June 7

Nafrat

1-bo‘lim: So‘nggi kun
O‘zbekiston, 2025-yil. Toshkent odatdagidek sokin tongni qarshiladi. Odamlar ishga shoshayotgan, bolalar maktabga ketayotgan, do‘konlar eshiklarini ochayotgan edi. Hammasi odatdagidek ko‘rinardi… Ammo bu tinchlik uzoqqa cho‘zilmadi.
Shaharning chekkasidagi ilmiy-tadqiqot markazida chet eldan olib kelingan viruslardan favqulodda holat yuz berdi. Ichkarida tajriba olib borayotgan olimlar tasodifan xavfli virusni tarqatib yuborishdi. Atigi bir necha soat ichida virus havoga yoyildi. Dastlab, odamlar shunchaki kasal bo‘lib qolgandek tuyuldi: bosh og‘rig‘i, issiqlik, charchoq… Ammo keyin ular agressiv bo‘la boshladilar. O‘z yaqinlariga hujum qilishdi, vahshiylashib borishdi… va o‘lganlar bir necha daqiqadan keyin qayta tirilayotgan edi.
Prezident farmon chiqardi, hammani boshqa davlatlarga evakuatsiya qilsin deb hamma oʻz jonini asrab qolish uchun boshqa davlatlarga ketishga majbur edi.
Aziza Pov:
Bu virus hammani yo‘q qilyapti. Odamlar vahima ichida qochmoqda, kimdir dod solib yordam so‘ramoqda, kimdir esa allaqachon tirik o‘likka aylangan... Biz bu yerdan ketishimiz shart!
Men ukam Abduvohidning qo‘lidan mahkam ushladim. U qo‘rqqanidan hech narsa demasdi, faqat atrofga qarardi. Bobom va buvim ortimizdan kelmoqda, onam esa bizni oldinga boshlaydi. Tog‘am bolalarini bag‘riga bosgancha yurarkan, kelnoyim esa ular bilan birga shoshilardi.
— Hamma joy yopilib ketishidan oldin yetib olishimiz kerak! — dedi tog‘am.
Aeroport oldida odamlar shunchalik ko‘p ediki, nafas olishning o‘zi qiyinlashib borardi. Kimdir bolalarini yo‘qotib, yig‘layotgan edi, kimdir esa samolyotga chiqish uchun odamlarni itarib, hatto urushayotgandi.
Onam orqaga qarab, hammamizni sanab chiqdi. Biz bir oilamiz. Biz birga qolishimiz kerak!
Abduvohid qo‘limni yanada mahkamroq siqdi.
— Opajon, biz endi hech qachon uyga qaytolmaymizmi? — dedi u titroq ovozda.
Unga nima deyishimni bilmasdim. Balki, haqiqatdan ham bu bizning uyimizdagi so‘nggi kunimiz edi.
Orqamga qarar ekanman, dugonam Marjona oilasi bilan biz tomonga yugurib kelayotgan edi. Uning otasi, akasi va ukasi Murod ham shu yerda edi.
Yonimda esa Sevinch yugurib borardi. U tog‘amning katta qizi bo‘lib, biz bir-birimizga singilday edik. Bu dahshatli vaziyatda biz faqat oilamizga suyanishimiz mumkin edi.
— Aziza! — deb baqirdi Marjona, ukasi Murodning qo‘lidan mahkam ushlagancha oldinga intildi.
— Tezroq! — dedim men ham.
Aeroport eshigi oldida odamlar tiqilib qolgan, hamma iloji boricha ichkariga kirishga harakat qilmoqda. Kimdir oilasini yo‘qotib izlayapti, kimdir vahimada yig‘lamoqda. Bu yerda faqat kuchlilar omon qolishi mumkin edi.
Marjona va uning oilasi bizga yetib oldi. Endi biz uchta oila edik. Biz hamma narsaga qaramay, oldinga yurishimiz kerak edi. Bu yerdan qochish shart!
Ammo oldinda yana bir muammo bor edi… aeroport eshigi yopilish arafasida edi.

