Begona sevgi
Jungkook kulgancha uyi tomon ketardi.
- ahh Jungkook bu qiz seni jinni qiladi - deya òziga kulib gapirdi.
Uyi oldiga keldi va ichkariga kirdi. Kirishi bilan xizmatkorlardan biri uni otasi òz ish honasida kutib turganini aytdi.
Jungkook otasining ish xonasi oldiga kelganda tòxtadi va bosh barmoģi bilan asta cherti.Kirishga ijozat berilgach xona ichiga kirdi. Xona òta tartibli va juda jiddiy kòrinardi. Xona markazidan katta stol va stullar bor edi. Aynan janob Jeon shu stolida ish qoģozlarini varaqlab kòzdan kechirardi. Òglini kirganini sezgach kòzoynagini yechib asta chetga qòydi.
- ota chaqirtirgan ekansiz.
- qònģiroq qildim nega kòtarmading mashinang ham uyda turgan ekan.
- Telefonim quvvat tugab òchgandi. Shunchaki piyoda sayr qilmoqchi edim.
- chaqirganim sababi Sen Amerikada eding va Ammangni qanchadan beri kòrmading uni kòrgani ertaga borib kel demoqchi edim.
- faqat shumi mayli.Ketsam maylimi
》》》
Arin honasiga kirdi. Bu bòlgan ishlardan sòng dush qabul qilishni hohlab vannahonaga kirdi. Iliq dushdan keyin òzini shunchalar yengil va ajoyib his qildiki buni tariflab berolmasdi. Dush halatini kiygach honaga qaytdi va nam uzun sochlarini ehtiyotkorlik bilan qurita boshladi. Oynaga qararkan uzun sochlari kòzlarini quvnatardi. Tungi kiyimlarini kiyib uxlashga yotdi. Iliq dush qilgani sababli tezda uxlab qoldi.
Tong .Kochada har doimgidek shovqin suron. Yugurishdan kelgan qiz oshxonada kordi va bir stakan suv ichagach xonasiga qaytdi. Maktab uchun tayyorlana boshladi kiyimlarini sport uchun hos kiyimdan maktabga hos bòlgan formgan ozgartiridi va biroz pardoz qildi. Sumkasiga bugun yugurishdan qaytayotib dòkondan olgan kichik pichoq haqiqiysiga birga bir ishlangan tòpponchani soldi. Bu soxta qurolni unga sotishlariga kòndirish albatta oson bòlmadi lekin nima ham deysiz pul nimalarni hal qilmaydi.Bu qurol soxta bòlsa ham undan qiz qòrqardi biroq bu òzini himoya qilish uchun zarur edi.
Maktabga ketish uchun kòchaga chiqdi va bu qòrģon haydovchisi bòlmish Niki uni olib borib qòyishini aytdi. Arin ham bunga qarshilik qilmadi. Niki haydovchi òrindiģiga òtirdi Arin esa haydovchi òrindiģi yonidagi òrindiqqa òtirdi. U orqada òtirishni unga ortiqcha mulozamat bilan eshik ochib berishlarin hech yoqtirmasdi.
- Arin maktabingni qachon bitirasan? - gap boshladi Niki .
- keyingi yil shekilli - javob berdi qiz.
- munosabat qurish haqida òylab kòrdingmi?
- Niki qòysangchi bundan mavzularni - norozi ohangda gapirdi qiz .
- nega?Axir qari qiz bòlib qolasan - hazilomus ohangda gapirdi yigit ham.
- bu haiqda tashvishlanmay qòya qol. Bilmadim munosabat qurishni hohlamayman ammo..- oxirgi sòzlar sekin aytildi va hayoliga Jungkook keldi. Nega ammo Jungkook bilan bòlgan paytlari haqida òylay boshladi. Hayollay oģushidan yonidagi insonni unga gapiryotgani anglamay qoldi.
- aa.. ha hayolim ketib qolibdi.
- ha yoģe? Hayolingni oģirlagan shahzoda kim ? - jimayib qizga qaradi.
- Niki!- yeb qòygudek qaradi qiz
Arin mashinadan tushdi va eshikni yopishdan oldin yigitga kòzlarini kosasidan aylantirib qarab qòydi va tilini chiqardi.Baholangki Niki Arin ni bu yoshbolalarcha harakatidan kulib yubordi.
Bu manzarani maktab yonida devorga suyangancha boshqa shaxs kuzatardi va bu tabiiyki uni asabini chiqazayozdi.
Qiz maktab tomon yòl olarkan ichkariga kirdi.Telefoniga sms keldi. Sms da esa shunday yozilgandi:
- " bugun kechqurun 21:00 da shahar chekkasidagi eski kitob dòkon yonida kutaman. Bugun haqiqatni bilasan...."
Arin bu sms ni kutayotgandi. U haqiqatni bilishiga endi faqat soatlar qoldi.
Telefoniga qarab karidorda ketarkan birdan qòlidan tortgan qòlar sabab esankirab qoldi. Uni qòlidan tortib devorga tiragan insonni kòrdi.
- Jun..ngkook.. . Senmiding qòrqitib yubording yaramas - ushlab turgan nafasini asta chiqardi.
- kimni kutganding - asta yaqinlashdi gapirish barobarida.
Tabiyki Arin bu masofadan òzini noqulay his qila boshladi.Yigit unga yaqinlashgan sari ichidan tushunib bòlmas hislar avj olayotgandi.
Arin yuragi tez urayotganini sezdi.
