February 9, 2025

KILLER BUNNY

Mashina Jungkookning uyi tomon ketar ekan, uyqu dorining ta'siri tugab, qizlar uyg'onishdi. Biroz oldin yuz bergan voqealarni eslagan qizlar tipirchilay boshlashdi.
- Bizni qayerga olib ketyapsizlar? Iltimos, bizni qo'yib yuboring. Biz bo'lgan voqealarni hech kimga aytmaymiz, so'z beraman - Lily iltijo ko'zlari bilan dedi. Uning ko'zlarida yosh miltillab turar, qiz bu yoshlarga erk bermaslikka tirishardi

Hayoon esa bundan keyin ularni nimalar kutayotganini o'ylab qo'rqardi. O'sha binoga o'zi kirgani yetmaganday, Lilyni ham kirishga majburlagani, bo'lgan voqealarni videoga olgani uchun Hayoon o'zini o'zi koyir edi. Lilyning ko'zlarida miltillab turgan yoshlarni ko'rib, uning qo'lidan ushladi va sekingina "kechir" dedi. Qizlarning gapidan charchagan mashinadagi yigitlardan biri qo'lidagi to'pponchani qizlarga to'g'irlab, ularga jim bo'lib ketishlarini aytdi
*** Men Jungkookni uyi tomon ketar ekanman, biroz oldin uchratgan qiz haqida o'ylardim. Qizning moviy ko'zlari, tim qora sochlari meni qandaydir o'ziga tortgandi. Ayniqsa qizni o'zim tomon tortganimda, qizning nozik tanasi mening ko'ksimga urilganida, qizdan o'zgacha ifor taralib, meni rom qilgandi. Negadir shu iforni sog'indim. Uning moviy ko'zlariga cho'kib ketgandekman. Yoki men uni sevib qoldimmikan... Yo'q, bunday bo'lishi mumkinmas. O'zimni o'zim tushunmayabman. Har qancha u haqidagi fikrlarni unitishga harakat qilyapman... Biroq buni uddasidan chiqa olmayapman

Telefonim jiringlashi barcha hayollarimni to'zg'itib yubordi. Telefonga javob berishim bilan Jungkookning baland ovozi eshitildi: Shuncha telefon qildim, nega javob bermaysan? Uning bu gaplari meni biroz jahlimni chiqardi: Sen aytgan ish bilan ovvora bo'lsam-u, sen menga baqirib berasan. Kim videoga olganini aniqladim. Qizlar ekan. Odamlarimdan ularni seni uyinga jo'natdim. Men ham ular ortidan boryapman. Shuncha qilgan ishimga rahmat de - unga biroz achchiq qilgan holda dedim. Lekin u ha yaxshi deb qo'ng'iroqni yakunladi. Bu bolani lug'atida rahmat degan so'z yo'q. Shu so'zni aytsa tili uzilib tushadi. Nega o'zi bu bola bilan do'st bo'dim. Yo'q...yo'q bunday deyishga haqqim yo'q. U mening birdan bir insonim. Otam o'lgandan so'ng meni oyoqqa turg'izgan ham, meni qo'llab-quvvatlagan ham Jungkook edi. Ko'p insonlar mafialar yovuz bo'ladi deyishadi, lekin hech qachon sabablarni qidirishmaydi. Balki, Jungkookni yoshligida unga yomon munosabatda bo'lishmaganida, hozir mafialik, yovuzlik yo'lini tanlamasdi. Uning nima aybi bor edi? Insonlardan o'zgacha bo'lganimi?
Shu o'ylar bilan manzilga yetib kelganimni sezmay qoldim ***
Ikkala mashina ham Jungkookning uyiga yetib keldi. Qizlarni mashinadan tushirishdi. Ular qochmoqchi bo'lib atrofga qarashdi, biroq uyning atrofini son-sanoqsiz qo'riqchilar o'rab olgan. Uy oddiy uyga o'xshamas, ko'proq hashamatli qasrga o'xshardi. Temirdan yasalgan panjarali darvozadan kiraverishda kattakon favvora bor edi, atrofida esa moychechaklar ekilgan bo'lib, favvorani yanada go'zal qilgandi. Jungkook uyining atrofidagi qilingan narsalarni o'zi tanlagandi.Shu sababli moychechaklarni ham o'zi tanlagandi, bu poklik ramzi bo'lgan gullar shu paytgacha Jungkookga Lilyni eslatib turgandi. Shu gullarni ekilishiga sababchi bo'lgan qizni Jungkook turgan xonaga olib kirishayotgandi.

