Today

Begona sevgi

" Sevgiga ishonmasdim toki seni uchratgunimcha... "

2 - qism

Qizlar òzlari yoqtirgan narsalarni olib patnisni ko'targancha bòsh stol ga borib òtirishdi . Qizlardan biri noliy boshladi . Doimgidek bu Sena edi.
-soģindim..

- Muna buni bir nima qilmasang ózim sendan oldin bir nima qilib qòyaman .

Muna esa Arin ni gaplaridan kulib yubordi va gapirdi.
- Sena bòldi qil hozr biror joydan paydo bòlib qolmaydiku Jimin.

Sariq sochlari óziga yarashgan yoqimtoy va shu bilan birga kelishgan yigit Jimin ikki dòst bilan ular tomon kelardi.

- kimdir meni soģinganini quloģim eshitib qoldi- deya tabassum qilib kelayotgan yigit Sena ning yonidan joy olib uni baģriga oldi.

- mana yana boshlandi ... -deya pichirlab qòydi Arin.

- salom sevgilim - Sena ikkinchi yarmini kòrganidan hursand bòlish bilan birga yanoqlari biroz qizarishga ulgurgandi.

-salom meni pariyim , seni juda soģindim.

- men ham..

- ihm ihmm -deya tomoq qirdi Arin.

-salom qizlar
Muna & Arin :senga ham Salom Jimin

- Ol manu bu sevgilingni ertalabdan beri jonimga tegdi soģindim deb.

Sena tezda Arin ni oyog'ini stol tagidan turib biroz bosdi bundan qiz qichqirib yubordi.

- ayy
Jimin Arin ni gaplariga kulib yubordi.

- mayli olib ketaman lekin keyin qaytarib olib kelmayman. Ha aytgancha yigitlar kelishyotgandi shu yerda òtirsak maylimi ?

Qizlar rozi bòlishdi ochiģi ularga farqi yòq edi.
Taehyung va Jungkook nargi stoliga òtirishmoqchi bo'lganida Jimin ularni qizlar òtirgan stolga chaqirdi. Yigitlar ham ularning yonidan joy olishdi. Taehyung qizlar bilan salomlashib bòlgach Jungkookni ularga tanishtirdi.

- salom Arin Muna va Sena. Tanishing bu meni xolavachcham Ismi Jungkook Amerikadan keldi.

Uchala qiz ham bu ikki yigit bilan dòst edi. Endi ular yonida ular avval kòrmagan inson bor edi. Taehyung uni tanishtirdi. Jungkook qizlar bilan salomlashdi.

Arindan boshqa hamma u bilan samimiy salomlashdi biroq bu qiz unga deyarli etibor ham bermadi.
Taehyung Munani yonida òtirdi va Jungkook Arinni yonida bòsh joyni kòrib shu yerga òtirishni ma'qul kòrdi.
Arin yoniga kelib òtirgan yigitga e'tibor ham bermadi. Hozrda u telefon bilan band edi. Bundan Jungkook biroz hayratlandi chunki u e'tibor berilmay qolmaydigan yigitlardan emasdi. Gavdasi boshqàlarnikidan biroz katta , mushaklari òziga yarashgan uzun qora sochlari va labidagi pirsingi uni yanada kòrkam kòrsatar edi. Uni kòrgan qizlar e'tiborsiz qoldirmasdi. Hozir ham chetda òtirgan qizlar unga tikilib u haqida pichirlab gaplashishmoqda. Biroq uni e'tibori yonidagi qizda edi. Unga e'tibor bermagani uni hayratlantirmoqda. Vanihoyat undan kòz uzmayotganini sezgan Arin telefondan kòz uzmay gapirdi.
- nimadir sòramoqchimisan ?

- yòq
- unda nega odam kòrmagandek tikilib òtiribsan?!

- kòrganman ammo sendek zahar qizni kòrmagandim.

-kòrib bòlgan bòlsang endi bunday òqrayishni bas qil.

