May 8

Begona sevgi

4-qism

Avvalgi qismda :

Telefònni yotoq yonidagi tortma ustiga qo'ydi. Telefon vibtratsiya berdi bu sms kelganini anglatadi . Muna yana Sena bòlsa kerak deb o'ylagan edi ammo notanish raqam . Sms da esa shunday yozilgandi:

- havotir olma hammasi joyida qòrqishning hojati yòq . Ha aytgancha men savolimga javob haligacha olganim yòq . Ertaga &#$@% joyda darsdan keyin seni kutaman va savolimga javob olaman . Xayrli tun .

Bu sms egasi kimkigi ma'lum edi bu albatta Taehyung edi.

Muna sms ni òqib òzini qayta yotoqga tashladi.

Erta tong . Saot endigina 6:58 ko'rsatishiga qaramay har doimgidek kòchada hayot qaynamoqda kimdir ishga, kimdir yana qayoqqadir shoshardi. Quyosh nurlari dreazadan tushib honani yoritish bilan birga yotoqda uxlab yotgan qizni kòzlariga tushib uni kòzlarini ochishiga sabab bòldi.

Qiz asta òrnidan turarkan derzadan kòchaga qarab toza havodan nafas oldi. Doim ertalab turib yugurishar kanda qilgan qiz shu hafta ichida bu mashģulotni tòxtatib qòygani esiga tushdi va Yugurish uchun mos kiyimlarini kiyib uydan chiqib ketdi.

Deyarli yarim soat yugurishdan keyin shu yerga yaqin òrindiqga òtirib dam oldi . Birdan kechagi voqealarni esladi. Notanish xavfli odamlar , ólgan politsiya xodimi va Jungkook ning uni qanday ovutgani . Beehtiyor òylari Jungkook ga keta boshladi . Uning bagrida òzini qanchalar tinch va hotirjam his qilganini eslarkan. Òziga òzi gapirdi.

- nimalarni òylayapmana..

Òrnidan turib uyi tomon ketdi . Soat 8:02 ni kòrsatarkan qiz xonasida maktabga tayyorgarlik kòrib bòlib pastga tushdi . Pastga zinalardan birma bir tusharkan nonushta stolida otasi va òsha ayolni kòrib asabiylashdi. Sekin òtib ketmoqchi edi lekin uni payqab qolishdi .

- Arin qizim qayoqqa ketyapsan? Salomlashmaysanmi ?

- Xayrl tong ota

- Xayrli tong Arin men bilan salomlashmaysanmi ? - qizga yuzaki tabassum qildi Minji.

- Xayrli tong - noiloj u bilan ham salomlashdi qiz.

- qayoqqa ketyapsan? Nonushta qilmaysanmi ?

- maktabga albatta. Yòq ota , negadir ishtahan boģildi - otasi yonida òtirgan ayolga qarab gapirdi Arin. Bundan esa tabiiyki Minji ni asabiylashdi biroq sezdirmadi va u ham gapirdi .

- Arin nonushta qilmasang ham stol atrofida òtirishing kerak.

- men kech qolamam va gap eshitishni hohlamayman .

- hech qisi yòq Niki seni tashlab qòyadi - ataylab Arin ni shu stoliga òtirishini hohlab gapirardi ayol.

- men istamayman dedim shekilli !

- Arin ! Hurmatsizlik qilma , va Minji tòģri aytdi nonushta qilmasang ham stol atrofga òtirishing kerak .

- ammo ota ...

- men ikki marta takrorlashni yomon kòraman bilasan!

Arin asabiylashib stulga joylasharkan unga jilmaygancha qarab yurgan ayol va halitdan otasiga aytganini qildirayotgani uni asabini buzardi.

O'rtada sukunat hukm surmoqda, faqat stakan va qoshiq-chinni qo'zg'alishining ovozi eshitilmoqda. Birdan telefon jiringladi va Arin ning otasi Kim Seungho qònģiroqga javob berdi. Kompaniyada shoshilinch ish borligi sababli Seungho tezda shoshilib uydan chiqib ketdi.

