May 15, 2025

ARI'S FANFICS

🖤 🔥 MUHABBAT ALANGASI🔥 🖤

By_Ari

EP. 15

......Shunda Minsu birinchi marta Jin tomonga qaradi. Jin esa hali ham atrofni kuzatayotgandi. Minsuni himoya qilishga tayyor turgan — jiddiy, ammo o‘ziga xos sokin yuz ifodasi bilan.

— Demak siz Jiminning do‘stisiz? — dedi Minsu hovliqib.

— Undan ko‘ra ko‘proq. Men... aka o‘rnidaman.

Minsu unga qaradi. Ular orasida kuchli, ammo aytilmagan bir ishonch hissi tug‘ilgandek edi.

Jin

Jin Minsuni qo‘lidan ushlab Park xonimni orqasidan ergashtirib orqa yo‘lakka olib chiqdi. Hamma yoqda o‘q ovozi — bu uy endi urush maydoniga aylangandi.

Minsu orqaga qarab birdan toʻxtab qoldi:

— Ari… u yolg‘iz qoldi! Jimin ham!

Minsu

— Men uni bilaman. Jimin hech qachon yaqinlarini yolgʻiz qoldirmaydi. Hozir siz muhimroq siz — Jimin sizsiz yo‘q bo‘ladi.

Shu paytbular orqa darvozadan chiqib Jinning mashinasida joʻnab ketishdi. Park xonimni yoʻlda mazasi qochgani uchun unga tinchlantiruvchi qilishdi. Jin asta Minsuga suv uzatdi.

— Siz... har doim shunday jiddiymisiz? — dedi Minsu qo‘rquvini yashirishga urinib.

— Yo‘q — Jin biroz jilmaydi — yuragim birinchi marta kimnidir bu darajada xavotir bilan himoya qilayapti.

Minsu unga tikildi. U Jinning ko‘zlarida — yovuzlik emas qandaydir iliqlik borligini ilk bor sezdi.

Uy ichida Ari Jimin ketganidan so‘ng deraza yonidagi qalin parda ortida yashirinib turardi. U judayam qattiq qoʻrqardi

Shu payt derazaga oʻq uzildi va singan oynalar orasidan ikki qurollangan kishi ichkariga sakradi.
Ari qattiq baqirdi:

— JIMIIIIIIIIIIIIIN!!!

U qochmoqchi bo‘ldi, lekin bosqinchilardan biri uni urib yerga itarib yubordi. Ari qattiq baqirdi:

— Iltimoooooooooooos! Kim boooooooor! Jimiiiiiiiiiin! Yordam bering!

Eshik qattiq ochildi. Jimin Butunlay qonga belangan, qoshi yorilgan, lekin nigohlarida daxshatli qahr bir kirib keldi.

Jimin

U ichkariga o‘q uzib.

— Qo‘lingni undan tort! — deya daxshatli baqirdi.

Jimin bir deganda ikkisi ham otib tashladi.
Ari daxshatdan Jiminga qarab qolgandi.

Jimin uni ko‘tarib bag‘riga bosdi:
— hammasi tugadi tibchlan! Men seni hech qachon yolg‘iz qoldirmayman endi!

Ari juda past ovozda:
— Men… men sizni yo‘qotishdan qo‘rqaman…

Jimin boshini Arining peshonasiga qo‘ydi:
— Sen menikisan. Shunday bo‘lib qoladi.

Bu vaqtda, xavfsiz hududda Jin Minsuni va Park xonimni avtomobilida olib ketarkan, yuragi g‘alati urardi. U qizga qaradi.

Minsu oynadan ko‘chalarni kuzatar, lekin hayoli boshqa joyda edi.

— Rahmat sizga… — dedi u asta.

— Siz uchun yana qilaman, — dedi Jin.
— Agar qarshi boʻlmasang seni senlayman

- qarshi emasman

-Jimin seni nima deb ataydi bilmayman, lekin men senk… — Jin to‘xtab qoldi.

Minsu unga qaradi:

— Meni nima?

Jin chuqur nafas oldi:

— Yoqtirib qolayotgandekman.

Minsuning yuragi “gurs” etdi.

Jin esa ko‘zini yo‘ldan uzmasdan asta jilmaydi.

Jin

Davomini oʻqish uchun @Shining_Pages da qoling. Sizlar bilan Jiminning malagi Ari boʻldi🩵