Yigitlar qizlarni katta zaldan olib o'tib, bir xonaga olib kirishdi. Qizlar xonaga kirishlari bilan yuragini yanada qo'rquv bosdi. Chunki xona to'liq qora rangda edi, hatto jihozlar ham. Jungkookning o'zi esa derazaga qarab turardi. U hali ham qora kepka va maska taqqandi. Kiyimlari ham xonaga mos qora rangda edi.

Yigitlar qizlarni xona o'rtasiga olib kelib, o'zlari orqaga chekinishdi va boshlarini egib, bir safga tizilishdi. Xonaga Taehyung kirdi va divanga borib o'tirdi.: Bizni videoga olgan qizlar shu yerda - u Jungkookga qarab gapirdi

Jungkook ortiga o'girilar ekan, Liyni ko'rib, hayron qoldi: Sen? Sen bu yerda nima qilyapsan? Meni videoga olgan senmisan?

Liliy endi javob bermoqchi bo'lib, og'iz juftlagan edi, Hayoon uning o'rniga gapirishni boshladi: Janob, bu yerda Lilyning umuman aybi yo'q. Buni men qildim, nima qilmoqchi bo'lsangiz ham menga qiling, faqat uni qo'yib yuboring

Taehyung Hayoonning jasorat bilan aytgan bu gaplarini eshitib, lab uchida kuldi. Biroq Jungkookning jiddiy holati umuman o'zgarmadi

Lily Hayoonning bu gaplarini eshitib, shoshilgancha gapirishni boshladi: Bu uning aybi emas. Men ham o'sha binoga borgandim. Iltimos, janob, bizni kechiring. Hech kimga bu haqida aytmaymiz. Videoni ham o'chirib tashlaymiz. Bizni qo'yib yuboring - Lily shu gaplarni titroq ovozda aytar ekan, ko'zlarida miltillab yosh ko'rindi.

Jungkook birinchi bor rahm tuyg'usini his qildi. U qizlarni qo'yib yuborish haqida o'yladi, biroq Lilyni o'ziniki qilish, uni hech qachon qo'yib yubormaslik kabi hislar ustun keldi. U Lily tomonga sekin qadam tashlab yaqinlashdi. Yigitning o'zi tomon yaqinlashayotganini ko'rgan qiz ham ortga nozik qadamlar bilan chekindi biroq oxirgi manzili devor bo'ldi. Jungkook buni ko'rib lab uchida sezilar-sezilmas jilmaydi va yanada qiz tomonga yaqinlashdi. Qizni butunlay tuzoqqa tushurgan yigit baquvvat qo'llarini uning ikki yoniga qo'ydi. Yigitning qaynoq nafasi qizni qo'rquvdan titrashiga sababchi bo'ldi. Bundan Lilyning yuragi qinidan chiqar darajada urishni boshladi. U yigitning yuziga qo'rquv aralash boqdi. Jungkookning ko'zi qizning titrayotgan nim pushti lablariga tushishi bilanoq, yigit og'ir yutundi. Yana bir daqiqa qizning lablariga termulsa, o'zini boshqara olmasligini sezgan Jungkook ko'zlarini qizning yuziga ko'chirdi. U Lilyning titrayotganini sezib, qizga ozgina masofa berish uchun ortga chekindi

- Men sizlarni qo'yib yuborishimni kutyapsanmi? Hech qachon. Buni men bilan o'yin o'ynashni boshlashdan oldin o'ylashing kerak edi. Senda ikkita yo'l bor: yoki mening uyimda mening mulkimbo'lib, men bilan yashaysan, yoki mening haqiqiy vaxshiyligimni ko'rasan - Jungkook miyig'ida kulgancha dedi.

Lily buni eshitib, yanada qo'rqishni boshladi: Q...q...qanaqa vaxshiylik? - qiz duduqlangancha gapirdi

Jungkook Llilyning iyagidan ushlab, yuzini yaqinlashtirdi: Ko'rishni xohlysanmi? - Yigit qizning qulog'iga egilganicha, pichirladi.

Jungkook qizning iyagini qo'yib yuborib, ortiga o'girildi va eshik oldida tizilib turgan yigitlariga buyurdi: Mening kichkintoyimni bu yerga olib keling

Yigitlar mafia boshlig'ining buyrug'iga bo'ysunib xonadan chiqib ketishdi. Birozdan so'ng katta qafasni sudragancha olib kelishdi. Qafas qora mato bilan o'ralgan bo'lib, ichidan hirillagan ovoz eshitilardi. Jungkook yigitlarga qafasdagi matoni olishni buyurdi. Qafas ichida bahaybat sher zanjirlangan holda turardi. Sherning og'zidan so'lak oqishi uning ochligidan dalolat berardi. Sher qizlarga o'ljasiga qaragandek qaradi. Uning ko'zlaridagi olov uchquni uning naqadar xavfli hayvon ekanligini isbotlar edi. Sherdagi vajohatni ko'rgan qizlar orqaga tisarildi. Qizlarning har bir harakatini maroq bilan kuzatayotgan Jungkook va Taehyung lab uchida kulishdi