Stol atrofida esa faqat ikki kishi qoldi. Arin endi òrnidan turmoqchi edi. Stolning nargi tarafidagi ayol gap boshladi.

- Arin bundan keyin meni aytganimni qilasan sòzimni ikki qilmaysan jaxlim chiqsa yomon bòladi - ovoz tòni shunchalar sovuq ediki boya Otasini yonidagi muloyim ayoldan asar ham qolmagandi.

- siz kimsizki men sizni gapingiz ikki qilmasligim kerak - qiz hotirjamlikni saqlagan holda ayolga mensimaslik bilan qarab turardi.

- shu uyning bekasi, otangning ayoli va seni yangi ONANG bòlaman - qizni ataylab jiģiga tegib oxirgi gaplarini aynisa ona sòziga urģu berib gapirdi .

Tabiiyki bu sòzlar qizni qonini qaynatdi.

- Aslo , also menga onangman deya kòrmang tushunarlimi yòqsa men ham òzimga javob bera olmayman , qanday kelgan bòlsangiz shunday ketqazdiraman !

Shu sizlarni aytib òrnidan turdi va eshik tomon yurdi.

- kòramiz otang bundan buyoģiga kimni gapiga kirarkan. Buni hali vaxt kòrsatadi oppoģim.

Minji qizni eshikdan chiqishiga o'z qolganda shu sòzlar bilan gaplariga yakun yasadi .

》》》》

Maktab qònģiroqi chalindi bu dasr boshlanganidan dalolat berardi. Òquvchilar hamma diqqatini darsga qaratishgan òqituvchi esa dasr òtish bilan band edi. Ammo hamma ham bor etibor darsda deyo olmayman . Kimdir òy hayol bilan òtirgan kimdir esa uxlash bilan band edi. Shu bilan birinchi dars ham yakkunlandi.

Doimgidek bu uch dugona havo almashtirish uchun sinfdan chiqishdi. Shu tanafusda maktab bogiga chiqib kelishga ham ulgurishdi boģdan maktab ichkarisi tomon borisharkan ammo maktab oldida turgan politsiya mashina Arin ni etiborini tortdi. Ular ichkariga kirisharkan hamma bir joyga toplangani ularni qiziqtirib qòydi va ular ham o'sha joyga borishdi.

- bu yerda nima bòlyapti - Muna Shu joyda turgan sinfdoshlaridan sòradi .

- nima eshitmadingmi ? Kecha maktabimizga yaqin joyda bitta politsiya xodimi òldirib ketibdi , naq peshonasidan òq yebdi .

Arin negadir òzini noqulay his qila boshladi. Sena gap boshladi .

- yaxshi ish bòlmapti ammo buni bizning maktabga nima aloqasi bor ?

- hamma gap ham shunda jinoyat joyida kamera bòlgan va barchasini yozib olgan , bundan tashqari kameraga bir qiz va bitta bola ham tushgan ularni bizning maktabdan ekanini aniqlashtiribdi.

》》》》

Maktab qònģiroqi chalindi bu dasr boshlanganidan dalolat berardi. Òquvchilar hamma diqqatini darsga qaratishgan òqituvchi esa dasr òtish bilan band edi. Ammo hamma ham bor etibor darsda deyo olmayman . Kimdir òy hayol bilan òtirgan kimdir esa uxlash bilan band edi. Shu bilan birinchi dars ham yakkunlandi.

Doimgidek bu uch dugona havo almashtirish uchun sinfdan chiqishdi. Shu tanafusda maktab bogiga chiqib kelishga ham ulgurishdi boģdan maktab ichkarisi tomon borisharkan ammo maktab oldida turgan politsiya mashina Arin ni etiborini tortdi. Ular ichkariga kirisharkan hamma bir joyga toplangani ularni qiziqtirib qòydi va ular ham o'sha joyga borishdi.

- bu yerda nima bòlyapti - Muna Shu joyda turgan sinfdoshlaridan sòradi .

- nima eshitmadingmi ? Kecha maktabimizga yaqin joyda bitta politsiya xodimi òldirib ketibdi , naq peshonasidan òq yebdi .

Arin negadir òzini noqulay his qila boshladi. Sena gap boshladi .

