December 24, 2025
Shofirkon tuman Adliya bo'limi tomonidan targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish, xodimlarning mehnat qonunchiligida belgilangan huquq va imtiyozlari bo‘yicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Shofirkon tumani Adliya boʼlimi YXKM bosh yuristkonsulti A.Nusratov tomonidan korrupsiya, uning ildizlari, turlari va manfaatlar to‘qnashuvi mohiyati, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.