April 5, 2025

KILLER BUNNY

3-qism

Jungkook bu voqeani tush deb o‘yladi. Oradan necha yil o‘tdi? U bu beg‘ubor chehrani, ohu nigohlarni necha bor tushlarida izlagandi. Endi esa... mana shu ko‘zlar — qo‘rqoq, ammo haligacha beg‘ubor — aynan uning qarshisida.

— Uzr so‘rayman, janob... men... men mashinangizni ko‘rmadim, — dedi Lily qo‘rquv aralash titroq ovozda.

Jungkook indamadi. Nigohi sovuq, qiyofasi o‘sha mashhur shafqatsiz mafiyalardan biriga xos tarzda jiddiy edi. Uning bilagidagi tatirovkaga bir qarash kifoya — bu odam qanday dunyoning odami ekanini bilish uchun.

— Keyingi safar ko‘zlaringni ochib yurgin. Jarohatlanmadingmi? — dedi u odatdagi sovuq ohangda.

— Yo‘q, yaxshiman... — Lily yana bosh egib, uzr so‘radi. U asta o‘zini to‘plab, ketishga harakat qilayotgan edi, ammo orqasidan eshitilgan qat’iy va buyruq ohang uni to‘xtatdi:

— Men senga ketaver deganim yo‘q shekilli.

Qiz yutindi. Hovuri ichiga tushdi. U ortiga o‘girilib, qo‘rqinch bilan unga qaradi.

Jungkook asta yaqinlasha boshladi. Ularning oralig‘idagi masofa borgan sari qisqardi. Qiz yigitning issiq nafasini yuzida sezdi, yuragi esa tez urardi — nafas olish qiyinlashdi.

— Isming nima? — yigit sovuq ohangda so‘radi. U bu ismini allaqachon bilardi, ammo yuragidagi shubhalarni oxirigacha yo‘q qilishni istadi.

— L... Lily, — dedi qiz, orqaga bir necha qadam tashlab.

— Lily... — yigit bu ismni lablarida ohangli tarzda takrorladi. Go‘yoki yuragidagi sog‘inch, azob va armonni shu ism bilan yenggisi keldi. Bu ism — unga beg‘ubor husnni, yo‘qotilgan quvonchni eslatardi. Bu ism — uning yong‘in ichidagi tinchligi edi.


Jungkook o‘zini hushiga keltirdi. Qizning ovozi — qo‘rqinch, ammo samimiy — uni hayollar og‘ushidan tortib chiqargan edi.

— Ketsam bo‘ladimi? Uyga kech qolayotgandim...

Jungkook unga bir muddat tikilib qoldi. Keyin esa jiddiy ohangda javob berdi:

— Ha. Faqat bundan keyin yo‘lda ehtiyot bo‘l. Har doim ham bunday omading kelmasligi mumkin.

Lily boshini egib, yurib ketdi. Ammo yuragi hali ham o‘ziga kelmagan edi. U qadamlarini tezlashtirdi.

Jungkook esa uzoqdan qarab qoldi. Ko‘zlari qizning ortidan ergashardi. Nihoyat telefonini oldi:

— Minho, manzilni hozir yuboraman. U yerga bir necha qo‘riqchi joylashtir. Bilintirmasdan, lekin har bir harakatni nazorat qilishsin.

Buyruq bajarildi. Qo‘riqchilar kelganidan so‘ng, Jungkook uyiga qaytdi.


Jungkook o‘z xonasiga kirib, kresloga cho‘kdi. Ko‘zlarini yumdi. Ammo ongida faqat bitta narsa — o‘sha beg‘ubor nigoh, o‘sha ishonchsizlik aralash qo‘rquv, ammo qandaydir iliqlik aks etgan ko‘zlar edi.

— Seni zo‘rg‘a topdim... — pichirladi u. — Endi senga zarar yetkazadigan har kim uchun bu dunyo do‘zaxga aylanadi. Sening bir tomchi ko‘zyoshing uchun dunyoni ag‘darishga tayyorman. Endi sen faqat meniki bo‘lasan... nilufarim...

