May 20

Ari's fanfics

Muhabbat cafesi☕️

By_Ari

EP. 1

Kechki Incheon.

Salqin shamol metro bekati yonidagi reklama bannerlarini sekin qimirlatardi. Ari ikki qo‘li bilan kapyushonini ushlab odamlar orasidan zo‘rg‘a yurib kelardi.

— Onniii… sekinroq yuring…

Oldinda ketayotgan Minsu orqasiga qaramasdan:

— Kichkintoy seni deb yana kech qoldik - dedi.

— Men emas… metro…

— Metro aybdor bo‘lsa ham sen yugurishing kerak edi.

Ari labini cho‘chchaytirib unga yetib oldi.

Ari

Ikkalasi bir haftadan beri Koreyada edi. Hammasi hali ham g‘alati tuyular begona til begona odamlar uyga o‘xshamaydigan kichkina kvartira va har kuni “hammasi yaxshi bo‘ladimi?” degan ichki qo‘rquv.

Bugun esa ularning yangi ishdagi birinchi kuni edi.

Ko‘cha burchagidagi estetik café tashqaridan juda chiroyli ko‘rinardi. Katta oynalar, sariq chiroqlar, ichkaridan kelayotgan coffee hidi…

Oʻsha cafe

Ari hayajondan Minsuning yengidan tortdi

— Onni… juda chiroyli ekaaaaaaan…

— Hozir yiqilib tushaman tentak qiz

Ular ichkariga kirishi bilan eshik ustidagi qo‘ng‘iroq jarangladi.

— 어서오세요

Past sokin ovoz.

Ari boshini ko‘tardi.

Kassaning orqasida oq koʻylak kiygan yigit turardi. Sochlari biroz ko‘ziga tushgan. Yuzida deyarli hissiyot yo‘q.

Ari bir necha soniya tikilib qoldi.

Jimin

Yigit esa ularga qisqa qarab yana oʻzini ishiga shoʻngʻib ketdi.

— Sizlar yangi staffsizmilar?

Bu safar boshqa ovoz eshitildi.

Uzun bo‘yli keng yelkali ochiq chehrali yigit qo‘lida quti ko‘tarib kelayotgandi.

Jin

— Ha — Ari tez javob berib sal egilib qo‘ydi

— Biz…

— Sekin kichkintoy

Minsu Arini yengidan tortib quti unga tegib ketmasligi uchun sal chetga tortdi.

— Bugundan ishlashimiz kerak edi.

— Aaa to‘g‘ri. Meni ismim Jin.

Jin kulib minsuga qoʻl uzatdi.
Ammo Minsudan javob boʻlmadi

-kechirasz bizni yurtimizda erkaklar bilan qoʻl berishib koʻrishish mumkin emas

— ha tushunarli uzr soʻrayman. Xoʻsh bu esa Jimin.

Jimin boshini yengil qimirlatdi xolos.

Ari POV

Buncha sovuq odam ishqilib xato qilib qoʻymayda bolmasa aniq baqiradi shu yigit

Jimin POV

Buncha shovqin soladi qiz… boshogʻriq boʻladi aniq bu

— Ismingiz? — dedi Jin.

— Men Minsu

— Men Arimaan

— xmm yaxshi. Bugun odam ko‘p bo‘ladi. Qo‘rqmanglar o‘lib qolmaysizlar😂

— Ishonchingiz komilmi? — dedi Minsu sovuqqina

Jin kulib yubordi🤣

— Xarakteriz yoqdi

Minsu ko‘zini aylantirdi🙄

Ari esa allaqachon atrofni tomosha qilish bilan band edi. Devorlardagi suratlar yozuvlar lampalar…

Orqaga yurayotib esa…

TAAAQ PAAQ 💥

Kim bilandir urilib ketdi.

Yigitning qoʻlidagi muzli coffee qopqog‘i ochilib yarimi polga to‘kildi.

Ari qotib qoldi.

Sekin boshini ko‘tardi.

Bu Jimin edi.

Ari ichida allaqachon o‘lib bo‘lgandi🥹

— M-men kechirim so‘rayman…

Bir necha soniya sukut

Keyin Jimin qo‘lidagi salfetkani unga uzatdi.

— Ehtiyot bo‘ling

Faqat shu.

Na jerkish.

Na jahl.

Lekin negadir Ari undan battarroq uyalib ketdi.

Jin uzoqdan kulib yubormaslikka harakat qilardi.

— Birinchi kundanoq drama boshlandi shekilli.

— Jim bo‘ling — dedi Minsu.

— Siz meni urishyapsizmi?

— Kerak bo‘lsa ha.

Jin yana kuldi.

Jin

Shu payt Ari polni artishga urinar hayajondan yana salfetkalarni tushirib yubordi.