10 YILDAN SO‘NG
Youra Miller pov: (avvalgi Aziza)
Ko‘zimni asta ochdim. Shiftga tikilgancha bir necha soniya o‘tib ketdi. Yotgan joyimdan siljimasdan, atrofga quloq soldim. Tashqarida Seulning odatiy shovqini eshitilar, biroq ichimda g‘alati bo‘shliq bor edi.
Yon tomonga burildim. Ara shirin uyquda edi. Avvalgi Marjona. Uning qalin sochlari yostiqqa yoyilib yotardi, yuzida esa sokinlik aks etgan. U har doim shunday – ko‘p narsani yuragiga yaqin oladi, ammo hech kimga sezdirishni xohlamaydi.

Ara

Men yostiqqa yuzimni bosib, chuqur nafas oldim. 10 yil o‘tibdi… 10 yil…
O‘sha kunni unuta olmadim. Qanday qilib unutishim mumkin? O‘zbekistondagi oxirgi kunim, vahima ichida yugurishimiz, aeroport oldidagi qichqiriqlar, vujudimni qoplagan qo‘rquq… va eng dahshatlisi – ortga qaytmasligimni bilishim.
— Uyg‘oqsanmi? – deb ovoz chiqardi.
— Ha, – past ovozda javob berdim.
U ko‘zlarini ochdi va menga qaradi. Bir zum jim bo‘lib qoldik. So‘zsiz ham bir-birimizni tushunardik.
— Bugun hammasi boshlanadi, bilasanmi? – dedi u ohangida biroz tashvish bilan.
Men bosh irg‘adim. Bugun biz Millerlar oilasi sifatida rasman Koreyaning eng kuchli kompaniyalaridan biri sifatida tan olinamiz.
Ammo… bu biz istagan hayotmi?
Ara yana gap boshladi:
— Ba’zida o‘ylayman… Biz qanday qilib bu yerga keldik?
Men yostiqqa yuzimni qo‘yib, ko‘zlarimni yumdim.
— Bilmayman…
Ammo shuni bilardimki, o‘tmish bir kun bizni yana topadi.
— Tur, ertalabdan beri faqat shiftga qarab yotibsan, – dedi Ara, yengil cho‘zilib.
Men indamay o‘rnimdan turdim. Ko‘zguga qaradim. Bu menmi? 10 yil oldin ham xuddi shunday ko‘zguga qaraganim esimda… Ammo u paytda yuzimda qo‘rquv bor edi. Endi esa…
Shkafdan kiyim tanlash uchun eshikni ochdim. Ichida qimmatbaho liboslar, dizaynerlarning maxsus kolleksiyalaridan tanlangan kiyimlar joylashgan edi.
— Bugun qanday imidjda bo‘lishni xohlaysan? Sovuqqon biznes-ledi yoki yoqimli malikacha? – Ara kulib so‘radi.
Men unga qaradim.
— Oddiyroq narsa.
U bir necha lahza o‘ylanib turdi-da, shkafdan qora shim va oq ko‘ylak oldi.
— Bu sening klassik ko‘rinishing, – dedi jilmayib.
Men ko‘ylakni kiyarkanman, o‘zimni oynada kuzatdim. Shu kiyimda men qandayman? Kimman? Youra Miller – Koreyaning eng kuchli kompaniyalaridan birining bosh direktori? Yoki o‘tmishidan qochayotgan qiz?
Ara yonimga kelib, qo‘limni ushladi.
— Hamma seni kutyapti. Tayyormisan?
— Ha.—Men chuqur nafas oldim.
Youra chuqur nafas olib, oynadagi aksiga yana bir bor qaradi. Bu yangi hayot. U ortga qayta olmaydi, shuning uchun oldinga qarashdan boshqa chorasi yo‘q.
Ara bilan birga ofis tomon yo‘l oldilar. Millerlar kompaniyasi bugun juda muhim qaror qabul qiladi. Majlis zalida hamma allaqachon yig‘ilgan edi. Jinxe har doimgidek jiddiy, sokin va qat’iy edi. U doimo vaziyatni nazorat qilishni yoqtirar edi.
Youra joyiga o‘tirgach, majlis boshlandi.
— Bugungi asosiy masala – xalqaro hamkorlik, – deb gap boshladi Jinxe. – Biz Koreyaning eng yirik kompaniyalari bilan shartnomalar imzolash arafasidamiz.
Youra o‘z fikrlarini bayon etayotgan paytda, eshik ochildi.
— Kechirasiz, majlisga kechikdim, – past ovozda, ishonch bilan gapirdi kimdir.
Xonadagi hamma nigohini unga qaratdi. Jeon Jungkook.
Youra unga tikildi. Uning kelishi tasodif emas.
Jungkook

