December 24, 2025

Shofirkon tuman Adliya bo'limi tomonidan targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Shofirkon tuman MMTBga qarashli 4-son maktab xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish, xodimlarning mehnat qonunchiligida belgilangan huquq va imtiyozlari bo‘yicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Shofirkon tumani Adliya boʼlimi YXKM bosh yuristkonsulti A.Nusratov tomonidan korrupsiya, uning ildizlari, turlari va manfaatlar to‘qnashuvi mohiyati, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.