March 9

Jinʼs Fanfics for Minsu

Eyes to eyes

By_Jin

EP. 1

Seul kechasi yana qora rangga botdi.

Shahar markazidagi ulkan binoning eng yuqori qavatida bir odam jim turardi. Deraza ortidan shahar chiroqlari miltillashini sovuqqina kuzatib turgan bu odam — Kim Seokjin edi

Seokjin

Ko‘pchilik uchun u faqat boy biznesmen edi.
Ammo yer osti dunyosida hamma uning boshqa nomini bilardi.

“Qirol”

U boshqaradigan mafiya imperiyasi butun shaharga hukmronlik qilar edi.

Jin esa hech narsaga qiziqmasdi. Pul kuch odamlar — hammasi unga allaqachon zerikarli bo‘lib qolgan.

Ammo bir kun hammasi o‘zgargandi.

~~~~~

Bir necha yil oldin

Jinning qora mashinasi maktab yonida to‘xtadi.

U dushmanlaridan birini kuzatish uchun kelgandi. Lekin mashinadan tushmoqchi bo‘lgan payti…

kulgi eshitildi.

Oddiy beg‘ubor kulgi.

Jin oynadan tashqariga qaradi.

Maktab hovlisida bir qiz dugonalari bilan kulishib turardi.

Qoramtir uzun sochlar.
Yorqin ko‘zlar.
Va yuzidagi beg‘ubor tabassum.

Minsu.

Jin bir necha soniya qimirlamay qoldi.

— Boss? — haydovchi ehtiyotkorlik bilan so‘radi.

Jin javob bermadi.

U faqat qizga qarab turardi.

Ichida g‘alati bir narsa uyg‘ondi.

U buni tushunmadi.

Lekin o‘sha kundan boshlab…

Jin har kuni shu maktab yonidan o‘ta boshladi.

Oradan bir oy o‘tib

Jin o‘z odamlaridan biriga buyurdi.

— U qiz haqida hamma narsani bil.

U hayron bo‘ldi.

— Qaysi qiz boss?

Jin sovuq ohangda dedi:

— Maktab hovlisida kulib turgani.

Bir necha kun o‘tib barcha ma’lumotlar keldi.

Ismi: Minsu.
Yoshi: 15.
Oddiy oila farzandi.
Mafialarga hech qanday aloqasi yo‘q.

Jin qog‘ozni jim o‘qidi.

— Uni kuzating.

— Boss?

— Hech kim unga yaqinlashmasin.

O‘sha kundan boshlab
Minsu buni bilmasdi.

Lekin har kuni kimdir uni kuzatardi.

Kimdir uning yo‘lini xavfsiz qilardi. Har qadamda uni himoya qilardi

Bir kuni bir necha bezori yigitlar Minsuni ko‘chada jigʻiga tegishdi.

Ertasi kuni ular bedarak yo‘qoldi.

Minsu esa hech narsani tushunmasdi.

Mana shu tarzda oradan 3 yil o‘tdi.

Jin hali ham uni kuzatardi.

Minsu endi 18 yoshga yaqinlashayotgan edi.

Jin qorong‘i xonada turgancha suratga qaradi.

Minsuning rasmi

— Yana oz qoldi.

Yonida turgan yordamchi ehtiyotkorlik bilan so‘radi:

— Nimaga oz qoldi boss?

— Men uni kutyapman.

— Nima uchun?

— Chunki u hali beg‘ubor.

Keyin sovuq ohangda qo‘shdi:

— 18 ga kirgan kuni… men uni olib ketaman.

Vanihoyat osha kuni keldi 3 yil 8 hafta 6 kun 5 soat

Minsu — endi 18 yoshda edi

Minsu do‘stlari bilan kulib uyiga qaytayotgandi. Bugun uning tugʻilgan kuni unutilmas boʻlishi uchun kechki bazm tashkil etilgan va bu bazmda nimalar boʻlishini Minsu toʻlib toshib doʻstlariga aytib kelardi.

Ko‘cha bo‘sh edi.

Birdan qora mashina uning yonida to‘xtadi.

Eshik ochildi.

Bir necha soniya ichida hammasi sodir bo‘ldi.

Qo‘l.

Qora mato.

Va qorong‘ilik.

Va oxirida Uy

Bir necha soat o‘tib Minsu asta ko‘zini ochdi.

U ulkan xonada yotardi.

Devorda qimmat rasmlar.

Deraza ortida esa katta bog‘.

U o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi.

Shu payt eshik ochildi.

Xonaga uzun bo‘yli juda chiroyli va kelishgan keng yelkali ammo sovuq ko‘zli erkak kirdi.

Jin

Minsu qo‘rqib so‘radi:

— Siz… kimsiz?

Jin unga bir necha soniya tikilib turdi.

So‘ng sokin ovozda dedi:

— Nihoyat uchrashdik.

— Men sizni tanimayman!

Jin jilmaydi ammo bu jilmayish qo‘rqinchli edi.

— Ammo men seni juda yaxshi bilaman Minsu.

— Siz meni ismimni qayerdan bilasiz iltimos meni qo‘yib yuboring

Jin unga yaqinlashdi.

Ular orasida faqat bir qadam masofa qoldi.

— Qo‘rqma. Men senga tegmayman.

Minsu hayron bo‘lib qaradi.

— Unda nega meni olib keldingiz. Fanfiklarda mafialar qizlarni shunday oʻgʻirlab kelib keyin yeydiku

Jin ancha vaqtdan beri endi handon otib kula boshladi.

— Qizaloq mafialar qizlarni yemaydi

- yeydi. Men oʻzim oʻqiganman fanfiklarda

- Mayli mayli qizaloq lekin men seni yemayman

- unda nega olib keldiz meni

-Chunki men seni 3 yil kutdim.

Jin yana bir gap qo‘shdi.

— Endi esa seni hech kimdan yashirmayman.

Minsu pichirladi:

— Bu… qamoqmi? Endi meni hamma orzularim yoʻq boʻladimi?

— Yo‘q. Bu himoya.

- Lekin nimadan

- vaqti kelsa bilib olasan qizaloq dam ol.......