Jungkook shu o'ylar bilan eshik ochilganini ichkariga bir yigit kirgani sezmay qoldi. Bu yigit divanga oyoqlarini chalishtirgancha o'tirdi

-Ohho, mafia boshlig'iga nimalar bo'lyapti, hech bunchalik hayolga berilganingni ko'rmagandim, yoki kimnidir sevib qoldingmi?- Taehyung Jungkookni jig'iga tegish uchun kinoya bilan gapirdi. Shunda Jungkook hayollar og'ushidan chiqdi

-Asabimni buzma, Taehyung - Jungkook jahl bilan unga gapirdi.

Taehyung esa uning jig'iga tegishda davom etdi:

-Seni qizlar umuman qiziqtirmasdiku. Nahotki kimnidir sevib qolding?

Jungkook Taehyungga qarata qo'liga tushgan narsani jahl bilan otdi

-Agar asabimga o'ynash uchun kelgan bo'lsang, seni bir nima qilmasimdan oldin bu yerdan yo'qol.

-Bo'ldi, bo'ldi, qizishma. Shunchaki hazillashgandim. Oddiygina hazilni ko'tara olmaysana. Men ombordagi mollarni kim o'g'irlaganini topgandim. Shuni senga aytish uchun kelgandim - Taehyung mazza qilib kulib bo'lganidan so'ng, jiddiy ohangda dedi

-Menga shuni oldinroq aytsang bo'ladiku, jig'imga tegmasdan. Xo'sh, kim ekan olov bilan o'ynashgan odam?

-O'zimizdan. Bizning oramizda sotqin bor ekan. Taehyung jahl bilan dedi.

Bu so'zlarni eshitgan Jungkookning ko'zlaridan g'azab olovi ko'rindi.

-Yo'g'e. Juda soz. U qayerda

Omborda. Taehyung jiddiy ohangda javob berdi.

-Omborga barchani yig'ishni buyur. Bugun hamma uchun unutilmas dars o'tamiz, toki sotqinning jazosi azobli va dahshatli o'lim ekanligini bilishsin.- Shafqatsizlarcha dedi Jungkook

-Bugun mazza qilarkanmanda. O'zi kimnidir azoblashni xohlab yurgandim. Bugun men uchun eng lazzatli onlardan biri bo'ladi- Taehyung sovuq ohangda dedi

Ikki do'st o'zining qimmatbaho mashinalariga minib, ombor tomonga haydashdi.

...

Lily dugonasi Hayoon bilan uyga kirishdi. Hayoon ishdan Lilydan ertachi kelgani uchun ovqat tayyorlagandi. Ikki dugona o'tirib ovqatlanishdi, shu vaqt mobaynida Lily Hayoonga bo'lgan barcha voqealarni aytib berdi.

- Hey, sen jinnimisan? Yo'ldan ehtiyot bo'lib o'tsang bo'lmaydimi. Yo'lda qo'shiq eshitib ketishing bir kunmas bir kun boshinga balo bo'ladi degandim senga. Yaxshiyam seni u qo'yib yuboribdi, shukr qil. Bundan keyin yo'lda ko'zingni kattaroq ochib yur. - Hayoon Lilyga achchiqlanib tanbeh bergan bo'ldi.

- Men senga dardimni aytsam, sen yaramga tuz sepish bilan ovorasan.- Lily dugonasiga yomon qarash qildi

-Ajab bo'pti, do'st achitib gapiradi.- Hayoon shunday deya kulib yubordi va Lilyni quchoqlab gapini davom ettirdi.

-Voy, meni arazchimdan. Bo'ldida endi, arazlama. Onang seni arazlab tuqqanmi. Sal narsagayam yosh bolaga o'xshab arazlaysana.

-Yaxshi qilaman.- Hayoonni o'zidan itargan Lily soxta xafaqonlik bilan gapirdi

-Bo'ldi, shunchaki xazillashdim. Agar arazlamasang, qulupnayli muzqaymoq olib beraman.- Hayoon Lily nimani yoqtirishini juda yaxshi bilardi, shuning uchun ham qulupnay haqida atayin gapirdi.

Lily buni eshitib, yalt etib dugonasiga qaradi.

-Mayli, arazlamayman. Kelishdik.