Jimin indamay egilib ularni terib oldi.

— Men qilaman — dedi u past ovozda

Ari uning qo‘lidagi uzun barmoqlarga qarab qoldi.

Yuragi negadir biroz tez urayotgandi.

Va bu Koreyadagi yangi hayotining faqat birinchi kuni edi.

Oradan ikki soat o‘tdi.

Cafe asta-sekin odam bilan to‘lib borardi. Coffee mashina ovozi stakanlar jarangi past ovozdagi musiqa — hammasi Arining boshini biroz aylantirib yuborayotgandi.

— Onniii… men charchadim😫…

Ari stol artayotgancha ingradi.

Minsu esa idishlarni to‘g‘rilab:

— Hali boshladik-ku
kichkintoy - dedi.

Minsu onniyim😘❤️

— Koreyada odamlar nega buncha coffee ichadi…

— Chunki sen kabi uyquchi emas ular.

Ari burnini tortib qoʻydi.

Shu payt kassaga ikkita mijoz yaqinlashdi.

Ari darrov tik turib oldi.

— Men olamaaaaan!

Minsu shubhali qaradi

— Ishonching komilmi?

— Albatta

Ikki daqiqadan keyin esa…

Ari kassaga tikilib qotib qolgandi.

Mijoz nimadir tez-tez gapiryapti. Ari esa vahima ichida.

— Aaa… ice… no… hotu…?

— 아… 네… 두 잔이요.
— Ne?
— 딸기라떼 두 잔…

Ari ko‘zini katta ochdi.

“딸기…?” Qulogi eshityapti ammo miyasi tarjima qilmayotgandi

U tasodifan ekrandagi noto‘g‘ri tugmani bosib yubordi.

PIK.

PIK

PIIIIIIIIK.

Birdan kassadan nimadir chiqib ketdi.

— Ay?!

Mijozlar ham hayron.

Ari esa deyarli yig‘lashiga sal qolgandi.

Shu payt yonidan ovoz eshitildi.

— Men qilaman

Jimin uning yoniga kelib turdi.

Ari sekin chetga surildi.

Jimin bir qo‘li bilan kassani tez bosib, boshqa qo‘li bilan buyurtma cheki chiqardi.

— 딸기라떼 두 잔 맞으시죠?

— 네 맞아요.

Bir necha soniyada hammasi hal bo‘ldi.

Ari unga tikilib qoldi.

— Men… xato qildimmi?

— Uchta cheesecake qo‘shib yubordingiz.

Ari qotib qoldi.

— Nimaaa😫😭

Jiminning lab cheti juda bilinmas kulgandek bo‘ldi.

— Hech nima emas. Bekor qildim.

Ari yuzini ikki qo‘li bilan yopib oldi.

— Men uyga ketaman😭…

Ari

— Birinchi kun uchun bu oddiy holat.

— Sizga normaldir…

— Siz juda vahima qilyapsiz hammasi joyida men shu yerdaman oʻzim yordam beraman

Ari unga qaradi. Bu gap jerkish emasdi. Aksincha… tinchlantirgandek edi.

Shu payt orqadan Jinning ovozi keldi.

— Ari-shi cafeni bankrot qilmasangiz bo‘ldi

— AAAAA ONNIII QARANG U MASXARA QILYAPTIII

Minsu patnis ko‘tarib kelgancha

— Siz hali tirikmisiz? - dedi

Chunki bu yerda eng katta yoshli ishchi faqat Jin edi.

Jin hayron bo‘lib kuldi

— buncha sovuq gapirasiz Minsu-shi tirikman tirikman.

— men dinozavrlarga qoʻshilib qirilib ketdizmi debmanda

— qarangaa menga yordam kerak edi aslida men sizni izlab yurgandim

— O‘zingizda qo‘l yo‘qmi

— Yuragimni sindirdingizku💔

Minsu befarq o‘tib ketdi.

Jin esa uning ortidan qarab kulib turardi.

— Xarakteri juda qiziq ekan.

— O‘ynashmang hyun

— Menmi? U birinchi meni urishyapti-ku.

— Baribir.

Jin bir zum Jimin tomonga qarab qoldi.

— Sen esa nega Ariga bunchalik yumshoqsan? Biror marta stafflarga yordam berganingni koʻrmagandim

Jimin javob bermadi.

U uzoqdan Ariga qaradi.

Ari esa boshqa stol yonida menyuni teskari ushlab olganini endi sezgancha
- ONNIII MENI UYATDAN QUTQARING 😭 deb Minsu tomonga yugurayotgandi.....

Sevgi kafesida buguncha sarguzashtlar shu yergacha edi keyingi qismlarda sizlarni kutib qolamiz Florals. Kanalimizga obuna bolishni unutmang💚