May 23

Ari's fanfics

Muhabbat cafesi☕️

By_Ari

EP. 2

Ari va Minsuning bugun yangi kafeda ikkinchi kuni edi. Kechki payt cafe odatdagidan ham gavjum boʻlib ketgandi...

Buyurtmalar tinmayapti. Coffee mashina ovozi. Mijozlar navbati. Ari esa kassada deyarli adashib qolayozgandi

— Onniii men o‘lyapman…

Jin uzoqdan kuldi

— Hali 20 minut bo‘ldi-ku😭

Jin

— Men stresdamaaaaaam😫

Minsu esa ichimlik tayyorlay turib gapira boshladi

— Kichkintoy etibor qil sen bunda zoʻrsan men senga ishonaman

Ari chuqur nafas oldi. Keyingi mijoz keldi.

O‘rta yoshli erkak.

— 주문이 왜 이렇게 늦어요? (Buyurtma nega buncha kechikyapti?)

Ari tez egilib uzr soʻradi

— 죄송합니다… 금방 (kechirasiz... hozir)

Lekin u odam battar jahli chiqib gapira boshladi.

— 직원이 한국말도 제대로 못하면서 일을 하면 어떡해요?! 답답하네 진짜🤬( Xodim koreys tilini ham yaxshi bilmay turib qanday ishlayapti o‘zi jinni boʻlish mumkin )

Atrof jimib qoldi.

Ari bir lahzaga qotib qoldi.

U gaplarning hammasini to‘liq tushunmasa ham ohangini juda yaxshi tushundi.

Qo‘llari titray boshladi.

— 죄송합니다… dedi past ovozda.

— 죄송하면 다예요?! 내 주문이나 제대로 하라고요!🤬🗣 (Kechirasiz deyishingni o‘zi yetadimi?!
Buyurtmamni to‘g‘ri qabul qilishni oʻrgan)

Bu safar erkakning ovozi butun café’ga eshitildi.

Ari boshini egib yigʻlab yuborishga tayyor turgandi

Minsu borib anavi odamni oʻldirib qoʻyishni istadi bu uchun otlandi ham ammo Jin uni ushlab qoldi

Minsu

Shu payt birdan Arining yonidan ovoz eshitildi.

— 그만하세요. (Bas qiling)

Jimin Ari bilan mijoz orasiga kelib turdi.

Ovozi baland emasdi. Lekin sovuq va qat’iy edi.

— 주문은 저희가 다시 확인해드리겠습니다. 하지만 직원에게 그렇게 말씀하지 마세요. Buyurtmani qayta tekshirib beramiz. Lekin bizning xodimga bunday ohangda gapirmang

Erkak nimadir demoqchi bo‘ldi, lekin Jiminning qarashi sabab jimib qoldi.

Jimin

Bir necha soniyadan keyin esa erkak norozi bolgancha buyurtmani olib ketdi

Cafe hali ham jim edi.

Ari esa boshini ko‘tarmay turardi.

Jimin sekin kassaga qaradi. — Ari-shi

Ari indamadi

— Bu xonaga kiring

Ari indamay orqa xonaga kirib ketdi.

Qo‘llari hali ham titrardi.

Bir necha soniyadan keyin Jimin ham kirib eshikni sekin yopdi.

Ari allaqachon boshini eggancha koʻz yosh toʻkardi

Jimin ariga suv uzatdi

- ichib ol senlayversam qarshi emasmisan menda ancha kichkina ekansan

Ari suvni asta ichib hop degandek boshini qimirlatdi. Ko‘zlari qizarib ketgandi.

Ari

Jimin devorga suyangancha unga qarab turardi.

— Men yaxshi ishlolmayapman…

— Sen anchadan beri tik oyoqda yuribsan

— Baribir boshqalarga qiyin bo‘lyapti. Meni deb sizlar ham qiynalib qolyapsizlar

— Hammada birinchi kunlar shunday bo‘ladi.

Ari pastga qarab kulimsiradi.

— Sizda hammi?

— Men birinchi haftamda 6 ta stakan sindirganman.

Ari hayron bo‘lib boshini ko‘tardi.

— Rostdanmiiii

— xm

— Siz bunday qilganga umuman o‘xshamaysiz

Jimin yelka qisdi.

— Odamlar ko‘rgan narsasi doim ham to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Ari unga tikilib qoldi.

Negadir shu gap unga juda boshqacha eshitilgandi.

Shu payt tashqaridan Jinning ovozi eshitildi.

— JIMIN 😭 MENI MINSU-SHI URIB OʻLDIRADI HOZIR AKANGDAN AJRALIB QOLASAN

Ikkalasi ham beixtiyor kulib yubordi.

Jin coffee mashina yonida turib olgandi

— Men faqat hazillashdim-ku…

Jin

Minsu esa qo‘lida buyurtma qog‘ozlari bilan turardi

— Siz mijozning nomini “potato” deb yozgansiz

Minsu

— Chunki u kartoshkaga o‘xshardi

— Siz aqldan ozgansizmi?!

Jin

— Lekin siz kuldingizku

— Men kulmadim.

— Hozir labingiz qimirladi.

Minsu darrov yuzini boshqa tomonga burdi.

Jin esa asta kulib unga yaqinlashdi.

— Sen aslida juda yoqimli qiz ekansan

— Uzoqlashing.

— Yuraging tez uryaptimi?

— Sizni urib uchirib yuborishimdan oldin qochib qoling

Jin kulib ortga chekindi.

Xuddi shu payt café chiroqlari birdan o‘chib qoldi.

— AAAAAA 😭

Ari qo‘rqib ketib birdan Jiminni yengidan ushlab oldi.

Bir necha soniya qorong‘ilik.

Keyin qoʻshimcha chiroqlar yonib cafeni xira yoritdi.

Ari endi nima qilganini sezib asta Jiminni yengini qo‘yib yubordi.

— K-kechirasiz…

Jimin uning qo‘liga bir qarab qo‘ydi.

Qo‘rqma hammasi joyida

Ari shu birgina gap tufayli nega o‘zini xavfsiz his qilayotganini tushunmay qolgandi

Jimin unga qaragancha hayol surib qolgandi

Shu payt yana Jinning ovozi eshitildi.

— MINSU-SHI QO‘LIM KUYDI 😭😭

Ari beixtiyor kulib yubordi.

Ari va Jimin tashqariga chiqishganda

Minsu Jinning qo‘liga muz bosib turardi.

— Siz besh yoshli bolamisiz?

— Men yaralangan odamman

Yaralangan qush a yogʻey yaralangan pochchamiz😂

— Dramani kamaytiring.

— Lekin sen qarayotganing yoqyapti

Minsu unga sovuq qaradi. Chunki Minsuga gap otadigan yigitlar yoqmasdi.

— Qo‘lingiz yaxshi bo‘lib qoldi shekilli.

Minsu

U ketmoqchi bo‘lganda Jin sekin uning bilagidan ushlab qoldi.

Minsu toʻxtab qoldi

— Rahmat — dedi Jin bu safar jiddiy ovozda.

Jin

Minsu bir lahza unga qarab qoldi.

Keyin sekin qo‘lini bo‘shatib:

— Keyingi safar ehtiyot bo‘ling - dedi

Lekin ketayotganda qulog‘igacha qizarib ketganini o‘zi ham sezmay qolgandi