Shofirkon tuman adliya bo'limi tomonidan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Shofirkon tuman adliya bo'limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamkorligida Sultonobod mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kunidagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” PF-80-son Farmoni, 03.01.2025 yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son hamda 01.04.2025 yildagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-133-son Qarorlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.