- yaxshi ish bòlmapti ammo buni bizning maktabga nima aloqasi bor ?

- hamma gap ham shunda jinoyat joyida kamera bòlgan va barchasini yozib olgan , bundan tashqari kameraga bir qiz va bitta bola ham tushgan ularni bizning maktabdan ekanini aniqlashtiribdi.

Ana endi rostakamiga Arin ning ichiga ģulģula tushdi .

- qizlar men borishim kerak hozir kelaman - deya qiz odamlar oralab òtib ketarkan òquvchilar ichidan bitta insonni qidirardi . Tasodifan urilib ketgan insoniga qaradi va tezda uni qòlidan tortib nariroqqa tortdi. Qilgani ishini hech kim kòrmadimi degandek har yoqqa alanglab qòydi lekin hayriyat hamma òz o'zi bilan ovvora edi.

- Jungkook ular bizni ...bizni kameralarda ...kamera bor ekan - qiz dovdirab gapirarkan qòrqayotgabi gaplarini tòģri aytolmayotganidan bilinib turardi.

Ha bu Jungkook edi. Lekin uni yuzida hech qanday òzgarish yòq na qòrquv na hayratlanish .

- Senga ham Salom zahar qiz . Nima meni soģindingmi.

- hazil yiģishtir men jiddiy gapiryapman

- hòp hòp . Nima nimadan qòrqyapsan kamera bo'lsa nima qilipti.

- tushunmayapsanmi ular bizni olib ketishadi.

- avval tinchlanib ol . savollarimga javob ber òsha odamni sen òldrdingmi ?

- yòq albatta

- sen òsha jinoyatchilarga sherikmisan ?

- nimalar deyapsana? yòq axr Men qnday qilib sherik bòlay!

- unda nega qòrqyapsan ? Ular bizni olib ketishadi tòģri ammo faqat tergov qilishadi ya'ni guvoh sifatida tushunarlimi?

Qiz boshini qimirlatib qòydi rostan nega bunchalar vahima qilganiga endi òzi ham tushunmay qoldi.

Birdan maktab direktori keldi va unga kerakli bu ikkala òquvchi ham bitta joyda turgani uni hech bòlmasa ularni qidirib sarson bòlishdan tòxtatdi.

- Jungkook Arin men bilan ortimdan xonamga yuring .

Arin Jungkookga qaradi yigit esa juda tinch edi . Ular direktorni ortidan uning xonasiga kirishdi va xonada ularni yana ikki shaxs kutib turardi ulardan birining ustidagi forma uni politsiya xodimi ekanini, yonidagi insoning ham formasi, qòlidagi papkalari va òtkir nigohi uni tergovchi ekanini ularning ikkalasi ham davlat hodimi ekanini ochiq-oydin ko‘rsatib turardi.

Politsiya ofitseri ularni tòģridan tòģri olib ketishi mumkun edi ammo bu maktab nufuzli maktablardan biri bòlganligi sabab maktab obrosiga putur yetishi va bundan tashqari bu ikki òquvchi ham yirik kompaniya egalarining farzandlari bòlganligi sabab tinchgina hal qilishni hohlashdi.

- Xayrli kun yoshlar men Choi Dong-wook ichki ishlar jinoyat bòlmidan tergovchiman . Bilasiz sizlarni nega chaqirtirganimni jinoyat joyida siz bòlgansizlar va bunga sizdan boshqa guvoh topolmasak kerak deb òylayman .

- sizga ham hayrli kun janob ofitser . Ha biz jinoyat sodir bòlgan joyda edik va bu jinoyat ni òz kòzimiz bilan kòrdik. Sizga qanday yordamimiz tega oladi- qiz dan oldin shu gaplarni gapirdi yigit.

- shoshmangchi ovozingiz tanish ...... ha bu siz siz yosh janob kecha jinoyat haqida o'zingiz habar bergandingiz adashmasam- ofitser yigitni ovozini taniganini bayon qildi .

- huddi shunday.

- kechagi voqealar haqida bir nechta
savol bermoqchimiz iltimos batafsil gapirib bering .

