March 11

Jinʼs Fanfics for Minsu

Eyes to eyes

By_Jin

EP. 3

Vaqt g‘alati narsa.

Ba’zan bir kun ham o‘tmayotgandek tuyuladi.
Ba’zan esa yillar qanday o‘tib ketganini sezmay qolasan.

Minsu uchun bu uyga kelgan ilk oylar cheksiz qamoq kabi edi.

Har tong u uyg‘onganda birinchi oʻylagan narsasi shu bo‘lardi:

Bugun qochib ketaman.

Ammo har safar biror narsa uni to‘xtatardi.

Ba’zan qo‘riqchilar.
Ba’zan baland devorlar.
Ba’zan esa… o‘zi ham tushunmaydigan narsa.

Birinchi yil

Qish edi.

Bog‘ qor bilan qoplangan.

Minsu deraza yonida turib tashqariga qarardi.

Bu uy chiroyli edi. Hatto juda chiroyli. Ammo baribir u o‘zini oltin qafasda yashayotgandek his qilardi.

Bogʻ

Shu payt eshik sekin ochilib

Jin kirib keldi.

U har doimgidek sokin edi. Go‘yo bu uy ham oʻz xoʻjayini misol viqorli va butunlay sokin boʻlgani kabi

Jin

Minsu darrov yuzini boshqa tomonga burdi. Chunki u bilardi Jindan koʻzlarini olib qochishning imkoni yoʻq edi

— Yana meni kuzatyapsizmi? dedi u sovuq ohangda.

Jin deraza yoniga kelib sekin Minsuni yoniga oʻtirdi.

— yoq seni kuzatmayapman.

— Unda nega bu yerga keldingiz

Jin bir necha soniya jim turdi.

— Tashqari sovuq.

Minsu kulib yubordi.

— Siz meni ob-havo haqida ogohlantirish uchun keldingizmi. Jin gidrometeorologiya xizmati ogohlantiradi Minsu tashqarida havo sovuq muzdek viyy🥶

Minsu

Jin unga kulib qaradi.

Uning nigohida qandaydir quvonch oʻynagandek boldi.

— Sen hali ham meni yomon ko‘rasanmi

Minsu esa shunchakijavob bermadi.

Ammo ichida bir narsa titrab ketgandek boʻldi

Bir necha oy o‘tib kuni kechasi Minsu qattiq shamolning ovozidan uyg‘onib ketdi.

U pastga tushdi.

Katta zal qorong‘i, faqat bitta stol ustida chiroq yonib turardi.

U yerda Jin o‘tirardi.

Oldida bir nechta qog‘ozlar va telefon.

Minsu uni birinchi marta charchagan holatda ko‘rdi.

Jin boshini ko‘tardi.

— Uyqung kelmayaptimi?

— Siz ham uxlamayapsiz.

Jin yelkasini qisdi.

— Ish qizaloq

Minsu

Minsu Jindi yoniga suv qôydi

Shamoldan qoʻrqarding ishga berilib yodimdan koʻtarilib ketibdi shuning uchun uxlolmayapsanmi

Siz buni qayerdan bilasz
Minsu stulga Jinning yoniga ótirdi

Shunchaki bilaman qizaloq jin choʻntagidan minsuga bounty uzatdi

Minsu shokoladni olib yegancha asta Jinning hujjatlarini tomosha qila boshladi.

Stol ustida xaritalar va turli belgilar bor edi.

— Siz doim shunaqa yashaysizmi?

— Qanday?

— Doim jangga tayyor bo‘lgan ajdarho jangchisidek.

Jin jilmaygancha biroz o‘ylanib qoldi.

— Ha.

— Charchamaysizmi

Jin unga qaradi.

— Ba’zan.

Bu javob juda oddiy edi. Ammo unda qandaydir og‘irlik bor edi.

Minsu birinchi marta Jinga odam sifatida qaradi.

Faqat mafiya emas.

Ikkinchi yil

Minsu endi uydagi hamma joyni bilardi.

