Jinʼs Fanfics for Minsu
Minsu uyg‘onganidan beri vaqt qanday o‘tayotganini bilmasdi.
Bu uy juda katta edi. Yo‘laklari uzun derazalari baland ammo hamma joyi jimjit.
Ba’zan uzoqdan xizmatkorlarning ovozi eshitilardi xolos.
Minsu eshikni yana bir bor ochishga urindi.
Eshik qulflanmagan edi.
Minsu hayron bo‘ldi.
U asta yo‘lakka chiqdi.
Yo‘lak bo‘ylab yurarkan, yuragi juda tez urardi. Har bir qadamida u yana o‘sha sovuq ko‘zli erkakni uchratib qolishidan qo‘rqardi.
Pastki qavatga tushadigan zinaga yetganda birdan ovoz eshitildi.
— Sen bu yerda yurmasliging kerak.
Minsu seskanib orqasiga o‘girildi.
U zinaning pastida turardi. Qora kostyum sokin yuz ammo ko‘zlarida tushunib bo‘lmaydigan sovuqlik.
Minsu bir qadam ortga chekindi.
Jin javob bermadi.
Faqat asta zinadan ko‘tarilib unga yaqinlashdi.
- Menga yaqinlashmang karateni bilaman iya vuya chalpak qilib tashlayman sizni
— Bu yerda senga hech kim zarar yetkaza olmaydi.
Jin bir lahza jim boʻlib qoldi.
Bu gap unga yoqmagani aniq edi.
— Agar seni ranjitmoqchi bo‘lganimda — dedi u past lekin qatʼiy ovozda — seni bu yerga olib kelmasdim.
Jin unga tikildi.
Ammo bu safar ham javob bermadi.
— Xonangga qayt.
Bu buyruq edi.
...Keyingi kunlar g‘alati o‘ta boshladi.Minsu erkin yurishi mumkin edi… lekin faqat uy ichida.
Bog‘ga chiqmoqchi bo‘lganida esa qo‘riqchilar darrov yo‘lini to‘sardi.
Jin esa deyarli ko‘rinmasdi.
Ba’zan kechasi uzoq yo‘lakdan uning qadam tovushi eshitilardi xolos.
Bir kuni Minsu kutubxonani topdi.
U yerda minglab kitoblar bor edi.
U kitob javonlari orasida yurib ketayotganida birdan bir stol ustida turgan betartib kitoblarni ko‘rib qoldi.
Ularni qiziqib ochib ko‘rdi.
Va yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
Turli yoshdagi.
Maktabdagi.
Ko‘chadagi.
Hatto avtobus bekatidagi.
Orqasidan esa oʻsha tanish sokin ovoz eshitildi.
— Ularni ko‘rmasliging kerak edi.
Bu savol emas edi.
Jin Minsuga yaqinlashdi.
Minsu hayratdan gapira olmadi.
Jin yana jim boʻlib qoldi.
Go‘yo u ham javob berishni istamayotgandek edi.
— Ba’zi narsalarni hozir bilmaganing yaxshi.
Bir kuni kechasi Minsu uyg‘onib ketdi.
Pastdan baland ovozlar eshitilardi.
U ehtiyotkorlik bilan zinadan tushdi.
Katta zal eshigi yarim ochiq edi.
Ichkarida bir nechta erkak turardi.
Ammo bu safar u boshqacha edi.
Sovuq. Qo‘rqinchli.
Uning qarshisida turgan odam qo‘rqib gapirardi.
— Sen bossning hududiga kirgansan… Men ogohlantirgandim.
Xonadagi hamma jim bo‘lib qoldi.
Jin erkakni ogʻziga toʻpponchani solib otib tashladi
Minsu eshik ortidan hammasini ko‘rib turardi.
Shu payt Jin birdan boshini ko‘tardi.
Uning nigohi to‘g‘ri eshik tomonga qaratilgandi.
Odamlar darrov xonani tark etishdi.
Bir necha soniyadan keyin Jin eshikni ochdi.
— Sen buni ko‘rmasliging kerak edi.
— Siz… odamlarni oʻl....oʻldirasizmiiii.