Qiz ba yigit birgalashib kechagi voqealarni u insonlarni tanimasligini va hattoki yuzida niqob sababli tasvirlab ham beraolishmasligini batafsil aytib berishdi.

- shunda ularning òljasi aslida sizlarsiz ?

- buni biz ham bilmaymiz.

- buni òrganib chiqamiz ma'lumot uchun rahmat .

- soģ salomat bòling .

》》》》

Maktab ichida yurgan qiz Arin ni qidishirish bilan ovvora edi.

- hozir kelaman deb ketganiga 2 soat bòlayozdi qayerda bu qiz endi.

Maktab karidòri bòylab ketarkan tòģrisida Taehyung ketayotganini kòrgan qiz tezda boshqa xonaga kirib ketdi. Buni yigit anglamadi deysizmi albatta Muna qilgan qiliģini kòrdi chunki u aynan Muna ni qidirib yurgandi.

- menimcha kòrmadi - bòsh sinfda òziga o'zi gapirdi.

- mendan qochib boshqa sinfga kirib ketganingni kòrmadi deb hisoblaymizmi ? May hohlasang shunday qilamiz.

- aaaa yo hudoyim odamni òtakasini yording. Nima yòq unday emas .

- unda qanday?

Yana òsha harakatlar yigit qiz tomon yaqinlashar qiz esa yana kechagidek devorga tiralib qolardi.

- javobing?
-.....ha..roziman

Taehyung ning kòzlari qizning javobidan hursandligi uni qanday porlashidan bilsa bòlardi.

yigit qizga shunchalar yaqin edi bir biriga qarab turishardi va yigit bu masofani yanada yaqinlashtirishni hohladi.

Qiz bu masofadan ózini juda noqulay his qilayotgandi va birdan lablariga kelib urilgan òzga iliq lablar uni gangitib qòydi. Nima qilishni bilmay qotib qolgandi. Albatta bilmaydi nima qilishni chunki bu uning birinchi bòsasi edi axir. Yigit uni harakatsiz qotib qolganidan tushundi bu unda birinchisi ekanini va ich ichidan hursand bòldi.

Taehyung undan uzoqlashdi va kòzlariga qaradi qiz haliham òsha holatdan nima bo'lganini tushunmay qoldi .

- Taehyung sen ...hozir ..

- sendan bòsa oldim va bu ishimdan hursandman . Lablaring tami juda shirin - deya jilmaydi

Muna bu sózlardan rostakamiga uyalib yanoqlari qizarib ketdi .

- tòģri bu qilgan ishim birinchi kundan yaxshimasdir ammo men òzimni bu lablardan tiyolmadim . Qancha vaxt ózimni tiyib keldim ammo bugun òzim hohlagan ishni qildim . Bundan hafa emassan buni qarshilik qilmaganingdan bildim - deya gap oxirida kòz qisib qòydi Taehyung.

Muna bu ish unga yoqmadi deb aytolmayniz allbatta lekin bu uni ruhsatisiz bòlgani uni birozgina bezovta qilmadi deb ham aytolmaymiz .

- sen buni qilmasliging kerak edi ..

- sen meni tòxtatmading.

- men bunga ulgurganim yòq - biroz arazlagandek yuzini yon tarafga burdi qiz.

Taehyung bu safar jilmaydi lekin ohangi yumshoq edi .

- Xòp... keyingi safar ulgurishing uchun sekinroq qilaman.

Muna bu gapni eshitib yalt etib Taehyung ga qarab xayron bòldi va biroz hijolat aralash kulib yubordi.

- men ketishim kerak - deya yigitni yonidan oralab yugurib chiqib ketdi.

Taehyung esa jilmaygancha u ketga tarafga qarab xonada qoldi.

Muna sinfga kirdi va Arin ni kòrib yoniga bordi .

- qayerda eding seni qancha izladim

- maktab direktori chaqitirdi . ishi bor ekan .

- qanaqa ish?

- muhim emas - dugonasini boshini oģritishni va bòlgan voqealarni gapirishni hohlamadi .