Kutubxona uning eng sevimli joyiga aylandi.

Bir kuni u kitob o‘qib o‘tirganda orqasidan ovoz eshitildi.

— Bu kitob zerikarli.

U o‘girildi.

Jin javon yonida turardi.

— Siz bu kitobni o‘qiganmisiz?

— Ha

— Unda nima uchun bu yerda turibdi?

Jin yelkasini qisdi.

— Sen topishing uchun.

Minsu hayron qoldi.

— Demak siz… meni bu yerda nima qilayotganimni bilasiz.

Jin jilmaydi.

— Bu uyda men bilmaydigan narsa kam. Aynan shu kitobni oʻqishni istagansan men uni oʻqib chiqdim lekin zerikarli ekan

Minsu asta kitobni yopdi.

— Siz juda g‘alatisiz.

— Buni ko‘p eshitganman.

Bu safar Minsu ham sekin kuldi.

Bu ularning birinchi tinch suhbati edi.

Uchinchi yil

Bir kuni Minsu nihoyat bog‘ darvozasigacha yetib bordi.

U qo‘riqchilar yo‘q paytni kutgandi.

Darvoza yarim ochiq edi.

Yuragi tez urardi.

- Men ketaman… nihoyat ketaman

U bir qadam tashladi.

Shu payt orqasidan tanish ovoz eshitildi.

— Agar chiqib ketsang…

Minsu to‘xtadi.

Uning orqasida Jin turardi.

— … qaytib kelolmaysan.

Minsu sekin o‘girildi.

— Bu tahdidmi?

— Yo‘q

— Unda nima?

— Haqiqat

Minsu darvozaga qaradi.

Erkinlik.

Shahar.

Eski hayoti.

Keyin yana Jinga qaradi.

— Siz meni baribir kuzatasiz to‘g‘rimi?

Jin javob bermadi.

Ammo qaysidir maʼnoda bu ham javob edi.

Minsu darvozani sekin yopdi.

O‘sha kuni u birinchi marta o‘zi qaytib keldi.

Beshinchi yil

Uyda hamma narsa o‘zgargandi.

Endi Minsu Jindan qo‘rqmasdi.

Ba’zan ular birga ovqatlanardi.

Ba’zan esa bog‘da jim sayr qilishardi.

Bir kecha ular balkonga chiqishdi.

Shahar chiroqlari uzoqdan miltillan juda chiroyli ko‘rinardi.

Minsu sekin so‘radi:

— Siz meni birinchi qachon ko‘rgansiz Jin?

Jin uzoqqa qaradi.

— Maktab hovlisida.

— Men nima qilayotgandim?

Jin sekin jilmaydi.

— Kulayotganding.

— Va siz shunchaki… meni olib ketishga qaror qildingizmi?

Jin boshini chayqadi.

— Yo‘q.

— Unda?

— Men seni uch yil kutdim.

Bu gap Minsuni jim qoldirdi.....

Yettinchi yil

Vaqt yeldek o‘tib ketgandi.

Minsu endi 25 yoshga yaqinlashayotgandi.

Bir kuni u yana kutubxonada oʻziga tanish eski papkani topdi.

Ichida yana suratlar bor edi.

Eng oxirgi surat esa boshqacha edi.

Unda Minsu emas.

Unda Jin turardi.

Va uning yonida kichkina qizaloq.

Minsu hayron qoldi.

— Bu kim?

Orqasidan yillar davomida qalbiga sokinlik bergan tunlari shamoldan qoʻrqib uygʻonganda uni ovutgan oʻsha tanish ovoz keldi.

— O‘tmishi..

Jin eshik yonida turardi.

Jin Minsuni qolidan papkani olib asta yopdi.

— Hali buni bilishingga vaqt bor.

Minsu uning ko‘zlariga qaradi.

Bu safar u yerda sovuqlik emas… qandaydir yashirin og‘riq bor edi.

Va Minsu bir narsani tushundi.

Jinning hikoyasi hali boshlanmagan edi....