Hayoon buni eshitib, kulib yubordi. Lily ham Hayoonga qo'shilib kuldi. Ular ovqatlanib bo'lishgandan so'ng, muzqaymoq yeyish uchun ko'chaga chiqishdi, shu bahonada sayr ham qilishmoqchi edi


Ular shaharning jimjit tuni bag‘rida, sokin ko‘chalarda sayr qilayotgan edilar. Osmonda yulduzlar sokin jilvalanardi, ammo yurakdagi g‘ashlik osmondagi shu yulduzlardan yorqinroq edi. Lily va Hayoon shunchaki muzqaymoq yeb, bir oz sayr qilmoqchi bo‘lishgandi — ammo taqdir boshqa ssenariyni yozgandi.

To‘satdan, ular yonginasidagi xarobaga aylangan eski bino tarafidan g‘ayritabiiy qichqiriqlar eshitishdi. Bu qichqiriqlar yurakni ezar, jonni titratardi. Bu oddiy odamning qichqirig‘i emasdi — bu azobning, bu umidsizlikning, bu qiynoqlarning qichqirig‘i edi.

Hayoon to‘satdan to‘xtadi va hayrat bilan binoga qaradi.

— Bu yerda nimalar bo‘lyapti? — dedi u, tovushidagi titroqni yashirishga harakat qilib.

Lily esa qattiq cho‘chib ketdi. Ich-ichidan bir nimadir bu joydan uzoqlashishni, orqaga qaytishni buyurardi. Uning yuragi g‘ash edi, yurak biron falokatni ilg‘ab turardi.

— Hayoon, menimcha bormaylik… Bilmadim, yuragim bir g‘alati bo‘lib turibdi. Bu qichqiriqlar… yaxshi narsaga ishora bermayapti, — dedi u qo‘rquvga to‘la ko‘zlarini dugonasiga qadab.

Hayoon esa jiddiy nigoh bilan binoga tikildi.

— Lily, balki u yerda kimdir yordamsiz qolayotgandir? Balki begunoh bir insonni qiynayotgandirlar? Shunchaki qarab chiqamiz. Agar shubhali narsa ko‘rsak, politsiyaga xabar beramiz. Qani, yur men bilan.

Lily na iloj — u do‘stini yolg‘iz qoldira olmasdi. Har bir qadamini yuragi dukillab bosdi. Hayoon oldinda, jasorat bilan yurardi. Lily esa ortda, yuragi o‘zining har zarbasi bilan vahimani kuylardi.

Eski bino qop-qorong‘i edi. Devorlari g‘amgin, xiralashgan, siniq oynalar esa tunda yaltirab, g‘alati tus olgandi. Har bir yurilgan qadam ostida g‘ichirlagan taxta ovozi yurakka g‘oyibona "orqaga qayt" deb pichirlardi.

Ammo ular yurishda davom etishdi...



Ikkalasi darz ketgan devorlari va chang bosgan derazalari bilan xarobaga aylangan binoga yuraklarini hovuchlab qadam qo‘yishdi. Har bir qadamlari g‘ijimlangan shisha va qog‘oz parchalarida aks sado berib, sukunatni bo‘yib yotar, xona ichidagi vahimali qichqiriqlar esa yurakni zir titratardi.

Binoning ichi sovuq edi, havo og‘ir va rutubat aralash chang bilan to‘yingan. Lily va Hayoon nafasta og‘irlik his etishdi. Har bir ohang, har bir sado yurak urishini tezlashtirar, oyoqlar ostidagi eng mayda harakat ham vahimaga sabab bo‘lardi. Lekin ular baribir tovush kelayotgan tarafga yurishdi. Yurishar ekan, qadamlar tobora sekinlashdi, yurak urishlari esa tobora baland eshitilardi.

Qichqiriqlar eshitilayotgan xonaga yaqinlashishganda, eshik ochiq ekanini ko‘rishdi. Bu ularni yanada ehtiyotkorlikka majbur qildi. Hayoon birinchi bo‘lib oldinga qadam tashladi, Lily esa uni ortidan yurdi, lekin har daqiqada orqasiga qarab qo‘yishga majbur edi.

Xonaga yaqinlashib, ulkan temir qutilar orqasiga yashirinishdi. Ularning yurak urishi endi nafaqat o‘zlariga, balki atrofga ham eshitilayotgandek edi. Ko‘zlarida qo‘rquv, hayrat va notinchlik aralashib, ular atrofni kuzata boshlashdi.

