Jinʼs Fanfics for Minsu
Tug‘ilgan kun kechasidan keyin uy yana sokinlashgandek tuyulardi.
Bog‘dagi chiroqlar olib tashlandi. Shamlar o‘chdi. Xizmatkorlar yana odatdagi ishlariga qaytishdi.
Ammo Minsu bir narsani darrov sezdi.
U avvalgidan ham kamroq ko‘rinardi.
Ba’zan u kechasi qaytar ba’zan esa butun kun uyga kelmasdi.
Uy ichida esa yana bir o‘zgarish ham bor edi.
Qo‘riqchilar soni ko‘paygandi.
Darvoza oldida endi 2 ta emas 10 ta qoʻriqchi turardi.
Hatto bog‘ chetida ham yangi kameralar paydo bo‘lgandi.
Bir kuni ertalab Minsu zinadan tushayotganda ikki qo‘riqchining gapini eshitib qoldi.
— eshitmadingmi u odam yana paydo bo‘libdi.
Ular Minsuni ko‘rib jim bo‘lib qolishdi.
Qoʻriqchilar tazim qilib qoʻyishgancha yana oʻz joyini egallashdi
O‘sha kun tunda uy yana jimib qolgandi.
U yer hali ham uning eng sevimli joyi edi.
Kitob javonlari orasida yurarkan u yana o‘sha eski stol qarshiga keldi.
Bir necha soniya ikkilanib turdi.
Ammo bu safar papkaning oxirida yangi qog‘oz bor edi.
Va uni oʻqib yuragi orqaga tortib ketdi
Qog‘ozda shunday yozuv bor edi.
Kim Ara – 7 yosh
O‘lim sababi: otishma.
Minsuning qo‘llari qaltiray boshladi.
Jin yonida turgan kichkina qiz.
Shu payt orqasidan tanish ovoz eshitildi.
Uning yuzida odatdagi sovuqlik yo‘q edi.
Oʻrtaga bir soniya sukunat cho‘kdi.
U stol yoniga kelib gapira boshladi.
Jinning nigohi birdan sovuqlashdi.
— Men hali ham o‘sha odamni qidiryapman.
— Shuning uchun… siz bu dunyoga kirdingizmi?
Bu so‘zlar oddiy aytilgan bo‘lsa ham ichida qorong‘i og‘irlik bor edi.
Minsu sekin Jinning yuzlariga qoʻlini qoʻydi
- Jin lekin oʻzingizni hayotingizni xavf ostiga qoʻyib bunday qilishingiz singlingizni ranjitardi
- u atiga 7 yosh edi Minsu atiga 7 yosh bir kundan keyin maktabga chiqardi aynan u uchun maktab formasi sotib olgandim kiyim haliyam bor haliyam u uchun olgan oʻquv qurollarini asrayman ammo singlim singlim..
Minsu Jin ni qattiq quchoqlab oldi
Jin ilk bor koʻz yoshlariga erkinlik berdi va ayni damda qarshisidagi ayol unga qanchalik dalda boʻlayotganini tasvirlash hatto muallif boʻlmish menga ham qiyin edi...
Shu payt tashqaridan birdan baland ovoz eshitildi.
O‘q ovozi. Odamlarning shovqini
Jin darrov deraza tomonga qaradi.
Ammo uzoqdan odamlarning qichqirig‘i eshitilardi.
Uy ichida qo‘riqchilar yugurib yurishardi.
— Boss! Ular orqa devordan kirishdi!
Keyin yana o‘q ovozi xona dimogʻni achishtiradigan tutunga toʻldi.
Minsuning yuragi qoʻrquvdan juda qattiq urardi.
Bu gap juda sokin aytilgan bo‘lsa ham unda buyruq bor edi.
Ular orqa yo‘lak orqali bog‘ tomonga chiqishdi.
Faqat qorong‘i va o‘q tovushlari. Nariroqda yerda jonsiz qoʻriqchilar tanasi yotardi
— Minsuni yashirin xonaga olib boramiz.
Uy ichidagi uzun yo‘laklardan o‘tib ular kichkina temir eshik oldiga kelishdi.
Ichkarida kichkina lekin xavfsiz xona bor edi.
— Yo‘q Jin men bu yerda yolg‘iz qolmayman
Jin uning qo‘llaridan ushladi.
— Unday demang Jiiin Minsu Jin ni qattiq quchoqlab oldi
— Ertaga seni bu yerdan joʻnatib yuboraman.
— Chunki bu dunyo seni yutib yuboradi.
Bu savol Jinni bir lahzaga jim qoldirdi.
Bir necha soniya ular bir-biriga qarab turishdi. Ikkisi ham allaqachon bir biriga ipsiz bogʻlanib boʻlishganini ayni damda his qilib turishardi
— demak men seni yana himoya qilishimga to‘g‘ri kelarkan. Men qaytaman
Jin minsuni qoldirib xonadan chiqib ketdi.
Tashqarida ayovsiz va vaxshiyona jang kechardi
Tong otishiga yaqin qolganda atrof nihoyat jimib qoldi.
Jin shoshib Minsuni qoldirgan xonasiga qaytdi.
Ammo xonaga kirganida bir narsani darrov sezdi.
Stol ustida esa kichkina qog‘oz yotardi.
Unda faqat bitta yozuv bor edi.
Jinning qo‘llari jahldan musht qildi.
Uning nigohi vaxshiyona tus olib koʻzlarida gʻazab shunchalik ufurib turardiki xonadagi qo‘riqchilar hatto nafas olishga ham jur’at qilolmay qolishdi.
Jin juda sokin ovozda gapirdi:
Kim Seokjin haqiqiy jahli chiqdi. Uni yaxshi bilgan qoʻriqchilar buni juda yaxshi sezishgandi.
Jin allaqachon maxluqqa aylanib boʻlgan va ancha yillar oldin singlisidan ayrilgan gʻazablangan aka endi sevgilisini himoya qila olish uchun eng daxshatli qiyofaga kirgandi....