June 28

Begona sevgi

"Sevgiga ishonmasdim toki seni uchratmagunimcha..."

1-qism.
Kechasi hamma uxlab yotgan paytda qiz birdan uyģonib ketdi ,asta òrnidan turdi , deraza yoniga bordi va kòchaga nazar tashladi allaqachon yarim tun tòlin oy va yulduzlar birgalikda go'zal kòrinish berib turardi shamol asta esib uni sochlarini silardi gòyo ,shahar chiroqlari shaharni yoritib turardi, hamma yoq tinch edi ammo qizning yuragi negadir ģash bòlardi lekin buning sababini òzi ham tushunmasdi.

Toza havodan yetarlicha nafas olgach asta borib yana yotoģiga joylashar ekan tortma ustida turgan rasmni oldi va unga qarab gapira boshladi.

-oyijon sizni soģinyapman, hayotimdan nolimayman otam meni hamma narsa bilan taminlayapti , yaqin dugonam va dòstlarim meni zeriktirmaydi ular bilan juda baxtliman ammo baribir sizni òrningiz bilinadi . Hozrcha hayrli tun oyijon sizni yaxshi ko'raman -deya rasmdagi ayolni òpib qòydi va yana uyquga ketdi.

-
Samalyot Koreaga qòndi. Aeroprtdan yosh yigit yuklari bilan chiqdi va Aeroport oldida Korea havosidan chuqur nafas olib atrofga nazar solarkan kimnidir qidirardi . Sòng chetroqda turgan qora mashinani kòrib u tomonga yurdi.
Mashinadan òrta yoshli yigit tushib orqa òrindiq eshigini ochdi va yigitga mulozamat kòrsatdi.

- kichik Janob qaytganingiz bilan - gaplarini biroz jiddiylik bilan aytib oxirida yigitga qarab kuldi.

- Hyung mulozamatlarni jinim suymasliklarini bilib turib jiģimga tegasiz. Sizni kòrganimda hursandman Hoseok hyung- yigit òz akasidek bòlib qolgan otasining yordamchisi bilan quchoq ochib kòrishdi.

- men ham ,shovvoz qalaysan oxirgi marta kòrganimdan ancha òzgaribsan tòģrisi boshida tanimadim .

- ha ancha vaxt òtdi axir lekin siz o'sha òshasiz. Otam qayerda ?

- ishdan chiqib seni uyda kutib olishini aytgandi bilasan uni ishi oson emas.

- ancha vaxt deganda meni bu yerga chaqirtirdilar nima bòldi , shunchaki chaqirdilar deb umid qilaman.

》》
Erta tong quyosh endi chiqishiga qaramay tashqarida allqachon hayot qizg'in tus olgandi .

Soat ertalabki 7:04 ni ko'rsatarkan Arin haligacha uxlab yotardi. Xona eshigini qizni uyg'otish uchun kelgan ayol asta chertdi javob bòlmagach ichkariga kirdi va haligacha uxlab yotgan qizni kòrib biroz asabiylashgandek ham bòldi ammo uni miriqib yoqimtoygina bòlib uxlashini kòrgach barcha narsa esidan chiqardi. Uni sochlaridan silab uyģota boshladi.

-Arin qizim turaqol endi axir maktabga kech qolasanku keyin òqituvchingdan gap eshitasan.

Bu Mari hola edi uni onasi òlgandan beri tarbiyalab unga ģamhòrlik qilib kelayotgan ayol . Otasi qiziga enagalik va uy hizmatini qilishi uchun yonlagan ayol . U ayol juda mehribon edi. Qizni uyģonishini hohlamay ataylab turmayotgani bilagan Mari xola endi ayyorlik qilishga tushdi.

- ehh afsus men sen uchun yoqtirgan nonushtangni tayyorlagan edim yana yoqtirgan bilinchiklar bilan endi òzim yeyman shekilli barchasini.

-Mari xola doim meni nozik nuqta nuqtamni topasiza.
Kòrpa tagidan ģingshib turishga shaylangan qizni kòrgan Mari xola rejasi ish berganiga kulib qòydi.

- senga ham xayrli tong shirinim
Qiz xolasi bilan salomlashish esdan chiiqanini bilib darrov Mari xonasini quchdi va
-Xayrliii tonggg Mari xola -deb kulib qòydi.

- Arin qizim tez turib tayyorlanmasang o'qishga kech qolasan.

Qiz Mari xolani quchoģidan chiqar ekan unga norozi tarzda gapirdi.

- hòpp

Qiz allaqachon 17 ga kirgan bòlsa ham Mari xolasini yonida o'zini 10 yashar qizdek tutar edi .
Arin o'rnidan turdi va tez yuz qòlini yuvib ,oynagan qaradi òzi tabiy chiroyli bòlsada bòrtirilmagan tarzda biroz pardoz qildi, maktabga hos bòlgan formalarini kiydi, sochinini esa yoyib qòydi holos. Oyna yoniga borib o'ziga nazar tashladi bugungi ko'rinishidan kòngli tòq edi. Oq kofta, qora kostyum , va tizzadan baland bòlmagan yubka. Bu kòrinishga biroz jiddiylik qòshish tarzda galustukni ham taqdi. Jigarrang aralash qora rangli beliga tushgan uzun sochlar tòlqinsimon bòlib chiroyiga chiroy qo'shib turardi. Xonadan chiqish barobarida tortma ustida turgan onasini rasmiga yana bir bor qarab qòydi va xonadan chiqdi.