Va nihoyat, ular dahshatli manzarani ko‘rishdi…

Qorong‘ulik ichida bir necha odam doira bo‘lib turgan, doiraning markazida esa tiz cho‘kkan holatda bir erkak bor edi. U tilanchidek yalinardi, ammo unga quloq soluvchi yo‘q edi. Qo‘rquvdan ko‘zlari olaygan, yuzidan yosh emas, qon oqayotgan edi. Orqa tarafda kimdir qo‘liga temir tayoq ushlab, salobat bilan turardi — ularning orqasida esa qorong‘ilik ichida tanib bo‘lmaydigan, ammo vahimali siymolar turardi.

Lily beixtiyor og‘zini yopib oldi, yuragi go‘yoki tomog‘iga tiqilayotgandek edi. Hayoon esa diqqat bilan kuzatishda davom etdi. Ikki dugona tushunib yetdi: bu yerda begunoh odamga qilinayotgan azobning guvohi bo‘lishmoqda.

Va hozir… ular noto‘g‘ri joyda, noto‘g‘ri vaqtda edi.


Xonani qorong‘ulik cho‘mgan, devorlar namlik hididan xirab tortgandek tuyulardi. Qutilar orasiga yashiringan Lily va Hayoon yuraklari hapriqib, qaltirab nafas olayotganlarini sezishar, o‘zlarining yurak urishlaridan atrofdagilar shubhalanib qoladigandek his qilishardi. Xonaning narigi tomonida odamlar saf tortgancha boshlarini egib turardi. Ularning har birida qo‘rquv, najot umidining so‘nggi uchqunlari ko‘zga tashlanar, badanda esa mayda titroq yugurgan edi.

Xonaning o‘rtasida bir odam stulga mahkam bog‘langan edi. Uning yuzi tanib bo‘lmas darajada qontalash bo‘lib ketgan, lablari yorilgan, yonoqlaridan qon aralash ter sirg‘alib tushardi. Ammo ko‘zlari—ko‘zlari hali ham yalinib, umid bilan atrofga alanglardi. Go‘yoki: "Meni bu do‘zaxdan kimdir olib chiqadi", derdi.

Divanda esa ikki yigit o'tirgandi. Biri oyoqlarini chalishtirib, xuddi bu manzara unga zavq bag‘ishlayotgandek, jim kulib turardi. Uning qo‘lida sekin-sekin tutayotgan sigareta tutuni havoga ko‘tarilar, xonani yanada og‘ir muhitga burkardi. Yigitning sovuq nigohlari hammaning tanasidan o‘tib ketayotgandek edi. U — Jungkook edi.

Qorasoy fig‘oni orasida, nihoyat, u o‘rnidan turdi. Tashqaridan bu harakat oddiy ko‘rinsa-da, xonadagilar uchun bu harakat o‘lim eshigini taqillatgandek edi. U og‘ir qadamlar bilan stulga borib, mahbusning oldiga egildi. Uning nafasi yuziga urildi, ammo bu nafas issiq emas, muzdek edi — bu o‘lim nafasi edi.

— Xo‘sh... — dedi u past, ammo temirdek qattiq ovozda. — Bilasanmi, xiyonatning evaziga nima to‘lanadi?

U jim turdi. O‘sha jimlik — dunyodagi eng og‘ir jimlik edi. Hatto Lily ham yuragidagi g‘ashlikni bosolmay, chuqurroq nafas oldi.

Jungkook mahbusning yuziga yaqinlashdi, ko‘zlarining ichiga tikildi. — Men seni bir paytlar birodarim deb bilgandim. Endi esa, mendan zarracha ham rahm kutma. Bugun, sening najot umiding o‘sha eshikdan emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri do‘zaxdan chiqadi.

Bu so‘zlar barchaning yuragini sovuq havodek muzlatdi . Shundan so‘ng Jungkook sekin orqasiga o‘girilarkan, Taehyung kulimsirab yonidan o‘tdi va mahbusning qulog‘iga shivir qildi:

— Marhamat, do‘zaxga hush kelibsan

3-qism tugadi
Muallif:Serafina