May 23

Ari's fanfics

Muhabbat cafesi☕️

By_Ari

EP. 3

Bugun cafeda odatdagidan tinchroq kun edi.

Tashqarida havo sovuq.
Deraza oynalari bug‘lanib ketgan.
Ichkarida esa coffee hidi va past ovozdagi musiqa yangrardi

Ari kassaga boshini qo‘yib injiqlandi

— Onniii zerikdim😫…

Minsu buyurtma qog‘ozlarini sanayotgandi

— Zerikishga vaqting bormi

— Bugun odam kam-ku…

— Hali kech bo‘lmadiku Ari

Shu payt cafe egasi orqa eshikdan chiqdi.

— kichik omborxonani kim tozalaydi

Birdan hamma jim boʻlib qoldi

— O‘tgan safar hamma tashlab ketgan.

Jin darrov orqaga yurdi.

— Men kassaga qarayman.

— Sen o‘tgan safar ham shunday degansan.

— Chunki men aqllimanda🤓

Jin

Cafe egasi chuqur xo‘rsindi.

— Yaxshi. Jimin, Ari sizlar kichkina omborxonani tozalaysizlar Minsu va Jin qolgan qutilarni yuqoriga olib chiqasizlar.
Buguncha odam kam buyurtmalarni oʻzim qabul qilaman

Ari ko‘zini katta katta ochdi.

— Menmi…?

Ari

Jimin indamay fartugini yechib kichik omborxona tomon ketdi

café orqasidagi kichkina xona edi.
Tor.
Biroz qorong‘i.
Tokchalarda coffee paketlari va eski qutilar turardi.

Ari birinchi bo‘lib bidillashni boshladi. Chunki bizni Ariyimiz gapirmasa ichida gap qaynaydigan xumchasi oshib toshib ketadi

— Bu yer qoʻrqinchli kinolardagidek ekaaan…

— Xm

— Siz har narsaga Xm deysizmi

Jimin unga qaradi.

— Sen esa hamma narsa gap topasana

— Bu hozir hazilmi

— Bilmayman.

— Siz hazillashishni bilmas ekansiz

Jimin qutini joyiga qo‘yar ekan lab cheti juda bilinmas kulib qoydi

Jimin

Ari darrov ko‘rib qoldi.

— VAAAAAY SIZ KULDINGIZ

— Yo‘q

— men koʻrdim

— Sen ko‘p narsani ko‘rasan

— hihihi😁

Ari yuqoridagi tokchaga cho‘zildi

— Men olaman

Quti og‘irroq boʻlganligi uchun oyog‘i sirpanib ketdi

— Aaaaaaaa

Jimin Arining belidan ushlab qoldi.

Quti yerga gursillab tushdi
Agar Jimin Arini ushlab qolmaganida Ari jiddiy jarohat olishi mumkin edi

Ikkalasi ham jim.

Arining yuragi shunchalik qattiq urardiki bu ovoz Jiminga ham eshitilardi

Jimin darrov qo‘lini olib biroz orqaroq yurdi

— Ehtiyot bo‘l

Ari esa hali ham miyasi ishlamay qolgancha

— H-ha…

deb turardi.

Shu payt boshqa tomonda haqiqiy tragediya bolayotgandi😂

Jin narvonni ushlab turardi

— Ishon men professionalman

Minsu yuqoridan sovuq qarab qoʻydi.

— Sizga ishonishim uchun sabab yo‘q

— Yuragingga ishon

— Yuragim qarilarni yoqtirmaydi

— sen meni yuragimni parchalading

Minsu qutini yuqoriga joylashtirdi.

— Bo‘ldi tushaman

Jin ataylab narvonni sal qimirlatti.

— AAAAAAA

Minsu qo‘rqib Jinning yelkasidan ushlab oldi.

— Sen hozir meni quchoqladingmi?

— Men sizni itarib yuboraman hozir.

— Lekin qo‘llaring hali ham menda qizaloq

— Jim boʻling ahmoq

Minsu tushayotib rostakamiga sirpanib ketdi.

Bu safar Jin darrov uning belidan ushlab qoldi.

Minsu ko‘zini katta ochdi.

Jin birinchi marta juda jiddiy gapirdi.

— Yaxshimisan?

Jin

Minsu bir necha soniya javob bera olmadi.

Negadir yuragi juda tez urayotgandi. Balki bunga sabab qoʻrquv balki qarshisidagi kelishgan keng yelkali yigit buni hatto oʻzi ham bilmasdi

— Qo‘limni qo‘yib yuboring… dedi oxiri past ovozda.

Jin asta qo‘yib yubordi.
Lekin ko‘zini undan uzmasdi.....

...Oradan biroz vaqt o‘tib hamma ishini tugatdi.

Ari charchab stulga o‘tirib oldi.

— Meni uyga koʻtarib olib ketasiz onnni😭😫 yoki men shu yerda qolaman

Jin darrov

— Unda seni shu yerda tashlab ketamiz - dedi

— Onniii qarang meni tashlab ketishyapti 😭

Minsu suv ichayotib kulib yubordi

— tentak qiz seni hech kim tashlab ketmaydi

Shu payt cafe tashqarisida odamlarning shovqini eshitildi.

Ari deraza tomonga yurdi.

Keyin birdan hayajon bilan qichqirdi.

— QOOOOOOOOOR 😭😭

Hammasi derazaga qaradi.

Oppoq qor sekin tushayotgandi.

Ari bolalardek eshik tomonga yugurdi.

— Men tashqariga chiqaman

— Kichkintoy sekin

Kech edi 😭

Ari eshikdan chiqqach sirpanib ketdi. ( Kordilarmi opalaringni aytganini qilmasanglar shunaqa boʻladi ozi doim)

Lekin bu safar ham uni qutqarishdi.

Chunki ortidan kelayotgan Jimin uni qo‘lidan ushlab qolgan edi.

Ari unga qaradi.

Qor parchalari Jiminning qora sochlariga tushayotgandi.

Bir necha soniya hech kim gapirmadi.

Keyin uzoqdan Jinning ovozi eshitildi.

— Menimcha sening full-time ishing Arini qutqarish bo‘lib qolgan uka

Ari darrov qizarib ketdi.

Odatda Jimin bunaqa gaplarga javob bermasdi.

Lekin bu safar…

U Ari qo‘lini qo‘yib yuborishdan oldin juda sekin:

— Balki - deb qoʻydi🥹🤍