Soat 7:45 ni kòrsatar ekan qiz nonushta qilishni endi tugatib ketishga shaylanarkan.Otasi allqachon erta bilan nonushta qilib ishga ketgan edi . Kòchaga chiqsa uni dadasining haydovchisi kutib turardi.

- iye Niki sen bu yerda nima qilyapsan men òzim ketaman.
Arin Otasini haydovchisi bilan juda yaqin dòst edi yigit undan 7 yosh kattaligiga qaramay bemalol sensirab gaplashardi. Chunki ular avvaldan dòst bòlishga ulgurishgandi va yigitda ham huddi shunday boshliģining qiziga hech qanday rasmiyatchiliksiz murojat qiladi. Buni Nikining ilk ish kunidayoq qizni òzi iltimos qilgandi.

- Arin òzing kech qolyapsan yana nolishingga qara yuraqol baribir dadang buni menga tayinlagan edi ertalab - dedi Niki mashinani eshigini ochib.
- mayli yuraqol.

Arin maktabga yetib keldi va sinflar orasidan òzini sinfini topib ichkariga kirdi. Dars boshlanishiga hali vaxt bor edi. Òz joyiga borib òtirgach dugonalari bilan salomlashdi.

- salom qizlar

Sena & Muna: senga ham Salom .
- yana har doimgidek uxlab qolgan kórinasan lekin boshqa kunlarga qaraganda erta kelibsanmi?

-adashmading yana uxlab qoldim ammo Niki meni tashlab qòydi- deya kuldi Arin.

- sen qiz hech qachon shu uyqudan voz kechmaysan - gapga Sena ham qòshildi.

- albatta...jim ustoz keldi .

Qònģiroq chalingach ustoz kirib keldi va dars boshlandi. Birinchi dars tarix bo'lganligi uchun har kim o'zi hohlagan narsa bilan shuģullandi. Arin Muna bilan òtirardi Sena esa ularning ortidagi partada bir òzi telefon bilan band edi.

- aytgancha eshitdingmi maktabga yangi òquvchi kelibdi adashmasam yuqori sinf òquvchisi ekan . Ha Jimin va Taehyungning sinfiga ( dedi Muna yonidagi dugonasiga qarab.

- menga qiziq emas .

- bilaman bu shunchaki bugungi kun yangiliklaridan.

- sen maktabimiz jurnalisti bòlsang bòlarkan - kulib qòydi Arin.

Telefon bilan band bòlgan qiz Jiminni ismini eshitgach shartta boshini telefondan ko'tardi va suhbatga aralashdi.

-Jimin dedingizmi?
Sena ni bu qiliqidan Arin va Muna birgalashib kulib yuborishdi.

-Nimaa?! Axr rostan uni ismini aytmadingizmi?

- Uni ismini aytdishgaku aytdik ammo boyadan beri bizga e'tibor ham bermay telefonga kirib ketay deyotganding "Sevgilingni" ismini eshitishing bilan darrov telefonni ham yiģishtrib tashlading - Arin ataylab sevgiling sòziga urģu berib gapirdi va bunga Muna kulardi.

- men film tomosha qilayotgandim va nima.. sevgilimni soģindm uni ismini eshitsam battar soģinaman .. sen ham sevb qolsang tushunsan.

- bòldi bòldi òrgildim sendaka Julyettadan , sen bir sevma ekan.

- bòldi Arin Senani qizģonaverma va bu tortishuvni toxtating - bu tortishuvga nuqta qòyish maqsadida gapga Muna aralashdi.

- tòģrisida tòvba , mana sen ham Taehyungni sevasanku ammo bunchalik Senaga òxshab òshirib yubormaysan.

Uni bu gaplaridan Muna shoshilib Arinni oģzini yopdi.

- birinchidan uni yoqtiraman sevaman deyolmayman, ikkinchidan bu sir buni ovoz chiqarib aytish mumkin emas hamma eshitib qolsa sharmanda bòlamanku, uchinchidan u òzi buni bilmaydi - Muna sekin gapirib qòlini Arinni oģzidan oldi

- Muna nega rostan unga yoqtirishingni aytib u bilan munosabat qurib qòya qolmaysan masalan men va Jimin ga òxshab , uni yoqtirasanku, menimcha u ham seni yoqtiradi deb òylayman.

- yoqtiraman ammo yoqtiraman degani unga brinchi bòlib men munosabat taklif qilishimni anglatmaydi , ham ģururim yòl qòymaydi bunga.

-sizlarga tushunmayman tòģri ular kelishgan va aqlli bolalar ammo bu sevgidan nima naf bu òtkinchi baribir , vaqtni behuda sarflash ( Arin ensa qotirib gapirdi u uchun bunday mavzular chindan zerikarli edi.