Arin begonalar bilan tez chiqishib ketishi qiyin . Avval Jimin va Taehyung ga ham jiddiyroq munosabatda bòlgan ammo hozir ular bilan avvalgiga qaraganda sezilarli darajadi ochiq.

- hoy zahar qiz ozgina òylab gapir qaraya bu zahar tiling òzingga ziyon.

- sendan sòraymanmi. Nega meni yonimda òtiribsan òzi boshqa joy qurib qolganday.

- shu yerda òtirgim keldi nima edi.

Ularni tortishuvini kòrib dòstlari kulishardi.
- hoy Jungkook bas qilsangchi Arinni tinch qòy. Arin sen ham biroz samimiy bòlsangchi axr u yangi keldi maktabga.
- kelgan bòlsa nima qilay qaytib ketsin.

- bòld bas qiling . Jungkook Arin òzi shunday begonalar bilan chiqishishi qiyin. Biz bilan ham avval jiddiy munosabatda bòlgan ammo hozir avvalgidan yaqinmiz. Hali kelishib ketasiz- Taehyung vaziyatni yaxshilash uchun ularni murosaga keltirmoqchi bòldi.

- Kim aytdi bu zahar bilan kelishmoqchi deb - ataylab qizni jiģiga tegishni niyat qildi yigit.

- nima meni òlib trubdi deb òylayabsanmi-kòzlarini kosasidan aylantirdi qiz.

-balki ha

- hoy surbet bor yòqol.

Taehyung bu paytda Munaga sezdirmasdan goh gohida kòz qirini tashlab kuzatib òtirardi. Muna Sena va Jimin esa ovqatlanish bilan ovvora edi.

Darslar boshlandi qizlar sinflaridan darsga tayyorgarlik kòrishyotganida òqituvchisi ularga boshqa bòsh bòlgan sinfga borib joylashishlarini aytdi. Hamma allaqachon boshqa sinfga borib joylashishdi. Qizlar esa har doimgidek kechikib yurishardi. Yòlak bòylab aytilgan sinf tomon ketisharkan nihoyat eshik yoniga kelganda Arin bazi narsalarni sinfda unutib qoldirganini qizlarga aytdi va ularni olib kelish uchun orqaga qaytdi. Kerakli narsalarini olgach darsga shoshar ekan telefoniga kelgan xabarlarga chalģib yòlak òrtasida òzinikiga nisbatan katta tanaga urilda va qòlidagi narsalar yerga sochilib ketdi.

- hoy kòzing qayerda seni ? - deya asabiylashgancha egilib narsalarini yiģa boshladi.

Qarshisidagi yigit esa uni jim turib kuzatar edi.
U sekin egilib yerdagi daftarni oldi ammo berishga shoshilmadi.

- Har doim shunaqa asabiymissan yoki faqat bugunmi? - deya sòrarkan labida bilinar bilinmas tabassum bilan.

Kòzlari qarshisidagi yigit bilan tòqnashdi . Bir necha soniya sukut saqlandi ammo bu sukut ham òz nihoyasiga yetdi.

- daftarni ber - dedi qiz sovuq ohangda.

Jungkook biroz óynoqilik bilan yaqinlashdi.
- "iltimos" degan sòzni aytishni òrgatishmganmi senga zahar qiz?

- senga nega hurmat kòrsatishim kerak ? Tezroq daftarni ber bòlmasa..
- nima bòlmasa nima qilasan- deya Jungkook unga katta qadamlar bilan yaqinlashish barobarida qizni gapini darhol bòldi.

Arin jim qoldi.

Jungkook qizga bòyi barobar egildi. Yuziga yaqinlashar ekan nigohini uning kòzlariga kòchirdi keyinchalik asta sekin yuzing har bir qismida sinchkovlik bilan nazar soldi huddi qizning yuzini organayotgandek edi.

Arin esa uning harakatlarini kiprik qoqmay kuzatardi.

Sòng yigit asta tilga kirdi.

- nima bòldi ? Boyagina menga jahl qilayotgan zahar qiz jim bòlib qoldimi ? - labi chetida asta kuldi yigit.

