June 4, 2025

ARI'S FANFICS

🖤🔥MUHABBAT ALANGASI🔥🖤

By_Ari

EP. 19

U stulga suyandi. Qo‘llari qaltirardi.

— Jiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiin — dahshatdan Minsu baqirib yubordi.

— Jin, sizga nima bo‘ldi sizgaaaaaaaaaaaa

Ammo Jin gapira olmay yerga yiqildi.

— Jiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiin nima bo‘ldi sizgaaaa — Minsu qattiq yigʻlay boshladi

Jinning lablari oqarib ketgan nafasi og‘ir edi. Shifokor zudlik bilan yetib keldi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach Jin hushiga keldi.
Shifokor unga dorilarini bergach ahvoli yaxshilanganini korib vazifasini tugatib ketdi

Jin

— Men yana shirin quymoqlaringdan yeyishni istayman dedi Jin jilmayishga urinib.

— Jiiiiin — Minsu ho‘ngrab yig‘ladi — Nega aytmadingiz? Qand kasalingiz borligini bilardiz-ku, nega o‘zingizni ehtiyot qilmadingiz?..

Minsu

— Ey... Minsu, yig‘lama, iltimos — Jin sekin o‘rnidan turishga urinib qo‘llarini cho‘zdi. — Men yaxshiman

Minsu uning ko‘ksiga boshini qo‘yib ovozsiz yig‘lardi. Jin esa uni mahkam quchoqlab oldi.

— Boshqa shirinlik yemayman... faqat agar sen menga har kuni shirin lablaringdan boʻsa olishga ruxsat bersang — dedi u kulib.

Minsu kulib yubordi, ko‘zlarida hanuz yosh bor edi.

— unda bu ishdan keyin koʻp suv ichishingiz kerak ular judayam achchiq...

— 🤣🤣🤣 bu endi qiyin masala qizaloq aytim nimaga labim achchiq deb

- eyyyy Jiiiiin

- ehhh bu quymoqlaringdan shirinini hech qayerda topolmayman. Menga quymoq yoqadi ammo mumkin emas Shirin quymoqni ko‘rganimda yuragim ham tipirchilaydi qandim ham

Ikkalasi kulib yuborishdi. Dunyodagi eng oddiy hazil ular uchun shu ondayoq eng katta mehrga aylangandi...

Oradan bir hafta oʻtdi...

Ari shifoxona eshigidan chiqdi. Yuragi siqilib havo yetmayotgandek tuyulardi.
Oyog‘i og‘ir yuragi esa butkul bo‘sh edi.

Qo‘lida ushlab turgan qog‘oz gʻijimlanib ketgan edi yuragi kabi. Unga bu emas Jiminning
men sendan kechmadim degan so‘zlari kerak edi. Men shu yerda yoningdaman degan birgina gapini eshitishni istardi. Ammo jimlik faqat jimlik bor edi.

Ari

Ari shifoxona oldida biroz turdi. Qandaydir umidsiz istak bilan oxirgi marta — so‘nggi bor Jimin bilan yashagan manzili tomon yo‘l oldi.
Ichida "u uyda bo‘lsa kerak" degan ojizgina umid bor edi.

Qoʻriqchilar uni tanishgani uchun uyga kirishiga toʻsqinlik qilishmadi.
Ammo Jimin yo‘q edi. Hamma narsa joyida lekin u yo‘q. Xonalar jim deraza ortidan quyosh nurlari tushayotgan bo‘lsa-da bu uyda hech qanday iliqlik sezilmasdi.

Ari asta qaltiragan qo‘llari bilan telefonini oldi. “Iltimos, ko‘taring…” deb pichirladi.

Ari

Telefon ulanishi bilan Jiminning sovuq ovozi eshitildi:

— nega telefon qilyapsan?

Ari ich-ichidan titrab gapira boshladi:

— Jimin, men shifoxonadan chiqdim. Siz... qayerdasiz? Nega hech bo‘lmasa xabar ham bermadingiz? Men sizni bir haftadan beri kutyapman...

Bir necha soniya jimlik. So‘ng Jiminning ovozida tanimagan ohang eshitildi — begonalik sovuqlik hatto jahl:

— Ari bo‘ldi barchasi tugadi. Men hozir chet eldaman va qaytmayman. Koreyaga ham sening yoningga ham. Men oramizdagi har qanday rishtani uzdim. Boshqa bezovta qilma.

Ari nafasini rostlab olishga harakat qildi, ko‘zlaridagi yoshni toʻxtamasdi:

— Nega bunday deyapsiz? Birga orzu qilgandik-ku Jimin. Qanday qilib barchasini shunchaki... tugatishing mumkin?

— Sababi men zerikdim Hammasidan. Har safar senga teginish yoqmayapti. Endi meni bezovta qilma. Men o‘zgardim. Sen ham o‘zingni qiynama. Oramizda boʻlgan aloqa uchun pulingni olib ket

Jimin telefonni oʻchirdi. Ari qulog‘iga bosib turgan telefonni asta pastga tushirdi. Xuddi kimdir yuragini ko‘ksidan sug‘urib olgandek edi. Uning nafasi og‘irlashdi ko‘z yoshlari quyilib kela boshladi.

Ari yerga yiqilib qoldi.

Jimindan qolgan esdaliklar orasida, Jiminsiz, izsiz...

Davomini oʻqish uchun @Shining_Pages da qoling. Sizlar bilan Jiminning malagi Ari boʻldi🩵