Time skip 》》》》》

Arin uyiga quloģida quloqchin bilan òzi sevgan musiqani eshitib ketardi. Uyiga keldi va ichkariga kirdi. Mari xolasini qidirdi ammo yòq uyning hamma joyini qidirdi biroq topaolmadi . Oxiri òsha yerdagi boshqa hizmatkorlardan Mari xolasini qayerda ekanini sòradi .

- Anna Mari xolamni kòrmadingmi ?

- Arin Mari endi bu yerda ishlamas ekanlar, ular ishdan boshadi - qizni ismi bilan aytib javob berdi chunki Arin rasmiyatchilikni yoqtrmasdi unga ortiqcha mulozamatlar yoqmasdi.

- nega bu yerda ishlamas ekanlar ?

- bilmadim bu Minji xonimning buyruqlari bilan bòldi .

Shu payt qizning qoni qaynab ketdi shu darajada asbabiylashdiki tòģri Minji ni xonasiga bordi .

- bu nima qilganingiz nega Mari xolamni ishdan haydadingiz ?

- senga xonaga taqillatib kirishdi òrgatishmaganmi

- Mari xolam nima qildiki uni ishdan bòshatdingiz .

- Mari endi qarib qolganlar uy ishlarini qilish uchun yoshlari katta va bilsam u senga qarash uchun ishga kirgan ekan va sen kap katta qiz bòlding endi senga enaga shart emas .

- men ularni qaytishlarini hohlayman. Siz bunday qilishga haqqingiz yòq . Otamga aytaman ularnj qaytadan ishga olishadi.

- buni allqachon otang biladi bu qarorni otang chiqardi Va otang ish bòyicha 1 haftaga Italiaga ketdi.

Qiz asabiylashib xonadan chiqdi va òz xonasi tomon yòl oldi. Xonaga kirarkan òzini yotoqqa tashladi. Biroq telefoniga bitanish raqamdan sms keldi.

- onang òlimi haqida bilishni hohlamaysanmi ? Agar bu senga qiziq bòlsa yaqin orada òzim aloqaga chiqaman va òshanda javobingni aytasan . Bu haqida hech kimga ayta kòrma aks holda bu haqiqatni bilolmaysan.

Arin ning kòzlari kattalashib ketdi . U onasidan 7 yoshida arilgan va unga onasini avto halokat dan vafot etgan deyishgan. Ammo bu sms shuni anglatadiki onasini òlimida bir sir bor.

Qiz bu smsni yozgan inson kimligi va onasini òlimi haqidagi sir uni òylantirish bilan birgalikda qòrquvga ham sola boshladi.

Òy hayollarini kechki ovqatga chaqirgan hizmatkor qiz buzdi .

- Arin kechki ovqatga chiqing.

- yòq rahmat hohlamayman .

- Lekin Minji honim..

- nima Minji honing . Men uni aytganini qilishga majbur emasman .

Qiz òrnidan turdi uyda bu ayol bilan bir uyda qolishni hohlamadi ustiga ustak otasi ham yòq agar uyda qolsa aniq bir nima bòladi deb òyladi.

Zinalardan pastga tushdi tashqariga chiqish uchun eshik tomon yurdi ammo yana o'sha yoqimsiz ovoz uni tòxtatdi.

-Qayerga
- tashqariga .
- kimdam ruxsat olding
- Har xola sizdan olishim shart emas.
- shunday de
- ha biror bir muammo bormi ? - Arin uni ròparasida unga qarab gapirdi.

Ayol unga yaqinlashdi va qizni sochidan tortib yuzini tepaga qaratdi.

- bundan keyin mendan ruxsatsiz hech nima qilmaysan va men bilan bunday ohangda gaplashmaysan .

Xonada tarsaki ovozi eshitildi. Tarsaki yegan odamn yuzini bir tarafini qòli bilan tutdi bilinadigan darajadi qizargandi.

- hech kimni hech kimni menga bunday muomila qilishga haqqi yòq òz òrningni bil - yuzi tarsakidan qizargan ayolga qarab gapirdi qiz .

- bu uchun javob berasan hali.

Minji unga òshqirgancha qoldi lekin qiz allqachon uyda emasdi