— chunki telefoningga kelgan smsni o‘qiganingdan keyin yuzing o‘zgarib ketdi.
Arin beixtiyor telefonini mahkamroq ushladi.
— meni doim kuzatib yurasanmi?
— sening boshqa ishing yo‘qmi?
Jungkookning javobi shu qadar tez chiqdiki, Arin nima deyishni ham bilmay qoldi.
Bu safar Jungkook jim bo‘lib qoldi.
Uning nigohi Arinning ko‘zlarida to‘xtadi.
— Chunki kechadan beri seni o‘ldirmoqchi bo‘lganlar ortingdan yuribdi.
Arin ham jiddiylashdi.
— Men bugun kechqurun bir joyga borishim kerak sms shu haqida holos
— Seni aytganingni qiladi deb òylayapsanmi? Men baribir boraman.
— Yo‘q Jungkook. Men onam haqidagi haqiqatni bilishim kerak.
Shu gapni eshitgan zahoti Jungkookning yuzi o‘zgardi.
Arin onasi haqidagi sirni aytib qòyganini kech tushundi.
- .......- Arin jim qoldi
— onang?
- ha onam . Onam 10 yil oldin vafot etgandi biroq bu qasddan bòlgan shekilli. Bir inson menga haqiqatni ba dalillarni berishi aytdi. Sms yozdi.
Jungkook telefonni uning qo‘lidan olib smslarni o‘qiy boshladi.
Borgan sari uning yuzi sovuqlashib borardi.
— Jin ursin...
Jungkook javob bermadi.
Aslida u sms ostidagi raqamni ko‘rib qolgan edi.
Va u bu raqamni tanirdi.
Chunki bir kun oldin aynan shu raqamdan uning otasiga ham qo‘ng‘iroqlar bo‘lgan..
- nima bòldi aytsangchi - sòroqladi qiz.
- hozircha bilmayman . Ammo shuni bilamanki bugun kechqurun hech qayerga bor-may-san - sòzlarini dona dona qilib qizga jiddiy nigohlar bila qaradi Jungkook.
- sen kimsana menga buyruq beradigan ! - Arin asabiylashgani sabab ovozi biroz qattiq chiqdi.
- Jin ursin seni himoya qilishga urinyapman axr nega tushunmaysana ? Shunchalik tushunish qiyinmi doim muammo ostida bòlasan , doim òzingni ģalvaga qòyasan - endi yigit rostakamiga asabiylashdi.
- nega ? Meni himoya qilishingni sòradimmi sendan aa?
- nima òlib ketishingni qarab turaymi? Yaqin insonlarimni e'tiborsiz qoldirolmayman tushunsangchi axir .
Arin Jungkook uni " yaqin insonlarim " deganida jimin qoldi. Qiz yigitning kòzlariga qarab turarkan hozirda uning kòzlarida ģazab va qayģurish birdaniga aks etib turgandi. Arin oziga nima bòlyotganiga tushumayotgani di. Ichida tushunib bòlmas hislar avj urayotgandi. Bir biriga sòzlarsiz tikilib turishardi toki bu sukutni qiz buzmagunga qadar . Arin òzini tartiblab oldi.
himoya qilma meni - endi yigitning qurshovidan chiqayotgandi hamki ammo Jungkook uni yana joyiga qaytarib qizning qarshiliklariga qaramasdan uning labalariga òz lablarini birlashtirdi. Boshida qiz qarshilik qildi qòllari bilan yigitni òzidan itarishga urundi ammo Jungkook bu qòllarni qizning boshi ustiga mixlab qòydi. Boshida qilingan qarshilik asta susaya boshladi va buni bilgan yigit Arinning qollarini siqishini biroz bòshatdi. Yigit qizning olcha rang lablaridan òz lablarini uzdi.
Arin bir necha soniya qotib qoldi. Yuragi shu qadar tez urardiki, hatto o'zi ham eshitayotgandek edi.
Jungkook ham jim turardi.
Odatda hazillashadigan, har narsaga gap topadigan yigit hozir negadir indamay qolgandi qizning kòzlariga qarab turardi holos huddiki faqat kòzlar bilan gapiryotgandek edi
— nima uchun ? — nihoyat Arin pichirladi.
Jungkook chuqur nafas oldi.
— Bilmayman.
Yigit bir lahza qizga qaradi va sòzga kirdi.
— Qachondan boshlanganini bilmayman. Balki sen bilan ilk marta tortishganimizdandir. Balki sohildagi o'sha kechadandir. Lekin bir narsa aniq...- yigitning sòzlaridan Arin beixtiyor uning ko'zlariga qaradi.
— Senga biror narsa bo'lishi mumkinligi haqida o'ylasam ham jahlim chiqadi.
Qizning yuragi yana tez urib ketdi.
— Jungkook...
— Men o'zimni tushunmayapman. Lekin seni xavf ostida ko'rishni yomon ko'raman.
Bu safar Arin ham indamadi.
Chunki ich-ichida u ham o'zgarayotganini sezayotgandi.
Avvallari Jungkookning sergapligi asabini buzardi endi esa bir kun uni ko'rmasa, nimadir yetishmayotgandek tuyulardi. Avvallari uning yaqin kelishidan qochardi endi esa yonida turganida o'zini g'alati darajada xotirjam his qilardi va shu narsa uni eng ko'p qo'rqitardi.
Chunki u asta-sekin Jungkookga bog'lanib borayotganini inkor qila olmay qolgandi.