- seni sevb qolsang shu gaplaringni òlguningga qadar yuzinga solaman hali qarab tur - Sena barmoģini dugonasiga òqtab gapirdi.

-albatta albatta intiqlik bilan kutaman biroq bu lahzalarni kòrmay òtib ketmasayding - biroz nim tabassum bilan kulib qòydi.

Shu tariqa qònģiroq chalindi, bir necha darslarni tugallandi soat 12:00 bòldi va bu vaxt tushlik vaxti edi (Tushlik Korea maktablarida 60-40 daqiqa bòlar edi).
Qizlar birgalikda maktab oshxonasiga borishdi va navbatda turisharkan ularni ortidan Minha va Jiah turtib navbatni buzib o'tib ketishdi va bundan ayniqsa Arinning asabi buzildi va uning yoniga borib gapirdi.

- qizlar bu nimasi tartibni saqlang va bu yerda barcha òz navbatini kelishini kutib turibdi sizlar esa hech nima bòlmagandek òtib ketolmaysiz - muloyimroq bòlishga urindi ammo ulardan kelgan javob uni qayta asabiylashtirdi.

- senga nima - Minha ensa qotirdi. Butun zal jimlikka chòkdi.

-bu yerda hamma teng, seni ortiqcha shoxing bor deb òylamayman yoki menga kòrinmayaptimi deyman yaxshilikcha navbatga tur!

- òzingni kim deb òylayapsan nima qila olaman deb òylayapsana ? - Jiah janjalga aralashdi.

- men buni yaxshilik bilan hal qilmoqchiman.

- yoģe ? Agar bunga kònmasakchi ? - Jiah unga bepisand qaradi.

Arin shoshilmasdan sokin qadamlar bilan ular tomon qadam tashlab yaqinlashdi va asta Jiahning quloģiga egilib u eshitadigan darajada pichirladi.

- agar kecha qizlar hojatxonasida qaysidir it bilan qanday iflosliklar qilganingni hamma bilsa yaxshi bòlmaydi deb óylayman , ayniqsa buni yigiting Kai bilsa agarda buni u bilib qolsa yuzingga ham qaramasligi aniq tóģrimi ? Yoki gapim yolģonmi ? - qizdan uzoqlashib unga soxta tabassum qildi.

- endi nima deysan yaxshilik bilan hal qilamizmi ?

- lanati... Minha ketaylik bu joy yoqmayapti menga.
- ammo ...
- ketdik yuraqol - Jiah dugonasini qòlidan tortib sudrab maktab oshxonasidan chiqib ketdi.

Arin qilgan harakatlari va bir oģiz gap bilan òz aytganini qildirgani hammanini hayron qoldirish bilan birga qiziqtirib qòydi ham. Chunki bu ikki takabbur qizlarni bòyin egdirish oson ish emas edi. Shuningdek, buni ichkariga endigina kirgan katta sinf òquvchilari kuzatib turishardi . Bular Jimin Taehyung va òsha yangi kelgan òquvchi Taehyungning xolavachchasi Jungkook edi . U bu manzarani kulgancha maroq bilan kuzatib gohida labidagi pirsingni òynatib qòyardi.
- bu qiz kim Taehyung?

- ana umi Jiah odamlarni mensigisi kelmaydi maslahatim unga etibor berma.

- hoy ahmoq men nargi uzun sochli qizni aytyapman - Jungkook Taehyungni turtib Aringa ishora qildi.

- ha umi? u Arin bizdan bitta kichik sinfda òqiydi. Jiminning sevgilisining dugonasi. Nimaga sòrayapsan , shoshmachi sen qizlarga qiziqmasding adashmasam ammo unga qiziqyotganinga qaraganda bir gap bor qadrli xolavachcham - deya biroz kulib kinoya qildi Taehyung.

- u haqida sòradi degani sen òylagan narsani bildirmaydi ..ammo chiroyli hamda shijoatli qiz kòrinadi va boshqalarga òxshamasligi aniq - oxirgi gaplarini òzi eshitadigan darajada asta pichirladi.

- qiziq nima degan ekanki, boyagina òziga ishonib katta ketayotgan ikkala qizlarni jim qilib qòydi ekana ?

- kim bilsin....- Taehyung Jungkookga qarab yelka qisdi.

1-𝐪𝐢𝐬𝐦 𝐭𝐮𝐠𝐚𝐝𝐢

𝐌𝐮𝐚𝐥𝐥𝐢𝐟 𝐀𝐫𝐢𝐧 𝐌𝐢𝐥𝐥𝐞𝐫

𝐏𝐀𝐈𝐍𝐅𝐔𝐋 𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂𝐒 𝐊𝐀𝐍𝐀𝐋𝐈 𝐔𝐂𝐇𝐔𝐍 𝐘𝐎𝐙𝐈𝐋𝐃𝐈

𝐄𝐭𝐢𝐛𝐨𝐫𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐫𝐚𝐡𝐦𝐚𝐭.