Arin yuz ifodasini òzgartirmagan holda unga qarab turararkan yigit uni jiģiga tega boshlagandi.

- nima òlging kelyaptimi? Nari tur.

- sening òrningda boshqasi bòlganda bu vaxtni boy bermasdi - unga yana yaqinlashish barobarida daftarni asta uzatdi.

- men ular emasman - deb daftarni yigitning qòlidan yulqib olib undan uzoqlashib orqasiga qayrilib sinf xonasi tomon ketdi.

- ha aytgancha yana bir bor tanishganimdan mamnunman ismim Jungkook unutib qòyma hali kòp eshitasan.

- unday deb òylamayman(Arin sinfga kirayotib gapirdi.

Jungkook uning karidor bòylab asta yo'qolib ketishini devorga suyangancha lab chetida kulib kuzatdi.
- shundayman degin - deya òzi eshitadigan darajada gapirdi.

Arin xonaga kirdi òqituvchisiga kechqolganligi sabab uzur sifatida tezim qildi va kirish uchun ruxsat olgach òz joyiga borib joylashdi.

- nega kech qolib ketding (Muna òqituvchi eshitmasligi uchun pichirlab gapirdi.

- aytarli hech narsa (boyagi hodisani esladi va òzini biroz ģalati his qildi)

》》》
Darslar tugadi. Sena doimgidek Jimin bilan aylanishga ketishdi. Ikkala dugona maktab oldida turishmoqda. Muna va Arinni uyiga boradigan yòllar bir biriga qaramay qarshi bòlganligi sabab shu joyda xayrlashishmoqda.

-xayr Arin.
-Senga ham xayr Muna.

- Arin tòģri uyinga bor yana bir ishkal chiqarib qòyma yana- dugonasing qandayligini bilgan Muna hazil tariqasida kulib eslatma qildi.

- hòp , hòp boladi.

Maktabdan endi chiqqan ikki yigitlar bugun nima qilishlari haqida gaplashish choģi Taehyungning kòzlari Munani dugonasi bilan xayrlashayotganiga tushdi. Qizni har bir harakatini kuzatar, Munani kulganini kòrib u ham beehtiyor jilmayardi.

- hoy ahmoq eshitypsanmi meni ? - uni yonida boyadan beri gapirishdan tòxtamayotgan Jungkook Taehyungning boshidan urib gapirdi.

- nimaga urasan - boshini tutib javob berdi Taehyung.

- Kar bòlib qoldingmi deb òylagan edim boyadan beri senga gapiryapman seni esa hayolinga boshqa joyda kòzlaring bilan birga qaranga Taehyungning hayolingni òģirlashibdiku. Sevib qoldingmi ? Munami? - Taehyung qarab turgan joydagi endi ketishga shaylangan qizga qarab gapirdi Jungkook.

- Jungkook sen boraver meni ishlarim bor.

- Seni "ÒSHA" ishlaringni bilmasam ham mayli edi. Boraqol bòlmasa ketib qoladi.

- mayli gaplashamiz ( Taehyung Muna ketgan tarafga qarab shoshib ketib qoldi.

Bir necha soniya va Muna Taehyung u tarafga yaqinlashganini payqadi va qadamlarini tezlashtirdi ammo nega bunday qildi o'zi ham bilmaydi.

- Muna, shoshma . Buncha tez yurasan yok qochyapsanmi?

- yòq unday emas ( dovdirab gapirdi.

- unda nega meni kòrib tez yurib ketding , hatto kòzimga ham qaramayapsan ( Muna bilan teng yurish barobarida hali Taehyungga bir bor kòz tashlamaganini aytdi yigit.

Muna nima deyishni bilmay qoldi. Taehyung savollariga biroz chalģib boshqa boshi berk bòlgan kòchaga kirib qolganini angladi.

- bu nimasi, bu boshqa kòchaku bu sening aybing - qiz mavzuni õzgartiridi va Taehyungga gapira ketdi.