Jungkook

Jungkook majlis zalida hech kimga e’tibor bermasdan o‘z joyiga o‘tirdi. U xotirjam, lekin harakati ortida qandaydir sovuqqonlik sezilib turardi.
Youra unga tikildi. Millerlar kompaniyasi bilan nima ishi bor?
Jungkook stolga tirsaklarini qo‘yib, qo‘llarini bir-biriga chalishtirdi.
— Siz bilan shartnoma imzolamoqchiman, Youra Miller, – dedi u beparvo ohangda.
Ara nigohini Youraga tashladi, Jinxe esa hech qanday hissiyot bildirmasdan unga tikildi.
Youra esa jilmaymadi.
— Nima uchun aynan biz?
Jungkook kulimsiradi, lekin bu tabassum iliqlik olib kelmadi. Unda qandaydir tahdid bor edi.
— Sizlar oddiy kompaniya emassiz. Buni juda yaxshi bilaman.
Youra bo‘shashmadi. Demak, u biz haqimizda nimadir biladi.
Ara qo‘llarini stolda chalishtirib, past ovozda gapirdi:
— Aniqroq bo‘ling, janob Jeon.
Jungkook unga keskin qaradi.
— Aniqroq? – u ohista kulib qo‘ydi. – Men hech qachon aytadigan gapimni ortiqcha tushuntirib o‘tirmayman. Agar bu shartnomaga rozi bo‘lsangiz, ko‘p narsalarni yutishingiz mumkin. Agar yo‘q bo‘lsangiz…
U jimib qoldi, lekin gapining davomini tushunish qiyin emasdi.
Youra unga tikilgancha, yengil bosh chayqadi.
— Tahdid qilyapsizmi?
Jungkookning lablarida yana o‘sha sovuq kulgi paydo bo‘ldi.
— Yo‘q, shunchaki haqiqatni aytyapman.
Xonada og‘ir sukunat cho‘kdi. Bu oddiy biznes uchrashuvi emas. Bu haqiqiy kuch to‘qnashuvi edi.
Youra chuqur nafas oldi.
Youra biroz o‘ylab turdi. Uning nigohlari Jungkooknikiga to‘qnashdi. Bu xavfli o‘yin edi, lekin Millerlar oilasi allaqachon bunday o‘yinlarga kirib bo‘lgan.
— Mayli, roziman, – dedi Youra qat’iy ohangda.
Ara va Jinxe unga qarab qo‘ydi. Ara bir lahza bo‘lsa ham ikkilanayotgandek ko‘rindi, lekin hech narsa demadi. Jinxe esa faqat yengil bosh irg‘ab, vaziyatni qabul qilganini bildirdi.
Jungkook biroz jilmaydi, lekin bu tabassum yengillik emas, balki sovuq hisob-kitobga to‘la edi.
— Ajoyib. Demak, endi biz hamkorlarmiz.
U stolga suyanib, ozgina oldinga egildi.
— Lekin shuni biling, Youra Miller. Men hech qachon oson shartnomalar tuzmayman.
— Men ham.—Youra uning nigohidan ko‘z uzmadi.
Xonada yana sukunat hukm surdi. Bu hamkorlik ularni qayerga olib borishini esa faqat vaqt ko‘rsatardi.
1-boʻlim tugadi.
Muallif: Youra Miller
Kanal: Painful fanfics