimin esa qizaloqqa tikilib qoldi.
— Bolani oldirib tashladim.
Oʻsha kun.
Yomgʻirli kunda
Ajrashishgan kun
Jiminning parchalangan qalbi va oxirgi aytgan gapi
Jimin faqat bitta narsani oʻylardi.
“Toʻrt yil davomida mening qizim oʻsibdi…”
— Sen… bolani oldirib tashladim deganding…
— Oʻsha kuni siz meni koʻchaga haydagandingiz Jimin. Men esa qornimdagi bolam bilan yolgʻiz qolgan edim. Yonimda faqat u bor edi. Uning yuragi urib turgandi.
— Men sizga qaytishni juda xohlagandim… ammo sizning koʻzlaringizda men allaqachon ortiqcha odam edim. Farzandimiz tugʻilgach u sizning oʻrningizga kelgan baxt kabi boʻldi ond ichaman unga sizni faqat yaxshi ota sifatida tasvirladim siz rostdan ham shunday ota boʻlardingiz
Jiari esa hech narsani tushunmay ikkisiga navbat bilan qarardi.
Jimin qizini mahkam quchoqlab oldi.
Va ilk bor hayotida oʻzini haqiqatan ham baxtli his qilgandi.
Uni yuragidagi boʻshliq qaysidir manoda toʻlgandi
— Nega?.. Nega mendan yashirding?..
— oʻsha kuni toʻxtatmaganimni sababi sen mensiz baxtliroq boʻlasan deb oʻyladim seni juda koʻp qiynadim
U asta yaqinlashdi. Ammo Jiari bilan Ari yonida turgan Jiminni koʻrib toʻxtab qoldi.
Vaziyatni tushunish qiyin emasdi.
Rose sekin jilmayishga urindi.
Ari esa qizini bagʻriga bosdi.
— Shu sabab har safar kechalari jim qolardinguxmi?..
Chunki Ari uning birinchi muhabbati edi.
Va hech qachon yuragidan ketmagandi.
Keyingi kunlar Jimin uchun azob boʻldi.
Bir tomonda Rose.
Uning idealidagi qiz. Tinchlik bergan inson.
Boshqa tomonda esa Ari va Jiari.
Oʻzi bilmagan holda yoʻqotgan oilasi.
Jiari esa har kuni unga yaqinlashardi.
— Dada oyim muzqaymoqni yaxshi koʻradilar
— Dada nega oyim kechalari yigʻlaydilaar
Har bir savol Jiminning yuragini ezardi.
Bir kuni kechqurun Ari uyi yonida yomgʻir ostida avtobus bekatida turganida Jimin uni topdi.
— Yoʻq. Men seni unutmaganman.
— Men sizga endi mos emasman. Sizni shuncha qiynadim. Osha kuni korib qolmaganizda edi Rose bilan hozir baxtli kunlariz davom etayotgan boʻlardi
— Sen doim menga mos boʻlgansan
— Unda nega bunchalik urushardik?...
Rashk.
Baqirishlar.
Jim qolishlar.
Sindirilgan ramkalar.
Yarashib yana sevishlar.
Chunki ular bir-birini haddan ortiq sevishgandi.
Jimin Ari qoʻlidan ushlab qattiq quchoqlab oldi.
— Men juda charchadim, Jimin… sizni judayam sogʻindim judayam
Jimin uni qattiqroq quchoqlab oldi.
— Endi yolgʻiz emassan azizam men yoningdaman hammasi yaxshi boʻladi
Uzoqda esa Jiari derazadan kulib ularga qarab turardi.
Autor: Sevgi tariflab boʻlmas tuygʻu. Uni yoʻqotish juda oson.
Va balki…
Baʼzi muhabbatlar hech qachon tugamaydi balki toʻxtagan joyidan davom etadi.