Hayoon qo'rqsa ham bor kuchini to'plab, gapirishni boshladi: Sizni bunday qilishga haqqingiz yo'q. Bizni qo'yib yuboring, yo'qsa politsiyaga xabar beramiz.
Lily Hayooning bu gaplarini eshitib, uning qo'lidan ushladi va unga jim bo'lishini ishora qildi. Chunki Lily bu ikki mafia sardoriga palitsiyani kuchi yetmasligini juda yaxshi bilardi

- M..men roziman, siz bilan qolaman, faqat dugonamni qo'yib yuboring - Lily boshqa iloji yo'qligini yaxshi bilgani uchun ham rozi bo'lganini bildirdi. Hayoon Lilyga hayron bo'lib qaradi. Jungkook esa jilmaydi, chunki qiz shu yo'lni tanlashini bilardi.
- Lily, jinnimisan? Sizni dugonamga bunday shart berishga haqqingiz yo'q - Hayoon jahl bilan gapirdi.
Taehyung Hayoonning jasoratli ekanligidan ich-ichidan quvondi. U aynan shunday qizni xohlardi. U Hayoonning yoniga katta-katta qadamlar tashlab yaqinlashdi va qizning iyagidan ushlab o'ziga qaratdi

- Jungkook dugonanga o'z shartini aytdi, dugonang rozi bo'ldi. Demak, ularning ishi bitdi. Endi mening navbatim. Lekin men birovlarga imkon berishni yoqtirmayman. Shu sababli ham endi sen mening mulkimsan - Taehyung shunday deya qizni ogohlantirmasdan ko'tarib oldi. Hayoon birdan bo'lgan ishdan garansib qoldi, keyin yigitga qarshilik qilishni boshladi. Biroq u har qancha harakat qilmasin, yigit oldida ojizlik qilardi.

Taehyung Hayoonni ko'targancha, eshik tomon yurdi, yetib kelganidan so'ng Jungkookga o'girildi: Jungkook, sizlarga xayrli tun tilayman. Biz endi keta qolaylik. Qizga yaxshilab qara, qochib ketmasin tag'in - Taehyung shunday degancha, xonadan chiqib ketdi. Taehyung xonadan ketganidan so'ng xonada jimlik hukm surdi. Jungkook soatiga qaradi: soat kechasi 1:00. U Lilyning oldiga bordi: Yarim kechasi bo'libdi. Uxlash kerak. Senga xonangni ko'rsataman - Jungkook jiddiy ohangda deb, eshik tomon yonaldi. Lily ham yigitga itoat qilib, uning ortidan asta ergashdi.

Ular xonalardan birma bir o'tishar ekan, Lily uyning hashamatli ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildi. Jungkook bir xona oldida to'xtadi va eshikni ochdi. U qizga xonaga kirishiga ishora qildi. Lily Jungkook ortidan xonaga kirdi. Xona boshqa xonalardan farqli o'laroq, qora rangda emasdi. Xona juda shinam bo'lib, uning to'g'risida ayvon bor edi. Ayvondan uydagi kattakon bog'ni tomosha qilsa bo'lardi. Xona o'rtasida esa katta karavot joylashgan bo'lib, chiroyli edi.
- Bu xona senga. Hozir borib uxla, kech bo'ldi. Agar nimadir kerak bo'lsa, keyingi xonada bo'laman. Qochishga urinma, baribir foydasi yo'q. Uyni tun-u kun qo'riqchilar qo'riqlashadi. Agar qochgan taqdiringda ham bir deganda topib olaman. Lekin undan keyin yomon bo'ladi. - Jungkook shunday degancha xonadan chiqib ketdi. Lily xonani ozroq tomosha qilib, so'ng uxlashga yotdi. U endi nimalar bo'lishi haqida o'ylay bo'shladi, biroq juda charchagani tufayli uxlab qoldi.