- nima mendan qochib òzing bilmasdan boshqa yòldan yurganinga meni aybdor qilyapsanmi - kulib gapirarkan qizni bir chetda asabiylashib turganini yoqimli deb topdi va unga yaqinlashdi.

Ular orasidagi masofa tobora qisqarmoqda Muna esa masofani uzaytirish uchun orqaga qadam qòya boshladi. Ammo Taehyung yurishni tòxtatmadi va oxiri qizning orqasi devorga tegdi, qochishga boshqa joy qolmadi.

- Tae.hyung.., nima qilyapsan qoch.

- hohlamayman

- bu nima deganing buni kimdir kòrib qolsa notòğri hayolga borishadi.

- Muna ... gapni chòzib òtirishni yoqtirmayman . Seni sevaman , bilaman sen ham menga befarq emassan. Kel vaqtni chòzib yurmaylik munosabat quraylik, men bu mavzuda jiddiyman doim yoningda bòlaman faqat yòq dema... iltimos.

- Taehyung menn....

》》

Jungkook mashinasida uyga qaytdi va ichkariga kirdi. Ichkarida ota-onasi birgalikda suhbatlashib nimalarnidir muhokama qilish bilan band edi.
- Ota, oyi men keldim.

- kel oģlim , kuning qanday òtdi- deb sòrarkan Jeon xonim oģlidan kòzlarini uzgisi kelmasdi.
- oddiy har doimgidek. Ha aytgancha Ota kecha yaxshi gaplasha olmadik . Meni Koreaga chaqirganingizni sababi bormi ?

- yòq hech qanday sababi yòq shunchaki seni soģindik , nima nimadir yoqmadimi?

- yòq hammasi yaxshi shunchaki birdan Koreaga qaytishimni hohlaganingizga sòragandim.

♧ _♧

Arin darsdan sòng uyiga keldi va tòģri xonasiga chiqib kiyimlarini ózgartirib bòlib òzini tòshakka tashladi. Nimalarnidir hayol surgancha uxlab qoldi.

Soat 18:05 edi Xona eshigini taqilladi va Mari xola kirib uxlab yotgan qizni uyģota boshladi.

- Arin qizaloģim tur otang bugun ertaroq kelishini va mehmoni borligini aytdi.

- Mari xola mehmon kelsa menga nima kelaversin buning uchun men nega kerakman.

- Otang aytishicha u muhim inson ekan va tayyorlanishingni ham aytdi . Men qolganlarga dasturxon tuzattiryapman. Sen darhol tayyor bòlib chiq qizaloģim bolaqol- Mari xola xonadan chiqib ketdi.

- qiziq kim ekan u. Agar ish bòyicha mehmon bo'lganida aniq meni bezovta qilmasdi otam, kòraylikchi.

Arin pov* _ Òrnimdan turdim va dush qabul qilib
oynaga qaradim biroz pardoz qildim, sochimni oddiy turmak qildim ya'ni tepadan yiģib qòydim , ustimga esa oddiyroq kiyim kiydim. Keyin pastdan Mari xolamni ovozini eshitdim ular otam kelganini va meni chaqiryotganini aytdilar. Otam kelganini eshitib pastga yugurib tushdim va kòrgan manzaramda qotib qoldim . Umid qilamanki bu Men òylagan narsa emas edi ....

1-𝐪𝐢𝐬𝐦 𝐭𝐮𝐠𝐚𝐝𝐢

𝐌𝐮𝐚𝐥𝐥𝐢𝐟 Valeriya M𝐢𝐥𝐥𝐞𝐫

𝐏𝐀𝐈𝐍𝐅𝐔𝐋 𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂𝐒 𝐊𝐀𝐍𝐀𝐋𝐈 𝐔𝐂𝐇𝐔𝐍 𝐘𝐎𝐙𝐈𝐋𝐃𝐈

𝐄𝐭𝐢𝐛𝐨𝐫𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐫𝐚𝐡𝐦𝐚𝐭.