Ari's fanfics
Ertalabki Seoul koʻchalari odatdagidek shovqinli edi.
Metro ham odam bilan to‘la. Ari esa Minsuni yelkasiga osilgancha uyqusirab ketardi
— Onniii… men bugun universitetga bormayman…
Ikkalasi bir haftadan beri deyarli dam olmayotgandi ertalab universitet kechqurun cafe uyga qaytgach toliqish dars va imtihonlarga tayyorgarlik…
Universitetga yetib kelishlari bilan Ari partaga boshini qo‘ydi
— Men faqat shu yerdagina uxlay olaman.
Minsu uni yoniga o‘tirib daftarlarini chiqardi.
— Tursang yaxshi bo‘lardi bugun kerakli mavzu oʻtiladi
— Katta bo‘lish juda qiyin ekan…
Minsu bir necha soniya jim boʻlib qoldi.
Keyin sekin Ari sochini qulog‘i orqasiga olib qoydi.
Ari darrov Minsuni quchoqlab oldi.
— Men sizni juda yaxshi ko‘raman 😭
— Bilaman kichkintoy bo‘g‘ma endi
Dars tugagach ikkalasi yugurgancha cafega yetib kelishdi.
Eshik ochilishi bilan Jin ularni ko‘rib hushtak chaldi.
— Va nihoyat bizning studentlar ham keldi.
— Universitet shunchalik qiyinmi?
— Men bugun 발표 (prizintatsiya) ham qildim…
— Men stressdan “감사합니다” o‘rniga “사랑합니다” deb yubordim 😭
Jin bir soniya jim qoldi. Keyin qattiq kulib yubordi.
— Sen professoringga “sizni sevaman” dedingmi😂
— Men endi u darsga qanday boraman😭
Orqada coffee tayyorlayotgan Jimin lab uchida kulib qoydi.
Ari darrov buni payqab qoldi. (Koʻrdilarmi burgut koʻzmanda😂)
Jimin indamay muzlatgichdan nimadir oldi. Keyin Ari oldiga energetik qo‘ydi.
— Bilaman lekin ko‘zing yumilib ketyapti
Ari endi ichmoqchi boʻlganda Minsu olib qoydi
— senga mumkin emas bu yoshiga toʻlmagansan
— iltimos mendan soʻramay narsa bermang unga energetik mumkin emas. Qahva ham mumkin emas. Qon bosimi bor. Uni sogʻligi men uchun muhim
Minsu arini sochlarini silab yaxshi koʻrgan ichimligini berdi. Ari Minsuni quchoqlab yuzidan oʻpib qoʻyib mazza qilib icha boshladi
Jin endi Minsuga gapirmoqchi boʻlgan payt cafe egasi chiqib keldi.
— Jin Minsu. Outside delivery bor. Hozir borib kelasizlar.
Jin esa allaqachon kurtkasini olayotgandi.
— Sovuq javoblaringa qaramay men seni yoqtirib boryapman
Minsu ko‘zini aylantirib tashqariga chiqdi🙄
Tashqarida havo juda sovuq edi
Ikkalasi delivery qutilarini ko‘tarib yonma-yon yurishardi.
Avvaliga juda jimlik faqat qadam tovushlari
— Sen charchadingmi - deb so‘radi.
— Yolg‘on ko‘zlaringdan bilinib turibdi
Minsu indamay yurishda davom etdi.
Bir necha daqiqadan keyin Jin uning qo‘lidagi og‘irroq qutini oldi
— Beling og‘rib qolsa keyin ertaga ishga kim chiqadi
Minsu unga qarab qoldi. Jin Minsudan biroz oldinlab ketishga ulgurgandi
Negadir shu oddiy gap Minsuning yuragiga g‘alati tegib ketgandi.
Shu payt shamol qattiq turib Minsuning ochiq qo‘llari muzlab qoldi.
Jin yaqinidagi avtomatdan issiq coffee olib unga uzatdi.
— Men sizdan buni so‘ramadimku
— Bilaman lekin baribir icharding
Bu payt cafeda ichida qurti bor Ariyingiz ishkal chiqarishni davom etardi😂
Ari kassada yana hayot uchun kurashayotgandi 😭
— Aaa… latte one… no two… ay wait…
Jimin indamay uning yoniga keldi.
Kassani tez bosib buyurtmani to‘g‘irladi.
Keyin buyurtma qogʻozini chiqarib Ari tomonga uzatdi.
— Men qachon sizdek bemalol ishlay boshlayman…
— Shoshilmasang tezroq o‘rganasan.
— Siz doim shunaqa jiddiy bo‘lasizmi
— Sen doim shunaqa kulgili bolasan bo‘lasanmi?
Jimin indamay boshqa tomonga yurib ketdi.
Bu safar u rostdan ham kulgandi
Kech tushganda Ari bilan Minsu zo‘rg‘a uyga yetib kelishdi.
Kvartira kichkina bo‘lsa ham hozir ular uchun eng comfort joy edi 😭
Ari eshik yopilishi bilan polga o‘tirib oldi.
— Men boshqa katta odam bo‘lishni xohlamayman😭…
Minsu kurtkasini ilarkan kulgandek bo‘ldi.
— Koreya meni sindiryapti onni…
Ari ingrangancha divanga sudralib chiqib yotib oldi.
Minsu esa oshxonaga kirib ramen tayyorlay boshladi.
Kvartira ichi asta-sekin ramen hidi bilan to‘ldi.
Ari blanketga o‘ralib telefonini tomosha qilgancha birdan to‘xtab qoldi.
— Sizningcha men bugun yana qovun tushirdimmi
Minsu suvni aralashtirib turib gapira boshladi
— Kichkintoy sen har kuni qovun emas tarvuz tushirasan😂
— Jiminni yonida ham tentakka oʻxshab korinsam kerak
— Jimin menimcha shunday o‘ylaydi
— U bugun senga butun kun qarab yurdi.
— Men uning oldida juda ahmoqqa o‘xshayman…
Arining yuragi yana tez urib ketdi 😭
Shu payt Minsuning telefoniga xabar keldi.
U beixtiyor ekranga qarab qotib qoldi
Minsu telefonni teskari qilib qo‘ydi
Ari birdan telefonni tortib oldi.
Ekranda: “Uyga yetib oldingmi?” degan xabar turardi.
Minsu darrov telefonni qaytarib oldi.
— Ovozingni pasaytir tentak qiz bizni uydan haydab yuborishadi
— “Bilmayman” emasmasku nima boʻldi aytib bering
Minsu beixtiyor qizarib ketdi.
Ari esa divanda dumalab kula boshladi
— VAAAAAYYYY MENING ONNIYIM SEVIB QOLYAPTI