***
Jungkook ancha vaqtgacha uxlay olmadi. Har qancha urinmasin, ko'ziga uyqu kelmasdi. Oxiri Lilydan xabar olishga qaror qildi. Jungkook uning xonasiga yaqinlashar ekan, yuragining urishi tezlasha boshladi. Xona eshigi yoniga kelganidan so'ng ikkilanib qoldi. Jungkook xonaga kirish yoki kirmaslik haqida o'yladi, so'ng xonaga kirishga qaror qildi. U xona eshigini sekin ochib, qizni uyg'otib yubormaslik uchun asta kirdi. Jungkook xona o'rtasidagi karavotda sokin uxlayotgan Lilyni ko'rib, yuragida iliqlik paydo bo'ldi. U karavotga yaqinlashib, choyshab bilan qizning ustini ohista yopdi va yotoqning bir chekkasiga o'tirdi. Jungkook qizning peshonasiga tushgan sochlarni qizning qulog'i orqasiga qistirdi. U qizga termular ekan, qizni naqadar beg'ubor ekanligiga qoyil qoldi.
- Mening hayotimdagi nurim. Sen go'yo farishtaga o'xshaysan, hayotimdagi mitti farishta. Senga qanchalik termulmayin, to'ymayapman. Sen chinni kabi shunchalar noziksanki, boshqa insonlarning teginishi tugul o'zim teginishga qo'rqaman. Senga ozgina teginsam, go'yo sinib qoladiganga o'xshaysan. Sening bu titraydigan nim-pushti lablaring meni o'ziga ohangrabodek tortyapti. Biroq seni cho'chitishni xohlamayman. Endi sen menga tegishlisan. Seni hech qachon qo'yib yubormayman. Quvonganingda gul kabi ochilishing uchun qo'limdan kelganini qilaman. Sen uchun barcha narsani qilaman, faqat mendan qochib ketmasang bo'ldi - Jungkook qizning qulog'iga egilib pichirladi. U Lilyning peshonasidan ohista o'pgancha, xonadan chiqib ketdi
***
Taehyung Hayoonni majburlab mashinaga o'tirg'izdi. U mashinani haydar ekan, qiz tinmay tipirchilab, ketishga urinardi. Bundan toqati toq bo'lgan Taehyung mashinani yo'l chetiga to'xtatib mashinadan tushdi va mashina ichidagi Hayooni ham majburlab tashqariga chiqardi. Taehyung ortidan kelayotgan qo'riqchilar ham to'xtashdi va mashinadan tushishdi. Taehyung qizni mashinaga tiradi: Meng qara, kimligimni juda yaxshi bilasan. Shunday ekan jim bo'lib men bilan uyimga jim bo'lib, tinchgina ketasan - Taehyung qizga asabiy dedi.
- Yo'q, men hech qayerga ketmayman. Meni qo'yib yubor. - Qiz tipirchilganacha dedi.
- Hali shunaqami? - Taehyung shunday deb, cho'ntagidan to'pponchani chiqarib qo'riqchilaridan birini mo'ljallab otdi. Atrofni o'q ovozi tutdi. Qiz esa buni ko'rib karaxt bo'lib qoldi. Uning qo'llari titrardi. Taehyung bu qilgan ishi qizga qanchalik ta'sir qilganini korib, lab uchida jilmaydi va qizning qulog'iga egildi: Ko'rdingmi, har bir qilgan noto'gri ishing uchun atrofdagi odamlar javob beradi. Endi aqlli qiz bo'lib mashinaga minasan va jim bo'lib men bilan uyga borasan - Taehyung shunday deb pichirladi va mashinaning orqa o'rindig'ini eshigini ochdi. Hayoon biroz bo'lgan voqeani yana takrorlanmasligi uchun mashinaga mindi. Taehyung odamlariga o'ldirgan odamni yo'qotishlarini buyurib, o'zii ham mashinaga mindi
Taehyung mashinani uyi tomon haydar ekan, mashina oynasidan har zamonda qizga qarab qo'yardi. Hayoon Taehyungga qarashni xohlamay, mashina derazasidan atrofni tomosha qilardi. Qiz qattiq charchaganidan ko'zi o'z-o'zidan yumilib ketishni boshladi. Qiz ming urinmasin baribir uxlab qoldi. Ular Taehyungni uyiga yetib kelishdi. Mahinani uyi oldida to'xtatgan Taehyung Hayoonga qaradi va qizni farishtaga o'xshab uxlayotganini ko'rib, jilmaydi. U mashinadan tushib, orqa eshikni ochdi va Hayoonni ohista ko'tarib oldi. Qiz qattiq charchagani uchunmi yoki uni uyg'otish qiyiinligi uchunmi, uyg'onmadi. Taehyung Hayoonni ko'targancha uyga kirdi va ikkinchi qavatga yo'l oldi. Bu qavatdagi xonalardan biriga kirdi va xonadagi karavotga qizni sekin joylashtirdi. U qizning ustini choyshab bilan yopib, xonadan chiqdi va o'zining xonasi tomon yo'l oldi.
Davomi bor...

5-qism tugadi
Muallif:Serafina
Kanal:@abyss_fanfictions