Jinʼs Fanfics for Minsu
Jin stol yonida shunchalik sovuq va daxshatli turardiki xonada hech kim gapirishga jurʼat eta olmasdi.
Qo‘riqchilar ham, yordamchilar ham… hatto nafas olishga qo‘rqayotgandek edi.
Keyin qog‘ozni gʻijimlab tashladi.
Yonida turgan odam darrov javob berdi:
— biz minsu xonimni taqinchoqlariga qoʻyilgan chip orqali ularni topdik boss.
U asta yurib deraza oldiga bordi.
Shahar chiroqlari uzoqda miltillardi.
Ammo uning ko‘zlarida faqat bitta narsa bor edi.
So‘ng juda sokin lekin dahshatli ovozda dedi:
— Bu safar hech kim tirik qolmaydi.
Boshi negadir qattiq og‘riyotgandi.
Devorda faqat bitta lampochka yonib turardi.
U nafasini rostlashga harakat qildi.
Uning yuzida sovuq tabassum bor edi.
— Bilasanmi — dedi u — Jin seni deb butun shaharni yoqib yuborishga tayyor.
Oʻsha notanish erkak stol ustiga bir surat tashladi.
Minsu qarab yuragi siqilib ketdi.
Erkakning nigohi oʻtkirlashdi.
— Uni kim o‘ldirganini bilasanmi?
— Jin yillar davomida meni qidiryapti.
— U seni topadi va jirkanch hayotingga nuqta qoʻyadi
— Men uning eng zaif joyini topdim.
Tashqarida yomg‘ir yog‘a boshladi.
Qora mashinalar yo‘l bo‘ylab tez harakatlanardi.
Uning qo‘llari musht bo‘lib tugilgan.
Hech kim gapirmasdi. Orada faqat sovuq sukunat ajal nafasi bor edi xolos
Yomg‘ir tomchilari uning yuziga tushdi.
Ammo ichida kim borligini u juda yaxshi bilardi.
Bir soniyada hammasi boshlandi.
O‘q ovozlari ketma ket butun uyni tutib ketdi.
Qorong‘i yo‘laklar bo‘ylab odamlar yugurdi.
Qarshisidan chiqqanlarni ayamay yoq qilardi.
Bu endi oddiy jang emasdi
Bu — qasos edi.
Minsu tashqaridan kelayotgan shovqinni eshitib boshini koʻtardi
— U keldi — dedi oʻsha erkak kulib.
Bir odamning boshsiz tanasi yerga yiqildi.
Jin ust boshi begona insonlar qoniga belangan holda eshikda juda sovuq nigohda turardi..
Uning nigohi faqat Minsuda edi.
Uning harakati ehtiyotkor edi.
— Men seni bu yerga olib keldim
— Nega? — dedi Jin sovuq ohangda.
— Chunki sen hamma narsani yo‘qotishingni xohlayman
— Sen singlimni mendan tortib olding.
— kel senga bir haqiqatni aytaman baribir hozir oʻlib ketasan singling aslida tirik va u shuncha yildan beri seni koʻz ostingda ulgʻaydi
- shuncha payt u seni uyingda xizmatkor boʻlib yashadi ha bu oʻsha sen yoqtirmaydigan lekin sevgiling ancha yaqin boʻlib qolgan xizmatkor qiz Ari aslida seni singling Ara
— To‘xtaaaaaaaaaa
Minsu qattiq baqirdi.
Jin ham qurolini olib oʻq uzdi.
Otishma ovozi butun xonani dahshatga soldi.
Minsu qimirlamay koʻzlarini ochishga qoʻrqib qattiq yigʻlardi.
Jin minsuni qattiq quchoqlab oldi
- Tshh boʻldi boʻldi hammasi tugadi men seni yoningdaman jin Minsuni koʻtarib olib ketdi.....